Shilliq qurt terapiyasi qanday muolaja hisoblanadi?



Download 29 Kb.
Sana23.05.2022
Hajmi29 Kb.
#607611
Bog'liq
Shilliq qurt


Shilliq qurt terapiyasi
Hozirgi kunda zamonaviy kosmetologiya sohasida tabiiy mahsulotlar orqali terini parvarishlash usullari yo'lga qo'yilmoqda. Jumladan, shilliq qurt terapiyasi kosmetologiyada keng qo'llaniladigan tabiiy, samarali muolajalar qatoriga kiradi.
Shilliq qurt terapiyasi qanday muolaja hisoblanadi?
Shilliq qurt terapiyasi – bu kosmetologik shilliq qurtlar ishlab chiqaradigan shilimshiq modda orqali terini yoshartiruvchi va undagi muommolarni bartaraf etuvchi muolaja. Shilliq qurtlar o'zidan sefozalindan 3 barobar kuchli bo'lgan antibiotiklar va 20 dan ortiq komponentlarni o'zida jamlovchi shilimshiq moddani ishlab chiqarib, yuzdagi shamollash va muommolarni, ya'ni qizarish, yorilish, terining quruqlashuvi, sepkillar, yuzdagi ajinlar, quyoshdan yoki tug'ruqdan so'ng tushgan dog'larni, akne va qora nuqtalarni, chandiqlar va kuyishni, ko'z ostidagi ko'karish va osilishlarni ketkazib davolaydi, yoshartirib ko'rk beradi. Bu muolaja nafaqat turli yoshdagi ayollar, balki erkaklar uchun ham tavsiya etiladi va o'smirlik davrida 14 yoshdan boshlab muolajani amalga oshirish mumkin.
Kosmetologlar terini parvarish qilishda asosiy vosita sifatida ko'pincha Achatina fulica yoki Achatina reticulata shilliq qurtlaridan foydalanadilar.
Shilliq qurt terapiyasining paydo bo'lish tarixi.
Gippokrat davrida shilliq qurtlarning parhezbop va shifobaxsh xususiyatlari yuqori baholangan. Shilliq qurt go'shti anemiya (kam qonlik), raxit, sil va boshqa ko'plab kasalliklarni davolovchi vosita hisoblangan. Gippokrat shilliq qurt shillig'idan kuyishlar, davolanmaydigan yaralar va muommoli terini davolash uchun malhamlarning asosiy tarkibiy qismi sifatida foydalangan.
Ikkinchi jahon urishi tugaganidan so'ng Janubiy Amerika, Yaponiya va Koreya davlatlarida maxsus fermalarda Axatina shilliq qurtlari yetishtirila boshlandi. Parhezbop molyuska go'shti Yevropaning turli davlatlariga eksport qilindi. Shilliq qurt fermasi hodimlari shilliq qurt shillig'ining yaralarni davolash va yoshartiruvchi ta'sirga ega ekanligiga e'tibor qaratdilar. Olimlar ushbu kuzatuvlarga qiziqish bildirib, bir qator tadqiqotlar o'tkazdilar va shilliq qurt ajratib chiqaradigan shilimshiq modda terini namlovchi, oziqlantiruvchi, davolovchi va yoshartiruvchi shifobaxsh komponentlardan iborat ekanligini aniqladilar.
Kosmetologiyada birinchi marta Axatina shilliq qurtlari Yaponiyada ishlatilgan. Shunday qilib, yangi tabiiy kosmetologik muolaja paydo bo'ldi va keng qo'llanila boshladi.
Shilliq qurt terapiyasi bosqichlari.

  1. Yuz kosmetologik vositalar bilan yaxshilab tozalanadi. Shilliq qurtlar muolajadan oldin iliq suvda cho'miltiriladi. So'ng 3 tadan 7 tagacha shilliqqurtlar yuz yoki terining muommoli qismlariga qo'yiladi.

  2. Shilliq qurtlar kosmetolog nazorati ostida yuz va teri ustida "yurish" ni boshlaydi va o'zidan shilimshiq modda ajratadi. 15-20 daqiqadan so'ng ular yuzdan olinadi va shilliq modda qurishi 20 daqiqa kutiladi.

  3. Yuz iliq suvda yuvib, ortidan terini yumshatuvchi krem surtib qo'yiladi.

Axatina shilliq qurtlari ishlab chiqaradigan shilliqning tarkibi:

  • Kollagen – terining elastikligi va mustahkamligini saqlovchi oqsil. Teri turgorligini ta'minlaydi.

  • Allantoin – antioksidant bo'lib, erkin radikallarni bog'laydi, terining yangilanishi va tiklanishiga yordam beradi. Teridagi yoshga bog'liq o'zgarishlarni oldini oladi.

  • Elastin – bu teri to'qimalarida kollagen sintezida ishtirok etuvchi oqsil. Terining elastikligini ta'minlaydi, ajinlarni tekislaydi.

  • Tabiiy antibiotiklar – terini patogen bakteriyalar va turli parazitlardan himoya qiluvchi bakteriofaglardir. Yuzdagi husnbuzarlarni davolashga yordam beradi.

  • A, B, C, E vitaminlari – terini namlaydi, oziqlantiradi, parvarish qiladi.

  • Lektinlar – yopishqoq oqsillar bo'lib, bakteriya hujayralarini bir-biriga yopishtirib, terini tozalaydi. Ular hatto teri saratoni hujayralariga qarshi kurashadilar.

  • Glikolik kisota – terini o'lik hujayralardan tozalaydi, dermaning shox pardasini tozalab, undagi elektrolitlar muvozanatini saqlaydi.

  • Fuliy yoki quyosh filtri – terini quyosh nurlarining nojo'ya ta'siridan saqlaydi, uni namlantirib, sepkillar va turli dog'larning paydo bo'lishini oldini oladi, chandiqlarning so'rilishini tezlashtiradi.

Shilliq qurt terpiyasining foydali tomonlari va ta'siri.

  • Shilliq qurt shilliq qavatining hujayra tuzilishi inson terisi tuzilishiga ideal darajada mos kelishi, kollagen va kalsiyga boy dengiz molyuskalari, qisqichbaqasimonlar, ustritsalardan farqli o'laroq, odamlarda allergiyani keltirib chiqarmasligi laboratoriya tekshiruvlarida isbotlandi.

  • Muolaja yoshartiruvchi ta'sirga ega, hujayralarni qarishdan himoya qiladi, hujayralararo bo'shliqni kollagen va elastin bilan to'ldiradi, ajinlar paydo bo'lishini kechiktiradi.

  • Shilliq qurt shillig'i terining tiklanishiga, chandiqlarning bitishi, teri sirtining tekislanishiga yordam beradi. Shilliq tarkibida odam hujayralarinikiga o'xshash adoptogenlar mavjudligi tufayli yallig'lanishni keltirib chiqarmaydi.

Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish