Amryllidacea oilasi xaqida malumot Oilaga mansub o’simliklar xaqida malumot



Download 169,06 Kb.
bet17/41
Sana21.01.2022
Hajmi169,06 Kb.
#397424
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Bog'liq
Tayyor Mus ishi

Anjir navlari


  • Anjir daraxtining bo‘yi o‘rtacha bo‘lib, ko‘chati ekilgandan so‘ng uchinchi yili hosil bera boshlaydi, shox-shabbasi dumaloq, tarqoq. Nav sovuqqa chidamsiz, zararkunanda va kasalliklar bilan zararlanadi. Mevasining o‘rtacha vazni – 33 g. Eti oq-pushti, sershira, mayin, mazasi shirin, xushbo‘y. Anjir mevasi yirik, avgustning birinchi o‘n kunligida pishadi.

  • Hosildorligi – 68,1 s/ga, eng yuqori hosildorligi 84,5 s/ga ni tashkil etadi.

  • Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston xalqi seleksiyasi.

  • 1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

  • Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

    ⓘ Zigirdoshlar


    Zigirdoshlar - ikki urugpallalilar yoki magnoliyasimonlar sinfiga mansub bir yillik yoki kop yillik osimliklar oilasi. Yer yuzida 6 turkumga mansub 250, Ozbekistonda 200 turi osadi. Gullari togri, ikki jinsli. Gultoj barglari ayri, bazan uchki qismi tutashgan. Tojbarglari, kosabarglari, urugchisi, changchilari 4 - 5 tadan. Mevasi dumaloq kosakcha. Barglari yakka joylashgan. 3. turlari poyasining uzunligi, gullarining kattakichikligi va rangi, tukli va tuksiz bolishi, tarqalishi bilan birbiridan farq qiladi. 3. moy va tolasi uchun ostiriladi. Yovvoyi turlari Fargona vodiysida, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi toglarda usadi

    Kunjut (Sesamum) — zigirdoshlr oilasiga mansub bir va koʻp yillik utsimon oʻsimliklar turkumi, moyli ekin. 19 turi maʼlum. Vatani — Afrika. Oʻrta Osiyoga Hindistondan olib kelingan. Dehqonchilikda bahori ekin boʻlgan bir yillik madaniy turi — Hindiston kunjuti (S.indicum L.) Hindiston, Xitoy, Jan-Sharqiy Osiyo, Afrika, Eron, Oʻrta Osiyoda va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Yer yuzida K. ekiladigan maydonlar 6,1 mln. ga, oʻrtacha hosildorlik 3,9 s/ga, yalpi hosil 2,9 mln. t (1999). Oʻzbekistonda 1998-yil 2,85 ming ga yerga ekilgan, sugʻoriladigan yerdarda hosildorlik 8—10 s/ga.

    K.ning oʻq ildizi tuproqqa 1 m chuqurlikka kirib boradi. Poyasi tik oʻsadi, balandligi 50—150 sm, 4—6 ta uzun yon shoxlar chikaradi. Bargi oddiy, bandli, yakka-yakka yoki qarama-qarshi joylashgan, tukli. Guli barg qoʻltigʻida 1 — 3 ta boʻlib joylashgan, 5 bargli, gul-tojibarglari bir-biriga qoʻshilgan, rangi pushti, binafsha, oq, oʻzidan changlanadi. Mevasi koʻsakcha, choʻziq, yassi, tukli. Bir tupda 20—300 koʻsakcha boʻladi. Koʻsakchasi 2 yoki 4 chanoqli. Oʻz. 3—5 sm. Koʻsakchasi pishganda qirralaridan chatnab, urugʻi sochiladi. Bitta koʻsakchada 80 tagacha urugʻ boʻladi. 1000 dona urugʻi vazni 2—5 g . Urugʻining rangi och yoki toʻq jigarrang , goho oq va qora.

    K. issiqsevar, yorugʻsevar, qisqa kun oʻsimligi. Urugʻi 15—16° da unib chiqadi. Maysasi —G da nobud boʻladi, oʻsuv davrida harorat 15° dan past boʻlsa, oʻsishdan toʻxtaydi. Oʻsish davri 90—110 (120—150) kun. K. eng qimmatli moyli ekinlardan, urugi tarkibida 65% moy, 16—19% oqsil, 16—17% azotsiz moddalar mavjud. K. moyi yarim kuriydi, yod soni 103—112 ga teng , zaytun moyidan ham ustun turadi. Presslab olingan K. moyi isteʼmol uchun, oziq-ovqat sanoatida, konserva va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish, tabobat, parfyumeriyada ishlatiladi.

    Afrikada bargi ovqatga solib isteʼmol qilinadi. Tozalangan va maydalangan urugʻiyuqori navli holvalar (taxin holvalar) tayyorlashda, non yopishda ishlatiladi. K. kunjarasida 40% oqsil, 8% moy boʻladi, mollarga ozuqa sifatida beriladi.

    K. sur tuproqli, unumdor, dondukkakli ekinlardan boʻshagan yerdarda moʻl hosil beradi. K. ekiladigan yerga ekishdan oldin gektariga 10—15 t toʻng , 60– 80 kg fosfor, 20–30 kg azot solinadi, yer chuqur (25—30 sm) haydaladi, kech koʻklamda (may oyida) keng qatorlab ekiladi, qator orasi 60—70 sm, ekish chuq. 3— 5 sm, ekish meʼyori 1 ga yerga 5–6 kg urugʻ (1,5—2,0 mln. dona) ekiladi. Oʻsuv davrida 2—3-marta kultivatsiya qilinadi, ikki marta har gektarga 40–50 kg dan azot berib qoʻshimcha oziklantiriladi. Gullashiga qadar 1 —2-marta, gullash davrida 2-marta suv beriladi. K. pishganda sargʻayib barglari toʻkiladi, pastki koʻsakchalari oldin yetiladi. Vaqtida hosil yigʻilmasa koʻsakchalar chatnab urugʻi toʻkilib ketadi. Oʻroq mashinasida oʻrib-yigʻib olinadi, oʻrilgan K. bogʻlari xirmonda quritiladi, qoʻlda yanchiladi.

    Navlari: Oʻzbekistonning hamma viloyatlaridagi tomorqa, dehqon va fermer xoʻjaliklarida K.ning Toshkent 122, Seraxs 470, Kubanets 55 navlari ekiladi.



    Zararkuvandalari: kunjut koʻngʻizi, tunlamlar; kasalliklari: foʻzarioz, bakterioz, gommoz

    Olma (Malus) — raʼnodoshlar oilasiga mansub, barg toʻkuvchi daraxtlar yoki butalar turkumi; urugʻli meva daraxti. Shimoliy va janubiy yarim sharning moʻʼtadil mintaqalarida Olmaning 25— 30 turi, jumladan, Oʻrta va Sharqiy Osiyo, Oʻrta Osiyo va Kavkazda 10 turi tarqalgan. Ekiladigan mevali daraxtlar orasida maydoni jihatidan birinchi oʻrinda turadi. Yalpi olma hosili boʻyicha AQSH (4,8 mln. t), Xitoy (22,01 mln. t) oldingi oʻrinlarda turadi (1999). Jahon boʻyicha yalpi hosili 60,2 mln. t ni tashkil etadi (1999). O’zbekistonda —0,4 mln. t. AQSH, Chili, Xitoy, Rossiya, Eron, Turkiya, Fransiya, Italiya mamlakatlarida olmazorlar katta maydonlarni egallaydi. Shuningdek O'zbekistonda 2017-2019-yillarda uzumni keyingi eng ko'p yetishtirilgan meva hisoblanadi.[1] Oʻzbekistonda 8 turi yovvoyi holda uchraydi (qarang Yovvoyi olma). Dunyo boʻyicha yetishtiriladigan navlarining asosiy qismi xonaki Olma turiga kiradi. Past boʻyli olma turiga kiradigan dusen va paradizkadan mevachilikda payvandtag sifatida foydalaniladi. Olma sovuqqa chidamli, yorugʻsevar va namsevar, tuproq tanlamaydi, lekin unumdor tuproqlarda yuqori hosil beradi. Olma daraxti boʻyi 15 m gacha boradi. Yaponiyada o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki qishda ekilgan "Fuji" olmalari mart oyining oxirida ildiz o'sishi kuzatilgan. [2] Oʻzbekistonda Olma aprel oyida gullaydi. Guli 5 boʻlakli, gultojibargi oq, pushti, ayrimlari qizil. Mevasi, naviga qarab, iyun— oktabrda pishadi. Bir dona mevasi vazni 15 g dan 400 g gacha boradi. Tarkibida (%) fruktoza 6,5—11,8, saharoza 2,5—5,5, organik (olma va limon) kislotalar 0,2— 1,6, vitamin S 5–30 mg, pektin, oshlovchi moddalar va boshqa mavjud. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi, konserva, murabbo, jem qilinadi. Olma urugʻidan hamda payvandlash, parhish qilish yoʻli bilan ildiz bachkilaridan koʻpaytiriladi. Hosildorligi 130—300 s/ga. Daraxti 100 yilgacha yashaydi. Odatda, bogʻga oʻtqazilganidan keyin 4 yil oʻtgach, hosilga kiradi. 40—50 yil moʻl hosil beradi. Koʻchati kuzda va bahorda 30—60 sm chuqurlikda haydalgan yerga ekiladi. Koʻchat oʻtqaziladigan chuqurga 5–6 kg chirigan goʻng, 150 g ammiakli selitra, 200 g superfosfat tuproqqa aralashtirib solinadi. Koʻchatlar 8×8m, 8x6 m, past boʻyli payvandtaglarga ulangalari 4x6 m, 3X5 m, 4x4 m sxemada ekiladi. Yosh daraxtlar 8—12 marta, hosilga kirganlari 4—6 marta sugʻoriladi, tup va qator oralari yum-shatib turiladi. Hosilga kirgan olmazor gektariga har uch yilda 20—40 t chirigan goʻng va har yili sof holda 120 kg azot, 60–90 kg fosfor, 30 kg kaliy hisobidan oʻgʻitlanadi. Daraxtlar har yili kuzda va bahorda butaladi (qarang Butash, Daraxtlarga shakl berish). Oʻrta Osiyoda ekiladigan O. navlari kelib chiqishi boʻyicha quyidagi guruxlarga boʻlinadi: xalq seleksiyasi yoʻli bilan yetishtirilgan Oʻrta Osiyo mahalliy navlari — oq olma, qizil olma, Samarkand olmasi, Namangan olmasi, achchiq olma, qimizak olma, Xorazm olmalari guruhi va boshqa O.ning mahalliy navlari Oʻzbekistonning tuproq-iklim sharoitiga moslashgan, issiqqa, sovuqqa chidamli. Mevasi shirin, ertapishar; Gʻarbiy Yevropa, Amerika, AQSH navlari — Rozmarin, Mantuaner, Starkrimson, Skarlet, Parmen. Vaynsep va Golden Delishes, Delishes, Jonatan, Borovinka; Ukraina navi — Renet Simerenko; Qrim navlari — kandil, sari sinap ( Olmaning bu guruh navlari Oʻzbekistonga dastlab 19-asr 2-yarmidan boshlab, Oʻrta Osiyoni Rossiya bosib olgandan keyin, ruslar tomonidan, soʻngra 20-asrning 20-yillaridan boshlab Oʻzbekistondagi ilmiy tadqiqot muassasalari tavsiyasi bilan kel-tirilgan). Shreder nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik v a vinochilik ilmiy tadqiqot instituti seleksionerlari yetishtirgan yangi navlar — Samarqand aʼlosi; Afrosiyobi, — hosildor, Toshkent borovinkasi, Mehmoniy, Tilla olma, Nafis va boshqa Bu navlar hosildor, mevasi mahalliy sharoitga moslashgan, koʻrinishi chiroyli, mazali; sovuqqa va issiqqa chidamli.

    Zararkunandalari; olma qurti, olma qoʻngʻizi, bitlar, olma kuyasi.




    Download 169,06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish