kirgan korxona va kompaniyalaming qimmatli qog'ozlari tashkil
etishi kerak. Listing - bu aksiyadorlik
jamiyatlari qimmatli
qog‘ozlarining fond bozoriga kirishi uchun maxsus tartib hisoblanib,
mazkur jarayon investorlarni fond bozorining holati, shuningdek,
undagi ishonchli qimmatli qog‘oz!ar haqida axborot berish
samaradorligini oshirish maqsadida yuritiladi. Listingdan o ‘tish
aksiyadorlik jamiyati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mazkur
jamiyatning obro'sini hamda uning qimmatli qog‘ozlarining qadrini
oshiradi. Listingga kirgan korxona kredit yoki zayomga ehtiyoj
tug‘ilgan paytda banklar yoki boshqa moliyaviy institutlaming
ishonchiga oson kira olishi mumkin. Bundan tashqari tashqi moliya
bozoriga chiqish imkoniyatiga ham ega boMadi. Chunki,
xorijiy
kompaniyalar listing kompaniyalari qimmatli qog‘ozlarini afzal
bilishadi. Chet el fond birjalari esa mahalliy fond biijasi listingida
turgan emitentlaming qimmatli qog‘ozlarigagina joy berishadi.
Shu bilan ta’kidlash kerakki, aksiyadorlik jamiyatlarining
barchasi ham birja listingiga kira olmaydi. Toshkent respublika fond
birjasi listing talablari yetarlicha qat’iy hamda xalqaro standartlar
darajasida o ‘matilgan. 0 ‘tgan yillar davomida birja listing
talablaridan ayrim kompaniyalargina muvaffaqiyatli o ‘tishgan.
2010- yilda Toshkent respublika fond birjasi listing ro‘yxatida 19 ta
kompaniya qayd etilgan bo‘Isa 2011- yilda ulaming soni 100 taga
etdi. Bunday kompaniyalar qimmatli qog‘ozlarining fond
bozorida
paydo boMishi investorlar qiziqishini tobora kuchaytirmoqda.
Fond birjasining asosiy infratuzilmalaridan sanalgan listing
jarayonidagi eng muhim jihat emitent faoliyatining samaradorligi,
qadrlilik koeffitsienti, balans bo‘yicha qoplash darajasi, ustav
kapitalidagi o'zgarishlar, qimmatli qog‘ozlar muomalasining
koMami hamda davomiylik ko'rsatkichlari
tahlili negizidagi
qimmatli qog‘ozlarning ekspertizasi
hisoblanadi. Qimmatli
qog‘ozlaming bunday sinchkovlik asosida tanlab olinishi ulaming
ishonchliligini ta ’minlaydi. Fond biijasi listingida joylashgan
emitent ahborotlami ma’lum qilish bo‘yicha yuqori talablarga
106
rioya qilishi kerak boiadi. Emitent
tomonidan axborotlaming
oshkor qilinishi investorga aksiyadorlik jamiyati rivoji hamda
uning qimmatli qog'ozlari sifatini baholash imkoniyatini beradi.
Fond birjasi savdo qoidalariga binoan listing kompaniyalarining
qimmatli qog'ozlari majburiy kotirovka qilinadi. Bu listingdagi
qimmatli
qog'ozlar
savdosining
tashkilotchilariga
haqiqiy
qiymatni aniqlanishni ta’minlovchi bahoni belgilashning bozor
mexanizmini qo'llashga imkoniyat beradi. Bundan tashqari,
qimmatli qog'ozlaming muomala jarayoni
biija nazorati ostida
o'tib, bu savdolaming suiiste’molchilik hamda qalloblikdan xoli
bo'lishni ta ’minlaydi.
Fond bozori haqida gapirganda REPO birja operatsiyalarini
ham aytish kerak bo'ladi. Hozirgi kunda bizning fond bozorimizda
bunday imkoniyatlardan samarali foydalanilmayapti. REPO - bu
birja operatsiyasi jarayoni, moliyaviy mablag'ga ehtiyojmand bir
kompaniya o'z qimmatli qog'ozini boshqa bir kompaniyaga sotishi
bilan belgilanadi. Bunda qimmatli qog'ozni sotib oigan kompaniya
boshlang'ich narxidan ancha yuqori narxda qaytarib sotadi. Sotish
va qayta sotib olish o'rtasidagi farq REPO bitimi bo'yicha
foizni
tashkil etadi. Umuman birinchi kompaniya o 'z qimmatli qog'ozini
garovga qo'yib, qarz olgandek va yuqori narxda qaytib sotib olish
hisobidan foiz to'lagan ikkinchi kompaniya esa kreditor sifatida
namoyon bo'ladi.
REPO tizimi shunisi bilan qiziqki, ham kredit, ham nokredit
tashkilotlariga kreditlash imkoniyatini taqdim etadi. Uning zayom
oluvchi uchun afzalligi esa qarzni hech qanday rasmiyatchiliksiz
olishida namoyon bo'ladi. Agar ushbu kredit banklardan olinadigan
bo'lsa,
tabiiyki, bir qator hujjatlar yig'ishga to 'g 'ri keladi. Bu
boradagi barcha ovaragarchiliklar REPO bitimida umuman
bo'lmaydi. Bunda zayom oluvchilar jismoniy yoki yuridik shaxs
bo'lishi mumkinligi kichik biznes va xususiy tadbirkorlami o'ziga
jalb qilishi tabiiydir. Asosiy shart likvidli qimmatli qog'ozlarga
egalik qilishdan iborat.
107
0 ‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozori savdo tizimining
rivojlanish tendensiyasi (mlrd. so‘m)
Do'stlaringiz bilan baham: