5-bob. 0 ‘ZBEKIST0NDA BOZOR
INFRATUZILMASINING SHAKLLANISHI VA
RIVOJLANISHI XUSUSIYATLARI
5.1. 0 ‘zbekistonda bozor infratuzilmasining shakllanishida
fond bozorining ta’siri
0 ‘zbekistonda bozor infratuzilmasini shakllantirish va sa
marali faoliyatini ta’minlash natijasida aynan fond birjalarini rivo
jlantirish hamda savdo aylanmasini ko'paytirishga alohida e ’tibor
berildi. Natijada Toshkent fond birjasida
ikkilamchi bozor shak-
llantirildi va samaradorligi oshirildi.
Toshkent fond biijasida ikkilamchi bozorda banklar qim
matli qog‘ozlari sotuvi yillar davomida o ‘sib borganini ko‘rishimiz
mumkin (5.1.1 -rasm).
100
%
90%
80%
70
%
60
%
50%
40%
30%
20
%.
10
%
0
%
m
boshqa sohalm qimmatli qog’ozlari
banklni qmmintli qoozlan
5.1.1-rasm. 0 ‘zbekistonda tijorat banklarining umumiy birja
aylanmasidagi ulushi.
Rasmdagi ma’lumotlarga ko‘ra fond bozorlarida boshqa so
halar qimmatli qog‘ozlar ulushi kamayib borganligining guvohi
boMishimiz mumkin. Buning sababi esa qimmatli qog‘ozlar bo
zorida moliya sektori, aynan, banklar qimmatli qog‘ozlari narxlari
va likvidligining ortib borishi hamda banklaming iqtisodiyotdagi
rolining oshganligi orqali namoyon boMadi. Unga ko‘ra bank
lar qimmatli qog‘ozlarining umumiy birja aylanmasidagi ulushi
101
2008 у
2009V
2010v
2011 у 1 oktvabr
2008- yildagi 39,1 foizdan 2011- yil 1- oktabr holatiga 62,4
foizga
yetganini ko'rishimiz mumkin.
Hozirgi kunda qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishi
ko‘p jihatdan qimmatli qog‘ozlaming likvidligi va ulaming daro-
madligi bilan bog‘liq bo‘lib, banklaming qimmatli qog‘ozlariga
nisbatan boshqa sohalar qimmatli qog‘ozlarining yetarli darajada
oshmayotganligi ulaming fond biijalaridagi ishonchliligini ham
ko‘rsatadi.
Mamlakatimiz fond bozorining
rivojlanishiga bank-moliya
sohasidagi kompaniyalar, ayniqsa, tijorat banklari o‘zlarining katta
hissasini qo‘shmoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bozoriga xizmat qiluvchi infratuzilma
muassasalari mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o ‘tish munosa
bati bilan tarkib topayotgan sohalardan hisoblanadi. 0 ‘zbekiston
Respublikasida Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi qoshida
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat
qilish maqsadida 1996- yilning mart oyida maxsus markaz tashkil
etilib, unga quyidagi vazifalar yuklatildi:
-m am lakatda qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish,
rivojlantirish, nazorat qilish va bajarish borasida davlat siyosatini
amalga oshirish;
-m am lakatda ro ‘yxatdan o ‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar
chiqarilishi
va bozor qatnashchilarining, qimmatli qog‘ozlar tuz
ilmasi va rivojlanishi bo‘yicha m a’lumotlar bankining yagona
reestrlarini yuritish, hisobga olish va hisobotini tashkil etish, qim
matli qog‘ozlar muomalasini, bozor qatnashchilarining kasb faoli
yatini boshqarish;
-qim m atli
qog‘ozlar
bozorlarida
milliy
va
xorijiy
emitentlaming samarali muomalada bo‘lishi uchun zarur huquqiy
shart-sharoitlami ta’minlovchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
—qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalami amalga oshiruvchi
yuridik va jismoniy shaxslar — investorlaming huquq va manfaatla
rini himoya qilish;
102
-qim m atli qog‘ozlar bozorining holati va uning qatnashchi
lari to‘g‘risida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilish;
-qim m atli qog‘ozlar bozorining samarali infratuzilmasini
tashkil etishda qatnashish;
- 0 ‘zbekiston
Respublikasi vazirliklari, idoralari, mahalliy
boshqaruv organlarining, birlashmalaming qimmatli qog‘ozlar bo
zoridagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga
binoan 1994- yilda Toshkent fond birjasi tashkil etilib,
bugungi
kunda u respublikamizda 12 ta mintaqalararo bo‘linmalarga ega.
Toshkent fond birjasining mintaqalararo savdolar qatnashchi
lari mintaqalardagi savdoga chiqariluvchi aksiyalar hajmi haqi
dagi axborotga ega bo‘lib qolmasdan, balki bevosita bitim tuz
ish imkoniga egadirlar. Bunday bitimlar taklif qilingan aksiyalar
bo‘yicha elektron bankning mavjudligi tufayli Toshkent fond birja
sida ishlab chiqilgan dasturiy vositalar bilan jihozlangan maxsus
telekommunikatsiya tizimi orqali amalga oshiriladi.
Mustaqillikning birinchi 10 yilligida Fond birjasini tashkil
etish bilan bir qatorda investitsiya muassasalari - fond bozorin
ing ixtisoslashgan ishtirokchilari tarmog‘ini
ham shakllantirishga
kirishildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi «Qimmatli qog‘ozlar bozorin
ing amal qilishi mexanizmi to ‘g ‘risida»gi Qonuniga binoan qim
matli qog‘ozlar bozorida maxsus faoliyatni amalga oshiruvchi
investitsiya muassasalarining 9 ta turi - investitsiya vositachisi,
investitsiya maslahatchisi, investitsiya kompaniyasi,
investitsiya
fondi, boshqaruv kompaniyasi, depozitariy, hisob-kliring tashki
loti, qimmatli qog‘ozlar egalari ro'yxatini yurituvchi, qimmatli
qog‘ozlar nominal yurituvchisi belgilab berildi (5.1.1-jadval). Bu
bozor iqtisodiyotining ilk bozor infratuzilma institutlarini shakllan
tirish davrlariga to‘g‘ri keladi va ulaming rivojlanishini ta’minlash
ko‘p jihatdan tadbiqiy xususiyatga ega boMgan. Hozirda bu so
halami rivojlantirish borasida juda keng ko‘lamdagi iqtisodiy islo
hotlar amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: