Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
XIV.MOLIYa
BOZORI 
STATISTIKASI 
 

Moliya bozorining fenomeni va ahamiyati 

Moliya bozori statistikasi: tushunchasi, 
metodlari, ko‘rsatkichlari 

Oliy moliyaviy, aktuar va taqribiy hisoblash 
ko‘rsatkichlari 

Qimmatli qog‘ozlar statistikasi ko‘rsatkichlari 

Valyuta bozori statistikasi ko‘rsatkichlari 

Valyutaning haqqoniy (real) kurslarini

aniqlash metodlari 

Cug‘urta bozori statistikasi ko‘rsatkichlari 

Asosiy tayanch iboralar 

Bilimingizni sinab ko‘ring 
14.1. Moliya bozorining fenomeni va ahamiyati 


330 
Moliya bozori qachon va qaerda paydo bo‘lgan, nimani anglatadi, qanday 
funksiyalarni va vazifalarni bajaradi, uni qanday turlari va shakillari mavjud va 
h.k. savollarga hozirgi kunga qadar aniq javob yo‘q. Ko‘pchilikning fikricha, 
moliya bozori pulning paydo bo‘lishi bilan paydo bo‘lgan ekan. Adabiyotda 
moliyaviy bozorlarni, ko‘pchilik tassavur qiladigan bozorlarga (karvon bozor, 
dehqon bozori va hokazo bozorlarga) o‘xshatishadi.
Moliviy –investitsion lug‘atda moliya bozoriga quyidagi ta’rif berilgan. 
“Moliya bozori – bu bozor, qaerda pul almashinuvi, kapital ishga solinadi va kredit 
berish amalga oshiriladi”
16
Chet elda va Respublikamizda chop etilgan kitoblarda moliya bozoriga 
berilgan boshqa ta’riflar ham mavjud. Masalan , “Ekonomika” darsligida (Rossiya) 
“Moliya bozori – bu kapitalga bo‘lgan talab va taklif asosida vositachilar 
yordamida kapitalni kreditor va zayomchilar o‘rtasida qayta taqsimlanish” deb 
ta’rif berilagan
17

B.A. Rayzberg tahriri ostida chop etilgan darslikda esa moliya bozoriga juda 
original ta’rif keltiriladi. Moliya bozori – moliyaviy resurslarni (ya’ni pul, valyuta, 
aksiya, obligatsiya va h.k.) talab va taklifini ifodalaydi. Bunday tipdagi bozorlarda 
pul va pul mablag‘lari biri ikkinchisiga sotiladi
18
.
O‘zbekiston olimlarini ishlarida ham moliya bozorlariga berilagan ta’riflar 
ancha. Masalan, Sh.Shoxa’zamiyning fikricha, moliya bozori moliyaviy 
instrumentlar bo‘yicha talab va taklif funksiyalarini amalga oshiririlishini 
ta’minlab beruvchi tizimdir. Muhit bo‘yicha ushbu instrumentlar moliyaviy 
resurslarini tashkil etadi. Ularni moliya bozorida aylanishi bozor iqtisodiy 
subyektlarini manfaatlariga bo‘linadi
19
.
O‘zbekiston Respublikasida moliya bozoriga berilgan ayrim ta’riflar ayrim 
qonunlarda ham keltiriladi. Masalan , 05.12.2011 yilda qabul qilingan “Raqobat ” 
to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunida moliya bozori deganda banklar va 
16
. Фининсово-инвестиционный словарь. М.: Инфра –М, 1997. с. 195. 
17
.Экономика. Учебник –М.: Бек, 1997, с.165.
18
.Курс экономики. Учебник.-М.: Инфра-М, 1997. С.260
19

Ш.Шахзамий. Финансовый рынок и ценные бумаги. –Т.: IQTISOD-MOLIYA, 2005.с.43


331 
kredit tashkilotlari, sug‘urta va boshqa moliyaviy tashkilotlar hamda qimmatli 
qog‘ozlar bozorini professional qatnashchilari ko‘rsatadigan moliyaviy xizmat 
muomalasi sohasi tushuniladideb yozilgan. 
Kim haq kim noxaqligini tahlil (bu ish darslik darajasida amalga
oshirilmaydi) qilmasdan, biz moliya bozori deganda pul va kapital bo‘yicha
barcha bitim va operatsiyalar amalga oshiriladigan bozorni tushunamiz. 
Moliya bozorining asosiy maqsadi-iqtisodiyotda pul va kaptalni erkin va 
samarali siljishini (taqsimlash va qayta taqsimlash) ta’minlashdir.
Moliya bozori oldiga qo‘yilgan maqsadga muvofiq quyidagi vazifalarni
hal etadi: 
-
vaqtincha bo‘sh turgan moliyaviy resurslarni oborotga jalb etish; 
-
iqtisodiyotni istiqbolli tarmoqlariga moliya-investitsion resurslarni 
samarali taqsimlash va qayta taqsimlash
-
davlat qarziga xizmat ko‘rsatish; 
-
ishlab chiqarish vositalarga egalik qilish huquqini qayta taqsimlash; 
-
o‘zaro balanslashtirilgan pul - kredit va byudjet-soliq siyosatini davlat
tomonidan bajarilishida xizmat qilish; 
-
moliyaviy globallashuvga erishish; 
-
moliyaviy resurslarni qaytarilishini ta’minlash; 
-
emitentlarni moliyaviy oqimlarini optimizatsiyalash va ularni iqtisodiy
manfaatlarini himoyalash; 
-
bozor qatnashchilarini mavqeini oshirish, biznesni rivojlantirish va yangi
ish o‘rinlarini yaratish va boshqalar. 
Moliya bozori statistikasining oldida quyidagi vazifalar turadi: 
-
moliya bozorida amalga oshiriladigan bitim va operatsiyalar haqida
ishonchli ma’lumotlar to‘plash; 
-
to‘plangan ma’lumotlarni jamlash, guruhlash, jadval va grafiklarda
ifodalash; 
-
moliya bozorida amalga oshiriladigan bitim va operatsiyalarni statistik 
tahlil qilish; 


332 
-
moliya bozoridagi mavjud tendentsiyalarni aniqlash va statistik baholash; 
-
eng asosiy vazifa-moliya bozoridagi bitim va operatsiyalarini (barcha 
qatnashchilar uchun) manfaatligini statisik baholash hamda bozordagi 
foydalanilmayotgan zaxiralarni aniqlash va oborotga kiritish; 
-
Respublika moliya bozorini jahon moliya bozoriga integratsiyalashuvida 
uslubiy yordam ko‘rsatish.

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish