Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev


 Milliy boylikni kengaytirilgan kontseptsiyasi: tabiiy va inson



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

13.3. Milliy boylikni kengaytirilgan kontseptsiyasi: tabiiy va inson 
kapitali statistikasi 
Milliy boylikni an
’anaviy shakllardan farqli o‘laroq, yangi kengaytirilgan 
kontseptsiyasi tabiiy va inson resurslardan 
o‘z ichiga qamrab oladi. Tabiiy 
kapital milliy boylikning muhim elementidir. 
Tabiiy kapitalga
tiklanadigan va tiklanmaydigan tabiat in
’omlari kiradi: 
er, suv, foydli qazilmalar, yovvoyi 
o‘simlik va hayvonot dunyosi, havo, 
energiyaning tabiiy turlari. Egalik qilish huquqi joriy qilinadigan, shu bilan 
birga iqtisodiy manfaat manbai b
o‘la oladigan tabiiy resurslar milliy boylik 
tasnifida ishlab chiqarilmagan moddiy aktivlar tarkibiga kiritiladi.
MHTda er 
– bu ishlab chiqarilmagan moddiy aktib bo‘lib, er ustidagi 
turpoq, unda joylashgan suv xavzalari hamda qurilish inshoatlari joylashgan 
erlar er tarkibiga kiritiladi. 
Qazilma boyliklar
– bu mavjud texnik taraqqiyot darajasidan kelib 
chiqib foydalanish iqtisodiy ma
’noga ega bo‘lgan yer usti va qa’rida 
joylashgan foydali qazilmalarning aniqlangan zaxirasi.
O‘simlik va hayvonot dunyosining etishtirilmaydigan biologik resurslari 
– bu inson ishtirokisiz o‘simlik va hayvonot mahsulini bera oladigan va 
keyinchalik ularga egalik huquqi 
o‘rnatiladigan yovvoyi flora va fauna, 
yovvoyi 
o‘simliklar va hayvonlar. 
Suv resurslari
– milliy iqtisodiyotda foydalanilishga yaroqli bo‘lgan er 
usti va ostida joylashgan suvlar. 
BMTning ishchi guruhi (Dj.Dikson va K.Xamilton) tabiiy kapitalni hajmi 
va tarkibini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqqan. Ularning hisob-
kitoblariga qaraganda tabiiy kapitalni (qishloq x
o‘jalik erlari, o‘rmon va 
himoyalangan erlar, minerallar va boshqa er osti boyliklari) jon boshiga 
hisoblaganda birinchi 
o‘rinda Yaqin Sharq mamlakatlari, ikkinchi Shimoliy 
Amerika, eng oxirida Shimoliy Afrika davlatlari turar ekan. Er osti boyliklari 
b
o‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ham yuqori o‘rinlarda turadi. Respublika 
zaminida mashhur ximik (oilada 17- farzand) Mendeleev D.I.(1834-


323 
1907)ning davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar topilgan. Hozirgi 
paytda mustaqil 
O‘zbekiston Respublikasida 3 mingga yaqin turli foydali 
qazilma konlari va ma
’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. 
Ular 100 ga yaqin mineral xom-ashyo turlarini 
o‘z ichiga oladi. Juda katta 
zaxiralar Navoiy viloyati va Qoraqalpo
g‘iston Respublikasida 900 dan ortiq 
kon qidirib topilgan. Ularning tasdiqlangan zaxiralari deyarli 1,0 trillion 
AQSh dollarini tashkil etadi, mineral xom-ashyo potentsiali 3,3dan ortiq. 
Aholi jon boshiga hisoblasak, tegishli ravishda 31,25 va 103 ming dollardan 
ortiq. Demak, 
O‘zbekiston jon boshiga to‘g‘ri keladigan er osti boyliklar 
qiymat b
o‘yicha eng boy davlatlar qatoriga kirar ekan. 
Tabiiy kapitalning boshqa muhim qismi erdir. Respublikaning umumiy 
er maydoni (01.01.2018) 44410,3 ming ga, shundan 60,2% qishloq 
x
o‘jaligiga yaroqli erlar.
Bugungi kunda jon boshiga 0,21 km
2
haydaladigan erlar, 1,16 km

qishloq x
o‘jaligiga yaroqli er va 0,06 km
2
o‘rmonlar to‘g‘ri keladi. Er 
maydonini ushbu va boshqa jihatlarni 
e’tiborga olingani holda klassifikatsiya 
qilishdan maqsad ularni iqtisodiy baholashdir. Iqtisodiy fond esa mavjud er 
maydonlarini baholashda 3 ta kontseptsiyadan foydalanilgan: sarf-xarajat 
va renta; kadastr; renta. 
Tabiiy kapital hajmini miqdoriy baholashda huddi inson kapitali kabi 
muammolar mavjud b
o‘ladi. Bu kapitalni baholashda sarf-xarajat usulini 
q
o‘llash mumkin emas, chunki bu kapitalning shakllanishida inson hech 
nima sarflamaydi. Baholanayotgan tabiiy kapital unsurlariga 
o‘xshash 
unsurning bozorda mavjud emasligi bozor baholari usulidan foydalanish 
imkonini bermaydi. Kadastr usuli yaxshi usul, lekin milliy boylik hajmini 
baholashda yaroqsiz.
Bugungi kunda eng keng tarqalgan usul 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish