O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“Menejment” fakulteti
“Menejment” kafedrasi
Ro‘yhatga olindi № __________
Ro‘yhatga olindi № __________
“______” ___________2022 y.
“______” ___________2022 y.
“MENEJMENT” KAFEDRASI
“STRATEGIK MENEJMENT ” fanidan
KURS ISHI Mavzu: Kompaniyaning bozordagi strategik va moliyaviy ahvolini baholash uslubiyotlari. Bajardi: Menejment fakulteti MNP-52 guruhi talabasi: Bobojonov Rasulbek
Tekshirdi: Yusupov Ulug`bek
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
“____” _______2022 y.
Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2022 y.
Baho “_____” _________
___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)
Komissiya a’zolari:
__________________
__________________
__________________
TOSHKENT – 2022 Mundarija: Kirish..............................................................................................................................3
1. Kompaniyani strategik va moliyaviy ahvolini uslubiyotlari mazmun va mohiyati.........................................................................................................................9
2. Mavjud strategiyani tekshirish va samaradorligini aniqlash uslublari. SWOT va PEST tahlillarini qo’llash........................................................................................….15
3. “Artel” kompaniyasining bozordagi strategik va moliyaviy ahvoli ........……........20
4. Korxonada mavjud strategik muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari....…......24
Xulosa...........................................................................................................................29
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati..............................................................................30
KIRISH Rivojlangan biznes muhitini strategik qarorlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Strategik qarorlar har qanday korxona va tashkilotning joriy va kelgusidagi asosiy faoliyati mazmunini belgilab berib, buning natijasida biznes sub’ektlari tashqi muhit omillariga qarshi o’zlarining samarali faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Darhaqiqat, har qanday biznesning samarali tashkil etilishi va rivojlanishini uning tashqi muhitidagi o’zgarishlarning o’z vaqtida hisobga olinishi va shunga yarasha strategiyalarning ishlab chiqilishi belgilab beradi.
Bugungi kunda strategiyalar ko’plab shakl va turlarga ega bo’lib, talabalar ular to’g’risida aniq va maqsadli yo’nalgan bilimga ega bo’lishlari kerak. Strategiyalarning har qanday biznes faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo’lganligi ularni ilmiy va nazariy asoslarini puxta egallashni talab qiladi. Chunki, bo’lajak mutaxassislar bunday asoslarni yetarli darajada egallamay turib, strategiyalarni ishlab chiqish va amalda qo’llash bo’yicha muhim qarorlarni qabul qilishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelishadi. Strategik menejment – korxona va tashkilotlarda strategik jarayonni shakllantirish, boshqarish va tahlil qilish, korxonalarning tashqi va ichki muhitlarini tahlil qilish va boshqarish, korxonalardagi resurslarni boshqarish, korxona va tashkilotlarda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda strategik nuqtai-nazarlardan kelib chiqqan holda yondashish, korporativ va biznes strategiyalarni ishlab chiqish va rivojlantirish, korxona va tashkilotlarning strategiyalarini rejalashtirish va ijrosini ta’minlash, korxona va tashkilotlarda strategik o’zgarishlarni boshqarish, strategik pozitsiyalanishni rivojlantirish hamda strategik restrukturizatsiyalash masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Strategik menejment fani korxona va tashkilotlarni ichki va tashqi bozorlarda o’z maqsadlarga erishish quroli sifatida qarashga alohida e’tibor beradi.1 Har bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakat uchun yuqori texnologiyalarga ega, zamonaviy bilim va ko’nikmalarni egallagan kadrlar faoliyat yuritadigan firma hamda korxona-muassasalarning salmog’ini oshirish strategik vazifa hisoblanadi. Xususan , yurtimizda ham mahalliy korxona-firmalarni jahon bozoriga olib chiqish , ularning tovar va mahsulotlarini jahon andozalariga mos holda yuqori sifat bilan ishlab chiqarish ishlariga alohida ahamiyat berilmoqda. So’nggi yillarda boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, unda yangi usul va samarali metodlarni joriy etish, raqobatbardoshlik muhitini rivojlantirish hamda strtaegik ahamiyatga ega davlat va xususiy sektor korxona va firmlari salmog’ini oshirish muhim vazifalar qatorida turibdi. Bularning barchasini amalga oshirishda, strategik boshqaruv ahamiyati benihoyat ulkan sanaladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish korxonalarini boshqarishda o’zgarib turuvchi raqobat muhiti va bozor sharoitlarini ilg’ab olish, ularning mohiyati hamda qonuniyatlarini chuqur tahlil qilish, optimal iqtisodiy qarorlar qabul qilish, ko’p variantli yechimlardan muqobil yechimni tanlash, tavakkalchilik va noaniqlik sharoitida korxonani strategik boshqarish muhim dolzarb masaladir. Raqobatning o’sib borayotganligi bilan tavsiflanadigan bugungi biznes muhiti korxona va tashkilotlardan turli – tuman strategiyalarni ishlab chiqish va ular asosida samarali faoliyatni tashkil etishni talab qilmoqda. Buning uchun korxona va tashkilot rahbarlari strategik boshqarishga oid yyetarlicha bilim va tajribalarga ega bo’lishlari kerak. Darvoqe, ko’plab mahalliy xo’jalik subyektlarining boshqaruv xodimlari raqobatchilarni ortda qoldirish maqsadida turli xil qarorlarni qabul qilishlariga qaramasdan, ularning faoliyati zamonaviy boshqaruv nuqtai-nazaridan qaraganda, ma’lum bir strategiyalarga mujassamlashtirilmagan. Bu esa o’z navbatida mahalliy korxona va tashkilotlarning kelgusidagi faoliyat istiqbollarini baholash va belgilashda ma’lum qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Rivojlangan biznes muhitini strategik qarorlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Strategik qarorlar har qanday korxona va tashkilotning joriy va kelgusidagi asosiy faoliyati mazmunini belgilab berib, buning natijasida biznes subyektlari tashqi muhit omillariga qarshi o’zlarining samarali faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Darhaqiqat, har qanday biznesning samarali tashkil etilishi va rivojlanishini uning tashqi muhitidagi o’zgarishlarning o’z vaqtida hisobga olinishi va shunga yarasha strategiyalarning ishlab chiqilishi belgilab beradi.
Korxona bozorda samarali faoliyat ko’rsatishi uchun iqtisodiy o’zgarishlar va noaniqliklarni oldindan ko’ra bilish, korxonani rivojlanish konsepsiyasini belgilash, korxona va uning bo’limlarini samarali boshqarishni olib borishni taqozo etadi. Strategiya korxonaning samarali boshqarishda biznesga bog’liq bo’lgan juda ko’p raqobatbardosh harakatlari va qulay yo’llarini o’z ichiga oladi. Umumiy ma’noda strategiya – bu korxonaning tutgan yo’lini mustahkamlashga, iste’molchilarning talabini qondirishga va o’z oldiga qo’yilgan maqsadlariga erishishga qaratilgan rejali boshqarishdir. Menejerlar korxona qaysi yo’nalishda rivojlanishni aniqlash va harakat usulini tanlashda asosli qarorlar qabul qilishi uchun strategiyani ishlab chiqadi. Strategik boshqarish – strategiyasining mavjud bozorlar va tovarlarga bo’lgan yo’nalishi, korxonalarda strategik jarayonni shakllantirish va boshqarish, korxonalarning tashqi va ichki muhitlarini tahlil qilish va boshqarish, strategiyalarini rejalashtirish va ijrosini ta’minlash, strategik o’zgarishlarni boshqarish jarayonlarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Strategik boshqarish fani korxona va tashkilotlarni ichki va tashqi bozorlarda o’z maqsadlarga erishish quroli sifatida qarashga alohida e’tibor beradi. Strategiya korxonaning tashqi vaziyatiga va ichki holatiga qanchalik mos bo’lsa, shunchalik kam sonli o’zgarishlarni strategiyaga kiritish kerak bo’ladi. Strategiyani kelajakka mos kelmaslik darajasi oshib as hu sari, rahbarlikning yangi strategiyani yaratish ehtimoli ham oshib boradi. Strategiyani yaratish shunday faoliyatki, bunda rahbarning faqat yaxshi niyati va ijodiy yondashuvi yetarli emas. Strategiyani yaratish chuqur boshqaruv tahlilini talab qiladi. Korxonani samarali boshqarish uchun uning strategiyasini sifatli yaratish va sifatli tatbiq etish zarur. Strategik boshqarish fanining vazifasi yaxshi tashkil etilgan strategik boshqaruv asosida uzoq vaqt mobaynida korxonaning samarali faoliyatini ta’minlashdir.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish korxonalarini boshqarishda o’zgarib turuvchi raqobat muhiti va bozor sharoitlarini ilg’ab olish, ularning mohiyati hamda qonuniyatlarini chuqur tahlil qilish, optimal iqtisodiy qarorlar qabul qilish, ko’p variantli yechimlardan muqobil yechimni tanlash, tavakkalchilik va noaniqlik sharoitida korxonani strategik boshqarish muhim dolzarb masaladir.
Raqobatning o’sib borayotganligi bilan tavsiflanadigan bugungi biznes muhiti korxona va tashkilotlardan turli – tuman strategiyalarni ishlab chiqish va ular asosida samarali faoliyatni tashkil etishni talab qilmoqda. Buning uchun korxona va tashkilot rahbarlari strategik boshqarishga oid yyetarlicha bilim va tajribalarga ega bo’lishlari kerak. Darvoqe, ko’plab mahalliy xo’jalik subyektlarining boshqaruv xodimlari raqobatchilarni ortda qoldirish maqsadida turli xil qarorlarni qabul qilishlariga qaramasdan, ularning faoliyati zamonaviy boshqaruv nuqtai-nazaridan qaraganda, ma’lum bir strategiyalarga mujassamlashtirilmagan. Bu esa o’z navbatida mahalliy korxona va tashkilotlarning kelgusidagi faoliyat istiqbollarini baholash va belgilashda ma’lum qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda.
Rivojlangan biznes muhitini strategik qarorlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Strategik qarorlar har qanday korxona va tashkilotning joriy va kelgusidagi asosiy faoliyati mazmunini belgilab berib, buning natijasida biznes subyektlari tashqi muhit omillariga qarshi o’zlarining samarali faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Darhaqiqat, har qanday biznesning samarali tashkil etilishi va rivojlanishini uning tashqi muhitidagi o’zgarishlarning o’z vaqtida hisobga olinishi va shunga yarasha strategiyalarning ishlab chiqilishi belgilab beradi.
Korxona bozorda samarali faoliyat ko’rsatishi uchun iqtisodiy o’zgarishlar va noaniqliklarni oldindan ko’ra bilish, korxonani rivojlanish konsepsiyasini belgilash, korxona va uning bo’limlarini samarali boshqarishni olib borishni taqozo etadi. Strategiya korxonaning samarali boshqarishda biznesga bog’liq bo’lgan juda ko’p raqobatbardosh harakatlari va qulay yo’llarini o’z ichiga oladi.
Umumiy ma’noda strategiya – bu korxonaning tutgan yo’lini mustahkamlashga, iste’molchilarning talabini qondirishga va o’z oldiga qo’yilgan maqsadlariga erishishga qaratilgan rejali boshqarishdir. Menejerlar korxona qaysi yo’nalishda rivojlanishni aniqlash va harakat usulini tanlashda asosli qarorlar qabul qilishi uchun strategiyani ishlab chiqadi.
Strategik boshqarish – strategiyasining mavjud bozorlar va tovarlarga bo’lgan yo’nalishi, korxonalarda strategik jarayonni shakllantirish va boshqarish, korxonalarning tashqi va ichki muhitlarini tahlil qilish va boshqarish, strategiyalarini rejalashtirish va ijrosini ta’minlash, strategik o’zgarishlarni boshqarish jarayonlarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Strategik boshqarish fani korxona va tashkilotlarni ichki va tashqi bozorlarda o’z maqsadlarga erishish quroli sifatida qarashga alohida e’tibor beradi.
Strategiya korxonaning tashqi vaziyatiga va ichki holatiga qanchalik mos bo’lsa, shunchalik kam sonli o’zgarishlarni strategiyaga kiritish kerak bo’ladi. Strategiyani kelajakka mos kelmaslik darajasi oshib as hu sari, rahbarlikning yangi strategiyani yaratish ehtimoli ham oshib boradi. Strategiyani yaratish shunday faoliyatki, bunda rahbarning faqat yaxshi niyati va ijodiy yondashuvi yetarli emas. Strategiyani yaratish chuqur boshqaruv tahlilini talab qiladi. Korxonani samarali boshqarish uchun uning strategiyasini sifatli yaratish va sifatli tatbiq etish zarur. Strategik boshqarish fanining vazifasi yaxshi tashkil etilgan strategik boshqaruv asosida uzoq vaqt mobaynida korxonaning samarali faoliyatini ta’minlashdir.2