Аmаliy mashg’ulotlаr mavzulari 1-amaliy mashg‘ulot ekologiya fanining bo’lumlari. Mashg‘ulotning maqsadi



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/54
Sana02.07.2022
Hajmi1,53 Mb.
#732670
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
Bog'liq
экология амалий.умк учун (2) (1)

radioaktiv ifloslanishdir
.
AQSH, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan 
davlatlarda kislotali yomg‘irlar ta’sirida katta maydondagi o‘rmonlar qurishi 
ko’zatilgan. Bunday yomg‘irlar hosildorlikni pasaytiradi, suv havzalarini nordonligini 
oshirib yuboradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni emiradi, inson sog‘lig‘iga zarar etkazadi 
(
6-rasm)
.
Kislotali yomg‘irlarning o’zoq masofaga ko‘chishnatijasida turli davlatlar 
o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Ushbu ekologik xatarni bartaraf qilish uchun 
mahalliy, regional va xalqaro miqyosda tadbirlar o‘tqaziladi. Ayrim hududlardagi 
havoning harakatsiz turib qolishi- inversiya oqibatida ko’zatiladigan zaharli tuman-
smog (tutun va tuman aralashmasi) insonlar sog‘lig‘iga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 1952 
yili 5-9 dekabrda Londonda yuz bergan smog oqibatida 4000 dan ortiq kishi nobud 
bo‘lgan. Keyingi yillarda dunyoning yirik shaharlarida London tipidagi smog, Los-
Anjeles tipidagi smoglar qayd qilingan. 
Fotokimyoviy smog deganda sanoat va transport chiqindi gazlarining quyosh 
nurlari ta’sirida reaksiyaga kirishib havfli birikmalarni hosil qilishi tushuniladi. 
Jumladan, ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning hosil bo‘lishi va miqdorining 
ortishi ko’zatiladi. Smogning oldini olish muhim ahamiyatiga ega. Yer yuzida atmosfera 
havosining ifloslanishini kamaytirish uchun tezlik bilan zarur choralar ko‘rilishi lozim. 
Amerikalik meteorolog Luis Battan aytganidek: «yoki insonlar havodagi tutunni 
kamaytiradilar, aks holda tutun yer yuzidagi insonlarni kamaytiradi». 
Insonning xo‘jalik faoliyatida suv manbalari arzon transport va enyergiya vositasi, 
sug‘oriladigan dehqonchilikni rivojlantirishning asosi, sanoat korxonalarini to‘g‘ri 


joylashtirishni belgilaydigan muhim omil hisoblanadi. Kishilarning kundalik hayotini 
suvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Suv bo‘lmasa insonuch kundan ortiq yashay olmaydi. 
Insonlarning suvga bo‘lgan ehtiyoji tobora o‘sib bormoqda. 1 tonna po‘lat ishlab 
chiqarish uchun 250 m
3
, mis ishlab chiqarish uchun- 500m
3
, nikel ishlab chiqarish 
uchun-4000m
3
suv sarflanadi. Yirik korxonalar, elektrostansiyalar butun boshli 
daryoning suvini sarflab yuboradi
Dehqonchilik maqsadlari uchun ayniqsa katta xajmda suv sarflanadi. 1 tonna 
bo‘g‘doy etishtirish uchun 1500m
3
dan ortiq , 1 tonna paxta etishtirish uchun 10000 m
3

sholi uchun 12000 m
3
dan ortiq suv sarflanadi. Suvlarni ifloslovchi asosiy manbalarga 
sanoat korxonalari va maishiy 
xo‘jalikdan chiqadigan oqova suvlar, qazilma boyliklarni ishlab chiqarishdagi 
oqovalar; neftni qayta ishlash korxonalarida ishlatilgan chiqindi suvlar; transportning 
tashlanma suvlari; shaharlardan, hamda kimyoviy vositalar ishlatilgan dalalardan oqib 
chiqqan suvlar; kasalxonalar va chorvachilik komplekslaridan oqib chiqadigan 
tozalanmagan suvlar va boshqalar kiradi. Neft va neft mahsulotlari, sun’iy yuvish 
vositalari, fenollar, pestitsidlar, rangli metallar, murakkab kimyoviy vositalar suvni 
ifloslovchi asosiy birikmalar hisoblanadi.
Oqova suvlarga tushadigan mineral, organik, bakterial va biologik ifloslovchi 
birikmalar ajratiladi. Mineral ifloslovchilar odatda qum, loy, turli mineral tuzlar kislota 
va ishqorlar yeritmasidan iborat. Organik ifloslovchilar o‘simlik va hayvonlarning 
qoldiqlari, inson va hayvonlarning fiziologik chiqindilaridan iborat. Bakteral va biologik 
ifloslovchilar asosan maishiy oqova suvlarda mavjuddir. Suvlarning ifloslanishi ham 
dolzarb ekologik muammolaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonning asosiy daryolari 
qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston hududlaridan ifloslanib keladi. Daryolar suvi 
chorvachilik komplekslari, kommunal- maishiy oqovalar, sanoat oqovalari va katta 
hajmda kollektor-drenaj suvlari bilan ifloslanadi. O‘zbekistonda ifloslangan suvlarning 
78% sug‘oriladigan yerlarda vujudga keladi, 18% sanoat hissasiga va 4% kommunal 
xo‘jalikka to‘g‘ri keladi(2001-yil). Eng 
ko‘p suvlar dalalarda ishlatiladigan kimyoviy birikmalar, pestitsidlar va boshqa 
zaharlar bilan ifloslanadi. Sanoat oqovalarining 80% Toshkent, Farg‘ona, Navoiy va 
Samarqand viloyati sanoat korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish