Matoli filtrlarning ishlash prinsiplarini changlangan havoning mato orqali sizib o`tkazishga asoslangan bolib,havodagi changlar mato tolalari tuklariga ilinib qoladi,havo esa tozalanib,chiqarib yuboriladi.Matoli filtrlarning chang tozalash qobiliyati matoning qalin yoki yirik to`qilganligiga uning tolalari tarkibiga bog`liq.
Masalan,qalin to`qilgan junli matolarda changni ushlanib qolish imkoniyati ko`p va bunday matolarning chang tutish samaradorligi juda yuqori bo`lib 95-99,9% ni tashkil qiladi.Lekin shuni ham eslatib o`tish kerak,bunday matoli filtrning havo o`tkazishga qarshiligi nihoyatda katta bo`lib,taxminan 1200-4000 n/m2 ni tashkil qiladi(bunda 1200 birligini filtr ishga qo`yilganm vaqtdagi qarshiligi va 4000 n/m2 esa changga to`yingan vaqtdagi qarshiligi tushuniladi).Bunday katta qarshilikni engish uchun nihoyatda ko`p energiya sarflaydigan ventilyatorlardan foydalanishga to`g`ri keladi.SHuning uchun sanoat korxonalarida ishlatiladigan filtrlarning ishchi qismi bo`lgan matolarni,siyrak to`qilgan,ammo tukli turlari tanlanadi.Bunda biz filtr qarshiligini kamaytirishga erishamiz,shuning bilan birga sertuk siyrak to`qilgan mato orqali o`tayotgan changlangan havo o`z yo`nalishini bir necha marta o`zgartiradi va changlar mato g`adir-budirliklari va tuklarida ushlanib qoladi.
Mexanik chang ajratuvchilar–turli xil siklonlar,chang o`tiruvchi kameralar,chang to`plovchilar.CHang tozalash kameralari o`z tuzilishi va ishlash usuli bilan eng sodda chang tozalash qurilmalari qatoriga kiradi.
CHanglangan havo tozalash kamerasiga 1 truba orqali 2 kameraga yuboriladi (15-rasm).Kameraga yuborilayotgan havo ma‘lum miqdordagi tezlikka ega bo‗lganligi sababli (18—22m/s), havoning qarshiliksiz chiqib ketishini kamaytirish maqsadida 4 devor to`siq o‗matilgan.
CHangdan tozalangan havo chiqib ketishi uchun 3 chiqarib yuborish trubasi o`rnatilgan.Hozirgi vaqtda ishlash tartibi maxsus silkitib-qoqish merxanizmiga ega bo`lgan filtrlar yaratilgan.Filtrga havoni gorizontal va vertikal holatdagi truboprovodlar orqali yo`naltiriladi.
Ammo gorizontal yo`naltirgan ma‘qulroq,chunki bunda bunkerda yig`ilgan changni to`zg`atib yuborish imkoniyati kamroq.Kameraga kirgan changlangan havo tarkibidagi yirik changlar to`g`ridan-to`g`ri bunkerga tushadi.Mayda changlar bilan changlangan havo englar(3)gayo`naladi va unda mayda changlardan tozalanadi.Englar orqali tozalanib o`tgan havo 4-kameraga o`tadi va undan ventilator yordamida so`rib tashqariga chiqarib yuboriladi. Bu filtrning ishlash jarayonida uning seksiyalaridan biri to`xtatilib,silkitib-qoqish yo`li bilanenglarni changdan tozalanadi.Har bir seksiyadagi englarni galma-gal silkitib qoqish ishini maxsus ekssentrik mexanizm bajaradi.Bu mexanizm filtrning yuqori qismiga o`rnatilgan.
Silkitib qoqish vaqtida englar osib qo`yilgan asos yuqoriga ko`tariladi va o`z og`irligi ta‘sirida keskin pastga tushadi.Englarni silkitib-qoqish bilan birga uning qarama-qarshi yuzasi orqali havo yuborib puflanadi.Englarni tozalash uchun seksiyalardan biri to`xtashi bilan 4-kameraga havo ochiladi.Filtr havo so`rilish holatida bo`lganligi sababli(chunki ventilator havoni filtr orqali so`radi)xonadagi havo xuddi shu seksiyaga tomon so`riladi,buning bilan engningto`qimalari orasiga siqilib kirgan changni chiqarib yuboriladi.10 marta keskin silkitib-qoqish vaqarama-qarshi tomonidan havo berish bilan tozalangan filtr ishga tushib ketadi. Filtrni bir seksiyasini tozalash3-5minut davom etadi.Bunday filtrning havo tozalash samaradorligi 95-99% ni tashkil qiladi.Havo tozalash quvvati 5-8 m3/s. qarshiligi 1000-2500 Pa.Agar tozalanayotgan havodagi chang miqdori juda ko`p bo`lmasa,unda tozalash uchun filtrning o`zi etarli hisoblanadi.Agar chang haddan tashqari ko`p bo`lsa,ikki pog`onali tozalash qurilmasi ishlatilib,uning birinchi pog`onasiga siklon va ikkinchi pog`onasiga filtr ishlatiladi.
SHuni ta‘kidlab o`tish kerakki,filtr asosan changlar qimmatbaho bo`lganda(oziq-ovqat mahsulotlari changi va ba‘zi qimmatbaho metallar)yoki tarkibidagi chang odam sog`lig`i uchun xavfli bo`lgan hollarda ishlatiladi.CHunki bu filtrlar qimmatbaho matodan tuzilgan va matoni tez-tez yangilab turish kerak bo`ladi.
Siklonlar. Sanoat korxonalarida havoni changdan tozalash qurilmalari ichida eng sodda tuzilgani va shuning uchun keng ommalashgani siklondir.Siklonlardan deyarli hamma sanoat korxonalarida foydalaniladi.Siklonlarda changlangan havodan changni ajratib olish markazdan qochma kuchga asoslangan. CHanglangan havo siklonga yo`naltiruvchi qurilma orqali yuboriladi.Bu qurilma havo oqimini siklon qobig`iga qiyalab spiralsimon harakatlanib ishga mo`ljallab o`rnatilgan.Havo o`z harakati davomida konussimon asosga o`tadi va konus toraygan sari havo harakati tezlashadi va siklon qobig`ining eng quyi qismida havo harakati bosimining keskin pasayishi kuzatiladi.Buning natijasida siklon konusining quyi qismiga etib kelgan havo o`z yo`nalishini keskin o`zgartirib, spiralsimon harakatlanishi holatini saqlagan holda yuqoriga tomon yo`naladi va truba orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.CHangning havodan ajralishi siklon konussimon asosining quyi qismida,havo harakatini keskin o`zgartirgan vaqtda yuz beradi.CHunki havo tarkibidagi changlar havodan og`irroq bo`lganligi sababli, havo bilan birga keskin burila olmaydi,balki inersiya kuchi bilan havo tarkibidan otilib chiqib ketadi.Siklon radiusini o`zgartirish imkoniyati bor.Siklon diametri qancha katta bo`lsa, uning chang tutish qobiliyati shuncha kam bo`ladi,siklon diametrini kichraytira borsak,uning samaradorligi orta boradi.Bu ham o`z navbatida ma‘lum qiyinchiliklar tug`diradi.Katta siklon bir yo`la katta miqdordagi changlangan havoni qabul qila oladi.Uning hajmi kichrayishi bilan havo qabul qilish quvvati ham pasayadi.Bu esa,siklonlar sonini oshirishga olib keladi.Ko`p sonli siklonlarni havo bilan ta‘minlash havo taqsimlash vositalari yordamida amalga oshirilishi kerak.Sanoat ishlab chiqarishi zonalaridagi havo tarkibidagi chang miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga egadir.Ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishda chang manbalarini va chang hosil bo`lish sabablarini belgilash,ma‘lum hajmdagi havoda bo`lgan changning sifat tarkibi va uning miqdorini hisobga olgan holda gigienik baho berilishi zarur.Buning asosida chang omilining ahamiyati baxolanadi,zarur bo`lganda ishchilarning salomatligi haqidagi ma‘lumotlar to`planadi va bu dalillar asosida changga qarshi kurash chora tadbirlari belgilanadi.
Sanoat korxonasi havo muhitidagi chang miqdorini aniqlash asosan og`irlik usuli asosida olib boriladi. Bu usul changlangan havoning chang zarrachalarini ushlab qoladigan filtr orqali so`rilishiga asoslangan.Havo sinamasi olinguncha va olingandan keyin filtr og`irligini,shuningdek, so`rilgan havo miqdorini bilish bilan hajm birligidagi havoda bo`gan chang miqdorini aniqlash mumkin.