Changlardan doim tozalab turish.sochiluvchan materiallarni qo‘l kuchi bilan ortish va tushirishda–shaxsiy himoya vositalaridan (maxsus kiyim,respirator, ko‘z oynak)foydalanish,ishchilar uchun qo‘lyuvgichlar va dushlar hozirlab qo‘yish.
Ishlovchilar vaqti–vaqti bilan dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak.CHangga qarshi kurash chora tadbirlari.
CHang kasalliklarining oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
• qonuniy tartibdagi choralar;• changning hosil bo‗ishi va tarqalishiga qarshi chora- tadbirlar;
• shaxsiy muhofaza chora-tadbirlari.
CHangning hosil bo`lishi va tarqalishiga qarshi kurashda texnologik chora-tadbirlar eng samarali bo`ladi.Bunda qo`lda bajariladigan ishlar avtomatik usullarga o`tkaziladi,jihozlarningzich yopilganligi oshiriladi,ma‘lum masofadan turib boshqarish tizimi joriy etiladi.
Mashinasozlik sanoatida quymalarni qum oqimi bilan tozalashni suv sochmasi bilan aralashtirish yoki suv bilan tozalashga almashtirish,kislotalar yordamida tozalash silikoz xavfini butunlay yo`qotadi.Ba‘zi bir ishlab chiqarishlarda poroshoklar o`rniga mahsulotlarni donalar va pasta shaklida ishlab chiqarish chang ajralish jarayonlarini keskin kamaytiradi yoki butunlay yo`qotadi.
Sezilarli chang ajralmalari bilan ishlab chiqarish binolari uchun xavo muxitini so-lomlashtirish yuzasidan profilaktika tadbirlarini o`tkazish zarur:
-texnologik jarayonlarni takomillashtirish yoki o`zgartirish
-ventilyasiya tizimlarini to`g`ri loyixalashtirish va ularning to`g`ri ekspluatatsiyasi
-xavoni konditsionerlash maxsus tizimi qo`llanilishi, shuningdek uni ozon bilan to`yintirish
-izolyasiya qilingan binolarda zonani changlantiruvchi yoki ajraladigan zararliklarga imkon beruvchi agragatlarning ajralishi
-ishlab chiqrish jarayonini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash, distansion boshqaruvni qo`llanilishi.
SHaxsiy muhofaza qurollari-respiratorlar,changga qarshi ko`zoynaklar,toza havo yuborib turiladigan maxsus shlemlar va skafandrlar texnologik va boshqa tavsifdagi eng asosiy umumiy choralar bilan ish xonasidagi havoning changliligini pasaytirish imkoni bo`magan hollarda qo`laniladi.«Lepestok» respiratori keng tarqalgan bo`lib,bunda nafas olinadigan havo maxsus sun‘iy toladan to`qilgan (FPP) qatlami orqali filtrlanadi.U juda samarali bo`lib (respiratorda ishlatilgan gazmol turiga qarab 98 dan 99,9%),nafas olishga deyarli qarshilik qilmaydi, engil va foydalanishga qulay.
Boshqa respiratorlarda filtr orqali faqat nafasga olinadigan havo o`tadi, chiqarilgan nafas maxsus klapan orqali chiqadi. SHunday respiratorlardan eng yaxshisi «Astra-2»,unda ham filtrlovchi gazmol sifatida FPP xizmat qiladi.Ba‘zi bir ishlarda masalan, qum oqimi bilan tozalashda shlyomlarskafandrlar yoki kostyumlar qo`llanilib ishchilarning nafas olish zonalariga toza havoyuborib turiladi.Toza havo maxsus shlanglar orqali shlyom tagiga yuboriladi, shlanglar belga bog`lanadi va berilgan havoni miqdorini boshqarish uchun klapanga ega bo`ladi.
Sanoat korxonalarida ishlatiladigan havoni changdan tozalash qurilmalari nihoyatda xilma-xil va rang-barangdir.Buning asosiy sababi sanoatda hosil bo`ladigan changlarni zararsizlantirish yoki ularni havo tarkibidan ajratib olish nihoyatda mushkul vazifa ekanligidadir. CHanglarni ajratib olish to`qima matolar yordamida tutib qolish ishlari keng yo`lga qo`yilgan bo`lishiga qaramay,hozirgi vaqtda ishlatilayotgan qurilmalar sanoat talablariga to`la javob berolmaydi.Yirik changlarni tutib qolish yoki ajratib olish uncha qiyin emas, ularni markazdan qochma kuchga asoslangan chang tozalash qurilmalarida ajratib olish oson.CHang zarralari maydalasha borgan sari ularni ajratib olish imkoniyatlari ham kamaya boradi. Mayda changlar og`irligi uni yuritayotgan havo molekulalaridan ko`p farq qilmaganligi sababli,ularni markazdan qochma qurilmalar yordamida mutlaqo ajratib bo`lmaydi,to`qima matolar orqali o`tkazganda,mato qancha qalin bo`lgani bilan,chang undan o`tib ketadi.Ikkinchi tomondan qalinlashtirilgan mato orqali havoning sizib o`tishi qiyinlashadi,bu esa o`z navbatida ba‘zi bir muammolarni keltirib chiqaradi.Bu muammolarning eng asosiysi havo tozalash qurilmasining qarshiligining ortib ketishidir.Katta qarshilikka ega bo`lgan qurilma nihoyatda qimmatbaho bo`lishi bilan birga, ko`p miqdorda elektr quvvati talab qiladi.
YUqorida aytib o`tilgan fikrlarni mulohaza qilib,havo tozalash qurilmalarini tanlash, birinchidan havo tarkibidagi changning tarkibini,xavflilik darajasini, mayda-yirikligini,shuningdek,uning qimmatbaho moddalardan tashkil topganligini (masalan,oziq-ovqat mahsulotlaridan tashkil topgan bo`lsa),uni tozalashda yuqori samaradorlikka ega bo`lgan chang tozalash qurilmalaridan foydalaniladi.Agar chang oddiy qipiq,ko`mir changlari,metall changlari bo`lsa,bunday changlangan havoni markazdek qochma harakatga asoslangan arzon,lekin samaradorligi kamroq bo`lgan tozalash qurilmalaridan foydalaniladi. Agar chang tarkibida qo`rg`oshin, simob va boshqa og`ir metallar changlari mavjud bo`lsa,ma‘lumki bu changlar odam organizmi uchun juda xavfli asoratlar hosil qilishi mumkin bo`lganligi sababli,bularni tozalash uchun,qimmat bo`lishidan qat‘i nazar yuqori samaradorlikka ega bo`lgan chang tozalash qurilmalaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |