Ey §&yx Nizami, ey nizami dagtlan,
Ey Gdncddd izzii — ehti$aim dagdan.
Olmayibdir cahanda bir saninb msntak,
Beyti, evi, msktabi, ко!am: dagilan.
Ey, Shayx N izom iy, ey nizom i to ‘kiJgan,
Ey, G anjada izzatu-ehtirom i to‘ki3gan.
Bo‘lm agan jahonda bir senla m anim dek,
Bayti, uyi, m aktabi, kalom i to ‘kilgan.
28
1947-yilda shoirning mozori ustida tavalludining 750 yilligiga
bagishlab obida barpo etildi. Maqbara 1990-1991-yillarda
qaytadan qurildi. Nizomiy Ganjaviy maqbarasi kompleksiga
qo‘riqxona maqomi berilgan.
“Nizomiy “Xamsa”ning ilk dostoni “Maxzan ul-asror”ni
1173-1176 yillar orasida yozgan va Kichik Osiyodagi Erzirtjon
29
shahrining
hokimi
Bahromshohga
yo‘llagan.3
Doston
Bahromshohga m a’qul tushib, shoirga talay in’om-ehson
jo ‘natgan. Tarixiy manbalaming guvohlik berishicha, Nizo
miyning muxoliflari bu tuhfani talon-toroj etganlar. Shuning
uchun ham shoiming moddiy ahvoli umrining oxirigacha
og‘irligicha qolgan”4.
Qizil Arslon ham hech qanday daromad kelmaydigan
Hamdo‘yon qishlog‘ini Nizomiyga muhrlab beradi.
Buni
eshitganlardan biri uzunligi va eni yarim farsah keladigan bu
qishloqning yillik daromadi uning xarjiga ham yetmasligini
pisanda qiladi. Shoir shu yeming o‘zidayoq ushbu yorliqni duch
kelgan bir kishining qoiiga berib, jo ‘nab qoladi.
Nizomiyning nomini jahonga mashhur qilgan uning besh
dostonni o‘z ichiga olgan “Xamsa”si bo‘ldi. Bu dostoniar -
“Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazinasi”), “Xusrav va Shirin”, “Layli
va Majnun”, “Haft paykar” (“Yetti go‘zal”) va “Iskandamoma”
(u “Sharafnoma” va “Iqbolnoma” nomli ikki qismdan tashkil
topgan)dan iborat. Abdurahmon Jomiy ta’biri bilan aytganda,
shoiming “Xamsa”da “qo‘lga kiritgan nazokati va latofati hech
kimga muyassar bolmagan, balki, umuman, odamzod qudratidan
tashqari”5. Alisher Navoiy esa “ul nazmlar agarchi zohir yuzidin
afsonadur, ammo haqiqat yuzidin haqoyiq kashfi va maorif
bayonig‘a bahonadur”6, deb ta’rif-laydi.
Nizomiyning she’rlar devoni bizgacha yetib kelmagan.
Shoiming lirik she’rlari turli bayoz va to lamlardan topib
3 Ergash Ochilov. Ko’ngil olamiga sayohat. Maxzanul asror
so’zboshisi. Bako.2021.3-B.
4 Х,омидий X- Кухна Шарк даргалари. - Тошкент:
“Шарк”, 138-бет.
5 Абдурахмон Жомий. Бадористон (Ш.Шомухамедов
таржимаси). - Тошкент; “Ёзувчи”, 1997. 84-бет.
6 Алишер
Навоий. Мукаммал асарлар туплами.
Йигирма жилдлик. 17-жилд (Насойим ул-мухаббат).
-
Тошкент: “Фан”, 2001. 470-бет.
30
jamlangan. Chunonchi, uning Eronda nashr etilgan birinchi
devonida 12 qasida, 137 g‘azal, 9 qit’a, 46 ruboiy mavjud bo‘Isa,
ikkinchi nashrida 16 qasida, 192 g‘azal, 5 qit’a, 68 ruboiy va 17
bayt parokanda she’rlar bor. Shu ikki nashr asosida Tojikistonda
J.Dodalishoev ham Nizomiy devonini nashr etgan. Dushanbe-da
nashr etilgan shoir asarlarining 5 jildligida esa 55 g‘azal, 5
qasida, 2 qit’a, 9 ruboiysi mavjud7. Holbuki, Davlatshoh
Samarqandiy Nizomiy devoni 20 ming bayt she’mi o‘z ichiga
olgan, deb ko'rsatadi.
XV asrda Nizomiyning lirik she’rlari keng o‘quvchilar
ommasiga m a’lum bo‘lmagan b o isa kerakki, Navoiy Nizomiyni
masnaviy ustasi sifatida baholagan holda, lirik shoir sifatida tilga
olmaydi. “Mahbub ul-qulub”dagi shoirlar tasnifotida ham uning
nomini
uchratmaymiz.
Lekin
“Xamsa”
dostonlaridan
barchasining muqaddima qismida va “Saddi Iskanda-riy”
xotimasida Navoiy Nizomiyni ustoz shoir sifatida madh etib,
uning she’riy mahorati va badiiy balog‘atini ta’rif-tavsif qiladi.
Chunonchi, “Hayrat ul-abror”da Nizomiyga alohida bob
bagishlab, uni, jumladan, quyidagi so‘zlar bilan ta’riflaydi:
Ganja quyoshiki ko‘targach alam,
Ayladi so‘z mamlakatin yakqalam...
Ko‘p kishi ham qildi tatabbu’ havas,
Sarvu gul o‘trusig‘a kelturdi xas...
“Farhod va Shirin” dostonida ham Nizomiy va Dehlaviyga
alohida bob bag‘ishlaydi. Jumladan, Nizomiyni - fil, o‘zini -
pashshaga o‘xshatib, “Xamsa” yaratishda uning ruhidan madad
so‘raydi:
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasig‘a panja urmoq.
7
Каранг: Низомий Ганжавий. Куллиёт. Дар панж жилд.
Жилди 5. Икболнома. Махзан ул-асрор. Девоии ашъор. -
Душанбе, 1984. С. 397-440.
31
“Saddi Iskandariy” dostoni nihoyasida esa shoir hir tush
ko‘rgani
va Nizomiy
uni
“Xamsa”
yozganini
qoMlab,
muborakbod etganini yozadi.
“Nasoyim ul-muhabbat”da Nizomiyni shayxlar qatorida
tilga oiadi:
“Mashhur mundoqdurki, alar suluk ayyomida qirq arba’in
chiqaribdurlar va to‘rt arba’inni bir daraxt ustida chiqaribdurlar.
Har oyina bu nav’ mufrit riyozatlar tortmag‘uncha bu nav’ besh
ganjki, alarg‘a nasib bo‘lubdurki, ko‘p ab’yoti alfoz jazolatidin va
ma’noyu tarkib salosatidin desa boMurki, c'joz sarhadiga
yetibdur, kishining ilkiga kirmak imkon emas va umrlari
oltmishdan o‘tgan ekandur...”8.
Nizomiy she’rlari
faqat badiiy jihatdan go; zal va
mukammal boiibgina qolmay, ularda o‘z zamonmmg barcha
ilmu hunarlarini egallagan mutafakkir olim va hayotda katta
tajribaga ega bo‘lgan donishmand inson- ning teran va purhikmat
so‘zlari o‘z aksini topganligini ko‘ramiz. Uni nafaqat turkiy-
forsiy yoxud umuman Sharq, balki jahon so‘z san’atining
ustozlari darajasiga ko‘targan jihatlardan biri shunda. Zero, shoir
she’rlarida biz go‘zal she’riy san’atlami ham, har taraflama keng
va chuqur ilmiy fikr va mulohazalami ham, hayotiy kuzatish va
hikmatlarni ham uchratamiz - ular ko‘pincha o‘zaro omuxta
bo‘lib, bu she’rlaming yuksak badiiyati va teran mazmundorligini
ta’minlagan. Chunonchi, quyidagi ruboiy nafaqat zamonasining
barcha ilg‘or ilmlarini egalllagan mutafakkir olim, ayni paytda,
hayotning butun achchiq-chuchuginl totgan, katta turmush
tajribasiga ega, jamiyatning taraqqiyot qonunlarini teran
tushunadigan donishmand insonning qalbi qa’ridan chiqib,
qog'ozga to‘kilgan dono fikrlardir:
Adi ast, ki bunyodi zafarho boshad,
Zulm ast, ki mo‘jibi zararho boshad.
8
Алишер
Навоий. Мукаммал асарлар туплами. 17-
жилд. 471--бет.
32
Jud ast, ki pardadori har ayb buvad,
Buxl ast, ki satpo‘shi hunarho boshad,
Tarjimasi:
Bil, adlu adolat zafarlar sababi,
Bil, zulmu sitam barcha zararlar sababi.
Bil, xayru saxo aybu gunohni yopgay,
Pastligu xasislik kadarlar sababi .
Barcha o‘tmish mutafakkiriari kabi Nizomiy ijodida ham
insonga bir marta beriladigan ummi qadrlash, uni ezgu ishlarga
bag‘ishlash, bu jahon ayvonida o‘zidan yaxshi nom qoldirishga
da’vat etish motivlari yetakchi o‘rin tutadi:
Ba harza medihi barbod umri nozanin, k-az vay
Ba hosil metavon kardan hayoti jovidoniro.
Ba jon naxridai jonro az on qadrash namedoni,
Ki hindu qadr nashnosad matoi roygoniro.
Mazmuni: “Shunday go‘zal ummi yelga sovurasan-a, axir, u
orqali abadiy hayotni ta’minlash mumkin-ku?! Xuddi hindu tekin
narsaning qadrini bilmaganday, joningni jon evaziga qo‘lga
kiritmaganing uchun ham uning qadriga yetmaysan”.
G ‘azallaridan birida shoir bu o‘tkinchi dunyo, notangi
zamon insonning ulug‘vor maqsadlari, ilohiy muhabbati va ular
yoiidagi ezgu intilishlaii oldida hech narsaga arzimasligini
aytadi. Chunki inson o‘zining ibratli hayoti, ezgu ishlari,
sermazmun ijodi bilan nomini mangulikka naqsh etishi mumkin -
g'addor zamon va yovuz odamlar esa unga xalaqit berishdan
boshqasiga yaramaydilar:
Xush zi, ki zamona g‘am nayarzad,
Andeshai beshu kam nayarzad.
Vaznash hama nimjav nasanjad,
Dodash hama yak sitam nayarzad.
Tarjimasi:
33
Shod yasha, bu zamon g‘amga arzimas,
Qisilmagil, ko‘pu kamga arzimas.
Агра donicha ham turmaydi o‘zi,
Sitami ko‘z yoshu namga arzimas.
M a’lumki, Sharq mumtoz shoirlari ijodida o‘zining
she’riyatda tutgan o‘midan, o‘z mahorati va balog‘atidan
faxrlanib yozilgan she’r va baytlar ko‘p uchraydi. Chunonchi,
Nizomiy yozadi :
Base ko‘shid bulbul bo Nizomiy,
Chu bishnid in g‘azal, minqor barbast.
Mazmuni: “Nizomiyga yetaman, deb bulbul juda ko‘p sa’y-
harakat qildi, lekin ushbu g‘azalni eshitdi-yu, xomush b o id i”.
Darhaqiqat, Nizomiyni ustoz deb bilgan, unga ergashgan,
unga taqlid qijgan shoirlar ko‘p, lekin ulaming hech biri Nizomiy
koiarilgan shohsupa-ga koiarilolmagan.
Nizomiy Ganjaviy nomi qadimdan xalqimiz orasida
mashhur, ta’bir joiz b o isa, u o‘zbekning o‘z shoiriga aylanib
ketg^n. Alisher Navoiygina emas, barcha mumtoz shoirlarimiz
'Xii,
o‘zlariga ustoz deb bilishgan. XIV asr o‘rta!aridayoq Qutb
Xorazmiy uning eng mashhur dostoni “Xusrav va Shirin”ni
tilimizga mahorat bilan tarjima qilgan edi. Oradan bir asr o ‘tgach,
Haydar Xorazmiy xamsa asoschisining “Maxzan ul-asror”
dostoniga javoban “Gulshan ul-asror” asarini yaratadi. 0 ‘z
“Xamsa”sining besh dostonini besh buyuk salafi (Nizomiy,
Xusrav, Xoju, Ashraf, Jomiy)ga tatabbu sifatida yaratgan Navoiy
“Hayrat ul-abror”ni aynan “Maxzan ul-asror”ga javob tariqasida
yozadi. “Xamsa” panjasig‘a panja urupmen. Awalkim, “Hayrat
ul-abror” bo g id a tab’im gullar ochibdur, Shayx Nizomiy ruhi
“Maxzan ul-asror”idin boshimga durlar sochibdur”,
-
deb
yozadi shoiming o‘zi bu haqda “Muhokamat ul-lug£atayn”
34
asarida9.
Zabardast shoir va mohir mutarjim Muhammadrizo
Ogahiy
“Haft
paykar”ni
erkin
nasriy
tarjima
qiladi.
“Iskandamoma” dostoni ham o‘tmishda ilmu adab ah lining
diqqati-ni o‘ziga jalb etgan. Jumladan, “Shohnoma” tarjimoni,
shoir va adib Shohi Hijron “Qissai Doroi Zarrinkamar” asarida
“Iqbolnoma”ning
muxtasar
mazmunini
bayon
etgan,
Nurmuhammad Buxoriy, Mulla Fozil Xomushiylar ham Nizomiy
“Xamsa”sini sharhlar ekanlar, “Iskandarnoma”ni batafsilroq tahlil
qilishga harakat etishgan”10.
1947
yil Nizomiyning 800 yillik yubileyi sobiq Ittifoq
miqyosida
keng
nishonlangan.
Shu
munosabat
bilan
CTzbekistonda ham shoir “Xamsa”si dostonlari tarjimasidan
namunalar - “Xusrav va Shirin” (Qutb taijimasi), “Maxzan ul-
asror” (Haydar Xorazmiy tarjimasi)11, “Haft paykar” (Ogahiy
tarjimasi) hamda “Layli va Majnun” (N.Oxundiy, Xislat va
Muhammadjonovlar taijimasi)dan parchalar Maqsud Shayxzoda
so‘zboshisi bilan alohida to'plam holida nashr qilindi12.
Keyinchalik taniqli tarjimon, fors-tojik adabiyoti bilimdoni
Shoislom Shomuhamedov shoirning 2 qasidasi, 20 g‘azali, 8
qit’asi, 49 ruboiysi, 74 hikmati hamda “Maxzan ul-asror” va
“Haft paykar” dostonlaridan parchalar tarjima qilib, “Sharq
klassiklari merosidan” seriyasida chop ettirdi13. Fors-tojik
shoirlari asarlarining o‘zbekcha tarjimalari dan
tartib berilgan
9 Алишер Навоий. Тула асарлар туплами, Ун жилдлик. 10-жилд. -
Тошкент: Г'афур Гулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2011.
526-бет.
10 Хомидий X. Г’анжалик пир // “Сино” журнали, 2002 йил, 7-сон,
31 -бет.
11 Хайдар Хоразмийнинг “Гулшан ул-асрор” маснавийси “Махзан
ул-асрор” достони таъсирида ёзилган муста ки л асар булиб, у узок йиллар
мобайнида янглиш равишда Низомий “Хамса”си илк достонининг
таржимаси хисобланиб келди ва унинг ушбу туштамга кириб колиши хам
шу хато карашлар натижасидир. - Э.О.
12 Каранг:
Низомий
Ганжавий. Гулдаста (“Панж ганж”дан
парчалар). - Тошкент, 1947.
ь Каранг: Низомий шеъриятидан. - Тошкент, 1983.
35
“Injular ummoni” to'plamida Ganja pinning yana 2 g'azali14 va
“Xusrav va Shirin” dostonidan Shirin ta’rifiga bag‘ishlangan
parcha Sh.Shomuhamedov tarjimasida beril-gan15. Jonibek
Suvonqulov “Iqbolnoma” masnaviysini
tilimizga o'girgan
b o is a 16, Olimjon Bo'riev shoirning “Panj ganj”iga kiruvchi
“Layli va Majnun”, “Xusrav va Shirin” hamda “Maxzan ul-asror”
dostonlarim o'zbek o'quvchilari e ’tiboriga havola etdi17.
“Maxzan ul-asror”ga yozgan she’riy so'ngso'zidan m a’lum
boiishicha, u buyuk salafi “Xamsa”sini to iiq tarjima qilgan. Biz
buyuk so‘z san’atkorining 15 ta ruboiysini o 'z an’anaviy vaznida
tarjima qilganmiz18.
Eng quvonchli voqea 2017-2018 yillarda Haydar Aliev
nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining rahbari Samir
Abbasovning loyihasi asosida 0 ‘zbekiston Xalq shoiri Jamol
Kamol shayx Nizomiy Ganjaviyning buyuk “Xamsa” asarini
to iik olti dostonni o‘z vaznida, araz qoidalari asosida tarjima
qildi. Ushbu asar Toshkentda va Baku shahrida to iiq holda
nashr etildi. (Nashrga tayyorlovchi va muharrir G.Ashurova).
Qariyb to'qqiz asrdan so‘ng Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”
asarimng
o'zbek kltobxonlariga o'zbek tilida taqdim etilishi
muhim tarixiy voqelikdir!
O'zbekistonda Nizomiy hayoti va ijodini oiganish bo‘yicha
ham qator ishlar amalga oshirilgan. Navoiy bilan bogiab
o'rganilgan ishlardan tashqari, bevosita qardosh shoir merosining
o ‘zi, adabiy aloqa va badiiy ta’sir masaialari, asarlarining
taijimalari yuzasida V.Zohidov, N.Mallaev, Sh.Shomuhamedov,
14 Kapaur: Иижл'лар уммони. 256-бет.
15 Уша ерда. 272-275-бетлар.
56 Каранг: Низомий Ганжавий. Икболнома. - Тошкент: “ART
FLEX”, 2009.
17 Каранг: Низомий Ганжавий. Лайли ва Мажнун. - Техрон, 2005;
Низомий
Ганжавий. Хусрав ва Ширин. - Техрон, 2005; Низомий
Ганжавий. Махзан ул-асрор. - Тошкент: “CHASHMA PRINT”, 2013.
!8
К^аранг: Низомий Ганжавий. рубоийлар
\\ Донишманцлар
тухфаеи. Рубоийлар (Э.Очилов таржимаси). — ТоШкент: “O zbekiston”,
2009. 96—100-бетлар,
36
S.Erkinov, M.G‘anixonov, S.G‘anieva, H.Homidiy, E.Ochilov,
K.Mullaxo‘jaeva, O.Jo'rabocvlar u yoki bu darajada tadqiqotlar
olib borganlar. Ozar adibi Muhammad Sa>;id 0 ‘rdubodiyning
Nizomiy haqidagi ikki kitobdan iborat “Qilich qa qalam” romani
Nazira Alieva va Muhsin Hamidovlar tomonidan o‘zbekchaga
o‘girilib nashr qilingan19.
Alisher Navoiy shayx Nizomiy haqida ustozining sha’ni-
shavkatini ulug‘lovchi mana bunday so‘zlami aytganda to‘la haq
edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |