kutufexonasi
taqdiriga bog‘liqlikdir. Zero, ozod va mustaqil mamlakatning
ilm-fani birinchi galda did va saviyasi baland, serg'ayrat
shaxsiyatlarni kamol toptirishga xizmat etishi lozim.
Turkiy adabiyot tarixida “Xamsa” dostonlari shayx
Nizomiy Ganjaviy qur.gan - adabiy imoratning markaziy
ustunlaridan biridir. Qariyb to‘qqiz yuz yildan beri insonlar,
xususan, turkiy qavm fanzandlari, tabiati ziyo bilan qorilgan,
basirati ochiq, ma’rifatga tashna har bir qalb egasi bu buyuk
obidani nafaqat ko‘rib, taniosho qilish, balki uning baland va
xushhavo ayvonlarida orom olish, bezovta ruhiga xotirjamlik
baxsh etish uchun ushbu maskandan qo‘nimgoh istaydilar. Shu
maqsadda Nizomiy Ganjaviy qoldirgan adabiy meros asrlar osha
o ‘qib-o‘rganilib, tadqiq etilib kelinmoqda. Buyuk “Xamsa” vaqt
sinovidan muvaffao.iyat bilan o‘tib insoniyatni turli zamon va
raakonda hamon o‘ziga chorlab turgani ayon haqiqatdir.
M a’lumki, Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti janob
Ilhom Alievning 5 yanvar 2021 yil kunidagi Qarori bilan buyuk
shoir Nizomiy Ganjaviyning 880 yillik yubileyi sharafiga
Ozarbayjonda 2021 yil
“Nizomiy Ganjaviy yili” deb e’lon
qilindi. Ayni zamonda, O ’zbekiston Respublikasining Prezidenti
Shavkat Mirziyoevning 19 oktabr 2020 yildagi tarixiy Qarorida
buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning 580 yillik
yubileyini keng miqyosda nishonlash haqidagi fikrlar o‘z aksini
topgan. Har ikki Qaror turkiy adabiyotga va mumtoz adabiy-
madaniy sohaga berilgan yuksak e’tibor va ehtirom ramzidir. Biz
taraqqiyotning yangi davriga qadam qo‘ydik. O'zbekiston
prezidentining tashabbusi bilan 0 ‘zbekistonning Turkiy tilli
davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo boTishi bu borada yuksalish
bosqichini boshlab berdi. 0 ‘zaro hamkorlik yoMidagi bu qutlug*
qadam amaliy samarasini bera boshladi. 0 ‘zbekiston va
Ozarbayjon o‘rtasidagi madaniy-adabiy hamkorlik aloqalari
borasida erishilayotgan natijalar buning yorqin isbotidir.
Ozarbayjon va 0 ‘zbekiston bugun xalqaro aloqalar
maydonida muhim rol o‘ynamoqda. Ularning adabiy va madaniy
hamkorligi
butun Sharq o‘lkalari uchun namunaga aylanib
18
ulgurgan. Inchunin, adabiy aloqalarimiz tarixi va bugungi
jarayonini tadqiq etish alohida ahamiyat kasb etadi. Toshkentdagi
Nizomiy Ganjaviy haykali xalqimizning Nizomiy dahosiga
boigan hurmati, qardosh ozarbayjon xalqiga, qadimiy tarixi,
madaniyati, asrlar osha sinalgan
mustahkam irodasi, yorqin
kelajagiga hurmat va ishonch ramzidir. Shuningdek, Bakuda
Alisher Navoiyga qo‘yilgan muhtasham haykal ham ozarbayjon
xalqining o‘zbek xalqiga bo'lgan chuqur ehtiromi ifodasidir.
Buyuk ozarbayjon shoiri shayx Nizomiy Ganjaviy turkiy
millatning benazir niutafakkiri sifatida jahon adabiyotidagi noyob
poetik hodisa - xamsachilikni boshlab berdi. Garchi o ‘z
“Xamsa”sini forsiyda bitgan b o isa ham, ulug1 shoiming “Panj
ganj”ida turkiy tafakkur, turkiy ruh aks etgani ma'lum
(Nacafzada 2019). Ulug* o‘zbek mutafakkiri hazrat Alisher
Navoiy esa o‘z “Xamsa”si bilan Nizomiy Ganjaviy boshlagan
poetik
an’anani
yangilash
barobarida
yuksak
taraqqiyot
bosqichiga ko‘tardi. Ozarbayjon-o‘zbek adabiy aloqalariga doir
e’tiborga molik ilmiy tadqiqotlar muallifi professor Almaz
Ulviyning yozishicha, Alisher Navoiy Nizomiy an’analarini
izchil davom ettirish bilan cheklanmay, turkiy adabiyotning
taraqqiyot darajasini yanada yuksaltirdi (Ulviy 2016, 17). Zero,
Navoiy “...butun ijodi davomida Nizomiy san’atidan ilhom olgan,
unga buyuk hurmat bilan qaragan.” (Sirojiddinov 2019, 642)1.
Mumtoz
adabiyotining
buyuk
siymolaridan
boigan
Nizomiy Ganjaviy va Alisher o‘zidan keyingi davr ijodkorlari
uchun ilhom manbai b o iib xizmat qildilar. Har ikki shoiming
jahoniy shuhrati “Xamsa”siga kiritilgan asarlari o'z mavzusi,
ilmiy-falsafiy fikrlari bilan diqqatga sazovordir. Ozarbayjon tarixi
va madaniyatida doim milliy g‘oya va vatanparvarlik mavqei
bilan yondoshgan Haydar Aliev Nizomiy Ganjaviy merosiga
alohida diqqat qaratganligi tahsinga sazovordir. Tarixga nazar
tashlansa, lideming Ozarbayjonda 1979 yilda “Buyuk ozarbayjon
1H,Жаб6оров- “Низомий Ганжавий ва Алишер Навоийнинг ижод
концепсиясига дойр карашларидаги муштараклик ва узита хослик’Т .
Жа,\он адабиёти журнали, 2021, 192- Б.
19
shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy merosini o'rganish,
nashr etish va targ‘ib qilishni yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” qarori bu sohada yangi istiqbollarni ochdi.
1981 yilda esa, Haydar Aliev tashabbusi va ishtirokida
oMkazilgan Nizomiy Ganjaviyning 840 yillik yubiley marosimi
mamlakat madaniy hayotida muhim voqeaga aylangani tarixdan
ayondir.
Haydar Aliev merosi va an’analarining davomchisi Ilhom
Alievning tegishli Farmoni bilan 2011 yilda Nizomiy Ganjaviy
tavalludining 870 yilligiga bagMshlangan bir qator tadbirlar boMib
o‘tgan. 2021 yil Ozarbayjonda va xorijda shayx Nizomiy
Ganjaviyning 880 yillik yubileyi keng miqyosda nishonlamshi
ushbu monografiyaning yozilishi bilan bogMiq jarayonda kechdi.
2021 yil 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorida
hazrat Alisher Navoiy tavalludining 580 yillik to‘yi
alohida
e’tiborga molik boMdi. Qarorda ta’kidlanganidek, buyuk shoir va
mutafakkir, taniqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning
beqiyos ijodiy merosi o‘zbek, turk va jahon adabiyoti, milliy
madaniyat va adabiy-estetik rivojida alohida e ’tibor berilishi
nazarda tutilgan. Bu sana O ‘zbekistonda xukumat siyosati
darajasida keng nishonlanmoqda.
0 4zbekiston Prezidenti
Qarorida ta’kidlanganidek, buyuk shoir va mutafakkir, taniqli
davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning beqiyos ijodiy
merosi o‘zbek, turk va jahon adabiyoti, milliy madaniyat va
adabiy-estetik rivojida alohida ahamiyatga ega. Yuqorida aytib
o‘tilgan fikrlar bilan belgilangan vazifalarga muvofiq, Bakuda
Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi Nizomiy nomidagi Adabiyot
institutida har ikki shoiming yubileylari sharafiga “Nizomiy va
Navoiy
merosining
umumbashariy
ahamiyati,
manbalari”
mavzusida Xalqaro ilmiy konferensiya oMkazildi. 0 ‘zbekistonlik
olimlar ham bu konferensiyada ishtirok etdi.
Shuningdek, Toshkentda
ham 2021 yil dekabr oyida
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o4zbek tili va adabiyoti
universitetida “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi -
20
Turkiy
she’riyating faxri, jahon adabiyotining durdonasid.ir”
m av zu sid ag i
xalqaro konferensiya o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu rnonografiya ikki buyuk daho Nizomiy Ganjaviy va
Alisher Navoiy merosining o‘rganilishi, ikki o‘lkada ularga
qaratilgan e’tibor,
ijodkorlaming adabiy-falsafiy qarashlari,
sharq madaniyati, turkiy milliy-madaniy merosga qo‘shgan
hissasi, “Xamsa”lardagi o‘ziga xos jihatlaming yoriti’ishi bilan
ahamiyatlidir.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |