Mavzu: Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud ahloq” asari Reja: Sharq uyg’onish davri



Download 397,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana21.06.2022
Hajmi397,29 Kb.
#689847
  1   2   3
Bog'liq
maruf Mavzu



Mavzu: Abdulla Avloniyning 
“Turkiy Guliston yoxud ahloq” asari

Reja: 
1.
 
Sharq uyg’onish davri. 
2.
 
Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi 
 


1.Sharq uyg’onish davri. 
Ma’lumki, Sharq Uyg’onish davrida ma’naviy-ma’rifiy sohada 
asosiy masala inson muammosi bo’lgan. Shuning uchun ham ta’lim-
tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan. Didaktik asarlarda Sharqqa 
xos bo’lgan insonning axloqiy, ruhiy kamoloti, oliy darajadagi yuksalish 
muammosi etakchi g’oya bo’lgan. Insoniylik, insonni ulug’lash g’oyasi 
ta’lim-tarbiyaga oid yaratilgan asarlarning asosiy o’zagi sanalgan. Bu 
g’oyani, ya’ni insonparvarlik g’oyasini amalga oshirishning asosiy 
vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy munosabatlar va 
xislatlarni tarkib toptirishga olib keluvchi ta’lim-tarbiyani amalga 
oshirish muhim masala qilib qo’yilgan. Zero, insoniylik g’oyasida yuksak 
axloqiy xislatlar ifodalangani uchun ham Sharq Uyg’onish davri falsafasi 
va pedagogikasida ta’limiy-axloqiy yo’nalish muhim ahamiyat kasb etdi. 
Axloq masalasi faylasuflarning ham, buyuk mutafakkirlarning ham, 
tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham birdek diqqat markazida bo’ldi. 
Ta’limiy-axloqiy risolalar paydo bo’lib, axloqning ham nazariy, ham 
amaliy masalalari tahlil etildi. «Qutadg’u bilig», «Axloqi Nosiriy», 
«Qobusnoma», «Hibbat ul-haqoyiq», «Guliston», «Bo’ston», «Axloqi 
Jaloliy», «Axloqi Muhsiniy», «Mahbub ul-qulub» kabi Yusuf Xos Hojib, 
Nasiriddin Tusiy, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa’diy, 
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz 
Koshifiylarning ta’limiy-axloqiy asarlari yuqorida ta’kidlaganimiz inson 
shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etish sohasida 
yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazkur 
ta’limiy-axloqiy asarlarda insonning ma’naviy kamolga etishida yuksak 


axloqqa ega bo’lishi ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi 
mumkin, degan g’oya ilgari surildi. 
Chunki biz nazarda tutayotgan davrdan boshlab savod o’rgatish 
«Qur’on» va «Hadis»larni o’rganish va ulardagi ko’rsatmalarni 
o’zlashtirib olib bilan birga olib borilgan. Shunga ko’ra, «Qur’on» va 
«Hadis»lardagi pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodiga ta’sir 
etgan. Hadislarning ta’siriga sabab umuminsoniy fazilatlarga alohida 
urg’u berilgan. Ularda ilgari surilgan musulmonlikning muhim xislatlari: 
halollik, saxovat, himmat, mehru-oqibat, ehson, sharm-hayo, ilm izlash, 
muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar o’z ifodasini topgan va 
Sharq adabiyotiga, jumladan, ta’limiy-axloqiy asarlarga ta’sir etgan. 
Ta’limiy-axloqiy asarlar bevosita Hadislarda ilgari surilgan g’oyalar 
asosida yaratildi. Hadislar ta’siri Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» 
asaridan boshlanib, Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning 
«Hibbat ul-haqoyiq», Sa’diyning «Guliston», Alisher Navoiyning 
«Mahbub ul-qulub» va boshqa asarlar negizida ko’rinadi. Ham g’oya, 
ham mazmun, ham shakl buning dalilidir. 
Masalan «Qur’on»da ham, «Hadis»larda ham, ta’limiy-axloqiy 
dostonlarda ham ilm ta’rifi bilan birga, xulq-odob qoidalari, turmush 
odobi yoritiladi. 
Xullas, Sharq ta’lim-tarbiyasida ilmni targ’ib etish, xulq-odob 
qoidalari islomiy tamoyillarga asoslangan, ta’limiy-axloqiy asarlardagi 
mundarijalarning o’xshashligi ular tayangan ma’naviy zaminga 
bog’liqdir.
Qariyb bir yarim asr davomida mo’g’ullar istibdodi ostida 
xonavayron bo’lgan Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib 


mo’g’ul istilochilari zulmidan qutula boshladi. Movarounnahrda kuchli 
davlat tuzishga bo’lgan intilish g’olib keldi. Mo’g’ul istilochilariga qarshi 
Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo’zg’oldi, Samarqand va 
Xurosonda esa Sarbadorlar qo’zg’olonlari ro’y berdi. Natijada 
Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar. 
XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning feodal 
tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo’g’ul bosqinchilaridan 
tozalandi. XIV asrning oxiri va XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal 
munosabatlar yanada rivoj topa boshladi. 
Sohibqiron Temur va dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davr 
Movarounnahr tarixida alohida o’rin egallaydi. 
Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan 
Movarounnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa 
boshladi. 
Shuning uchun ham XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixda 
Sharq Uyg’onish davrining ikkinchi bosqichi deb ataladi. Chunki, bu davr 
madaniyati o’z tamoyillari, yo’nalishi, iqtisodiy asosi jihatidan IX­XII asr 
madaniyatining davomi sanaladi. 
Shu bois XIV asr oxiri va XV asrlarda Movarounnahrdagi Sharq 
Uyg’onish davri madaniy ravnaqini IX­XII asrlardagi madaniy 
rivojlanishidan ajratib olib ko’rsatish mumkin emas. XIV asrning 
uchinchi choragi va XV asrda Markaziy Osiyoda iqtisodiyot, fan va 
madaniyat o’sdi. Amir Temur hukmronligi davrida jahonning ko’plab 
shaharlarida Samarqandga hunarmandlar, olimu fozillar, san’atkorlar, 
muhandislar olib kelindi va ularning boy tajribalari, ijodiy mahoratlaridan 
ilm- ma’rifat, madaniyat, qurilish jabhalarida keng foydalanildi. 


Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxona va rasadxona qurildi. 
Tibbiyot ilmini o’rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, 
falakiyot, jo’g’rofiya, tarix, adabiyot, falsafa hamda tarbiyashunoslikka 
oid asarlar yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Sa’diy 
meroslarini, shuningdek, yunon-rim madaniyatini o’rganishga havas 
kuchaydi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, Temur va uning izdoshlari, temuriylar 
davrida fan va madaniyat rivojlandi. Ayniqsa Samarqand va Hirot 
shaharlari madaniyat, ilm-ma’rifat markaziga aylandi.
Amir Temur saltanatni bino qilish va uni mustahkamlash uchun 
juda katta xizmat qildi. Ana shunday buyuk xizmatlaridan eng muhimi 
mamlakatda ta’lim tizimini rivojlantirish sohasiga qaratilganligi edi. 
Chunki uning e’tiqodiga ko’ra bilimdon va tadbirkor insongina 
mamlkatning rivojlanishiga hissa qo’sha oladi. Shuning uchun ham 
sohibqiron bilimli va ishbilarmon, tadbirkor kishilarni tarbiyalashga katta 
e’tibor beradi. Bu borada ta’lim tizimining o’ziga xos o’rni bo’lishi 
kerakligini anglagan holda maktab va madrasalar qurdiradi. Saltanat 
poytaxti Samarqand atrofida o’n ikki bog’ va qasr yaratadi, shahar arki 
Ko’ksaroy, uning atrofida esa Bo’stonsaroylar bino etadi. Jome’ masjidi, 
maqbaralar, me’moriy yodgorliklar qurdiradi. Bu ishlarga faqat Amirning 
o’zi emas, uning atrofidagi yaqinlari ham turli madrasalar qurishga bosh-
qosh bo’ladilar. Bulardan Amir Temurning amirlaridan Idigu Temur, 
mavlono Qutbiddin, umr yo’ldoshi Saroymulkxonim, nabirasi 
Muhammad Sultonlar ham madrasalar qurdiradilar.
Madrasalar ma’lum darajada ixtisoslashgan edi. Masalan, 
boshqaruv kadrlarni tayyorlash Muhammad Sulton madrasasida, diniy 


muassasalar uchun kadrlar tayyorlash mavlono Qutbiddin sadr madrasasi, 
umumiy mutaxassislar, ya’ni ziyoli, imom, olim, maktab o’qituvchisi 
tayyorlashga Idigu Temur, Saroymulkxonim madrasalari ixtisoslashgan. 
Lekin ularning hammasida Qur’on, Hadis, fiqh o’rganilgan. Shuningdek 
madrasalarning ixtisosligiga ko’ra umumi aqliya, umumi askariya, 
umumi ma’muriyalar ham o’rgatilgani haqida ma’lumotlar bor. 
Ko’rinib turibdiki, Amir Temur mazkur talablarga rioya etgani 
tufayli uning saltanati rivoj topdi, fan va madaniyat taraqqiy etdi, 
davlatining nufuzi oshib, nafaqat Sharqda, balki G’arbda ham mashhur 
bo’ldi. 
Bu o’n ikki qoidaga rioya qilishdan tashqari, Amir Temur o’zining 
hayoti tamoyillari haqida shunday degan: 
«Men o’z hayotim mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qo’ydim 
va hamishalig’ ularga amal qildim, ular ushbulardir: 

Download 397,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish