Andijon Davlat Universiteti Sirtqi bo’lim Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 219-Guruh talabasi najmiddinova ismigul ning umumiy pedagogika fanidan



Download 118,34 Kb.
bet1/3
Sana05.04.2022
Hajmi118,34 Kb.
#530531
  1   2   3
Bog'liq
NAJMIDDINOVA ISMIGUL

Andijon Davlat Universiteti Sirtqi bo’lim Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 219-Guruh talabasi NAJMIDDINOVA ISMIGUL ning UMUMIY PEDAGOGIKA fanidan

MUSTAQIL ISHI

MAVZU: Sharq pedagogik ta'limotida ta’limiy-axloqiy qarashlar

REJA:

1. Ta’limiy-axloqiy qarashlarning paydo bo’lishi

2. Yusuf Xos Hojibning hayoti va faoliyati. «Qutadg’u bilig»ning yaratilishi

haqida qisqacha ma'lumot

3. Kaykovus: «Qobusnoma»


Sharq Uyg’onishi davrida ma'naviy-ma'rifiy sohada asosiy masala inson
muammosi edi. Insoniylik, insonni ulug’lash g’oyasi talim-tarbiyaga oid asarlarning
asosiy o’zagi sanalganTa’limiyaxloqiy risolalar paydo bo’lib, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil
etildi. «Qutadg’u bilig», «Qobusnoma», «Hibbat ul-haqoyiq», «Guliston», «Bo’ston»,
«Axloqi Jaloliy», «Axloqi Nosiriy», «Axloqi Muhsiniy», «Mahbub ul-qulub» kabi Yusuf
Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa'diy, Nasiriddin Tusiy,
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiyning
ta’limiy-axloqiy asarlari yuqorida ta'kidlaganimiz inson shaxsini ma'naviyaxloqiy shakllantirish muammosini hal etish sohasida yaratilgan sof pedagogik
asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazkur ta’limiy-axloqiy asarlarda
insonning ma'naviy kamolga etishishi yuksak axloqqa ega bo'lishi, ilm-fanni egallash
asosidagina amalga oshishi mumkin, degan g’oya ilgari surildi.
Ta’limiy-axloqiy asarlar bevosita Hadislarda ilgari
surilgan g’oyalar asosida yaratildi. Hadislar ta'siri Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u
bilig» asaridan boshlanib, Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning
«Hibbat ul-haqoyiq», Sa’diyning «Guliston», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub»
va boshqa asarlar negizida ko’rinadi. Ham g’oya, ham mazmun, ham shakl buning
dalilidir.
Masalan, «Qur’on»da ham, «Hadis»larda ham, ta’limiy-axloqiy dostonlarda
ham ilm ta'rifi bilan birga, xulq-odob qoidalari, turmush odobi yoritiladi.
Xullas, Sharq talim-tarbiyasida ilmni targ’ib etish, xulq-odob qoidalari islomiy
prinsiplarga asoslangan, ta’limiy-axloqiy asarlardagi mundarijalarning
o’xshashligi ular tayangan ma'naviy zaminga bog’liqdir.
Yusuf Xos Hojib Balasog’unda tug’ilgan, o’z asarini yoshi ellikdan o’tganda
yozgan. Asar hijriy 462 (1069-1070) yili yozib tugallanganligi, uni o’n sakkiz oyda,
ya'ni 461-yilning birinchi yarmida boshlab, 462-yilning o’rtalarida tugatganligi
aytiladi. Agar bu davrda Yusuf Xos Hojib 50 yoshlar atrofida bo’lsa, 410(1019
milodiy) -yili tug’ilganligi taxmin etiladi
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asari 6500 baytdan yoki 13000 misradan
iborat. Buyuk mutafakkir asarni yozib tugatgach, qoraxoniylar hukmdori
Tavg’achxon (kitobda Tavg’och Ulug’ Bug’ra Qoraxon (xoqon), Abo Ali Hasan
binni Sulaymon Arslon Qoraxon (xoqon) nomlari bilan zikr etilgan) huzuriga kelib,
unga taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo’lib, uning muallifiga Xos Hojib unvonini
beradi. «Qutadg’u bilig» asari katta shuhrat qozonadi. Shuning uchun ham «Qutadg’u
bilig»ni chinliklar (Xitoy) «Adab ul-muluk» («Hukmdorlar odobi»), mochinliklar
(Sharqiy Turkiston) «Anis ul-mamolik» («Mamlakatning tartib usuli»), eronliklar
«Shohnomai turkiy», Sharq elida «Ziynal ul-umaro» («Amirlar ziynati»), turonliklar
«Qutadg’u bilig», ba'zilar esa «Pandnomai muluk» («Hukmdorlar
nasihatnomasi») deb atagani kitob muqaddimasida keltiriladi
Hozirgacha «Qutadg’u bilig»ning Hirot, Qohira, Namangan nusxalari ma'lum bo’lib, Venaga keltirilgan Hirot nusxasini Herman Vamberi nashr qildi va tarjimasini berdi. 1890-yili V.V.Radlov Vena nusxasining faksimilesini, 1891 -yili shu faksijile asosida matnini nashr qildiradi. 1896-yili Qohira nusxasi topilgandan so’ng, undan ko’chirma olgach, V.Radlov har ikki nusxasini qiyoslab, 1910-yili rus grafikasiga asoslangan to’liq transkripsiyasini nemis tiliga tarjimasi bilan nashr ettirdi. 1913-yili esa uning uchinchi nusxasi Namanganda topilib, keyinchalik olimlar bu asarni tadqiq etishga kirishdilar. Demak, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarini ilmiy jihatdan o’rganishga juda ko’p olimlar hissa qo’shgan. V.V.Radlov, H.Vamberi, S.E.Malov, S.N. Ivanovlar uni tarjima etib, nashr qilgan bolsalar, V.V.Bartold, Ye.E.Bertels, I.V.Stebleva, O.A.Valitova har tomonlama tadqiq etdilar. Asarning mukammal nashrini tayyorlashda hamda uni tadqiq etishda o’zbek olimlarining xizmatlari ayniqsa diqqatga sazovor. Birinchi bo’lib professor Fitrat 1924-yili Namangan nusxasini olib, kutubxonaga keltiradi va u haqda maqola e’lon qiladi. «Qutadg’u bilig» ning mukammal nashri o’zbek olimi Q.Karimov tomonidan amalga oshirildi va tadqiq etildi.
«Qutadg’u bilig» asari Sharqda pandnoma yo’lidagi an'anaviy kitob tuzish tartibiga rioya qilgan holda bitilgan. Avval nasriy muqaddima, so’ng 73 bobdan iborat kitobning mundarijasi beriladi. Dastlabki o’n bir fasli debocha bolib, hamd, maqtov va xonni madh etish, ta'rif maqsadi, etti kavokib va o’n ikki burj, tilning ahamiyati, muallifning uzri, ezgulik haqida, bilim olishning ahamiyati, kitobga nom berilishi, keksalikdan afsuslanish kabi fasllardan iboratdir. o’n ikkin-chi fasldan boshlab asosiy voqea bayon etiladi. Lekin asarda ma'lum bir syujet yo’q. Asarda to’rt qahramon - Kuntug’di -adolat ramzi, vazir -Oyto’ldi - davlat va baxt ramzi, vazirning o’g’li O’gdulmish - aql ramzi sifatida, O’zg’urmish - vazirning qarindoshi - qanoat timsoli o’rtasidagi munozara asosida hayotiy masalalar bir-biriga bog’langan holda bayon etilidi.
Kaykovus: «Qobusnoma» Kaykovus 412-hijriy yili (milodiy 1021-1022) tug’ilgan. Uning avlodlari gilon qabilasidan bolib, Tabaristonda (hozirda Kaspiy dengizining janubidagi hudud) yashaganlar. Ammo biz Kaykovus haqida batafsil ma'lumotlarga ega emasmiz. Kaykovus o’z hayoti davomida ko’rgan-bilganlari asosida o’zining buyuk «Qobusnoma» asarini yaratdi. Kitobni u o’g’li Gilonshohga bag’ishlagan. Bu paytda Kaykovus taxminan oltmish yoshlarda edi. «Qobusnoma» Sharqda saqlanib kelayotgan an'anaga ko’ra pand-nasihat tarzida yozilgan bo’lib, mana bir necha asrlardan beri xalqlarni, jumladan yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda, ularni hartomonlama etuk inson qilib tarbiyalashda muhim qollanma bo’lib kelmoqda. Lekin asarning«Qobusnoma» deb atalishining sababi, uning umuman Qobusga aloqasi haqida eslatilmaydi. Kitob Eronda sakkiz marta nashr etilgan. Bularning eng mukammali mashhur olim Rizoqulixon Hidoyat tomonidan 1890—1891-yillari chop etilgan nashri hisoblanadi. Asar keyinchalik Bombayda, Isfaxonda Fatxulla ibn Amulla Vali Urduni Baxtiyoriy tomonidan chop etildi
Ammo «Qobusnoma» asariga davr va shart-sharoitlar, siyosiy qarashlar ta'sirida qay darajada soya tashlanmasin, bu asar mashhur hind asari «Kalila va Dimna», Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’atit-turk», Sa'diyning «Guliston», Ahmad Yugnakiyning «Hibbat ul-haqoyiq», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Voiz Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy», Davoniyning«Axloqi Jaloliy» kabi axloqiy-talimiy asarlari bilan bir qatorda Sharq pedagogik fikr taraqqiyotida inson kamolotini shakllantirishda muhim o’rinni egallaydi. Unda Sharq pandnomalaridagi an'anaga binoan va X asrda paydo bo’lgan yoshlar jamoasi juvonmardlik tarbiyasi ifodalandi, Muallif juvonmardlik haqida eng oxirgi bobda so’z yuritadi. U odamlarning xislatlarini uch xilga bo’ladi: biri aql, biri rostlik va yana biri juvonmardlikdir. Juvonmardlikni asosini Kaykovus uch narsada deb biladi. Birinchisi, aytgan so’zning ustidan chiqish, ya'ni rostlik; ikkinchisi rostlikka xilof qilmaslik; uchinchisi, xayr ishini ilgari tutish.
Uch narsani do’st va dushmanga ochiq tut: uy eshigini, sufra boshini,
hamyonning bog’ichini, deydi. So’ng hamma vaqt rostgo’y bo’lish, xiyonat
qilmaslik ham juvonmardlikning ko’rinishlaridan, deb biladi. Kaykavus
juvonmardlikning kamolot nuqtasini ko’rsatuvchi mezon deb o’z mol-mulkini
o’zganikidan ajrata bilish, xalq mulkiga ta'ma qilmaslik, birovning mol-mulkiga
xiyonat qilmaslik, xalqqa yomonlik qilmaslik, qanoatli bo’lish kabilarda deb biladi.
Mazkur bobda Kaykovus aql haqida fikr bildirib, inson qobiliyatining bir xil
emasligini, inson aqlining tug’ma, ya'ni azaliy aql (tabiiy aql) va kasbiy aql, ya'ni
muktasib (o’rgatilgan aql) kabilarga bo’linishini bayon etadi. Kasbiy aqlni donish
ham derlar, deydi. Muktasib aqlni o’rganish mumkin, ammo azaliy aqlni o’rganishga
yo’llaydi. Kaykovus aql hikmat (falsafa) bilan kamol topadi, deb ko’rsatadi. Muktasib
aqlning takomillashib borishini, tabiiy aql ham muktasib aqlsiz rivojlanishi
mumkin emasligini ta'kidlaydi va fikrlari bilan talim-tarbiyaning ahamiyatiga katta
e'tibor berib, insonning kamolga erishishida aqliy shakllantirish g’oyasini ilgari
suradi.
Kitobda juvonmardlar egallashi zarur bo’lgan quyidagi
yo’nalishlarda ta'lim-tarbiya berish nazarda tutilgan:
  • Kaykovus bilim olish haqida.

  • 2. Hunar va turli kasb egalari haqida.
    3. Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
    4. Jismoniy etuklik haqida.
    Chunki har bir juvonmard uchun tan, jon, havos va maoniy, ya'ni ham
    sipohiylik, ham ma'rifat, ham donishmandlikka ega bo’lish zarur bo’lib, bu
    xislatlar ana shu yuqoridagi to’rt yo’nalishda zikr etilgan. Kaykovus ilmni uchga
    bo’ladi: biror kasb-hunarga bog’liq bo’lgan ilm; ilm bilan bog’liq kasb-hunar hamda
    xayr va dalolatga taalluqli odat.


Download 118,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish