FISHER - SNEDEKOR MEZONI REJA: Statistik gipotezalar va ularning tasnifi. Birinchi va ikkinchi tur xatolar.
Statistik mezon. Kritik soha va kritik nuqtalar.
Kritik sohalarni topish. Mezon quvvati.
Ikkita normal bosh to‘plamning dispersiyalarini taqqoslash.
Ikkita normal bosh to‘plamning o‘rtacha qiymatlarini taqqoslash.
Bosh to‘plamning taqsimot qonunini aniqlash talab etilgan boTsin va uni A deb ataymiz. Agar taqsimot qonuni noma’lum, lekin u tayin ko‘rinishga ega deb taxmin qilishga asos bor boTsa, u holda bosh to‘plam A qonun bo‘yicha taqsimlangan degan gipoteza taklif etiladi. Shunday qilib, ushbu gipotezada taxmin qilina-yotgan taqsimotning ko‘rinishi haqida gap boradi. Taqsimot qonuni ma’lum, uning parametrlari esa noma’-lum boTgan hol boTishi mumkin. Agar noma’lum 0 parametr ta-yin 0 0 qiymatga teng deb taxmin qilishga asos bor boTsa, u hol-da 0 = 0 0 ekanligi haqidagi gipoteza taklif etiladi. Shunday qilib, ushbu gipotezada ma’lum taqsimot parametrining taxmin qilinayotgan kattaligi haqida gap boradi. Statistik gipoteza deb noma’lum taqsimotning ko‘rini-shi haqidagi gipotezaga yoki ma’lum taqsimotlarning parametr-lari haqidagi gipotezaga aytiladi. Masalan, quyidagi gipoteza-lar statistik gipotezalar boTadi: bosh to‘plam Puasson qonuni bo‘yicha taqsimlangan;
ikkita normal to‘plamning dispersiyalari o‘zaro teng.
Birinchi gipotezada noma’lum taqsimotning ko‘rinishi ha-qida, ikkinchisida ikkita ma’lum taqsimotning parametrlari ha-qida taxmin qilingan. Nolinchi (asosiy) gipoteza deb taklif etilgan H0 gipote-zaga aytiladi. Konkurent (muqobil) gipoteza deb nolinchi gipotezaga zid boTgan Hlgipotezaga aytiladi. Masalan, agar nolinchi gipoteza normal taqsimotning mate-matik kutilmasi a 10 ga teng degan taxmindan iborat boTsa, u holda konkurent gipoteza aф10 degan taxmindan iborat boTishi mumkin; ya’ni H0: a = 10 ; H x: aф10 . Oddiy gipoteza deb faqat bitta taxminni o‘z ichiga olgan gipotezaga aytiladi. Masalan, normal taqsimotning (a ma’lum) matematik kutilmasi 3 ga tengligidan iborat H gipoteza oddiy gipotezadir.
Murakkab gipoteza deb chekli yoki cheksiz sondagi oddiy gi-potezalardan iborat gipotezaga aytiladi. Masalan, Л> 5 ekan-ligidan iborat bo‘lgan murakkab H gipoteza H р. Л= b. ko‘rinish-dagi oddiy gipotezalarning cheksiz to‘plamidan iborat, bu yerda b. — 5 dan katta ixtiyoriy son. Taklif etilgan gipoteza to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishi mum-kin, shuning uchun bu gipotezani (statistik usullar bilan amalga oshiriladigan) statistik tekshirish zarurati tug‘iladi. Gipo-tezani statistik tekshirish natijasida xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin.