olur, qahring ko ‘pi
ham oMturur, Bul’ajab holedurur, oyo ne
holatdur sanga.
Shoir lirik qahramoniga xos bo'lgan xususiyatlardan biri
sabrdir. Sabr har qanday qiyinchilik va azoblarga bardosh berish,
maqsad yo‘lidagi har qanday to ‘siqlami
mardonavor yengib
o ‘tish va natijada murodga erishishdir. Ishqning azoblari, ayriliq
iztiroblariga chidam berish ham sabr orqalidir. Shoir lirik
qahramoni iztiroblaru so‘ngsiz ayriliqlardan nolimaydi,
balki
sabrning ozidan shikoyat qiladi
M a’shuqaning mehrsizligi, bedodligi, g ‘am-anduhning
ko‘pligidan emas, oshiq o 'z sabrining ozligidan shikoyat
qilishining sababi bor. Chunki tasaw ufda sabrning tamali nafsga
qarshi borishdir. Sabr nafsning zo ‘rliklariga qarshi kurashdir.
So'fiy
butun balolarni, jum ladan yor vasliga yetishish yo‘lidagi
qiyinchiliklami ham Ilohiy bir imtihon deb biladi. Sabr toqat va
matonat bilan yo‘lda ilgarilaganlaming sarmoyasi, mukofotidir.
Q ur’oni karimda nomlari keltirilgan barcha payg‘ambarlar bir
qancha musibatlarga duchor bo‘lganlar, boshlariga kelgan har
baloga sabrni qarshi qo‘yib, zafarga erishganlar. Jumladan,
Ibrohim (a.s.)ning
otashga otilishi, Ayub payg‘ambaming
xastalikka uchrashi sabr bilan bog‘liq qissalardir.
Ishq y o lig a lcirgan solik ana shu payg‘ambarlar kabi
balolarga uchrab, bu balolarga sabrni qarshi qo‘yadi. Zero, sabr
muhabbatning kalitidir. Navoiy lirik qahramoniga xos bo‘lgan
bunday xususiyatlar komillik darajasiga yuksalish yo‘lidagi
harakatlardandir.
“HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDAGI
HIKOYATLARN1NG
MAVZULAR1, G OYAVIY TASNIFI
Alisher Navoiy ijodining yuqori cho'qqisi “Xamsa”dir.
“Xamsa”da shoirning hayot, inson, yashash bilan bog'liq ko'pdan
ko'p mulohazalari bayon qilingan. “Xamsa”ga qadar lirik
she'rlar, xususan, g'azal yozib nom chiqargan, devonlar tuzgan
227
shoir dostonchilikda ham qalam tebratdi. Ulug'
ozarbayjon shoiri
Nizomiy Ganjaviy (1141-1206), uning hindistonlik izdoshi Amir
Xusrav Dehlaviy (1252-1325) “Xamsa’la rin i qayta mutolaa qilib,
o 'zi ham “Xamsa” yozishga kirishadi. Bu niyat juda erta
boshlangan bo'lsa-da 1483-yi! amalga oshirishga kirishildi. 1485-
yil “Xamsa” yozib tugatiladi. Bu turkiy tildagi birinchi “Xamsa”
edi. “Uni yozishga hammasi b o iib , ikki yil sarflangan. Navoiy bu
ulug' asaming ikki yil ichida yozilganini ta'kidlab,
agar boshqa
ishlar xalaqit
bermaganida uni
olti
oyda
yozishi
ham
mumkinligiga, aslida ham bu besh dostonni yozishga ketgan
muddat, “yig'ishtirsa”, olti oydan oshmayajagiga ishora qiladi:
Bu mehnatlar ichra chekib so'zga til,
Zamondin kamu besh o'tub ikki yil.
Chekib xoma bu noma itm om ig'a,
Yeturgaysen og'ozin anjomig'a.
Ki ahli muhosib shitob aylasa,
Deyilgan zamonin hisob aylasa,
Y ig 'ish tirsab o im as bori olti o y ...”228
Navoiy “Xamsa” bilan o'ziga o'lm as haykal qoldirdi. Bu
asar o 'z davrida ham, buguni
kunda ham katta qadr-qimmat
topdi. Millionlab odamlaming sevimli asariga aylandi. “Xamsa”
barcha
xalqlarning
m a'naviy
boyligi,
komil
insonni
tarbiyalashning asosiy manbaiga aylandi. “Xamsa”dagi har bir
doston o 'z xususiyatiga ega. “Hayrat ul-abror” falsafiy, diniy,
tasavvufiy, odob-axloq rahidagi asar b o is a , “Farhod va Shirin”
ishq-muhabbat, komil inson, Farhod,
Shirin sarguzashtlari bilan
bog'liq. “Layli va M ajnun” ishq, uning ilohiy va majoziy
tomonlari, Qaysning boshidan kechirganlari, Laylining boshiga
tushgan azoblar haqida hikoya qiladi. “Sab'ai sayyor”da Bahrom
va
Dilorom voqealari, shu asosda turli masalalami yorituvchi
yetti hikoyat bayon qilinadi. “Saddi Iskand
obrazi asosida ideal podsho haqida fikr bildiriladi. Turli-tuman
mavzular qalamga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: