Ishga necha sa'bliq imkon erur,
Kim ani oson tutar, oson erur.
Shod ani hit dahrda kirn g ‘am yemas,
Dahr is hi chun g ‘am yegali arzimas.
Nafasdek qisqa umrni g ‘animat bilib, uning qadriga yetish,
bekorga sarflamasdan, rizo va shukronalikni shior aylash lozim,
deydi shoir. Uning talqiniga kowra, har bir kishi bu dunyoda tosh,
o‘simlik yoki qandaydir jonzot emas, balki koinot gultoji - inson
297
etib yaralishining o ‘zi eng oliy saodatdir. Chunki borliqning asl
sababi va mohiyati, olara
mavjudligining yagona
asosi,
tiriklikning asl maqsadi - inson ekan, bu mukarram maqom va
aziz martabaning qadriga yetib, berilgan ne'matlarga shukrona
qilish kerak bo'ladi. Navoiy insonga berilgan ne’matlarni birma-
bir sanab chiqar ekan, ajoyib bir dalil keltiradi: inson bir marta
nafas olganida Alloh unga ikki ne’mat ato qilarkan: nafas olish
orqali tiriklik ozig'idan bahramand bo‘lsa, nafas chiqarishi
zotining quvvatiga sabab b o iad i. Ana shu ikki ne’matning
shukrini bajo keltirish uchun jonlar fido bo‘lsa hamki, kamlik
qiladi:
Borchani qo 'yduq, muni-o 'q aytu bas,
Kim bu nafaskim, sangadur hamnafas.
Kir magi bir ne'mat eurur mug ‘tanam,
Uylaki kirmakligi chiqmog
7
ham.
Biri erur quti hayoting sening,
Yana biri quvvati zoting sening.
Bu iki ne'matki namudordur,
Har biriga shukryeri bordur.
O ln to‘qqizinchi maqolatni Navoiy Xuroson mintaqasi
hamda mamlakat poytaxti Hirot shahrining ta'rifiga bag‘ishlaydi.
Ushbu maqolatni Navoiyning Vatan haqidagi madhiyasi, deyish
mumkin. 0 ‘z mamlakati va tug‘ilib-o‘sgan shahrini vasf etish
asnosida Navoiy Xuroson yerning qoq yuragi - to ‘rtinchi iqlimda
joylashganini alohida qayd etib, uni to ‘rtinchi falakda joylashgan
Quyoshga qiyoslaydi. Osmonning m unaw arligi
Quyoshga
bog‘liq bo‘lsa, yerning obod va ma'murligi, tinch va barqaror
b o lish i aynan Xuroson o'lkasiga bog‘liq, deydi Navoiy. Ayniqsa,
Hirot shahrining ta'riflda shoir eng chiroyli o ‘xshatishlar, eng
yoqimli mubolag‘alami qo‘llaydi. Yurtning tinchligi, xalqning
farovonligi, qishloq va shaharlarning obodligi jamiyatda adolat
tamoyili barqarorligi tufayli ekanligini shoh Bahrom haqidagi
hikoyat mazmuni bilan quvvatlantiradi: Yazdijirddan taxtni
meros olgan Bahrom bir muddat saltanat ahvolidan g'ofil bo‘lib,
aysh-ishratga berilib ketadi. Ov chog‘i bir kambag‘al odamning
298
kapasiga mehmon b o ‘ladi. Uy egasi notanish mehmon oldiga bir
piyola suv bilan bir burda qotgan non keltirib qo‘yadi. Bahrom uy
egasidan ahvol socraganida, mezbon shohning zulmidan obod
turmushi buzilib, qashshoq b o ‘lib qolganidan shikoyat qiladi.
Bahromga ro ‘parasidan ko‘rinib turgan bir vayronani ko ‘rsatadi
va bir zamon bu vayrona muhtasham saroy bo ‘lgani, saroy egasi
yerdan suv chiqarib, bog‘dorchilik va dehqonchilik orqali katta
daromad olib turgani, zulm kuchayib, quduq qurib qolgani,
natijada hammayoq qurib, vayrona-valangor bolganini katta
nadomat bilan aytib beradi. Bahrom o ‘sha zahoti qilib yurgani
ishlaridan pushaymon b o ‘lib, mamlakatni adolat bilan obod
qilishni niyat qiladi. Bu niyatning barakatidan quduqning ko‘zi
ochilib, yana suv kela boshlaydi:
Ev egasi Tengrig \a aylab niyoz,
Dedi: “Hamonoki shahi ayshsoz,
Zulm qo ‘yub, adldurur niyati,
Kim bu asar ayladi xosiyati”.
“Hayrat ul-abror”ning valiahd shahzoda Badiuzzamonga
bag‘ishlangan yigirmanchi maqolatida Navoiyning davlatchilik
bobidagi qarashlari yaxlit bir konsepsiya tarzida bayon etilgan
bo‘lib, unda bayon eilgan tavsiyalar Amir Temur tomonidan o ‘z
vorislariga vasiyat qilib qoldirgan o ‘n ikkita tuzukka to ‘la-to‘kis
mos tushadi. Masalan, Navoiy bu bobda asl maqsadga
yuzlanmoqchi b o ‘lgan valiahd eng avvalo, din va shariat
ahkomlariga so‘zsiz bo‘ysunishi hamda shariat ahkomlari
jamiyatda
bekam-ko‘st
ado
bo ‘lishiga
mas'ul
boTmog‘i
hukmdorlikning birinchi sharti ekanligini quyidagicha ifodalagan:
Istar esang maqsadi asliyg ‘a yuz,
Joddai shar'i Muhammadni tuz.
“Temur
tuzuklari”
kitobida
keltirilishicha,
Amir
Temuming birinchi tuzuki ham “Tangri taoloning dini va
Muhammad mustafoning shariatiga dunyoga rivoj berish”
b o ‘lgan. “Hayrat ul-abror”dagi fikrlaming “Temur tuzuklari”dan
yagona tafovuti - tuzuklar va Navoiy g ‘oyalarining tartibi mos
299
tushmasligidir. Faqat birinchi va oxirgi - o ‘n ikkinchi tuzuklar
Navoiyning fikrlar tizmasi tartibi bilan muvofiq kelib, qolgan
tuzuklaming ma'nolari bobning turli joylarda sharhlangan.
Masalan, birinchi tuzukning sharhidan so‘ng oltinchi tuzuk
(“Adolat va insof bilan Tan grim yaratgan bandalarini о ‘zimdan
rozi qildim. Gunohkorga ham, begimohga ham rahm-shafqat
bilan, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim” - “Temur
tuzuklari", 75-bet )
mazmunini muvofiq keladigan oyat va
hadislar ma'nolari bilan boyitib, quyidagicha nazm etgan:
Shar' tariqini shior aylagil,
Adi ila mulkwiga mador aylagil.
Shohki ish adl ila bunyod etar,
Adi buzuq mulkini obod etar.
Alisher Navoiy o‘n ikki tuzukni ana shu zaylda sharhlar
ekan, so ‘zining xotimasida bu fikrlar uning tafakkuri mahsuli
bo ‘lmay, balki Sulton Flusayn Boyqaro faoliyatining dasturi
ekanligini mamnuniyat bilan qayd etadi:
Har neki bu nomada mas tur erur
,
Borchag 'a shoh ishlari dastur erur.
lshda agar shahg ‘a shabih о
‘lg ‘asen,
“Al-valadu sirru abih ” о 'lg 'asen.
Bu baytlardan ma'lum bo‘ladiki, Temur vasiyatlari uning
munosib vorislari tomonidan izchillik bilan tatbiq etilib, bu
m o‘tabar sulolaning davlatchilik konsepsiyasiga aylangan.
“Hayrat ul-abror” dostonida xotima o ‘ziga xos o ‘ringa ega.
Dostonning 62-63-boblari hazrat Navoiyning xulosa va yakuniy
fikrlarini o ‘z ichiga oladi. 62-bobda Navoiy dostonni yaratish
orzusidan boshlab uni tugatgunicha b o ig a n jarayon haqida yozar
ekan, dostonni yozish xayoli unga tinchlik bermagani, el-u yurt
xizmati, xalq arz-dodini tinglash uni asosiy maqsaddan
chalg‘itsa-da, Xudoning o‘zi unga marhamat k o ‘rsatib, nihoyat
bu ulug‘ muddaoni poyoniga yetkazganini betakror tashbehlar
vositasida bayon qilib beradi. Bob so ‘ngida Navoiy g ‘oyat
nazokat va kamtarlik bilan agar yozganlari elga manzur bo‘lmasa,
uni afv etishlarini so‘rab, Allohga iltijo qiladi:
300
Jilva her el ко ‘ziga ham xo Ъ ani,
Qilg‘il ulus ко ‘ngliga marg'ub ani.
Har nechakim, jurmum erur pech-pech,
Lekin erur rahmating olinda hech.
63-bobda oyog‘i toyib ketib, kosadagi oshni shohning
boshiga to‘kib yuborgan va olijanob shohning xijolatdan o ‘lar
holatga yetgan bu qulni afv etgani haqidagi hikoyat beriladi va bu
hikoyat bevosita 62-bobga hamohang tarzda, unga ilovadek
keltiriladi. Navoiy Allohni olijanob shohga, o lzini oyog‘i toyib
ketgan qulga o ‘xshatar ekan, shunday yozadi:
Har necha ко p ho ‘Isa gunohim mening,
Shukrki, hor sendek ilohim mening.
Xijlat ila qolmadi xudjom manga,
Yeri durur aylasang ehson manga.
“Hayrat ul-abror” dostonida kun tartibiga qo‘yilgan
masalalar bevosita “Xamsa”ning keyingi dostonlarida ham
davom etadi, xususan, komil insonga xos adab, qanoat, karam va
saxovat, futuvvat, rostlik, vafo kabi xislatlar bilan bog‘liq
masalalar “Farhod va Shirin” dostoni, “Sab'ai sayyor” tarkibidagi
hikoyatlar, “Saddi lskandariy” dostonlarida yangicha talqin
topganligini ko ‘ramiz.
Doston aruz tizimining
sari' bahri - sari'i musaddasi
matviyi m akshuf (ruknlari va taqti'i: muftailun muftailun foilun -
VV - / - V V - / - V -
) vaznida yozilgan. Bu vazn pand-u
nasihat mazmunidagi fikrlarni bayon qilishga nihoyatda qulay
boig an lig i sababli doston uchun asosiy she'riy o ‘lchov vazifasini
o‘tagan.
301
Do'stlaringiz bilan baham: |