Ilmni kim vositai joh etar,
O'zini-yu xalqni gnmroh etar.
Maqolat so‘ngida Navoiy haqiqiy olinming ta'rifmi
keltirib, Muhammad Xorazmshoh bilan Imom Faxr Roziy
o ‘rtasida bo‘lib o ‘tgan mashhur hikoyat bilan fikrlarini dalillaydi.
0 ‘n ikkinchi maqolat qalam va qalam ahli haqida b o lib , bu
bobda Navoiy oldingi maqolatda bildirgan fikrlarini mantiqiy
izchillik bilan davom ettiradi. Dastlabki 18 bayt qalamning
tavsifiga bag‘ishlangan boMib, ularda olam yaralishi jarayoni
bosqichlarida
qalamning
o ‘mi,
jam iyat
taraqqiyoti
va
istiqbolidagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Keyingi baytlarda
esa, qalam o ‘z kotibining xislati va niyatiga qarab, yaxshilik
yoinki yovuzlikka xizmat qilishi mumkinligi uqtiriladi. Qozilik
mahkamasidagi amaldorlaming qalami egasining xudobexabarligi
sababli qonunga xilof ishlami “qonuniylashtirish” uchun xizmat
qiladi:
Barcha xiyonatni diyonat bilib,
Barcha diyonatda xiyonat qilib,
Qalam poraxo‘r muftiylar, beinsof soliqchilar, zulmda nom
chiqargan mahalliy amaldorlar,
savodsiz kotiblar qo‘liga
tushganda xalqning boshiga tushgan ko‘p kulfatlarga guvoh
bo ‘ladi. Aslida qalam ahli faqat ezgulikka da'vat etuvchi kitoblar
bitishi, odamlarning og ‘irini yengil qiluvchi farmoyishlar,
munosabatlarni
mustahkamlovchi
yozishmalar,
ma’rifatni
oshiradigan narsalami yozishi kerak. 0 ‘shanda u mashhur xattot
Yoqut Mu'tasimdek yuksak martabali inson sifatida
dovrug‘
qozonishi mumkin.
Navoiyning yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlari o ‘n
uchinchi maqolatda
yanada aniqroq, yorqinroq o‘z ifodasini
293
topgan. Buyuk mutafakkir maqolatning dastlabki baytlarida
yaxshilik ulashuvchi zotlaming asosiy belgilari:
mehribonlik,
ochiqko‘ngillik, himmatbalandlik, saxiylik kabi insoniy fazilatlar
haqida so‘z yuritib, bu xislatlami o ‘zida tarbiyalamagan odam
pastkash, nokas, g ‘iybatchi, birovning aybini qidirib, fosh
qilishdan
rohatlanadigan,
hasadgo‘y,
ta'magir
b o iish i
mumkinligidan ogohlantiradi. Keyingi baytlarda inson fitratining
ana shunday illatlardan xoli qilib yaratilganiga shukrona keltirishi
lozimligi, bu shukronalik odamlarga beminnat manfaat keltirish
hamda qo‘li ochiqlik bilan amalga oshirilishini quyidagicha
ifodalaydi:
Shukr nedur? N a f fuzun aylamak,
Bazl kamandini uzim aylamak.
Yaxshilik ulashish, odamlarga yordam berish faqat qo‘l
bilan emas, balki ochiq chehra va shirinzabonlik bilan ham
amalga oshishi mumkinligi, eng yaxshi ehson - lutf va shirin so‘z
bilan qilingan* saxovatdir. Qilingan yaxshilik odamlami to ‘g ‘ri
y o ig a solib, yomon myatlardan qaytarishi kerak. Buning misoli
sifatida m ashhur faqih va muhaddis Ayyub bin X alaf Xazrajiy
(677—767) hayotidan hikoyat keltiriladi: Hazrat Ayyub kechasi
ibodatga m ashg‘ul b o ‘lgan chog‘da bir o ‘g ‘ri uyi tagidan lahm
(yer osti yo ‘li) qazib, ichkariga kiradi. Ayyub o ‘g ‘rini ko ‘radi,
am m o indamay ibodatini davom ettiraveradi. 0 ‘g‘ri uydagi bor
narsaiam i yig‘ib chiqib ketmoqchi b o ia d i, lekin yuki katta
b o ‘lganligi sabab, lahmda tiqilib qoladi. Ayyub bu holni ko‘rib,
ibcdatni tugatadi va eshikni ochib, o ‘g ‘riga yo ‘1 k o ‘rsatadi. 0 ‘g‘ri
shayxning bu m um w atin i ко‘rib, qilmishidan butkul tavba qiladi
v a t o ‘g ‘ri yo ‘lga kiradi.
Yaxshilik va yomonlik tushunchalari 14-maqolatda yanada
kengroq k o ‘lam kasb etadi. Navoiy ushbu maqolatda olam va
odam, davr va shaxs, ko‘ngil istaklari va falak evrilishlari haqida
dunyo va uning asl mohiyatini tushuntirish orqali mulohaza
yuritadi. Shoir tashxis san'ati yordamida bag‘ri yulduzlarga to ‘la
ialakni yamoqli to ‘n kiygan hiylagar tosboz - k o ‘zbo‘yamachiga,
dunyoni esa pardciz tufayli chiroyli ko‘rinadigan makkora
294
yalmog‘izga o‘xshatib, foniy dunyoda bularning hiylalariga
aldanish hasratidan ogohlantiradi. G ‘alvirga o ‘xshagan falakning
chanbarida yaxshi-yu yomon, poklar-u nopoklar - barcha
insonlar birga, aralash holatda yashashga mahkum. Falakning
nayranglari
tufayli
ko^pincha
gavharni
oddiy
toshdan
ajratolmaydigan farosati yo‘q odamlarga behisob mol-dunyolar
nasib etadi, sotqinlik va zulm qon-qoniga singib ketgan egri
niyatli odamlar mas'ul lavozimlarga o ‘tirishadi; to4g‘riso‘z, halol
odamlar e’tibordan chetda qolib ketadilar. Eng qizig‘i, bir muddat
o ‘tgandan keyin ajal tig‘i oldida yaxshi ham, yomon ham bir xil
bosh egishga majbur bo'ladi. Shu sababli, olam bebaqoligini
bilgan, umr yaxshilik bilan ham, yomonlik bilan ham o ‘tishi
muqarrarligi anglagan inson imkon boricha yaxshilik qilishi va
o ‘zidan ezgu nomni meros qilib qoldirishi kerak. Maqolatdagi
g ‘oyalar shoh Iskandaming bu olamdan qo‘li ochiq holda ketgani
haqidagi hikoyat bilan quvvatlantiriladi.
Navoiy 15-maqolatda mayparastlik va m ayxo‘rlik zararlari
haqida fikr yuritadi. Uning nazarida mayga ruju qo'yish jaholat
va nodonlikning nishonasi bo‘lib, insoniy fazilatlardan mahrum,
irodasiz, o ‘z qadr-u qimmatini bilmagan kishigina bu yo ‘lga
kirishi mumkin. Mayparastlik tufayli insondagi hayvoniy kuchlar
yanada quvvat oladi, kibr-u havo, manmanlik kuchayadi.
M ayxo‘rlik koni zarar ekanini, u salomatlikning kushandasi,
hayot qotili bo‘lish bilan birga, naslga ham ta'sir qiladi,
jamiyatning osoyishtaligiga raxna soladi. Navoiy umumlashma
xulosalarini berganidan so‘ng mayzada kishining jonli portretini
yaratib, o ‘tkir so‘zlar bilan hajv qiladi: sharob ko'p ichganidan
o ‘zidan bexabar odam ko‘chaga chiqib, quturgan it kabi
yolovchilarga tashlanadi; oyog‘ida tik turolmaydi, ust-boshi bir
ahvolda yosh bolalar va ko‘cha itlariga ermak bo'lib qoladi.
Uyini topolmay, ko‘chalarda yiqilib qolgan, kiyimlari va pullarini
kissavurlarga o ‘g ‘ir1atgan bir alpozda kechani kunduz qiladi.
Ertalab xayoli joyiga kelganda yana xumori tutib, may qidirishga
tushadi. Eng achiriarlisi, deydi Navoiy, bundaylar o ‘zining
ayanchli ahvolidan uyalmaydi, balki yigitchilik, yoshlik va
295
rindlikning sho‘xligi, deb o ‘zini oqlamoqchi bo‘ladi. Holbuki,
sharobga mukkasidan ketish aql egasining ishi emas:
Do'stlaringiz bilan baham: |