Bir-biriga kechti alar qonidin,
Shoh dag ‘i kechti ulus qonidin.
Vafoli do'stlar haqidagi hikoyatdan so ‘ng ishq ta'rifidagi
maqolat keladi. Chunki vafo va ishq, sadoqat va muhabbat - bir-
birini to ‘ldiravchi, bir-biriga aloqador tushunchalar. Navoiyning
yozishicha, ishq - azaliy bodisa, u “ruh mayi” bilan jism ga kirib
ketadi va uni mast etadi. Ishq-Ruh olamining go‘zalligi, husn-u
jamoli hadsiz-chegarasiz. Ishq bulbuli bu go‘zallikni ko‘rib,
olamga g ‘u lg ‘ula soladi. Inson jism iga taralgan ishq shu'lasi ana
shu Mutlaq G o‘zallik olamidan ingan nurdir. Bu nur butun
borliqni qamrab olgan “jahon mulki”ga aylangan, ya'ni shoir
nazarida olamdagi muvozanat, tiriklik va harakatni ta'minlovchi
asosiy mohiyat - Ishq qonuniyatidir. Shoir talqiniga ko‘ra, go'zal
chehrani ко‘rib, visoliga havas qilgan odam oshiq emas, oshiqlik
davo qilgan kishiga vafo va sadoqat tuyg‘usi begonadir, uning
tosh ko ‘ngliga ishq o ‘ti ta'sir ko ‘rsatolmaydi. Nafsoniy istaklarini
muhabbat niqobida ko ‘rsatmoqchi b o ‘lgan odam har qanday
jazoga loyiq:
Bu esa oshiq
,
erur о ‘Iturguluk,
Boshdin-ayoq jismini kuydurguluk.
Keyingi baytlarda haqiqiy oshiqning sifatlari keltiriladi.
Unga k olra, haqiqiy oshiqning “ham tili, ham ko‘zi-yu ham
ko‘ngli pok”, u o‘zgalar xayolidan begona, ishq yo‘lida hatto
o ‘zlikdan ham voz kechgan dardkash inson:
Oshiq ani bilki, erur dardnok,
Ham tili, ham ко ‘zi-yu ham ко ‘ngli pok
О ‘zlugidin ishq ani pok etib,
Balki fano о 'tig ‘a xoshok etib.
Navoiy maqolatdan keyingi hikoyatda Shayx Faxriddin
Iroqiy haqida bir rivoyatni keltirib, ishqning tarbiyaviy
291
ahamiyatini ham ochib beradi. Navoiyning talqinicha, ko‘nglida
ishq otashi alanga olgan odam birovga yomonlikni ravo
ko £rmaydi va o ‘zi ham yomonlikka yurmaydi. Ishq eng a w alo
go'zallik va ezgulikka oshno etadi, go'zallik sir-u asrorini kashf
etishga undaydi, oshiqning didini, farosatini, zehni va qobiliyatini
oshiradi.
Ishq - tosh ko ‘ngillami
yumshatuvchi,
Shayx
San'onlarni butparast etuvchi, johilni ma'rifatli shaxsga aylantira
oladigan kayhoniy kuch, ilohiy tuyg‘u.
0 ‘ninchi maqolat to ‘g ‘rilik ta'rifida va egrilik inkorida
b o ‘Ub, unda Navoiy rostlik, to‘g ‘riso‘zlik, to ‘g ‘ri yashash,
odamlarga to‘g ri munosabatda b o ‘lish kabi fazilatlarni birma-bir
sanab chiqib, uning ziddi b o ‘lmish egrilik, yolg‘onchilikning
ofatlarini ham birma-bir keltirib o ‘tadi. Navoiy talqiniga ko‘ra, bu
dunyoda faqat to ‘g ‘ri so
‘2
gapirib yashash imkonsiz. B a’zida
inson zarurat tug‘ilib, yaxshi niyatda yolg‘on gapirishga majbur
b o ‘ladi. Ammo yolg‘ormi kasb qilgan kimsa odamlar orasida
obro‘ topmaydi. Bunday kishi agar to ‘g ‘ri gapirsa hamki, uning
chin so‘ziga hech kim ishonmaydi:
Kimki о ‘zin ayladiyolg'on so ‘zin,
Kizb, der el, chin desa, qolg ‘on so ‘zin.
Maqolatdagi fikrlaming tasdig‘i sifatida mashhur “Sher va
durroj” hikoyasi keltirilgan.
0 ‘n birinchi maqolatda ilm o ‘rganish, olinming jamiyatdagi
mavqeyi, ilm talabidagi riyozatlar haqida so‘z yuritiladi.
Navoiyning
ilm
va
olimlik
haqidagi
fikrlari
asosan
quyidagilardan iborat:
- ilm yo ‘li fidoyilik va irodani talab qiladi;
-
maktab va madrasa k o ‘rganlaming hannnasini ham olim
deb b oim aydi - olimlik tug‘ma iste'dod va kuchli iroda hamda
uzoq yillik riyozat orqali qo ‘lga kiritiladi;
-ilm olish, bilimli b o iish insonga obro‘ va sharaf keltiradi;
-ilm shunday boylikki, unga amal qilgan inson bilan bir
umrlik sadoqatli do‘st sifatida qoladi;
-haqiq iy olim jamiyatning bebaho boyligi va uning
kamolot ko‘zgusidir;
292
-
ilmni boylik orttirish, mansab pjllapoyalarini egallash
vositasi qilgan odam johil va gnmroh kishi hisoblanadi. Haqiqiy
ilm - odamlarga manfaat yetkazadigan va oxirat koriga
yaraydigan bilimdir. Bunday bilim sohibi bo ‘lgan kishi o ‘tkinchi
havaslar va muvaqqat muvaffaqiyatlar ketidan quvmaydi.
Dunyoviy havaslar uyasi bo‘lgan qalbda ilmga jo y qolmaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |