Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Mirzakarimboy obrazi ruhiyati



Download 253,5 Kb.
bet7/17
Sana12.01.2017
Hajmi253,5 Kb.
#399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Mirzakarimboy obrazi ruhiyati: Romanda eng murakkab obraz – Mirzakarimboy obrazi. Agar asarning 1939-, va 1940 – yillardagi muhokamalarida vulgarshiyona mohiyatini ocha bilmaganlikda ayblangan bo‘lsalar, so‘nggi vaqtlarda buning bu obraz tasvirida qora bo‘yoqlardan haddan ziyod foydalanganligi haqida jiddiy fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Shubhasiz, Oybek tirik bo‘lib, romanni shu kunlarda yozgani yo qayta ishlaganida Mirzakarimbobo o‘zgacha talqin qilgan bo‘lardi. Lekin har bir asar faqat muallifni emas, balki muayyan davrning ham farzandi.

Oybek 30-yillar oxirida Mirzakarimboy obraziga o‘zgacha yondashish mumkin emas edi. Qolaversa, u Mirzakarimboyni jamiyatda Yo‘lchi va Gulnorni mavh etgan kuchlarning timsoli sifatida tasvirlamoqchi bo‘lgan.

Binobarin u bunga haqli edi. Mirzakarimboy kamtar mahalla baqqolining o‘g‘li bo‘lgan. U yoshligida kichkina chaqqon harakatli bo‘lgani uchun uni Karim chittak deb atashgan. Ana shu Karim chittak har ishda ehtiyotkorlikni ma’qul ko‘rgan va puxta-pishiq ish tutgani orqasida Toshkentning eng oldingi boylaridan biriga aylangan. Shubhasiz boshqa odamlardek, boylarning ham yaxshi ham yomoni, sahiy va ochko‘zi, oliyjanob va pastkashi bo‘ladi. Gulnor va Yo‘lchining baxtiga zomin bo‘lgan boyning ijobiy obrazini yaratishni yohud uning ijobiy sifatlarini, tadbirkorligini ko‘rsatishni yozuvchi «Qutlug‘ qon» romanida o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ymagan. U kishilarning, xususan, boylarning pulga, mol-mulkga o‘chligi faqat ularni emas, balki, jamiyatni halokat sari olib borishi mumkin, degan g‘oyani Mirzakarimboy obrazi orqali olg‘a surgan. Asardagi Mirzakarimboy obrazi bilan bog‘liq barcha voqealar ana shu g‘oyani ochishga safarbar etilgan.

Mirzakarimboy yo‘lchining onasiga tog‘a bo‘ladi. Yo‘lchi otasi o‘lib bir parcha yeri ham sotilib ketgach, bechora onasining maslahati bilan Toshkentga, tog‘asini qora qilib keladi. Tog‘asi esa Yo‘lchining otasini o‘lganiga emas, yerning sotilib ketganiga ko‘proq achinadi. «Chakki bo‘lmabdi jiyan – deydi. – Yer sotgan er bo‘lmaydi, er yer sotmaydi. Mana bu gapning mag‘zini chaq... Yer sotganlarni ko‘pini ko‘rdik, axiri gadoy bo‘ldi. To‘g‘ri yerni pulga sotadilar, pul esa hamma narsaning otasi. Pul bu – belga quvvat, boshga toj, puldor odam – qanotli odam, bu qanot bilan mag‘ribdan mashriqqacha uchasan, har yerda oshna-og‘ayni, yor-do‘st topasan... Pulsiz odam o‘z joyidan bir qadam siljisinchi! Be! Pul shuncha yaxshi narsa jiyan...» Mirzakarimboyning bu so‘zlari boshdan-oyoq hikmatlidir. U hatto yersiz Shoqosimning gado bo‘lganini ham, pulsiz Yo‘lchining o‘z maqsadi yo‘lida biror qadam qo‘ya olmaganini ham oldindan bashorat qiladi.

Lekin halollik bilan birovning cho‘ntagiga tushmay turib boyish, pul topish qiyin. Qobunchi dehqonning qon qaqshatgan baqqolni halol pul topadi deb bo‘lmaydi. Mirzakarimboy, ehtimol, ana shunday baqqolni o‘g‘lidir. Ehtimol Oybek baqqolni Mirzakarimboyning ildiziga nazar tashlay olish uchun asrga kiritgandir.

Yo‘lchi Mirzakarimboy xonadoniga kirib kelganda, qorni juda och edi. Lekin Mirzakarimboy «savdogar nazokatidanmi yoki odatlanganidanmi» nonni juda mayda ushatgan edi. «Yo‘lchi bir burdasini og‘ziga tiqsa, lunjining bir chekkasida yo‘qolib ketar, patnisga ketma-ket qo‘l cho‘zaverishga iymanar edi» deb yozadi yozuvchi. Bu lavhadagi Mirzakarimboyning nonni juda mayda ushatishi tavsili bejiz topilmagan. Oybek birinchi uchrashuvidayoq anashu tafsil orqali, bir tomondan, Mirzakarimboyning pishiq-puxta odam ekanligi, ikkinchi tomondan, Yo‘lchining bu xonadonda nasibasi hech qachon butun bo‘lmasligiga ishora qiladi.

Mirzakarimboy – juda aqlli, hushyor, ehtiyotkor, tadbirkor odam. U pulni qanday topish va qanday ishlatish kerakligini yaxshi biladi. U Yo‘lchining uch-to‘rt so‘m pul topib, onasiga yuborib turishi uchun shaharga kelganini yaxshi biladi. Bilmasligi mumkin emas. Lekin Yo‘lchi ro‘zg‘ordan siqilgan onasiga yuborish uchun pul so‘raganida, Mirzakarimboy ancha davom etgan jimlikdan so‘ng dedi:

«Xotin zotining aqli qisqaligi hammaga ma’lum narsa. Onang Xushro‘ybibining ham aqli komil deb bo‘lmaydi, jiyan. San yuborgan pulni mazzasiga tushundimi – bo‘ldi, haftada, oyda pul so‘rayveradi. Yaxshi yegisi, yaxshi ichkisi kelad, keyin qo‘sha-qo‘sha kiyim qilish orzusiga tushadi. Xullas kalom, sabrni, qanoatni unutadi. Gapimga kirsang odam bo‘lmoqchi bo‘lsang, onang zoriga quloq solma!»

Bu so‘zlarni eshitgan odam Mirzakarimboyni Yo‘lchiga jaraq-jaraq pul berar ekan deb o‘ylashi mumkin. Holbuki, nonni juda mayda ushatgan joydan pul chiqishi ham oson emas. Mirzakarimboy Yo‘lchiga uch-to‘rt so‘m berishdan avval yana safsata sotadi:

«Pul topish qiyin... sen pul topishdan avval pul sarflashni o‘rgan. Hamma gap shunda. Bu narsa sabr qanoat bilan bo‘ladi. Eshigimda juda ko‘p odamlar ishlagan... Bir xizmatchim to‘qqiz yilgacha qarzidan qutilmadi. Axiri churq – chorig‘ini tashlab qochib ketdi. Ammr mandan hali qutilgani yo‘q u. Yigirma so‘m qarz edi, oxiratda ham javobini beradi. San o‘zimnikisan. Bo‘yningni qarzga kirgizma deyman tushundingmi?»

Oybek Mirzakarimboyning ana shunday pishiqlik, ziqnalik va xizmatkorlariga shafqatsizlik orqasida boy bo‘lganini ko‘rsatish niyatida qora bo‘yoqlardan ko‘proq foydalangan. Biz Balzakning Gobsek, Gogolning Plyushkin yohud Sadriddin Ayniyning Qori Ishkanba obrazlarini yaratishda hajviy bo‘yoqlardan, mubolag‘adan haddan ziyod foydalanganliklari uchun ularni qoralamaganimizdek, Oybekni ham bir tomonlamalikda ayblamasligimiz lozim. Zero, uning maqsadi pulni, boylikni hamma narsadan ustun qo‘ygan, hatto pulni oldida g‘arib jiyani ham ko‘ziga ko‘rinmagan ishini fosh etish, zamondoshlarida unga nisbatan nafrat uyg‘otishdir. Ana shunday kishigia qarigan chog‘ida kenja farzandi tengi qiz Gulnorga, yana Yo‘lchining unga ko‘ngli borligini bila turib, uylanishi mumkin.


Download 253,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish