Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


II BOB Oybekning “Qutlug‘ qon” romani poetik tahlili



Download 253,5 Kb.
bet9/17
Sana12.01.2017
Hajmi253,5 Kb.
#399
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
II BOB Oybekning “Qutlug‘ qon” romani poetik tahlili.

2.1 Asar mazmuni va obrazlar tizimi

Har bir yozuvchi o‘z xalqi va sinfi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muayyan davrining ziddiyatli tasviriga alohida e’tibor qiladi. Oybek o‘zining «Qutlug‘ qon» romanida o‘zbek xalqining ijtimoiy zulmga qarshi hayot-mamot kurashiga otlanganligini ko‘rsatgan, unga o‘zbek xalqi manfaatlari nuqtayi nazaridan yondashgan. Bu asarda qahramonlar xarakterlari ana shu kurash jarayonida ochilgan, toblangan. Bundan tashqari, asar g‘oyai ham kurashlar zaminida jozibali, yorqin, ta’sirli, emotsional tarzda ochilgan.

Oybek «Qutlug‘ qon» romanini 1937 yillarda yoza boshladi. Oybek «bu romanni yozishda men hech qanday manbaa, materiallar to‘plamadim, chunki bu asarni men yozish uchun bolaligimdan hayotni kuzatishni sevganligimdanmi, ko‘nglimdan, xotiramdan «Qutlug‘ qon» romani quyilib kelaveribdi. Romanni qisqa fursatda yozib tugatdim» - degan edi.

1940 – yilda chop etilgan «Qutlug‘ qon» romani – badiiy jihatdan yetuk asar. Una mamlakat o‘tmishidagi hayot haqiqati mohirona ko‘rsatilgan. O‘zbek xalqining 1917 – yil to‘ntarish arafasidagi og‘ir hayoti, ozodlik yo‘lida olib borgan kurashlari keng va atroflicha tasvirlangan.

Oybekda bunday g‘oyaviy-tematik asos dastlab asar qahramonlari sifatida xalqning ilg‘or vakillarini tanlashda ko‘rindi. Qahramonlarning rivojlanishiga, olg‘a qarab harakat qilishda tasvirlash ham mana shu g‘oyaviy yo‘nalishdan kelib chiqadi. Oybekni birinchi galda xalq ichidan chiqqan kishilar harakterida asta-sekin, evolyutsion suratda maydonga chiqib. Ma’lum vaqtdan so‘ng shu kishilarni ozodlik uchun kurashuvchilarga aylantirgan o‘zgarishlar qiziqtiradi. Oybek xarakterlar o‘sishi va shakllanishini o‘tkir qarama-qarshiliklar kurashining natijasi sifatida beradi. Demak, «Qutlug‘ qon»da harakterlar ta’sirida muallifni asosan ikki masala bo‘lib qahramonlarning xarakterlarida yuz bergan yangi sifat o‘zgarishlari; ikkinchisi – oqibat natijasida qahramonlarning xarakterlaridagi o‘zgarishlarni vujudga keltiradigan qarama-qarshi kuchlar kurashidir. Abdurauf Fitrat ta’kidlaganidek, “Adabiyot – fikr, tuyg‘ularimizdagi to‘lqinlarni so‘zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to‘lqinlarni yaratmoqdir.”5

«Qutlug‘ qon» romanida xotin qizlarning rang-barang obrazlari berilgan. Yozuvchi albatta bu obrazlarni xalq ichidan tanlab oladi. Ular orasida, ayniqsa, Gulnor timsoli o‘quvchida katta taassurot qoldiradi. Adib Gulnor obrazi orqali o‘sha davrdagi xotin-qizlarning achchiq taqdirini, fojeali qismatini umumlashtirib tasvirlab bergan. Asarni o‘qish davomida biz shunga amin bo‘lamizki, o‘zbek xotin-qizlarining achchiq taqdiri, fojeali qismati, o‘sha davrning og‘ir turmush tarzi, qiyinchiliklari, itoatkorliklari yozuvchi tomonidan yorqin va ta’sirli mohirona aks ettirilgan. Buni biz hali bir xotin-qizlarning obrazlarini tahlil qilib bilamiz.

Gulnor – sodda va samimiy inson. Uning o‘zi ham, so‘zi ham, odob-axloqi ham, yurish-turishi ham go‘zal. Unda notabiylik va soxtalik yo‘q ammo Gulnor huquqsiz. U Yo‘lchini jonidan ortiq sevadi; uning qalbi to‘la pok muhabbat. Romanda Gulnorning kechinmalari, turli ruhiy-psixologik holatlari yorqin bo‘yoqlarda tabiiy va jonli qilib ifodalangan. Gulnorda o‘zbek qizlariga xos go‘zallik, ibo-hayo, kamtarlik, o‘zgalarning ko‘nglini og‘ritmaslik, ular bilan dardlashish, mehnatkashlik xusuiyatlari jamlangan. Gulnor yuqorida aytganimizdek o‘sha davr xotin-qizlari kabi u ham xuquqsiz, shu sababli u Yo‘lchini jondan ortiq sevgani holda otasining qistovi bilan qari chol Mirzakrimboy bilan turmush qurishga majbur bo‘ladi. Otasi uni «yaxshi yashaysan, yaxshi yeb, yaxshi kiyinasan» deb o‘zi xizmat qilayotgan boyga ikkinchi xotin qilib beradi. Gulnor o‘zining taqdirini bunday hal bo‘lishini onasidan eshitib dong qotdi. «Bundan ko‘ra o‘lganim yaxshi ayajon, menga o‘lim tilang» deyishi sevgi to‘la qalbiga birdan qora bulutlar kela boshlaydi. Gulnor uch kunni jahannam azobida o‘tkazadi. Onasidan mash’um xabarni eshitgandan buyon tinmay yig‘laydi, qaynoq ko‘z yoshlari bilan yuz-qo‘llarini yuvib qayg‘u alangasida tutaqib yonadi. Mirzakarimboyga xotin bo‘lish uning hayotiga shu vaqtgacha bir lahza kelgan edi, Gulnor balki bunchalik o‘rtanmagan bunchalik vahimaga, sarosimaga tushmagan bo‘lar edi. Gulnorning ichki kechinmalarini adib mahorat bilan tasvirlagan: «Qiz o‘z qalbini Yo‘lchiga bag‘ishlagan edi. Agarda butun vujudini, butun «men»ligini u yigitning ishqi to‘ldirmagan bo‘lsa edi, kambag‘al qizlarning boshidan, ayniqsa ularning go‘zallari boshidan ko‘p vaqt chamanlar barbod qilib kechgan do‘l bo‘roni kabi, bu dahshatli ofatni, u ehtimol bir taqdir, bir zaruriyat, bir o‘lim kabi daf etilmas hodisa deb tushunar, balki kamtarinlik bilan bo‘ynini bukkan bo‘lar edi.

Gulnor nima qilsin? U yaralarini kimga ochsin? Ostonadan xatlab chiqishga haddi yo‘q. Uyda hamma narsa unga yod, hamma narsa kar, otasi begona, hatto onasi ham begona kabi».

Gulnor taqdirining bunchalik beshavqatligidan kuyinadi. O‘z sevgani Yo‘lchiga yetisholmasligidan aziyat chekadi. Uni boylik qiziqtirmaydi, balki sevgani Yo‘lchi bilan xarobada bo‘lsa ham kamtaringina hayot kechirishni orzu qiladi. Ammo nima qilsin? Gulnor ham taqdir hukmiga tushib oxir-oqibat Mirzakarimboyga turmushga chiqadi.


Download 253,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish