Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Oybek romanlari va yangicha tahlil muammolari



Download 253,5 Kb.
bet6/17
Sana12.01.2017
Hajmi253,5 Kb.
#399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1.2. Oybek romanlari va yangicha tahlil muammolari

Yozuvchining “Qutlug‘ qon” asari haqida adabiyotshunos S.Mirzaev shunday degan edi: “1940 – yilda chop etilgan “Qutlug‘ qon” romani – badiiy jihatdan yetuk asar. Unda mamlakat o‘tmishidagi hayot haqiqati mohirona ko‘rsatilgan... Romanning bosh qahramoni Yo‘lchi yangi hayot kurashchisi sifatida shakllana boshlagan o‘zbek mehnatkashi obrazidir. U dinamik tarzda – tadrijiy o‘sishda aks ettirilgan”.3

Yo‘lchi obrazi ruhiyati: Asar Yo‘lchining Mirzakarimboy xonadoniga kirib kelishi bilan boshlanadi va uning yorug‘ dunyoni tark etishi bilan tugaydi. Agar asar boshlanishida u yigirma uch yoshli yigit bo‘lgan bo‘lsa, Toshkentda, boy tog‘asining uyida uch yil yashab, yigirma olti yoshda, chor mirshabining o‘qidan halok bo‘ladi.

Oybek o‘z asariga ana shu yigirma olti yoshlik umrning uch yilini tanlab olgan. Uning Xo‘jakentda beva onasi dag‘rida, qashshoqlik muhitida kechggan hayoti bizga faqat ma’lumot uchun kerak. U ana shu muhitdan najot izlab, boy tog‘asining mehriga bo‘lmasa-da insofiga umid bog‘lab keladi. Lekin voqealar rivoji bilan uning Mirzakarimboy uyida qilgan mehnati evaziga onasiga pul-mul yuborib turish haqidagi rejasi barbod bo‘ladi. U tushgan muhit uni girdob sari yutib yuboradi.

Yo‘lchi – halol mard, oliyjanob yigit. U boshqalarni ham o‘zi singari toza, pokiza kishilar deb o‘ylaydi. Lekin Mirzakarimboyning xonadonida yashayotgan va xizmat qilayotgan kishilar, beshqo‘ldek baravar emas edilar. Agar xizmatkorlarning aksariyat to‘pori, mehnatkash, halol va qashshoq bo‘lsa, boy xonadonining boshqa a’zolari esa, kibr havoli odamni cho‘ntagiga qarab muomala qiluvchi kishilardir.

Yo‘lchining uyg‘onishi avvalo, Mirzakarimboy obrazi bilan bog‘liq. Mirzakarimboy bilan har bir uchrashuv tog‘a va jiyan o‘rtasidagi masofani uzoqlashtiradi. Tog‘a jiyanini shaldek ishlatsa-yu, mehnat haqqini to‘lamasa, hatto Yo‘lchi g‘arib onasini yo‘qlab turmasa. Mirzakarimboy obrazining ana shu qirrasida uning xudbinligi oddiy insoniy hislardan mahrumligiga mujassamlashgan. Lekin Yo‘lchining ko‘zini bu ziqna oila boshlig‘i emas, balki boshqalar ham navbatma-navbat ochib boradilar. Nuri o‘zining buzuq niyat bilan, Tanti boyvachcha bir bechora bolani mastlik orqasida otmoqchi bo‘lgani, hatto boyning xotini kambag‘al Yo‘lchidan bir qarindoshidan jirkanishi bilan uning ongidagi budroq qarashlarni uyg‘otib yuboradilar.

Oybek asarda tasvirlangan voqealarni asosan Yo‘lchining yuzi bilan ko‘rish va tasvirlashga uringan. Uning badiiy poetikasiga ko‘ra asarda tasvirlangan voqealar bamisoli tez oqar daryo bo‘lsa, Yo‘lchi shu daryoning o‘rtasiga tushib qolgan g‘arib kishilardan biridir. Uning bu daryodan omon chiqishi mumkin emas. Bu daryo o‘zining vaxshiy oqimida faqat uni emas, balki hatto Salimboyvachchani ham, Gulnorni ham yutib yuboradi. Yormatni holi boshqa g‘arib-u g‘uborlarni ham shu daryo o‘z girdobiga tortay deb turibgan shunday bir vaziyatda Yo‘lchiga biror bir g‘oyaviy rahbarni keragi yo‘q. Shuning uchun Oybek hatto jadid Abdushukur obrazini faollashtirishni lozim deb topmagan. Yo‘lchi va uning do‘stlari ko‘zini ochgan ularni ikkiyoqlama zulmga qarshi yo‘naltirgan birdan-bir kuch hayotning o‘zi edi.

Yo‘lchi ikkiyoqlama zulm ovi avj olgan bir davrda yashagan. Bu davrda na mahalliy boy na chor ma’muriyatlari orasida oddiy xalq taqdiri haqida qayg‘uruvchi kishilar deyarli yo‘q edi. Shu yillarda endigina shakllanib kelayotgan jadidchilik harakati ma’rifat nurlaridan bo‘lak bir narsani berishga qodir emas edi. Xalqqa esa kitob-daftar zarur bo‘lsa-da, birinchi galda non-ovqat kerak edi. Shuning uchun ham Oybek Abdushukur obrazini sust harakat qilishi sifatida tasvirlagan. U Yo‘lchiga ommaga yordam bera olmaganidek, Yo‘lchi ham uning maqsadiga tushunmaydi, shu tufayli uning maslahatiga muxtoj emas. Yozuvchi shu o‘rinda jadidchilik harakatining zaif nuqtalarini ham ro‘y-rost ochib tashlashga intilgan.

Shunday qilib, Yo‘lchi faqat o‘zining taqdirida do‘stlari bilan yolg‘izlanib qoladi. Ularning barchasi sodda, oqko‘ngil, mehnatsevar kishilar bo‘lsalar-da, na o‘z mehnatlari bilan baxtsiz taqdirlarini o‘zgartira oladi na birlashib zulm saltanatini ag‘dara oladilar. Ular tarixning boshi berk ko‘chasiga kirib qolgan bechoralardir.

Yo‘lchining halok bo‘lishi qonuniydir. Shafqatsiz hayot Yo‘lchidek or nomusli ammo yod oqimga Mirzakarimboy va Tanti boyvachchalarga qo‘shila olmagan g‘arib kishilarni majaqlab tashlaydi. Oybek hayotning ana shu qonunini bilgani holda Yo‘lchining o‘z haqiqati uchun adolat uchun, kambag‘allar manfaati uchun, Gulnor uchun, o‘zi aziz bilgan qadriyatlar uchun kurashishni xoxlaydi va ana shu kurashda uning insoniy mohiyatini ochgan deb bilamiz.

Iste’dodli yozuvchi Oybek romanda Yo‘lchining ijtimoiy qiyofasini ko‘rsatish bilan birga, uning shaxsiy hayoti va insoniy fazilatlarini ham ochib bergan. Asarda Yo‘lchining halol va pokligi, sof vijdonli va samimiyligi, soddaligi, insonparvarligi, sevgiga sodiqligi, onasiga va singlisi Unsinga mehribonligi va boshqa xislatlari yorqin ochib berilgan. Yo‘lchi halol ishlab, yashashni xoxlaydi. Mehnatsiz kun ko‘rishni, tekinxo‘rlik qilishni aslo yoqtirmaydi. Shunga ko‘ra u Tantiboyvachcha bergan harom pullarni olishdan hazar qiladi. Yo‘lchi Tantiboyvachchaning «pulning qadrini bil», «lo‘lining eshagini sug‘or, pulini ol», «puldorlarga egil» degan nasihatlariga javoban: «Yigitning yuragi nomusi, odamgarchiligi puldan aziz, puldan yuqori emasmi? Puldorlarga egilish pastkashlik emasmi? Egiluvchan bilan tilamchi orasida nima farq bor? Oz bo‘lsa ham peshona terim bilan topaman, suqatoylik, mo‘ltonilikka sira yurmayman», - deydi.

Shunisi ham ma’lumki, Yo‘lchi o‘z puliga, moddiy yordamga muhtoj bo‘lsa-da, Shoqosim, Shokir ota singari qashshoqlardan hech narsani ayamaydi. Yo‘lchi har doim qashshoqlarning mushkulini oson qilishga intiladi. Zarur bo‘lib qolganda ularga o‘zining oxirgi so‘mini ham berib turadi.




Download 253,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish