Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti sh. A. Aminjonov, E. N. Nuritdinnov



Download 288,5 Kb.
bet18/50
Sana20.04.2022
Hajmi288,5 Kb.
#565311
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
Yosh fiziol va gigien (Aminjonov Sh, Nuritdinnov E.N) Usl qul

Tayanch iboralar
1. Neyron
2. Akson
3. Dendrit
4. Somatik
5. Vegetativ
6. Reflektor yoy
7. Refleks
8. Stereotip
9. Qo‘zg‘alish
10. Tormozlanish
11. Dominanta


Savollar

1. Asab tizimi qaysi qismlardan tuzilgan?


2. Asab tizimining organizm faoliyatini boshqarishdagi ahamiyati nimadan iborat?
3. Sinaps deganda nima tushuniladi?
4. Bolalar va o‘smirlarning refleks faoliyati qanday xususiyatlarga ega?
5. Bolalarda qo‘zg‘atish va tormozlanish jarayonlari o‘ziga xos xususiyatlarga egami?


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Q.S.Sodiqov. O‘kuvchilar fiziologiyasi va gigienasi. O‘quv qo‘llanma. - Toshkent: O‘qituvchi 1992 y.
2. L.S.Klemesheva, M.S.Ergashev. YOshga oid fiziologiya. Toshkent: O‘qituvchi, 199 I
3. I.G.Azimov. Jismoniy tarbiyaning yosh fiziologiyasi. O‘kuv qo‘llanma. -Toshkent: 1994 y.
4. A.A.Markosyan. YOsh fiziologiyasi masalalari. - Moskva: 1974 y.
5. A.G.Xripkova, M V. Antropova, D.A.Farber. Vozrastnaya fiziologiya i shkol’naya gigiena. - Moskva: Prosveshenie, 1990 g.
6. YU.A.Ermolaev. Vozrastnaya fiziologiya. Moskva: Visshaya shkola. 1985.
7. A.A.Guminskiy, N.N. Vozrastnaya fiziologiya. - Moskva Visshaya shkola, 1985.
8 U.Z.Qodirov. Odam fiziologiyasi. Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi «tibbiyot» nashriyoti. 1996 y.
9. X.G.Almatov, YA.S.Klemesheva, A.T.Matchanov. Vozrastnaya fiziologiya. -Toshkent: 2002 y.
5-Mavzu: eNDOKRIN BEZLARI FUNKTSIYASINING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI


R E J A:
1. Fiziologik funktsiyalarni boshqarishda endokrin bezlarining ahamiyati hamda o‘sish va rivojlanishga gormonlarning ta`siri.
2. Jinsiy tarbiyaniig fiziologik asoslari


Fiziologik funktsiyalarni boshqarishda endokrin bezlarining ahamiyati hamda o‘sish va rivojlanishga gormonlarning ta`siri

Endokrin sistemasining biologik holi nerv sistemasining roli bilan chambarchas bog‘lik. Bu har ikkala sistema birgaliqda aksariyat bir-biridan anchagina masofada joylashgan organlar va organ sistemalari funktsiyasini muvofiklashtirib turadi. Organizmning vegetativ va neyrogumoral idora etilishida muhim ahamiyat kasb etuvchi gipotapamus nerv va endokrin sistemalar o‘rtasida bog‘lovchi vazifasini bajaradi. Organizmning turli qismlaridan keluvchi impul’slarni qabul qiluvchi va ma`lumotlarni analiz qiluvchi gipotalamusda neyronsekretor gormonlar ishlab chiqariladi. Gipofiz esa o‘z navbatida endokrin sistemaning boshqa bezlari vazifasini boshkaradi.


Endokrin sistema deganda, gormonlar ishlab chiqaradigan ichki sekretsiya bezlari yoki endokrin bezlar yig‘indisi tushuniladi.
SHunday qilib, gormonlar organga tegishli axborotni olib keladigan ximiyaviy vositachi rolini o‘ynaydi va retseptorlar bilan hujayralar yuzasida yoki ichida o‘zaro ta`sirga kirishadi va shu tariqa hujayra fermentlari aktivligini o‘zgartiradigan va gormonning oxirgi fiziologik yoki bioximiyaviy ta`siriga olib keladigai jaraenlarni boshlab beradi. Asosiy hayotiy jarayonlarni idora qilishda, odatda, bir vaqtning o‘zida bir necha gormon ishtirok etadi.
Gormonlar 3 ga muhim funktsiya bajaradi va ularning ayrimlarida turga oid o‘ziga xoslik bo‘lmaydi: 1. Jismoniy, jinsiy va akliy rivojlanishga imkon beradi va uni ta`sirlaydi. 2. Turli organlar va fiziologik sistemalar aktivligini organizmni tashqi muhit sharoitiga moslashtirish maqsadida o‘zgartirish imkonini beradi va uni ta`minlaydi. 3. Ayrim fiziologik ko‘rsatkichlarni o‘zgarmas darajada saqlashni ta`minlayni (masalan, osmotik bosim va qondagi glyukoza darajasini). Organizmning normal holatida ishlab chiqariladigan gormon mikdori kamayib ketishi gipofunktsiya va aksincha, ishlanib chiqishining ko‘payishi-endokrin bez giperfunktsiyasi deyiladi.
Hozirga vaqtda fiziologiyada bezlar ularning anatomik jihatdan joylashuviga ko‘ra o‘rganiladi. endokrin bezlarga gipofiz, qalqonsimon, paraqalqonsimon bezlar, buyrak usti byozlari, me`da osti bezining orolchalar apparati, bo‘qoq bezi, jinsiy bezlar va epifiz kiradi.


Gipofiz

Gipofiz bosh miya asosidagi turk egarida joylashadi, katta odamda vazni 0,5-0,8 g, chaqalokda 0,1-0,15 g va 10 yashar bolada 0,3 g bo‘ladi. Pubertat davrda u katta odamdagi og‘irlikka etadi.


Morfologik va funktsional analiz asosida gipotalamus va gipofizga yagona funktsional: sistema sifatida qaraladi. Bevosita gipofizda 3 bo‘lak: oldingi, o‘rta va orqa bo‘laklar bo‘ladi. O‘lardan dastlabki ikkitasi adenogipofiz (yoki bezsimon gipofiz) va oxirgisi neyrogipofiz deyiladi, chunki ular gipsalamus bilan printsip jihatidan turlicha bog‘lanishga ega.
Adenogipofizning bezsimon hujayralari qon tomirlar bilan ta`minlangan. Ularning aktivligini gipotalamusning regulyator rilizing-gormonlari kuyidagicha belgalanadi: gipotalamus neyronlarining o‘simtalari kapillyarlar bilan bog‘lanish hosil qiladi va qonga sekret ajratadi, u adenogipofizga o‘tadi va rilizing-gormonlar bezsimon hujayralarga o‘tib gormonlar sinteziga va ozod bo‘lishiga imkon beradi.

Download 288,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish