Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti sh. A. Aminjonov, E. N. Nuritdinnov


Bolalar va o‘smirlarning refleks faoliyati xususiyatlari



Download 288,5 Kb.
bet17/50
Sana20.04.2022
Hajmi288,5 Kb.
#565311
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
Yosh fiziol va gigien (Aminjonov Sh, Nuritdinnov E.N) Usl qul

Bolalar va o‘smirlarning refleks faoliyati xususiyatlari

Har qanday ta`sirga organizmning javob reaktsiyasi bo‘ladi, bu reaktsiya ta`sir kuchiga bog‘liq bo‘ladi, shuningdek, organizmning markaziy nerv sistemasi tomonidan sodir qilinadigan o‘z reaktsiya bo‘ladi. Javob ta`sir mos kelmasligi, kuchsizroq bo‘lishi, kuchli yoki tashqi tomondan sezilmasligi mumkin. Bu esa ikki nerv holatining qo‘zg‘alish va tormozlanishning o‘zaro ta`siri orqali bo‘lishi mumkin. Tormozlanish qaysidir reflekslarning zaiflashishi nerv sistemasining haddan ziyod qo‘zg‘alishiga va kuchsizlanishiga sabab bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida qo‘zg‘alish organizmning har qanday ta`sirga reaktsiyasini ta`minlaydi. Organizmning javob reaktsiyalari bir-biridan ajralgan holda emas balki murakkab reflektor aktlarga birlashib sodir bo‘ladi.


I.P.Pavlov reflekslarni ikkiga: shartsiz va shartli refleksga ajratgan. «SHartsiz refleks» atamasi ta`sirlovchining retseptorlarga ta`siridan so‘ng shartsiz (mukarrar ravishda) paydo bo‘luvchi reflekslarni belgilash uchun kiritilgan. Masalan, og‘izga ovqat olinishi bilan so‘lak ajralishi, nina sanchilganda barmoqni tortib olish va hokazolar. Har qanday shartsiz refleks markaziy nerv sistemasining ko‘p bo‘limlari orqali ta`minlanadi, lekin asosan u markaziy nerv sistemasining quyi pog‘onalari faoliyat (orqa miya, bosh miya o‘qi) bilan bog‘liq. SHartsiz reflekslar odam va hayvonlarning o‘ziga xos tug‘ma xatti-harakatini ta`minlaydi, bu esa tug‘ilgandan keyin shartli refleks bilan birgalikda turg‘unlashadi. Ular ota-onadan meros qoladi va butun umr davomida saqlanadi. SHartsiz reflekslarga, masalan, ovqat himoya va mo‘ljal olish reflekslari kiradi.
Odam o‘z hayoti davomida ko‘nikish reaktsiyalarini kasb etadi. Ular shartli qo‘zg‘aluvchilar bilan shartsiz reflektor aktlari o‘rtasidagi vaqtincha aloqalar asosida paydo bo‘ladi. SHartli refleks shartli ko‘zg‘atuvchiga bog‘liq holda kelib chiqadi. Tashqi yoki ichki sharoitning har qanday o‘zgarishi biron shartsiz faoliyat bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelsa, u shartli kuzg‘atuvchi bo‘la oladi. Masalan, doimiy ovqat vaqtida so‘lak oshkozon shirasining ajralishi, avval zaharlanishga olib kelgan ovqatning hidi yoki ko‘rinishidan ko‘ngil aynishi, limonni ko‘rish yoki eslash bilan so‘lak ajralishi, qandaydir faoliyatning stereotipligi va hokazolar shular jumlasidandir.
SHartli reflekslarning shakllanishida bosh miya po‘stlog‘i katta rol’ o‘ynaydi. Agar paydo bo‘lgan shartli reflekslardan foydalanish zaruriyati bo‘lmasa, ular sekinlashadi va hatto yo‘qoladi, yangilari paydo bo‘ladi. SHuning uchun ham shartli reflekslarning biologik ahamiyati shartli reflekslarning tez almashinuvi natijasida organizmning yangi sharoitga moslashuvida ko‘rinadi.
SHartli reflekslar hosil bo‘lishi uchun quyidagi sharoit zarur:
1. Indifferent (shartli), ya`ni shu javob reaktsiyasiga xos bo‘lmagan qo‘zg‘atuvchining mavjudligi.
2. Mustahkamlangan shartli qo‘zg‘atuvchining bir necha bor qaytarilishi, ya`ni bir vaqtning o‘zida shartsiz refleks paydo qiluvchi ko‘zg‘atuvchi qo‘llanilishi kerak.
3. Boshqa kuchli qo‘zg‘atuvchilar bo‘lmasligi.
SHartli refleksning 30 ga yaqin turi ma`lum. SHulardan o‘kuv-tarbiya jarayoni bilan uzviy bo‘lgan bir necha turi ustida to‘xtalib o‘tamiz. Bular vaqt, sharoit va taqtid reflekslaridir. Bolaning xulqi yoki qandaydir faoliyatining shakllanishida birinchi tartib shartli reflekslar muhim rol’ o‘ynaydi. Masalan, bolani bir vaqtda ovqatlantirish refleks uyg‘onishiga olib keladi. Bu esa ma`lum vaqtga kelib, ochlik hissi uyg‘onishi natijasida, ya`ni ovqat shartsiz reflekslari miya tuzidishiga ta`sir ko‘rsatishi, ularni qo‘zg‘atib, uyg‘onishga olib kelishi oqibatida ro‘y beradi. SHunday qilib, bolaning xatti-harakatini o‘zgartirish uchun vaqt shartli refleks signachidir. Bola katta bo‘lganida bu qo‘zg‘atuvchi saqlanadi, ammo uning xatti-haraqatlari murakkablashadi va ovqat qabul qilishgacha bir qancha qo‘shimcha haraqatlar bajarilishi kerak bo‘ladi: turish, yuvinish, kiyinish va hokazolar.
Murakkab, ammo har doim muayyan izchillikda takrorlanadigan harakatlar ularning bir necha bor takrorlanuvchi bitta qo‘zg‘atuvchini qabul qilishi ta`siridan paydo bo‘ladi. Bu ketma-ketlik bosh miya po‘stlog‘i va uning boshqa tuzilishlarida asta-sekin mustahkamlanadi va keyinchalik oson qaytarilishi mumkin. Buning uchun avval qo‘llangan barcha qo‘zg‘atuvchilirning ishlashi shart emas, ya`ni qayd kilingan tartibda butun harakatning takrorlanishi uchun birgina qo‘zg‘atuvchi etarli bo‘ladi.
Rivojlanuvchi stereotipni qabul qilish odatda, avtomatik tarzda vaqt, sharoit qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan paydo bo‘lgan birlamchi shart-reflektor javoblar sistem; bilan mos holda bo‘ladi. Ishlab chiqilgan stereotipga yozuv, o‘qish, musika asboblari chalish, ovqatlanganda qoshiq, pichoqdan foydalanish, yugurish, sakrash, chang‘ida uchish, mashina haydash va ko‘pgina boshqa narsalar misol bo‘ladi. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishda harakatning stereotipini ishlab chiqishda kun tartibiga uzoq vaqt rioya qilish katta ahamiyatga ega. Hosil qilingan stereotip har bir kishining o‘zini tutishi, xulqi asosida bo‘ladi va ular o‘zgarishlarga juda qiyin berilishini ko‘zda tutish kerak. SHuning uchun ham bolalarni hayotining dastlabki oylaridayoq o‘zini to‘g‘ri tuga bilishga ahamiyat berish, shu maqsadda ta`lim-tarbiyaning mos keluvchi usullaridan foydalanish kerakki, toki kelajakda ularni kayta tarbiyalashga to‘g‘ri kelmasin.
Reflektor faoliyatida taqlid reflekslari katta o‘rin tutadi, ular bolalar va o‘smirlarning kattalar va o‘z tengdoshlarining xatti-harakatlarini takrorlashida namoyon bo‘ladi. Xatti-harakat murakkablashganda bola bir qator aniq harakatlarni qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
SHartli reflekslar faqat biron-bir xatti-xarakatni sodir qilishda emas, balki bola shunday xatti-harakatni sodir kilishdan o‘zini tiygan hollarda ham namoyon bo‘ladi. Masalan, choynakdagi issiq choydan bir marta kuygan bola boshqa xech qachon unga yaqinlashmaydi. Bu holda mumkin bo‘lgan reaktsiyaning tormozlanishi namoyon bo‘ladi, bu esa erkin ravishda inson xohishi bilan amalga oshadi.
Bola xatti-harakati bir butunligini tashkil etuvchi reaktsiyalarning salbiy yoki ijobiy tomonlarini tushunib etishi (shartli tormozlanish qo‘zg‘atuvchilariga) ancha samarali ta`sir ko‘rsatish shaklidir. Ichki tormozlanish asta-sekin shartli qo‘zg‘atuvchilarni qo‘llash bilan hosil qilinadi, bu qo‘zg‘atuvchilar avval hosil bo‘lgan shartli ijobiy reflekslarni chetlashtiradi va ular yo‘qoladi. Salbiy shartli reflekslarning paydo bo‘lishi bolalarning xulq-atvor normatari, bilim, ko‘nikmalar va boshqa harakatlarning qayta o‘rganishlari masalalari bilan bog‘liq. Bu jarayon ilgari hosil qilingan va xatti-harakatlar normasiga aylangan stereotipni o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham uzoq davom etadi va murakkab bo‘ladi. SHu bilan birga ichki tormozlanishning shakllanish jarayoni markaziy nerv sistemasini rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘lganlig‘i uchun ham o‘z xususiyatlariga ega ekanligini nazarda tutish lozim. Bolalarda shakllangan nerv tormozlanishi jarayoni maktab yoshida namoyon bo‘lishi uning etuktik darajasidan guvohlik beradi. Tormozlanish jarayoni rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari qo‘zg‘anish jarayonining kuchsizdanishida, xatti-harakatlarning birmuncha mo‘`tadillashuvida namoyon bo‘ladi.
Uquv-tarbiya jarayonini tashkil qilishda dominantalar nomi bilan mashqur hodisalar muhim ahamiyatga ega. Dominantalar ko‘pgina ruhiy jarayonlar bilan bog‘liq bular: his etish, qabul qilish, fikrlash, xotira, xayol, diqqat kabilar bo‘lib, ular faoliyatni ta`minlovchi bosh miya bo‘lmalari vazifalarining mutanosibligini tachab qiladi. Bu atama insonning ayni shu vaqtda kuchliroq bo‘lgan-reflektor faoliyati haqida gapirmoqchi bo‘lgan holatda ishlatiladi. U 1923 yilda A.A.Uxtomskiy tomonidan taklif etilgan.



Download 288,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish