YOsh ortishi bilan harakat uygunligining takomillashishi
Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida vaqtincha aloqalarni yuzaga kelishi va mustahkamlanishi mashq qilish natijasida avtomatlashgan harakat malakalarini hosil qilishga asoslangan.
Harakat malakalari fiziologik no‘qtai nazardan shakllanish mexanizmi bo‘yicha murakkab shartli harakat reflekslaridir. Bu reflekslarning hosil bo‘lishi uchun turli anadizatorlardan (harakat vestibulyar, ko‘rish va boshqalar) keladigan ma`lumotlar va qanday qilish zarurligi hamda harakatni bajarish xususiyatlari haqida bo‘ladigan xabarlar muhim ahamiyatga ega.
Harakat malakalari sport bilan shug‘ullanishda yoki biron kasbni egallashda takrorlanishi bilan borgan sari puxtalanib, takomillashib boradi.
Inson harakat faoliyatining bunday takomillashib borishi, uning harakat apparati, ishni boshqaruvchi markaziy asab sistemasi faoliyatining rivojlanib borishi bilan bog‘liq. CHunki harakatning yuzaga chiqishi, ayniqsa, murakkab va nozik harakatlarning bajarilishi mushaklar guruhlari, har hil miqdor asab-mushak harakat birliklari va mun tolatarini ishtirokida amalga oshiriladi. Bu element ishining ko‘yilgan maqsadga mos bo‘lishi, ularning bir-biri bilan kelishgan holda ish bajarishini ta`minlash uchun asab markazlari juda murakkab vazifalarni bajaradi.
Bolaning barkaror tikka turish, yurish, yugurish va shunga o‘xshash harakat malakalarini hosil qilishda sinov-qidiruv harakatlarining bajarilishi bilan vaqtinchalik bog‘lanish hosil bo‘lish mexanizmi muhim rol’ o‘ynaydi. Gavda muvozanatining saklanishi, uning fazoda o‘zgarishini ta`minlaydigan harakatlar mustahkamlanib qoladi, gavda muvozanatini saqlashga halal beradigan harakatlar esa tormozlanadi. Harakatning o‘zi yoki natijasi vujudga keltirgan afferent impulslarning bo‘linishi shart. Harakat biron sabab bilan avvalgiday foydali natija bermasa, ya`ni ahamiyatini yo‘qotsa, shartli qo‘zg‘alish, shartsiz taasurot bilan mustahkamlanmasa, u vaqtda vaqtinchalik bog‘lanishlar tormozlanadi.
Harakat malakasining shakllanishi faqat kishida bo‘lgan shartsiz reflekslar yoki oldin hosil qilingan puxta shartli reflekslar asosida bo‘lmaydi. Harakat malakasining hosil bo‘lishida oldin hosil bo‘lgan malakalar ham qatnashadi.
Bunday holatda shartli ta`sirlovchiga berilishi bilan oldingi refleksning xuddi o‘zi yuzaga kelmay, balki ilgari, ma`lum bo‘lgan murakkab harakat aktlarning elementlari qo‘shilgan yangi shakldagi harakat refleksi yuzaga keladi. Bu shartli reflekslar YU.Konorskiy klassifikatsiyasi bo‘yicha ikkinchi turdagi reflekslar bo‘ladi.
SHunday qilib, harakat malakalarining hosil bo‘lishi birinchi va ikkinchi turdagi shartli reflekslar yuzaga kelishi bilan amalga oshadi. Odamda harakat malakalarining shakllanishida ikkinchi signal sistemasi orqali hosil bo‘ladigan yukori tartibli shartli reflekslar ayniksa, muhim ahamiyatga ega.
Qisqacha aytganda, harakat malakasining hosil bo‘lishida markaziy asab sistemasidagi juda ko‘p markazlarning ishi harakat apparati va sensor sistemalardan kelayotgan impulslar va bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘idagi izlarning ishtiroki -bilan to‘g‘rilandi va takomillashadi.
Har xil yoshda yangi harakatlarni o‘zlashtirish turlicha bo‘ladi. Masalan, 9-16 yoshli bolalar harakatlarining yuqori uyg‘unlashishini talab etadigan murakkab harakat malakalarini oson egalaydilar. Qizlarda harakat qobiliyatlari, ayniqsa, 12-13 sezilarli rivojlanadi. Jismoniy rivojlanishi normat bo‘lmagach, baland bo‘yli va tez o‘sadigan o‘smirlar odatda harakat malakalarini sekin egallaydilar. Ortiqcha vaznli o‘smir-qizlar ham harakatlarni sekin o‘zlashtirishi bilan farqlanadi. Sport bilan shug‘ullanish harakat malakalarini muvaffaqiyatli egallashni ta`minlaydi. Odatda, yosh sportchilar murakkab harakatlarni tez va qiynalmay o‘zlashtiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |