Gavda skeleti
Gavda skeletiga umurtqa pog‘onasi va ko‘krak qafasi kiradi. Umurtqa pog‘onasi o‘q skeletning asosiy qismi hisoblanadi. U umurtqalararo elastik tog‘ay disklari va boylamlari bilan o‘zaro birikkan 33-34 ta umurtqadan tashkil topgan.
U beshta bo‘limdan: 7 ta umumotkadan iborat bo‘yin, 12 ta umurtqadan iborat ko‘krak bo‘limi, 5 ta umurtqadan iborat bel, 5 ta umurtqadan tashkil topgan dumg‘aza bo‘limidan tashkil topadi. So‘nggi 5 ta umurtqa bitta so‘yakni-dumg‘aza suyashni hosil qiladi va 3-4 ta umurtqadan iborat dum bulimi ham aksariyat bir-biriga qo‘shilib ketgan bo‘ladi.
Umurtqa pog‘onasi o‘sib rivojlangan sari tog‘ay to‘qimalari suyak to‘qimalari bilan almashinadi, bu asta-sekin bo‘ladigan jarayon. Bo‘yin, ko‘krak va bel tog‘ay to‘qimalari 20 yoshga kelib, dumg‘azaniki 25 yoshda, dum suyaklarinika 30 yoshga kelib suyaklanadi.
Umurtqa pog‘onasi bola hayotining birinchi yilida, shuningdek, 11 yoshdan 14 yoshgacha, ayniqsa, jadal sur`atda o‘sadi. Umurtqa pog‘onasining o‘sishi taxminan 20 yoshda tugallanadi.
Odam tik tura olishi va tik yurishi munosabati bilan umurtqa pog‘onasining to‘rtta egriligi bor va u oyoqlarning yirik bo‘g‘imlari bilan amalda bir chizikda joylashadi, ana shuning uchun odam muvozanatni saqlaydi. Tug‘ilishda umurtqa pog‘onasining dumg‘aza bo‘limida faqat bitta egrilik qabariq tomoni bilan oldinga chiqib turadi (lordoz) va bola kallasini tutgandan keyin paydo bo‘ladi. Bu bola hayotining uchinchi oyiga to‘g‘ri keladi. So‘ngra bola o‘tiradigan va yuradigan bo‘lganda bel egriligi paydo bo‘ladi. Bu ham qabariq tomoni bilan oldinga chiqib turadi. Nihoyat, 3-4 yoshga kelib, qabariqtigi orqaga chiqib turgan ko‘krak egriligi hosil bo‘ladi (kifoz). 7 eshgacha egriliklar hali unchalik mustahkam bo‘lmaydi va yotgan joyida to‘grilanishi mumkin. Bel egriligi faqat qariyb 12 yoshga kelib uzil-kesil shakllanadi.
Aytganlardan ma`lum bo‘lishicha, bolaning umurtqa pog‘onasi uning egiluvchanligini ta`minlaydigan ko‘pgina xususiyatlarga ega. SHuning uchun og‘ir jismoniy ish bajarish, tana vaziyatini uzoq vaqtgacha o‘zgartirmaslik bolalarda umurtqa pog‘onasining skodioz deb ataladigan qiyshayib qolish holatin keltib chiqarish mumkin.
Ko‘krak qafasi skeletning bir qismi bo‘lib, ko‘krak umurtqalari qovurg‘alar va to‘sh suyagining yagona sistemaga birikishidan hosil bo‘lgan. 12 juft qovurg‘adan faqat ettitasi to‘sh suyagi bilan birikkan. 8,9 va 10-juftlarning uchi ettinchi juft tog‘ayining uchi bilan birikkan, 11 va 12 juftlar esa erkin tugatlanadi. Qovurg‘alar elkada harakatchan bo‘g‘imlar bilan umurtqalarning o‘siqlariga birikkan.
Bola o‘sishi va rivojlanishi jarayonida ko‘krak qafasining shakli o‘zgaradi. YAngi tug‘ilgan chaqalokda u asosan pastga qaragan qiya kesilgan piramidaga o‘xshaydi. Qovurg‘a deyarli gorizontal joylashadi. Uch yoshdan keyin yuqori qismining diametri kattalasha boshlaydi va 7-8 yoshga kelib asosi yuqoriga qaragan piramida shaklini egallaydi. SHuningdek, ko‘krak qafasining jinsga bog‘liq farqi-shakli va o‘lchamlari ham ko‘zga tashlanadi. Bu ko‘krak qafasi jadal o‘sadigan balog‘atga etish davrida namoyon bo‘ladi. Uning o‘sishiga talaygina omillar va ayniqsa, to‘la qimmatli ovqatlanish, sport, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish, qulay gigiena sharoiti ta’sir ko‘rsatadi. Ayollarning ko‘krak qafasi yumaloq shaklga ega va erkaklarnikidan kaltaroq bo‘ladi. Oldingi devorning burchagi birmuncha tumroq. Nafas olishda o‘g‘il bolalar va yigitlarning pastki qovurg‘alari ko‘tariladi, qiz bolalarda esa yuqorigi qovurg‘alar ko‘tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |