Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti o



Download 258,39 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana31.12.2021
Hajmi258,39 Kb.
#268913
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqillik davri dramaturgiyasida amir temur obrazi

IKKINCHI BOB 

 O’ZBEK DRAMATURGIYASIDA AMIR TEMUR   



  

 

OBRAZINING YARATILISHI 

        ASROR SAMAD VA MA’RUF JALIL IJODIDA   

 

 



 

       AMIR TEMUR OBRAZI 



 

 Asror Samad va Ma’ruf Jalil Amir Temur haqida dramatik asar yozib, bir 

davrda chop ettirishga muyassar bo’lishdi

18

. Ma’ruf Jalil asari Amir Temurning 



Amir Husayn bilan birga olib borgan faoliyatini o’z ichiga olgan bo’lib, Amir 

Temurning Balx qurultoyida amirlik shavkatiga ega bo’lish voqeasi bilan 

nihoyasiga yetsa, Asror Samadning asari Amir Temurning Balx qurultoyidagi 

muvaffaqiyati bilan boshlanib, umrining oxirigacha bo’lgan davrdan iborat 

chegarani o’z ichiga oladi. Shu tufayli, bu ikki asar haqidagi fikrni Amir 

Temurning ilk faoliyatini aks ettiruvchi asar Ma’ruf Jalilning «Amir Temur 

qissasi» dramasidan boshlashni lozim topamiz. 

 

“Amir Husayn kimu, amir Temur kim?” Ma’ruf Jalil asarini sinchiklab o’qib 



chiqsak, uning butun mazmuni shu savolga javob berishga qaratilganligiga guvoh 

bo’lamiz, Dramaning asl mag’zi quyidagi satrlarda yaqqol namoyon bo’lgan: 

 

“Men bu zotga O’ljoy Turkon begim tufayli ko’p ishlarda sadoqatimni isbot 



qilgandim. Mo’g’ullarga qarshi jangda sobitligi-chun ikki karra uni hurmatlar 

edim. Yo’limiz bir edi bizning, dillarimiz ham o’sha kurash yo’llarida hamohang 

edi. Shuning uchun bu odamni kechirsam bo’lar. Ammo dillar qaysi chog’dan 

                                                 

18

 

Самад А. Соҳибқирон Темур. Драма ва ҳикоялар. – Т.: «Ёзувчи», 1993; Жалил М. Амир Темур 



қиссаси. «Шарқ юлдузи» журнали, 1993. № 5-6, 7-8.

 

 



 


 

24 


uzoqlashdi-yu, qay manzilda yo’llarimiz ayrilib ketti. El yurtni tozalaymiz 

bosqinchidan deb boshimizdan ne kulfatlar bosib o’tmadi. Ne-ne muhtojliklar 

ko’rdik, ne-ne xo’rliklar, ne-ne malomatga duchor bo’lmadik, do’stlar  (ko’zlari 

yoshlanadi). Yurtni yovdan xalos qilib, saltanat tuzib, shodiyona kunda birga 

bo’larmiz devdim. Birga bo’ldik. Ammo sodiq do’st bo’lib emas, dushman bo’lib 

yetib keldik muborak kunga. O’sha soflik, samimiyat chilparchin bo’ldi”. 

Sohibqironning bu monologini berishda muallifning badiiy saviyasi yaqqol 

ko’rinib turibdi. 

 

Muallif voqeaning ikki shaxsning do’stligi, hukmronligi, qadrdonligidan 



boshlaydi. Bu fazilatlar nimalarda o’z aksini topgan? Sohibqiron birinchi 

ko’rishidayoq Amir Husaynga iltifot ko’rsatib, uni boshiga ko’taradi. Xarakterli bir 

misol: “Hukmdor Amir Husayn otining jilovini ushlashi ham uning cheksiz 

hurmatini bildirib turardi. Unga jon kuydirib, “Charchab qolmadingizmi?” deb 

so’rashlarida ham mehribonlik alomati nomoyon bo’ladi. 

 

Sohibqironning juda katta hizmati shundaki, u Amir Husaynni o’limdan 



saqlab qoladi, qurshovdan olib chiqadi. Shu sababdan ham Amir Husayn umumiy 

dushmanga qarshi birgalashib jang olib boradilar. Mana bir lavha: “Olisdan yog’iy 

qo’shinining manglayi ko’rinadi. Husayn ham, Amir Temur ham o’z qo’shinlarini 

safga tizib, janga hozirlik ko’ra boshlaydi”. Ammo Husayn o’zini tashqi tomondan  

Sohibqironga yaqin qilib ko’rsatishga urinsa ham zimdan norozi     bo’lib, unga 

qarshi ishlarni qilish payida  bo’lardi. Hukmdorning “Bir mamlakat tuzsam degan 

rejam” bor degan niyatini do’st bo’lsa astoydil quvvatlagan bo’lardi. Amir Husayn 

esa “kinoyali jilmayib…” qo’yishi ham uning asl qalbini ochishga xizmat qilgan. 

Do’ppisi tor kelib qolganda Husayn tumtaraqay bo’lib qochishga urinishi oqibatsiz 

do’st ekanligini ochadi. Dunyoqarashlar qattiq to’qnashadi. “Menga hayot, ne’mat 

bergan ona zamini, mazlum elni tashlab ketmasman, amir”.   

 

Husaynning es-hushi qanday bo’lmasin jonini saqlab qolish, aysh-ishrat 



qilish. Muallif asariga xarakterli voqeani olib, Husaynning dahshatli kimsa 

ekanligini ochishga muvaffaq bo’ldi. Uning ko’ngli Yusuf So’fi qiziga tushib 

qoladi. Sovg’a-salomlar qilib, to’yni tantana bilan o’tkazish uchun mablag’ yig’ish 



 

25 


dardiga giriftor bo’lib, aholini zulukdek  so’rib, qaqshatadi. Amir Temur xalqni 

azobdan qutqarish maqsadida barcha mablag’ni o’zi to’laydi. Bu yerda ikki dunyo, 

ikki shaxsning asl qiyofasi kontrast usulda ochiladi. Biridan muruvvat yog’iladi, 

biridan esa, dahshat. “Amir Husayn kimu Amir Temur kim?” degan savolga ana 

shu voqealardan javob topiladi. Ayniqsa, o’rtaga hukmdorlik masalasi 

ko’tarilgandan keyin ikki shaxs o’rtasidagi munosabatlar yanada chigallasha 

boshlaydi. “Zotim kim”  deb o’ylamasmi Temurning o’zi? Men-ku xonning 

kuyoviman, aloqam bordir. Uning toju taxtga qanday aloqasi bor?” deb fikrlaydi 

Husayn. Bu niyatiga yetish uchun  har  qanday muvofiqlikka, razillikga borishga 

hozir edi. Qanday bo’lmasin, unga erishish kerak. “Temur otni qamchilabdi. 

Tarafdor ko’p. Demak, menga nasib qilmas taxtga o’ltirmoq. Ammo sen ham 

bo’lolmaysan unga musharraf…”. Shu sababdan ham Husayn har qadamda uning 

oyog’idan chalishga, turli yo’llar bilan pand berishga urinib ketadi. Bo’lajak 

qurultoyda hukmdor kim bo’lishi kerak degan masala ko’tarilganda ham u yotig’i 

bilan o’zini loyiq nomzod deb  taqdim qilmoqchi. “Xon naslidan bo’lmaganlar 

munosib emas…”. 

 

Ammo  Temur esa, Husaynga yaxshilik qilishda davom etadi. Unga zar 



chopon kiydiradi. Husayn saltanatidagi ishlarini tashlab qo’yib, aysh-ishrat qilib, 

yotganda ham Husaynni kechiradi. Husayn Temurga do’q qilib, haqorat qilganda 

ham u iltifot ko’rsatadi. “Men tanimay qolmoqdaman. Kimsiz o’zingiz?” bunga 

hukmdorning bardosh berishi ham o’zi bo’lmaydi. Boz ustiga Sohibqironning 

yaqin amaldorlarini qilichdan o’tkazadi. Aholiga soliq solib, uni qaqshatadi. 

Shunda ham Temur Husaynga  yon bosadi. Shuncha yaramas qilmishlardan keyin 

ham “Husayn o’z qasamiga qilsa rioya, xolis bo’lsa yarashmoqlik niyati…” 

borligini izhor etadi.  

 

Bundan tashqari, dramada tarixiy voqealar, shaxslar faoliyatlarini ham talqin 



qilishda tarixdan chekinishlar ko’zga tashlanadi. Masalan, Bibixonim syujetining 

rivojlanishi davrida hech asossiz o’ldirib yuboriladi. Bunday tasvir tarixga 

butunlay zid. Bibixonim 1341 yilda tug’ilib, 1408 yilda olamdan o’tadi. U eridan 

keyin yana uch yil hayot kechiradi. Nimaga muallifga Bibixonimning vofotini 




 

26 


oldindan ko’rsatish lozim bo’lib qoldi ekan? Bu voqea o’zining badiiy talqini va 

tasdig’ini topmagan. Ma’ruf Jalilning “Sohibqiron (“Amir Temur qissasi”)” da 

hukmdor qanday bo’lishi lozimligi haqidagi ikki buyuk shaxs o’rtasida yuz bergan 

baxslar qimmatlidir. Undan tashqari, do’st bilan dushmanni ajratib olish, bu yo’lda 

xato qilmaslik lozimligini targ’ib qilish ham asarning ijobiy fazilatidir. 

 

Ma’lumki, Asror Samatning  “Sohibqiron Temur”  dramasi uning hikoyalari 



bilan birga “Yozuvchi” nashriyotida 1993 yilda chop etilgan. Asar ham she’riy, 

ham nasriy yo’lda ijod etilgan. Asror Samatning mazkur dramasi anchagina tarixiy 

voqeylikning badiiy ifodasi deb aytish mumkin.  

 

Dramada quyidagi satrlar juda xarakterlidir:  



 Yuz ellik yil zulm ko’rdi bu Turon yurti,  

Yuz ellik yil qon ichida qolgan zamin bu. 

Ne sinoat o’tgan bo’lsa ko’hna zaminda 

Yolg’iz Alloh o’zi bilur, ungadir ayon. 

Qoq ikkiga bo’lingandi bu ko’hna dunyo,    

 

Eron bo’lsa bir tomonda Turon bir tomon.  



 Har ikkovi hokim edi ko’hna jahonga! 

Titratardi bu dunyoni Turon degan nom,  

Bahodirlar, qahramonlar bor edi bunda 

Turon edi bu jahonning toju va taxti. 

Ne yozug’i bor erkan bu sho’rlik elning 

Mana endi zulm – zo’rlik ostida qolgan,  

Har kas unda, har zo’r bunda – poyida bu el,  

Ne balolar yog’ilmadi bu el boshiga. 

G’aznaviylar yurtidr bu, Ma’mun yurti bu,  

To’marislar yurtidir bu, Shiroq yurti bu, 

Yozuv Doro lashkari-la yakka urushgan,  

Qayxusravga qon ichirgan mardlar yurti bu. 

 Nechun bu yurt zulm – zo’rlik ostida qolsin! 

Nechun yurtning suvin xarom deb bilsin ulus. 




 

27 


Nechun endi ming bor o’lib, ming bor tirilib 

Nechun mahzun bo’lsin, ezilsin bu el,  

Nechun o’z huquqin olmasin bu el?! 

Alamlardan, bosqinlardan intiqom olsin! 

O’z tug’ini boshi uzra baland ko’tarsin,  

Inson tug’ilmaydi boshda toj bilan,  

Lokin taqdiridan qochib qutilmas. 

Yo’lboshchi lozim ermish bu elga bugun 

Toj esa yo’lboshchilik ramzidir xolos, 

Va maqsad, matlabning elchisidir toj.

19

 

 



Temurning monologi asarning boshida izhor etiladi va dramaning butun 

mohiyatini ochib beradi. Uning ma’nosi va mazmuni asarning butun syujet 

oqimidan qizil ip kabi o’tadi. Monolog o’tmishining xarakterli jihatlarini ta’riflash 

yurtni bosqinchilardan ozod etish motivlari,  kelajakka nazar tashlash yo’li bilan 

sug’orilgan. Asarda Sohibqironni ozodlikka olib chiquvchi, baxt yo’lini 

ko’rsatuvchi, baxt-saodat olib keluvchi, fuqorolarga muruvvat ulashuvchi shaxs 

sifatida ko’ramiz. 

 

Asardan chiqadigan xulosalardan biri shundaki,  Amir Temurning olib 



borgan asosiy siyosati  ellar, xalqlar o’rtasida do’stlikka erishish, uni 

mustahkamlash, fuqarolar bilan aloqalarni yaxshilashdir. U hatto kuch-qudratli, 

mard raqiblarini ham chetlatib yubormasdan, o’ziga maftun etishga, ular bilan 

qadrdon bo’lib yashashga uringan zot. Uning bu fazilati ayniqsa, Amir Joku va 

Boyazid bilan bo’lgan munosabatda yaqqol ko’zga tashlanadi. 

 

Adolatli, dono arbobning baho berish mezoni insonning qanday ekanligiga 



qarab tariflashdir. Uning uchun millatning yomoni  yo’q. Agarda inson qaysi 

millatdan bo’lishidan qat’iy nazar, unda ijobiy fazilatlar mavjud bo’lsa, Amir 

Temur uni yuqori ko’tardi. Shu sabablardan ham u barcha millatlarga xayrixohlik 

bilan qaradi. 

                                                 

19

 



Самад А. Соҳибқирон Темур. Драма ва ҳикоялар. – Т.: «Ёзувчи», 1993 – Б. 5. 


 

28 


 

Mo’g’ul sardori Amir Jokuni asir qilib, qopga solib olib keladilar. U garchi 

dushman tomonda bo’lsa ham Amir Temur uni kechirib, yuksak lavozim beradi, 

o’z qatorida birga bo’lishni taklif etadi. 

 

Shuni ta’kidlash kerakki, muallif asar boshidanoq Sohibqironning aniq 



qiyofasini ko’rsatishga harakat qiladi. Amir Joku qop ichidan chiqib: “Menga 

Temurlangni ko’rsating, kim bo’ladi u?” deb dag’dag’a qiladi. Agar oldingi 

sahnalarda Temurni salobatli hukmdor, so’ng qoni jo’sh urgan yigit qiyofasida 

ko’rsak, bu yerda uning qahri bilan ham tanishamiz “Men–Temurlang! Ne gaping 

bor edi o’sha Temurlangga?” 

 

Uning salobati va qahrini ko’rgan Amir Joku bo’shashadi, shahdidan 



qaytadi: 

 

 



Qanday ulug’! Salobatli ma’budlarga xos,  

 

 



Osmonni ham jang-jadalga chorlab turganday! 

 

 



Uning berahm ko’zlari yerga qadalgan, 

 

  



Ich-ichidan fikrlarin pishitib turar. 

 

 



Jahannam qarini yorib qilichi bilan  

 

 



Do’zaxdan chiqarmoqchiday Ya’juj-Ma’jujni.

20

 



 

Amir Temur amir Joku bilan muloqatda uni kuch bilan emas, so’z bilan 

yengadi, unga o’ziga nisbatan tavajjuh uyg’ota oladi. Uning tavajjuhini batamom 

qozongandan keyin o’z tomoniga o’tishni taklif etadi va unga: “Katta qo’shun 

sarkardasi bo’lursan menda”, deydi. Amir Joku Sohibqiron ta’siriga tushadi: 

 

 



Mening ruhim g’alati bir sehr qo’ynida,  

 

 



Qanday mag’rur, jasoratli bu turonliklar! 

 

Usta, tadbirkor Sohibqiron iste’dodli sarkardalardan foydalanib, birgalashib 



yovlar ustiga hujum uyushtirishni maqsad qilib olishi ham bejiz emas. 

 

Dramadagi muhim masalalardan biri –  Amir Temur bilan Boyazid 



o’rtasidagi munosabat. Shuni ta’kidlashimiz kerakki, Temur  mavzuyini talqin 

qilgan birorta adib yoki dramaturg yo’qki, ikki buyuk sarkardaning 

munosabatlarini chetlab o’tgan bo’lsin. Bu ham tabiiy hol. Chunki Sohibqironning 

                                                 

20

 

Самад А. Соҳибқирон Темур. Драма ва ҳикоялар. – Т.: «Ёзувчи», 1993. – Б. 16. 




 

29 


jangovor faoliyatida asosiy o’rinlardan birini egallagan Boyazid va Yevroosiyo 

mintaqasi masalasidir. Amir Temur oldida turgan bu masalani har bir  ijodkor 

o’ziga xos uslub tanlagan holda mavzusiga, ko’targan muammosiga, o’zining 

e’tiqod va dunyo qarashiga qarab talqin qilgan.  

 

Asror Samadda Amir Temur va Boyazid talqini butunlay o’zgacha. Uni 



bag’ri keng inson sifatida aks ettirgan. 

 

Amir Temur Boyazidga maktub yo’llar ekan, sultonga hurmatini bildirgan 



holda Qora Yusufni o’z ixtiyoriga yuborishni undan iltimos qilganda olgan javobi 

xarakterli. Boyazid dag’dag’a-po’pisa qilib uni haqoratlab shunday javob 

maktubini yuborgan. “Temurlangni ogohlantir, toki es-hushini yig’ib huzurimizga 

kelsin, agar huzurimizga bosh egib kelmasa ahli ayoli uch taloq bo’lsin!”

21

 

 



Ha, bu haqoratga qalbida tariqcha vijdoni bor odam bardosh berishi mumkin 

emas. Bugina emas, Boyazid butun umri davomida Amir Temurga ham ma’naviy, 

ham jismoniy zarba berib kelgan. 

 

Boyazidning mana asl niyati. 



 

 

“Seni yengib, asir olay, ey oqsoq Temur, 



 

 

Erligingni bichaman-da, kanizaklarimga 



 

 

Haram og’a qilib qo’yay, shoshmay tur hali”



22

 



Boyazid g’alaba qilishiga ishongan holda Amir Temur lashkarlariga kuchli 

hujum qiladi, ko’p lashkarlarini qirib tashlaydi. Ammo mag’lubiyatga uchrab, asir 

tushadi. 

 

Ha, shunday qonxo’r, jallod, axloqsiz sultonga g’olib hukmdor qanday 



muomalada bo’ladi? 

 

Asir tushgan Boyazidga “ozor” bermaslikni talab qiladi Sohibqiron. Bu 



sahiyligini u davom ettirib, yanada rivojlantiradi. Sarkarda Mahmudxonning 

“…yog’iyga ozor bermay, jonini olasiz, amirim?” degan so’rog’iga: “Yo’q, taxtga 

o’tqazib, o’zim xizmatinda bo’lurmen”. 

                                                 

21

  

Самад А. Соҳибқирон Темур. Драма ва ҳикоялар. – Т.: «Ёзувчи», 1993. –B. 27 



22

 

Самад А. Соҳибқирон Темур. Драма ва ҳикоялар. – Т.: «Ёзувчи», 1993. – Б. 43 




 

30 


 

Qudratli hukmdor o’zini shunchalik ham kamsitadimi? Hatto rafiqasi 

Bibixonimga ham erining bu so’zlari erish tuyiladi, ularni hazil deb qabul qiladi. 

 

Aslida esa, boshqacha. “Ori, rost! Hazil – podshohlarga xos emas”. 



 

Ha, Amir Temur hazil qilmayotgan edi. Tarixiy malumotlardan malumki, 

Amir Temur Boyazidga yozgan maktublarida hamisha turkiy xalqlarning birlashib 

ish ko’rishini, hamkor bo’lishni va dunyoni birgalikda egallashni, ayni chog’da   

taxtda Boyazidni ko’rish orzusida ekanligini tasdiqlagan edi. Asror Samad ana shu 

tarixiy  haqiqatni  badiiy tadqiq etgan holda Sohibqironning bag’ri keng inson 

ekanligini takidlay olgan.  Muallif bu asarni qayta ishlar ekan, bu faktga yana 

diqqatni qaratadi: 

 

 

Aqlingizni kiritarkan tezda mag’lublik, 



 

 

Iltijollar qilg’an erdim hamkor bo’lishni. 



 

 

Ko’rmoq edi asl matlab jahon taxtida 



 

 

Sizni sulton. 



 

 

Ammo kech emas, 



 

Temur Boyazidni taxtga rosmana taklif etadi. Boyazid bu taklifdan 

sarosimaga tushadi… 

 

Boyazidga yon bosishiga, uni ardoqlashga Rum sultonining javobini 



eshitaylik. “Rumdan hali ko’p boyazidlar, sulaymonlar chiqajak! Yog’iy ayovsiz, 

shafqatsiz. Undan shafqat kutmoq ilondan zahar tilab olmoq bilan tengdir”. Mana 

bunga uning javobi: 

 

 



Tashakkur, amir! 

 

 



Men tugatdim sultonlikning oliy rutbasin. 

 

 



Farzandlardan umidvormen. 

 

 



Toki Boyazid Yeldirimning  

 

 



Intiqomin olgaylar bir kun. 

 

 



Shayx Kubroni juda yaxshi bilasiz, amir, 

 

 



Hazrat shayxning ruboiysi juda ibratli: 

 

 



“Chu nonga chekib toatu taqvoni,  

 

 



So’ng suprada it oldiga qo’ysam oni, 


 

31 


 

 

Ul it agarchi och erur, zindoniy, 



 

 

Nomus yuzidan og’ziga olmas oni” 



 

 

“Hali aytdim; jismim mag’lub, ruhim shiddatkor! 



 

 

Sadaqaga zor emasmen, sahovatli shoh. 



 

 

Ammo unutmangki, shavkatli amir, 



    

 

Sizni qasos kutar, turkning qasosi. 



 

 

Buyuringiz, men kundaga boshimni qo’yay. 



 

Bunga Sohibqironning javobi voqealar xarakteriga, uning mazmuniga zid 

bo’lib tushganday. 

 

 



Kuzatingiz, afandimni, izzat ko’rsating 

 

 



Izzat-hurmat – hammasi ham bo’lsin shohona. 

 

Bular ham Sohibqironning ko’nglini tinchita olmadi. U yana boshqa 



yaxshiliklar qilishga axd etadi. Uning og’li shahzoda Sulaymonni Rum taxtiga 

o’tqazib, uning sharafiga bazmi jamshid berishni buyuradi. Mana sizga 

Boyazidning yomonligiga Amir Temurning yaxshiligi.  

 

Lekin shuni ham aytish kerakki, aslida Amir Temur ehtiyotkor va o’ta sezgir 



hukmdor. U yovlar ig’vosi va hiylalariga uchib ketadigan nodon bo’lmagan. 

Sohibqiron yovlarning bosgan qadamlarini sezgan. 

 

Qani, bir tarixiy manbalarga murojat qilaylik. 



 

“Temur tuzuklari”da  shunday deyilgan. “Beglarbegilardan yoki amirlardan 

birortasi hukmimga xilof ish tutib, undan chetga chiqsa uni qilichdan o’tkazib, 

o’rniga “muntazir al-amorat” hisoblangan o’rin bosarini qo’ysinlar” (130-bet). Bu 

juda jiddiy gap. Hukmdorning hukmidan chetga chiqqanga shunday og’ir jazo 

berilsa-yu, qurol ko’tarib, minglab lashkarlarni, qirib tashlagan, mamlakatni 

vayron qilmoqchi bo’lgan Boyazidga hushomat qilinsa. 

 

Tog’ri, “Temur tuzuklari”da yana shunday muruvvatli joyi ham bor. “Menga 



yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko’tarib, ishimga ko’p ziyon yetkazganlarni 

ham iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab, yomon qilmishlarini 

hotiramdan o’chirdim” (64-bet). 



 

32 


 

Ammo Boyazid “iltijo bilan tavba-tazarru qilib…”  Sohibqiron huzuriga 

kelmagan-ku! U otdan tushsa ham egardan tushmay do’q qilib, baland kelavergan. 

Albatta, muallif tarixiy dalillarni mahkam ushlab olishi shart emas, yuqorida 

aytganimizdek, badiiy asar yaratish uchun faktlar o’jar bo’ladi, ammo faktlarni 

badiiyatga bo’ysundirish san’atkorning vazifasi. Muallif bu o’rinda Amir 

Temurning asosiy matlabini ko’rsatish uchun o’sha tarixiy dalilni  –  Boyazidni 

jahon taxtiga o’tqazish niyatini badiiylashtirib talqin qila olgan. 

 

Xo’sh, endi gapni To’xtamishga olib o’taylik. Sohibqironning ikki ashaddiy 



dushmanlari bo’lsa, ulardan biri To’xtamishdir. 

 

Buni asar qahramonlaridan birining quyidagi so’zlari bildirib turibdi. 



 

“Mo’g’ul xoni To’xtamishxon bizni yakson etmoq qasdida butun lashkarini 

oyoqlantirmish”, deydi Temurga. 

 

Asror Samad qiziq bir vositadan foydalanadi. U To’xtamishning hiylayu-



nayrangi bilan yozgan xatini keltirib, voqealarni shu xat atrofida davom ettirgan 

holda rivojlantiradi. Xatda u Amir Temurdan minnatdor ekanligini, uning beqiyos 

marhamatlaridan, uning oldida o’zini gunohkor hisoblashini bildiradi, go’yo 

Sohibqiron xizmatida bo’lib, unga tobe bo’lib yurish istagini davom etadi. Bu xat 

Temuriylarni ziyraklikka tortadi hamda qizg’in muhokamaga ham sabab bo’ladi. 

 

Bular ichida shaxzoda Umarshayxning qarashlari ayni maqsad bo’lib 



tuyuladi va haqiqatga ochiq ko’z bilan qaraganligi ayon bo’ladi. 

 

“Ilyosxo’ja  yanglig’ uni mahv  etmoq joiz; xiyonatkorning do’st bo’lganini 



ko’rmaganman hech”. 

 

Shuni aytib o’tish kerakki, To’xtamish yovuz, firibgar ekanligidan ko’z 



yumilmaydi, bor gap ochiq-oydin izhor etiladi. Asosiy gap qo’shinlarning soni, 

mahorati ustida ketadi. “To’xtamishda lak-lak qo’shin bor” (20-bet) ligi e’tirof 

etilishi ularni ziyraklikka, zo’r tayyorgarlik ko’rishga undardi. Buning oqibatida 

To’xtamish bilan bo’lgan qattiq jang g’alabaga olib kelgan edi. 

 

Pyesada ko’tarilgan muhim masalalardan biri shoh qanday bo’lishligidir. 



 

Shohlik to’g’risida ikki hukmdorning baxslari ham tomoshobinlarning 

diqqat-e’tiborini jalb qilmasligi mumkin emas. 



 

33 


 

 

Endigina zafar quchib, taxtga o’tirib,  



 

 

Mana, shohlik rohatiga yetdim deganda 



 

 

Taxtdan quvib solib go’rga tiqding sen. 



 

To’xtamishning shohlikni bunday  talqiniga Amir Temur quyidagi bunday 

javobni beradi: 

 

 



Shohlikni sen faqat rohat deb o’ylagansan,  

 

 



Bu mansabning o’z hikmati bor, o’z mansubligi, 

 

 



Ya’ni tizdan moyi bo’lsa shoxlik gashtining,  

 

 



Beldan qoni bo’lar, azobi dardi, 

 

 



Sen shuni unutding shoh degan mahluq 

 

 



Tangri qudrati-la poydor bo’larkan, 

 

 



U yurtni o’ylaydi, taxt gashtin emas. 

Amir Temur ojizlik qilib, To’xtamishga yon bosganday bo’ladi. Uning 

elchilariga sovg’a salomlar ayamasdan berishni topshirishi, uning iltimosini ijobiy 

hal qilishga urinishi fikrimizning dalillaridir. Ammo bu sirtdangina shunday. 

Aslida Amir Temur usta diplomat, taktika va strategiyani puxta biladigan hukmdor 

sifatida ish yuritganligi voqealar davomida oshkor bo’ladi. 

 

Sohibqiron shohlik lavozimiga haqqoniy baho berishi bilan birga, o’zi ham 



aytgan gapiga to’la amal qilgan. 

 

Muallif buni ko’p sohalarda ko’rsatib, Amir Temurning o’ziga xos 



qirralarini ochib bergan. U kurashda, jangda buyuk sarkarda, taktika va 

strategiyaning ustasi, saroydagilarga qattiq qo’l, ayni paytda mehribon hukmdor, 

do’stlariga,  rafiqalariga g’amxo’r olampanoh, farzandlariga suyukli ota, ustoziga 

sadoqatli shogird, yovlarga, josuslarga shafqatsiz inson ekanligini asardan bilib 

olamiz va bunga tomoshobinlarga ishonch hosil tug’diradi. 

 

Muallif Amir Temurning rahmdilligi, sahiyligi, g’amxo’rligini ochib 



berishda kampir obrazidan foydalangan. 

 

Kampir dod solib, hukmdor huzuriga keladi. Uning fig’oni ko’kka 



ko’tariladi, ikki farzandini navkarlar o’ldirmoqchi bo’lishlaridan cheksiz g’azabda. 

Voqea shunday yuz bergan ekan. 




 

34 


 

Kampirning o’g’li mergan ekan, u bir necha navkarlarga kamondan o’q uzib 

dorulbaqoga jo’natgan ekan. Mana ko’rinib turibdiki, yigitni aybi katta. Shu 

sababdan ham navkarlar uni o’limga mahkum etmoqchi bo’lishlari o’rinli edi. 

Ammo Sohibqiron buni bilgani holda o’g’lining mardligini ko’rib, xotinining unga 

sadoqatini anglab, omonlik beradi. Ikki toshning qilmishidan qoyil qolgan Amir 

Temur.“Mo’minlar shunchalik jips bo’lsaydi, qil ham o’tmasaydi oralig’idan”, 

deydi armon bilan. 

Asror Samad boshqacha yo’sinda ish olib bordi. U Amir Temur 

farzandlarining qurultoyga qarashlarini bildiradi. Ma’lumki, muallif tarix 

saboqlaridan kelib chiqadi. Amir Temur qurultoylar o’tkazgan, a’yonlar, amirlar, 

olimlar, shoirlardan maslahatlar olib, ularning haqqoniy fikrlarini hayotga tadbiq 

etib,  g’alabalarga erishgan. Amir Temurning o’zi shunday deb aytgan: “Har 

kimdan kengash oldim, har kimdan fikr o’rgandim: qaysi biri foydaliroq bo’lsa, 

ko’ngil xazinasida saqlab ishlata bildim” (Amir Temur o’gitlari. “O’zbekiston” 

nashriyoti, Toshkent, 2007, 58-bet). Chunki u yaxshi naqlning tomiri aql ekanligini 

chuqur tushunardi. Yosh farzandlar bularni tezda anglay olmaganlar. 

Shunisi diqqatga sazovorki, asarda 21 ta personaj ishtirok etsa, muallif  har 

bir obrazning o’ziga hosligini ko’rsata olgan. 

Bosh qahramon Amir Temurning donoligi, qattiqqo’l hukmdorligi, 

ayyorligi, ziyrakligi, so’zga chechanligi, salobati, Bibixonimning zukkoligi va 

go’zalligi, eng avvalo uning onaligi, Jahongir, Umarshayx, Mironshox, 

Shohruhlarning  yoshlarga xos jo’shqinligi va bir qadar shoshqoloqligi, 

Mahmudxonning mo’g’ul bo’la turib sadoqat bilan Sohibqironga xizmat qilishi va 

uning qo’g’irchoq xonligi, Cho’lpon begimning nozik  hislari va tuyg’ulari, 

Ja’farning xiyonatkorligi, Boyazidning qaysarligi va takabburligi, Misr sultonining 

kaltafahmligi, Jaloyirning sulhparvar va vatanparvarligi –  har biri alohida-alohida 

bo’yoqlar bilan ochib beriladi.    

        


Download 258,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish