Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti o



Download 258,39 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi258,39 Kb.
#268913
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqillik davri dramaturgiyasida amir temur obrazi

BIRINCHI BOB 

  

DRAMATURGIYADA AMIR TEMUR OBRAZINI  

 

       YARATISHGA BO’LGAN INTILISHLAR 

 

Bizda  bo’lmasa-da,  chet  ellarda  Amir  Temur  obrazini  dramaturgiyada 

yaratish 

allaqachonlar 

boshlanib 

ketgan 


edi. 

Buni 


adabiyotshunos 

H.Abdusamatovning quyidagdi fikrlari tasdiq etadi:  

 

“Sohibqiron siymosini sahnada ko’rsatishga ham jiddiy urinishlar bo’lgan. 



Bunga Charlz Saundersning “Buyuk Tamerlan” (London, 1681), Fransiz Feynning 

“Fidokor” (London, 1686), Nikolos Rovsning “Tamerlan” (London,1702), Uilyam 

Popluning “Sahovatli Tamerlan” tragediyalari (London,1732), L.Smitning 

“Tamerlan” ta’rixiy dramasi (Amsterdam, 1970) va yana boshqa sahna asarlari 

ham paydo bo’lgan edi. Eng xarakterlisi shundaki, san’atning yuksak cho’qqisi 

bo’lmish operaga ham Amir Temurning siymosi kirib borgan. Birinchi oprani 

Italyada Mars Anton Ziani 1689 yili yozgan va u “Buyuk Tamerlan” nomi bilan 

Venetsiyadagi teatrda namoyish etilgan. Bulardan tashqari bir qancha operalar ham 

yaratilganki, ular yuraklarda quvonch tuyg’ularini mavj urdirgan ekan. Mana ular: 

J.F.Fortshning “Boyazid va Tamerlan” (Gamburg, 1690), E.M. de Shefdevilning 

“Tamerlan” (Parij, 1766); musiqasi I.F.Rayngardtniki, M.G.Levisning “Timur” 

asari, musiqasi P.Kangnikidir (London, 1811). 

 

Ta’rixchilarning bergan ma’lumotlariga qaraganda Sohibqiron haqidagi eng 



mashhur opera Nikoli Haym 1724 yili yozgan, sahnaga qo’yilgan “Tamerlano” 

operasidir, musiqani kompozitor G.F.Gendal bitgan. Bu opera London musiqa 




 

12 


akademiyasi teatrida ham namoyish qilingan. U nemis tiliga ham o’girilgan. Eng 

quvonchli hodisa shundaki, bu opera italyan tilida hanuzgacha qo’yib kelinmoqda.  

 

Amir Temurga bag’ishlangan sahna asarlari ichida eng mashhuri ingliz 



dramaturgi Kristofer Marlo (1564-1593) ning “Buyuk Tamerlan” (1587-1588) 

she’riy tragediyasidir. (Qarang: A.Abduazizov, “Sohibqiron yulduzi”, O’zAS, 

2006, 26 may). Bu asar o’zbek sahna temurnomasini yaratishga ham turtki 

berganligi shubhasizdir”

3

.     


Xosh, Sohibqiron o’z vatanida qanday darajada mashhur bo’ldi?  Sho’ro 

davridagi adabiyot va san’at ta’rixiga ko’z tashlasak, achinarli holatni ko’ramiz. 70 

yillik davrda Amir Temurga bag’ishlangan badiiy asarlarni deyarli uchratmaymiz. 

Mana nimalar bo’lganini nazarga olaylik. 1925 yilda Ozarbayjon drmaturgi 

Husayn Jovidning “Amir Temur” dramasi, Fitratning 1917 yil yozilgan “Temur 

sag’anasi” hamda Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug’bek” (1960) tragediyasida 

Amir Temurning ruhi bilan suhbatlashishi berilgan. Sho’ro davridagi Amir Temur 

haqidagi dramaturgiya mana shulardan iborat. 

  

 

“Teatrshunos Sirojiddin Ahmadning izlanishlari, 



– 

deb yozadi 

adabiyotshunos N.Karimov, –  “Temur sag’anasi” dramasining 1919 yil 4 

sentyabrda  Mannon Uyg’ur tomonidan Toshkent shahridagi “Rohat bog’cha” deb 

ataluvchi saylgoh sahnasida namoyish etilganini tasdiqlaydi”

4

.  



 

 

 



Shuningdek,  N.Karimov  o’z  fikrini  davom  ettirib,  quyidagilarni  ma’lum 

qiladi:  “Temur  sag’anasi”  spektakilining  “Rohat  bog’cha”  da  qo’yilganligi 

haqidagi G’ozi Yunusning xabarida, san’atshunos Sirojiddin Ahmadning ma’lumot 

berishicha,  bunday  so’zlar  yozilgan: “Bu  piesada  atoqli  bobomiz  Amir  Temur 

sag’anasi  tasvir  etiladir.  Amir  Temur  rolida  Uyg’ur  afandi  qabr  yorilg’onga 

qabrdan  chiqg’ondog’u  harakatlarni  g’oyat  ustaliq  birla  ado  etdi.  Yurt,  vatanni 

suyguvchi  yigit  rolini  o’ynovchi  O’ktam  afandi  (Qayum  Ramazon–N.K)  ning 

yig’lag’on vaqtda kulu chehrasi birla  ko’rinishi kelishmadi…” S.Ahmad bu xabar 

                                                 

3

Абдусаматов Ҳ. Саҳна Темурномаси. – Т.: «MERIYUS», 2009. – 6-бет. 



4

Каримов Н. ХХ аср адабиёти манзаралари. Биринчи китоб. – Т.: Ўзбекистон, 2008. –

 

116-


б.  


 

13 


so’zlariga asoslangan holda “Temur oldinda” sochmasining sahna variantidir

degan taxminni bildiradi”

5

.

 



 

Sochma matni quyidagicha: 

 

“Bag’rim yoniq, yuzim qora, ko’nglim siniq, bo’ynim bukuk. 



 

Sening ziyoratinga keldim sultonim! 

 

Ezilgan boshim, qisilgan vijdonim, kuygan qonim, o’rtangan jonim uchun 



bu sag’anangdan davo izlab keldim, xoqonim! 

 

Yuz yillardan beri jafo ko’rib, g’am chekib kelgan turkning ko’z yoshlarin 



etaklaringa to’karga keldim. 

 

Qorong’uliklar ichra yog’dusiz qolgan o’zbek ko’zlari uchun tuprog’ingdan 



surma olg’ali keldim. 

 

Nomusini bad kishilarning ayog’lari ostinda ko’rib turklik qoni qaynag’ay, 



musulmonlik hamiyati toshg’ay, tamug’ olovlari kabi sachrag’ay. 

 

Lekin o’z kuchsizligin anglab qaytib o’tirgan va qon yig’lagan turkning 



holini aytarga keldim, xoqonim! 

 

Ulug’ xoqonim! Turklik sharafi talandi.  



 

Turk uchun qo’ydig’ing davlat bitdi, turk ostig’a  ko’rdig’ing hoqonlik 

yog’iygami ketdi. 

 

Turkning nomusi, e’tibori, iymoni, vijdoni, zolimlarning ayog’i ostida qoldi. 



 

Turkning yurti, ulog’i, o’chog’i,  Turoni yod qo’llarg’a  tushdi. 

 

Turkning bilgisi, ongi, o’ylovi, ziyrakligi jaholat o’ljasig’a  ketdi. 



 

Sening qiliching bilan dunyo egasi bo’lg’on turk tinchgina bir yotoq 

topolmay qoldi. 

 

Sening kuching bilan dunyo xo’jasi bo’lgan turk qarluq temurlariga kirdi. 



 

Xoqonim! 

 

Turklikka xiyonat qilganlar turk bo’lsa ham qonlarini oqizmoq sening 



muqaddas odatingdir, yotma, tur! 

 

Sening omonatingg’a xiyonat qilg’anlarni ez, ur, o’ldur! 



 

Sultonim! 

                                                 

5

Каримов Н. ХХ аср адабиёти манзаралари. Биринчи китоб. – Т.: Ўзбекистон, 2008. –



 

118-


б. 


 

14 


 

Bilamin, shu tobda sening u yuksak va ulug’ ruhiyatining men kabi tuban 

ruhli va himmatsiz bir bolasining shu holig’a  g’azabli qulub turubdur. 

 

Bilaman, shu chog’da sening to’lqunli dengizlarg’a  o’xshag’an yuraging 



men kabi yuraksiz bir o’g’lingning shu ko’rinishindan nafrat qildilar. 

 

Chunki yuqorida aytdigim ishlarning hammasiga o’zim sabab bo’ldim, 



barchasini o’zim qidim, 

 

Sening Turoningni o’zim taladim, 



 

Sening turkligingni o’zim ezdirdim,  

 

Sening omonatlaringga xiyonat o’zim qildim. 



 

Men uch kunlik umrimni tinchgina yotib o’tqazmoqchi bo’lmasa edim, 

shularning birortasi bo’lmasa edi. 

 

Men qo’limg’a  topshirdig’ing  qilichni tashlab, cholg’uni olmasa edim, 



Turonim taanmas edi!.. 

 

Men yolg’iz qonli ko’z yoshlarimni bu sag’anangga to’kmak uchun emas, 



o’z oyoqlarimni iqror etarg’a keldim, XOQONIM. 

 

 



Meni qo’yma!  

 

Men yolg’iz yoziqlarimni iqror etarg’a emas, Turong’a  berdigim zararlarni 



to’lamoq uchun  keldim, XOQONIM.  

 

Mendan nafrat etma! 



 

Ey arslonlar arsloni! 

 

Menim yozuqlarimdan o’t, 



 

Meni qo’limni tut,  

Belimni bog’la,  muqaddas fotihangni ber! 

 

Sening dunyog’a sig’magan g’ayratinga ont ichamanki, Turonning eski 



sharaf va ulug’lig’ini qaytarmasdan burun ayog’laringda o’tirmasman”

6

.   



«Ma’lum bo’lishicha, xorijda nashr etilgan “Milliy Turkiston” jurnalining 

1952 yilga oid sonlaridan birida Fitrat haqida M.H.Erturk tahallusli muallifining 

maqolasi bosilgan va unda, jumladan, bunday ma’lumot berilgan: “Fitrat o’zining 

sahna asarlarinda bobolarning qoldirgan meroslarindan bahs etadir. U Turkiston 

                                                 

6

 



Фитрат А. Танланган асарлар. 1-жилд. – Т.: Маънавият, 2000. – Б. 33-35. 


 

15 


merosini chetlilar har jihattan yo’q etayotganligini xalqqa tushundirish fikrinda 

bo’ladir. U “Temur sag’anasi” asarinda sahnada ko’k o’rmon va uni kesilib 

turilganligini ko’rsatadir. Shu vaqtda Temur kelib: “Bu o’rmonlarni kimlar 

kesayotirlar? Bobolarning meroslari ne holga tushdi?” deb chaqiradir. Fitrat bu 

usulda bobolar qoldirgan merosni qo’rumoq lozimligini xalqqa uqdirmoqchi 

bo’ladur”. 

Shunday qilib, qo’limizdagi uzuq-yuluq ma’lumotlar asosida mazkur asar 

syujetini tiklashga harkat qilsak,  –  deb  yozadi  N.Karimov,  –  quyidagi manzara 

paydo bo’ladi: Parda ochilishi bilan tomoshabin qarshisida Amir Temur sag’anasi 

gavdalanadi. “Yurt, vatanni suyguvchi yigit”  sag’ana oldiga kelib, o’z fojiasini 

aytib yig’laydi. Shundan keyin sag’ana yorilib, undan Temur ruhi chiqib keladi va 

“Bu o’rmonlarni kimlar kesayotirlar? Bobolarning meroslari ne holga tushdi?...” 

deb o’ksinadi. Tahmin qilish mumkinki, Amir Temur asarda boyagi yigitni ham, 

tomoshabinlarni ham bobolardan qolgan meros –  o’zbek davlatining daxlsizligini 

saqlab  qolishga qaratilgan, ularga kuch va ruhiy madad bag’ishlaydigan so’zlarni 

aytadi»


7

.     


Shuningdek, N.Karimov yaqinda nemis va turk olimlari ishtirokida chop 

etilgan Sattor Jabborning “Qutulish yo’lida” degan kitobida “Temur sag’anasi” 

dramasidan 16 satrli  she’riy parcha berilganligini aytib o’tadi va kitobida 

Fitratning topilmalaridan biri sifatida “Temur sag’anasi  ustinda” nomi bilan 

berishga muvofiq bo’ladi: 

 

Yuvosh es, tong eli, to’xta, bu yerlarni ko’rarsenmi? 



 

Bu toshning ostida kimdir yotib qolgan, bilarsenmi? 

Butun ochunni titratgan buyuk xonning tug’u toshin 

Ziyorat etmayin, yuz surtmayin ildam o’tarsenmi? 

 

Bu sipsidam qora tosh ostida bor o’yla bir xonkim,  



Yoritgandi  qorong’uliklarda qolgan turk dunyosin. 

Og’ir tuproqlar ichra yon bosib tingan bu arslondirkim

                                                 

7

 



Каримов Н. ХХ аср адабиёти манзаралари. Биринчи китоб. – Т.: Ўзбекистон, 2008. –

 

Б. 



118-119..  


 

16 


Turardi eringdan-da eshitgan chog’da “urho”sin 

 

Bu xoqonning qilichlar sindirib tuzgan ulug’ mulki 



Esizlar, ohlar, munglar, yozishlarkim, buzilmishdir. 

Bugun qonlar to’kib, jonlar sochib ko’rgan chechak bog’i 

Fig’onlar, qayg’ular va hasratlarkim, buzilmishdir. 

 

Yoril, ey turk baxtini esga solgan tosh, yoril ildam, 



Yorilkim, ko’kraging ichra yotib qolgan xon uyg’onsin! 

Talangan, yondirilgan yurtini – Turonini ko’rsin!  

Ezilgan, yaralangan boyqish elga yo’lni ko’rsatsin!

8

  



Eng asosiy gap Fitratning tarixiy shaxs siymosi orqali zamonning dolzarb, 

muhim, shu bilan birga chigal muommalarini falsafiy-badiiy zaminda tarixiy 

ildizlarini ochish orqali, yurt va uning kelajagi haqida tasavvur tug’dirishga 

urinishidir.  

  

 

Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug’bek” tragediyasida Amir Temur garchi 



bir marta arvoh bo’lib sahnada ko’rinsa-da, uning o’ziga xos xarakteri ochib 

beriladi. 

M.Shayxzoda Temur arvohini berishda  Fitratning “Temur sag’anasi”dagi 

tasvir usullaridan foydalangan bo’lishi haqiqatdan uzoq emas. Yuqorida 

aytganimizday, Fitratda yigit Sohibqiron maqbarasiga kelib, unga murojaat qilib, 

madad so’raydi. 

Ammo asarning bizga yetib kelgan nusxasida Sohibqironning arvohi 

ko’rinmaydi, yigitning monologi bilan yakunlanadi. 

Maqsud Shayxzoda esa, Amir Temur siymosiga alohida ahamiyat bergan. 

Avvalam bor shuni aytish kerakki, Maqsud Shayxzoda bu tasvirda romantik ruhga, 

simvolik holatga urg’u qiladi. Buni muallif sahnaga Temur maqbarasini olib 

chiqqandan bilish mumkin. Fitrat asariga nisbatan Sohibqiron kengroq  ko’lamda 

talqin qilingan. M.Shayxzodaning bosh qahramoni nima uchun bobosiga murojaat 

                                                 

8

 

Каримов Н. ХХ аср адабиёти манзаралари. Биринчи китоб. – Т.: Ўзбекистон, 2008. –



 

Б. 


392. 


 

17 


qiladi? Buning sabablarini muallif yorqin ochib beradi. Mirzo Ulug’bek hayotida, 

hokimlik faoliyatida berk ko’chaga kirib qoladi. Feodallar o’rtasidagi janjallar, 

saroy  fitnalari, taxt talashishlar, mutaassiblikning avjiga chiqishi, ilmga kafan 

bichishga urinishlar yulduzlar olamini chuqur o’rgangan buyuk munajjimni zulmat 

ichiga tortib ketadi. 

Shunday daxshatli ahvolga tushib qolgan olim kimga  murojaat qilsin? 

Kimdan madad olsin? Kimga dardini to’kib solsin? Buning birdan-bir yo’li 

bobosidan madad olishdir. Bu hol uni Temur maqbarasiga yetaklab boradi. Mirzo 

Ulug’bek qalb iztiroblarini ezilib qayg’urish bilan izhor etadi. 

 

 



 

Shu – qirq yillik andishaga alamli yakun 

 

 

 



Ketib qoldi zamonadan diyonat, rostlik. 

 

 



 

Mudhish bir jar yoqasida turmish mamlakat 

 

 

 



Zulmatli tun o’ynayotir yurtning ufqida.

9

 



Qalbidagi dardlarini to’kib solishi orqali Ulug’bek bobosining topshirig’ini 

uddalab bajara olmaganligidan, omonatini saqlay olmaganligidan noliydi. U 

“avlodlarga chiqib qoldi g’oyat noqobil”, degan hulosa chiqarishga borib yetadi. 

Bunga sabab amaldorlarning “Qulog’i kar, idroki bo’sh, irodasi 

kuchsiz”ligidir. Eng daxshatlisi, reaksion kuchlar avjiga chiqib, sofdil, pok, halol 

insonni o’ldirishga zamin tayyorlashi bo’ldi.  

 

 

 



Yov nayzasini ko’kragimga o’qtaldi yovuz,  

 

 



 

Bu yov sening evarangdir, g’oyat benomus

10



Bu  yerda dramaturg  ota va bola masalasini qo’yadi. Kim haq, kim nohaq? 



Ulug’bek jonini fido qilib, Abdulatifga mehr nurini  sochadi, qo’lidan kelgan 

yaxshilikni qiladi. “Yaxshi so’zning urug’idan yaxshilik” (213-bet) kutadi. Ammo, 

o’g’il-chi?  U ma’rifat dushmanlarining vasvasasiga uchrab, takabburlik yo’liga 

o’tdi.  


Xarakterli tomoni shundaki, Ulug’bek o’z hatolarini ham tushunadi. 

Otalarning musibati farzandlarning hammasini yaxshi deb o’ylashadi, tarbiyada 

                                                 

9

 Shayxzoda M. Asarlar. Olti Tomlik, 5-tom.209-bet 



10

 O’sha kitob, o’sha bet. 




 

18 


talabchanlikni unutganligidadir. Bundan bolalarni to’g’ri tarbiyalash masalasi 

ko’tariladi. Ma’naviy jihatdan farzandidan ajralib qolgan ota nima qilsin? 

“Maslahat ber, menga bobo! G’oyat muhtojman!” 

 Ulug’bek nima ish qilishini so’rashi ham davrning taqozosi bilan yuz beradi.  

  

 

Tag’in lashkar, tag’in jangu, yaroq aslaha!  



  

 

Oxiratga qadar shumi,



11

 sultonlar ishi? 

Ulug’bek o’zida Temurbekning shaddodligi yo’qligini, urush uning ta’biga 

yoqmasligini tan olishi  ham uni Temurbekka chorlagan. Hokim yana nimadan 

iztirob chekadi? 

 Odam qirishdan, bog’larni kesib kuydirishdan eziladi. Bunday janglar 

Ulug’bekka yot bo’lganligi uchun bobodan maslahat olmoqchi. Axir, shohlar 

vazifasi  fuqorolarni yashatishmi, o’ldirishmi? Buni aniq bilib olishni burchi deb 

biladi. Muallif Amir Temurning mujassam qomati, haybatli qiyofasini sahnada 

paydo qilib, uni tilga kiritadi. 

 Sohibqiron nima narsalarni ko’zda tutib gapiradi? Dastlab, jahonni yarmini 

qanday egallab olganini fahrlanib tilga oladi. U saltanatni qilich bilan qurganligini, 

uning g’alabasini kaliti shamshirda, hujumda, qaqshatg’ich zarba deb biladi. 

Sohibqiron o’z faoliyatidan zavqlanadi. 

  

 

Kimki senga bosh egmasa, boshin uzmoqning, 



  

 

Kallalardan falakoso minor tuzmoqni                                                                         



                    Lazzatini unutmayman qiyomatgacha!

12

 



 Shuni aytib o’tishimiz kerakki, Maqsud Shayxzodaning tragediysini sho’ro 

mafkurasi avjiga chiqqan kezlarda yozgan edi. U garchi bu mafkuraning qobig’ini 

yorib chiqib ijod etishga jiddiy uringan bo’lsa-da, uning izi qisman asarda qolgan. 

Buni biz Amir Temurning jangovor faoliytini  yoritishda, uni kamsitish hollarida 

ko’ramiz. 

 Bunday talqin, ayniqsa, Piri Zindoniy bilan bo’lgan to’qnashuvda seziladi. 

Birda  paydo bo’gan Piri Zindoniy qo’lidagi bolg’a bilan uning  qilichini urib 

                                                 

11

 O’sha kitob, 210-bet. 



12

 O’sha kitib, 212-bet. 




 

19 


tushiradi. Bu bilan go’yo sarbadorlardan bo’lgan bir  temirchi Sohibqironni 

yengadi.  

  

 

Ho! Yoruqqa chidolmadi, zulmatshoh Temur! 



  

 

Bolg’alarning zarbi, ana, qilichingdan zo’r. 



  

 

Hayotparvar mehnatga nur, qotillarga – go’r



13

 Ma’lumki, Piri Zindoniy asar qahramonlaridan biri. Muallifning badiiy 



to’qimasi yordamida yaratilgan bu qahramon asarning mag’iziga, syujet liniyasiga, 

konflikt xarakteriga ustalik bilan singdirilgan. Uning irodasini ellik yil zindon buka 

olmadi. U xalqninng chin farzandi, uning baxti uchun jonini fido qilishga tayyor 

turgan jasur, aqli o’tkir, zehni yuksak, yuragida erk nafasi gurkirab turgan mard 

inson. Shohlarga, shu jumladan, Ulug’bekka ham bosh egmaydigan qudratli 

sarbador. Bu hol ayniqsa Piri Zindoniyning Ulug’bek bilan bo’lgan uchrashuvida 

yaqqol ko’rinadi. Bunda ikki oqil shaxsning ichki olamlari, dardlari, mana-man 

deb ochilib ketadi. 

 Piri Zindoniy M.Shayxzodaning mohirlik bilan yaratilgan, jonli, baquvvat 

bo’lib chiqqan obrazidir. 

 Amir Temur arvohida uning hujumkorlik jasorati ham bo’rtib ko’rinadi. 

  

 



Umrim vafo qilganida yana besh-o’n yil,  

  

 



Men o’tmagan biron daryo qolmas edi, bil!

14

 



  

Sohibqiron Xitoyga hujum qilishga qat’iy kirishib, yo’lda vafot etganligi 

aniq. Shu holni M.Shayxzoda rivojlantirib, Amir Temurning asl niyatini, ya’ni 

jahonni zabt etish niyatini ochib beradi. 

 

Sohibqironga nevarasining ilm olamidagi jonbozligi ham ma’qul tushmaydi. 



Shu sababdan u achchiq-achchiq tanbeh berganday. 

 

 



 

O’g’lim, sening irodangni yeb qo’ydi kitob, 

 

 

 



Sipohlik rasmlarin qilmayin pisand… 

 

 



 

Yerdagi naqd diyoringni boy berding qo’ldan

15



                                                 



13

 O’sha kitob, o’sha bet. 

14

 O’sha kitob, osha bet. 



15

 O’sha kitob, osha bet. 




 

20 


 

Amir Temur mamlakatni vayron bo’lib boshlaganiga Ulug’bekni aybdor deb 

topadi. Bunga yana bir sababni Ulug’bek shamshirning qudratidan foydalana 

olmaganligida deb biladi. 

 

Sohibqiron “Maydonlarda issiq qonning bug’i…” (218-bet) 



ko’rinmayotganligidan juda xafa. O’ziday hukmron chiqmaganligi  uni tashvishga 

soladi.  

 

 

 



Shahrisabzlik Temurbekning vahimasidan  

 

 



 

Qaltiradi yetti iqlim tog’u  toshlari. 

 

 

 



Samarqannda bir yo’talsam, buning zarbidan       

 

 



  

Yoriladi xalifayi Bog’dodning o’ti  

 

 

 



Isfahonda zilziladek qimirlardi yer

16



 

Bu uchrashuvdan Ulug’bek o’ziga zarur hulosalar chiqaradi, bobosining 

tanbehlaridan saboq oladi. 

 

“Shohlar umrin puchligiga” to’la ishonch hosil qilib, qat’iy “sulton o’lsa 



hamki, donishmand yashar”, degan fikriga keladi. Ayniqsa, “Olimlarga mangu 

hayot tarixi – bashar” so’zlari juda xarakterlidir.  

 

Bulardan shu narsa oydinki, Maqsud Shayxzoda Amir Temurning  arvohi 



orqali uning jiddiy muhim qirralarini ochib berib, ulug’  shaxsning qiyofasini ko’z 

oldimizga keltira oldi. Sho’ro davrida ulug’ sarkardaning shunday tarzda talqin 

qilishini ham ijodiy mardlik edi. 

 

Sho’ro davrida bironta o’zbek adibi Amir Temurning mukammal sahnaviy 



obrazini yaratib bermadi. Bu vazifani atoqli ozarbayjon dramatugi va shoiri 

Husayn Jovid (1882-1941) mardonavor holda, cho’chimasdan bajardi. Bu drama 

qattiq qarshiliklarga uchragan, uning muallifi mafkura sohasida juda katta xato 

qilganligi ta’kidlanib, asar qoralanib, rad etiladi. Mustaqillik sharofati bilan “Amir 

Temur” piessasi haqiqiy bohosini olib, adabiyot olamiga olib kirildi. O’zining 

abadiy o’rnini topdi.  

 

Bu asar mustaqillik sharofati bilan 1998 yil “Jahon adabiyoti” jurnilining 1-



sonida Usmon Qo’chqor tarjimasida chop etildi. 

                                                 

16

 O’sha kitob, 211-bet. 




 

21 


 

Usmon Qo’chqor  Husayn Jovid hayoti haqida shunday yozadi: 

 

“Buyuk ozarboyjon shoiri, dramaturgi Husayn Jovid  (1882–1941) 



Naxchevonda tug’ilib, ilk tahsilni shu yerda olgan. So’ngro Tabrizning tolibon 

madrasasida o’qidi (1899–1903) Istambul Universitetining adabiyot bo’limini 

tugatgan (1909).  Naxchevon, Ganja, Tiflisda muallimlik qilgan. 1915 yildan 

Bokuda ijod qila boshladi. 1926 yilda davolanish uchun Germaniyaga ketdi va 7 oy 

Berlinda yashadi. 

 

1937 yilda qatag’on qilindi va 1941 yil 5 dekabrda hibsda vafot etdi. Uning 



“Knyaz”, “Payg’ambar”, “Shayx San’on”, “Xayyom”, “O’pqon”, “Amir Temur”, 

“Iblis” kabi sahna asarlari shuhrat qozondi”

17



 



Husayn Jovid asarining fazilatlari nimada? 

 

Eng muhimi og’ir davrda buyuk sarkardaning hayoti va faoliyatiga to’g’ri 



nazar tashlashga urinishidadir. Dramada Amir Temur buyuk sarkarda, o’tkir 

farosatli, irodali, o’z zamonining muommolarini, ziddiyatlarini bartaraf eta 

oladigan donishmand sifatida ko’rinadi. Shu bilan birga adolat va muhabbat uchun 

kurashuvchi, ularni amalga oshirish uchun jonbozlik ko’rsatgan mardonavor 

o’g’lon ko’z oldimizdan o’tadi. 

 

Fitrat va Husayn Jovid garchi bir-birlarining asarlaridan bexabar 



bo’lishlariga qaramasdan, ularda mushtaraklik jihatlari mavjud. Bunga olib kelgan 

narsa, har ikki adibning ma’lum bir tarixiy sharoitda yashab ijod etkanliklaridir. 

Mustamlakachilik ostida azob chekkan aholining dard-alamlari turli joylarda 

yashagan adiblarning fig’onlari bir mazmun va bir ohangda eshitildi. 

 

Fitrat hamda Husayn Jovid asarlarida Amir Temur siymosi bahonasida 



fuqarolarning qalblarini ezib, tilka-pora qilgan dardlarini izhor etishdir. Har ikki 

ijodkorning umumiy falsafiy-badiiy konsepsiyasi aynan Amir Temur obrazida 

birlashib, umumiy xalq dardini, umumiy bir g’oyani ifoda etadi. 

 

Eng asosiysi, Husayn Jovid Temurning ajoyib fazilatlarini iste’dod, o’tkir 



aql-farosat, teran hissiyotga ega bo’lgan qalb bilan ifoda etganligidadir. Asarning 

tub muhim ildizi mana shunda. 

                                                 

17

 Jahon adabiyoti. 1998.



№1. 43-bet. 


 

22 


 

Haqiqattan ham, Amir Temur asari xolisligi, tarixan to’g’ri yoritilganligidan 

ajralib turadi.Amir Temur bilan Yildirim Boyazid o’rtasidagi ziddiyat va uning 

o’sib borib murosasiz janga aylanib ketishi asarning bosh konflektini tashkil etadi. 

H.Jovid bu ikki shaxsni badiiy talqin etar ekan, ularga haqqoniy baho beradi. 

Boyazidning dimog’dorligi, Amir Temurni mensimasligini Jo’ja, Shayx Buhoriy 

obrazlari orqali fosh qilar ekan, Amir Temurning tadbirkor, turkiy xalqlar birligi 

uchun kurashuvchi, islomga e’tiqodi baland siymo ekanligini, mamlakat 

obodonchiligiga katta e’tibor bergan, tijorat va san’atni, ma’naviyatni teng ko’rgan 

inson ekanligini mehr bilan tasvirlaydi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

   



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

23 


 

 

 



 

 

 



 

 

           




Download 258,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish