Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti o


A.ORIPOV VA O.YOQUBOV DRAMALARIDA



Download 258,39 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana31.12.2021
Hajmi258,39 Kb.
#268913
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqillik davri dramaturgiyasida amir temur obrazi

A.ORIPOV VA O.YOQUBOV DRAMALARIDA  

 

 

AMIR TEMUR OBRAZI IFODASI  


 

35 


Ma’lumki, tarixiy piesalar yozish juda ma’sulyatli va murakkab ish. Ijodkor 

o’tmishga chuqur va har tomonlama sayohat qilishi, undan hozirgi zamon uchun 

saboq bo’ladigan jihatlarni sinchikovlik bilan qidirib topishi, ularga badiiy libos 

bichishi darkor. 

Bu qiyinchiliklar tufayli jahon dramaturgiyasida hamda milliy sahna 

san’atida kamdan-kam barkamol asarlar dunyoga kelgan. O’zbek dramaturgiyasida 

ko’zga tashlangan, adabiyot tarixida qolgan uch tarixiy piesalarni tilga olamiz. 

Bular Uyg’un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy”, Hamid Olimjonning 

 

“Muqanna”, Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug’bek” asarlaridir. 



Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramatik dostoni Temurnomaga 

qo’shilgan ulkan hissalardan biridir. Bu asarida shoir Amir Temurning haqqoniy 

siymosini barkamol holda ko’rsatib berish uchun katta mehnat qilgan. 

Abdulla Oripov “Ulug’ g’oyalar ulug’ insonlarni voyaga yetkazadi” maqola-

suhbatida    shunday degan: “…u kishi jiddiy  yulduzlar turkumi kiyik shakliga 

kirgan vaqtda tug’ilgan. Bu holat sakkiz yuz yilda bir marta ro’y berar ekan… 

Ammo, bobomizga parvardigor buyuk iste’dod bergan va ayni paytda u kishining 

yelkasiga buyuk bir tarixiy yumush ham yuklagan”.

23

 

Xo’sh, bu buyuk bir tarixiy yumush nimadan iborat? Shu jihatdan 



“Sohibqiron” asarini ko’zdan kechiraylik. 

Muallif o’z asarida buyuk sarkarda bilan badiiy vositalar yordamida 

tillashishga harakat qilganligi sezilib turadi. Bunga u Amir Temur faoliytining turli 

qirralarini badiiy tafakkuridan o’tkazishi orqali erishgan. Amir Temur dastlab ko’z 

oldimizdan  buyuk sarkarda, davlat arbobi sifatida o’tadi. Tarixiy manbalarning 

guvohlik berishicha, dunyoda ko’p jahongirlar o’tgan. Lekin ularning hech qaysisi 

tarqoq ulusni Amir Temurdek yuksaklikka  ko’tara olmagan, uni adolat  bilan 

boshqara olmagan. Amir Temurga qadar Turkiston zamini Chingiz avlodlari zulmi 

ostida xarob bo’lgan edi. 

                                                 

23

 

Орипов А.Танланган асарлар. 6 жилдлик, 4-жилд.–Тошкент:Адабиёт ва санъат нашриёти,2001.–



Б.215. 


 

36 


Dramatik dostonda Amir Temur o’z yurtini bosqinchilardan ozod etganligi, 

Samarqanddan boshlab barcha turk elatlarini birlashtirib, buyuk davlat tuzganligi 

aniq va ravshan tasvirlangan. 

“Yer yuzida yengilmas bir saltanat tuzdik, qovushtirdik boshlarini ne-ne 

xalqlarning, Samarqandning qutlug’ nomi bizni har qayda qo’llab turdi, yo’llab 

turdi g’alaba tomon…” (Abdulla Oripov “Sohibqiron”, Toshkent, G’afur G’ulom 

nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996, 100-bet)

24



Shuni aytib  o’tish kerakki, Abdulla Oripov tarixiy manbalarni chuqur va 

yaxshi o’rganib chiqqanligi sababli, o’tmish voqea-hodisalariga, tarixiy shaxslarga 

nisbatan juda ham ma’suliyat bilan yondashib, ularni aynan yoki to’qima 

yordamida badiiy haqiqatni ro’yobga chiqarishga urindi. Shu bois tarix badiiy 

libosda dramada o’z aksini topadi. 

Muallif tarixdan eng xaraktertli faktlarni, voqealarni ajratib oladi, shu yo’l 

bilan badiiy-ijodiy niyatiga yetadi. Buning uchun u Amir Temur hayotiga doir 

barcha tafsilotga to’xtalib o’tirmasdan ularning samarasini talqin qilish bilan 

cheklanadi. Masalan, tarixda katta ro’l o’ynagan Oltin O’rda xoni bo’lmish 

To’xtamish xususida: “To’xtamishning o’rdasini  chil-parchin qildik”, deb yozadi. 

Shu kabi Hindistonning poytaxtini ham fath aylaganini, Kavkaz xalqlarini ham 

ozod qilganligi haqida badiiy shaklda so’z yuritiladi. Bular hammasi Amir 

Temurning mamlakatlarni zabt etishni ko’rsatish bilan undagi asl sabablarni va 

Sohibqiron siymosini to’laroq ochib berishga xizmat qiladi. 

Abdulla Oripovning diqqat markazida, ayniqsa, ikkita hukmdor –  Amir 

Husayn bilan Boyazid turadi. Asar orqali ularning qilmishlari bilan tanishamiz, 

fikru tafakkurimiz orqali tahlil qilamiz. Amir Husayn Amir Temurning qaynog’asi, 

uning singlisi O’ljoy Turkon Sohibqironning zavjasi. Shu bilan birga Amir Husayn 

olamdan o’tgandan keyin, uning bevasi Saroy Mulkxonim (Bibixonim)ni ham o’z 

nikohiga oladi. 

Amir  Temur  bilan  amir  Husayn  dastlabki  davrlarda  aloqalari  yaxshi  bo’lib, 

bir-birlariga qo’l uzatishib yurishgan. Ikki hokim birga o’sishgan, birlashib jangga 

                                                 

24

 



Орипов А. «Соҳибқирон»,  – Тошкент:  Адабиёт ва санъат нашриёти, 1996, 100-б. 


 

37 


kirishgan.  Ayniqsa,  Sirdaryoning  bo’ylarida  jetelarga  qarshi  jangda  hamda 

sarbadorlar  bilan  kurashda  hamdard  bo’lishgan.  Hokimyatni qo’lga  olgan Amir 

Husayn Amir Temurni vazir lavozimiga ham tayinlashda katta ma’no bor. Shu 

bilan birga Amir Temur Seyistonda bir oyog’i, bir qo’lidan yaralanganda, unga 

malham bo’lgan Amir Husayn edi. Keyin esa vaziyat o’zgardi. Sahnada ko’p 

chigalliklar o’z aksini topib boradi. Asardagi ilk voqealar asosan uch shaxs atrofida 

rivojlanadi. Dastlab Amir Temur, Amir Husayn hamda O’ljoy Turkonlar o’rtasida 

yuz bergan to’qnashuvlarga duch kelamiz: o’rtadagi ziddiyatni hal qilish Amir 

Temurga ham qiyin, sharoit og’ir.  Amir Husayn ko’p sotqinliklar qiladi. U Amir 

Temurga sodiq bo’lib qolishga, xiyonat qilmaslikka o’rtaga Kalamullohni qo’yib, 

necha martalab qasam ichgan bo’lsa ham o’zining jirkanch hunaridan – xonlikdan 

vos kecha olmadi. Amir Temurni janglardagi yutuqlari Amir Husaynni ich-ichidan 

ezardi, qalbini kemirardi.  

Hasad, mansab, yurt talashish Badaxshonning    hokimi, Kayxisravning 

otasini o’ldirishga olib borgan. Pok, halol insonga qo’l ko’tarib uni yo’qotgan ham 

Amir Husayndir. Bu kamlik qilgandek, u Sirdaryoning bo’ylaridagi hayot-mamot 

jangida chap berib, xiyonat qiladi. Bu hol ham Amir Husaynning jirkanch 

qiyofasini yaqqol ochishga olib kelgan. Eng daxshatlisi Amir Temurni o’ldirish 

maqsadida alohida   zaharli o’qni uning yuragiga otishga tayyorlaganligidir. Amir 

Husaynning qayerga oyog’i yetsa, o’sha yerda talonchilik, azob-uqubat, norozilik, 

tushkunlik kelib chiqadi. Uning ochko’zligi, firibgarligi, makkorligi, insofsizligini 

ochadigan yana bir detal asarga o’rinli kiritilgan. U singlisiga hadya qilgan tilla 

taqinchoqlarni qaytarib olishi uni tubanlik nazari pastlik namunasi sifatida 

gavdalantiradi,  Amir Husaynning jirkanch qirralarini birin-ketin ochib beradi. 

Amir Husaynning  barcha  qilmishlaridan to’la xabar topgan, jirkanch qiyofasini 

anglab yetgan singil undan butunlay yuz o’girishga majbur. Eriga  qaratilgan 

zaharli o’qni O’ljoy  Turkon o’ziga yo’llab gunohini yuvganday his qildi. Kamon 

o’qini olib: “Bu – Temur uchun, Yo’q, bu – men uchun”, deb jonidan kechdi. Uni 

o’ziga to’g’rilashida qahramonning go’zal ichki olami ochiladi. Abdulla Oripov bu 

fojiali holatdan falsafiy xulosa chiqaradi. “Biroq yerga to’kilar payt qurt tushgan 




 

38 


meva, uni asrab qola  olmagay sog’lom ildiz ham”. Shu sababdan ham Amir 

Husaynni narigi dunyoga ravona qilishadi. 

Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  Abdulla  Oripov  Amir  Husayn  obrazini 

yaratishda  tarixga  sodiq  qoldi,  unga  badiiy  libos  bichib,  o’quvchilarga  yetkazdi. 

Bunga ishonch hosil qilish uchun “Temur Tuzuklari ”ga murojat qilaylik. “Amir 

Husayn, “mening do’stlik va qarindoshlikni rioya qilishdan bo’lak niyatim yo’q”, 

deb Qur’on ustida qasam  ichdi  va o’sha Qur’onni menga jo’natdi. U yana mana 

bularni ham aytgandi: “Agar senga aytgan gaplarimga xilof biror ish tutish bo’lsa 

va o’rtadagi ahd-paymonni buzib senga yomonlik qilsam, shu ushlagan Qur’on – 

xudoning kitobi meni ursin”. Qarindoshlik hurmati uchun Balx bilan Hisori 

Shodmon viloyatlarini Amir Husayinga tortiq qildim. U esa bu ehsoni 

muruvvatimni bilmadi, meni mahv  etishga qasd qildi. Men ham o’z-o’zim bilan 

kengashib, Amir Husaynni o’ldirishga qaror qildim”

25

 



Demak, Abdulla Oripov tarix haqiqatini badiiy haqiqatga  ustalik bilan olib 

o’tgan. Asarga shu yo’sin bilan yondoshish Yildirim Boyazid bilan Amir Temur 

uchrashuvlarida hamda Rumo hokimining hizmatini ta’riflashda ham davom etadi. 

“Temir tuzuklari”da quyidagilarni o’qiymiz “Rumga yuborgan elchim Yildirim 

Boyazidning teskari javobini olib keldi”. Bu javob qanday mazmunda ekanligini 

olim Ibn Arabshoh aytib bergan. “Boyazid o’zining javob xatida Amir Temurdan 

orani ochiq qilish uchun uning huzurga kelishni talab qilgan. Aks xolda 

“xotinlaring uch taloq” (taloqi bi-s-salosa) bo’lsin, deb uni haqorat qilgan”. Xuddi 

shu mazmundagi fikr Boyazidning elchisi olib kelgan xatda berilgan. Temur uni 

oshkor etadi. Muallif bu gaplarni badiiy ifodalab  “Sohibqiron” asariga olib kirdi, 

qahramonlarning qismatlari orqali yoritdi. Amir Temurning Boyazidga bo’lgan 

munosabati quyidagi misralarda o’z aksini topgan.  

 

 

To’xtamishning o’rdasini chil-parchin qildik... 



 

 

Boyazidga lekin atay tegmadik, vallo! 



 

 

G’ayridinlar ustimizdan kulmasin dedik, 



 

 

Ikki tildosh, 



                                                 

25

 



Темур тузуклари. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги нащриёт-матбаа бирлашмаси, 1991. – Б.39. 


 

39 


 

 

Ikki dindosh bitta turk qavmi  



 

 

Olishsalar,  



 

 

Talashsalar nomus emasmi?



26

 

Amir Temurning butun faoliyati shu niyatga amal qilishga, uni   amalga 



oshirishga qaratilgan. Bu fikrini tasdiqlash va rivojlantirish uchun muallif ikki 

hokimni to’qnashtiradi. Ikki xil dunyo  qarash, ikki xil maqsad, turlicha 

munosabatlarning ziddiyati asarda qalqib turadi, muallifning qaysi tomonga 

xayrixohligi ham ochiladi. Avvalom bor, Amir Temur Boyazidga qarshi urushga 

majburan kirishadi. “Rum sultoni chorlabdimi jang maydoniga, borajakmiz!” Amir 

Temur Boyazid bilan to’qnashganda uning nodonligi  bilan urush chiqib 

ketganligini, bunga sabab gij-gijlaganlar bo’lganligini ta’kidlab, uning ongiga 

singdirishga, xatolarini anglab  olishga imkon tug’diradi. Amir Temur ishda 

o’zining ham nuqsonini aytib, o’zgalarning ular ustidan kulishiga asos borligini 

qayd qilib  o’tishida ma’no bor. “Kulgan ekan ikkimizning ustimizdan ham”. 

Bunga sabab ikki musulmon, ikki turkiyni bi-biriga qarshi gij-gijlaganlar kimlar? 

 

 



Turkiylarning ikki shohin gij-gijlab qo’yib,  

 

 



Urushtirish kimga zarur bo’lganin o’yla. 

 

 



Ovruponing nayrangiga laqqa uchdingu. 

Boyazidning butun qilmishi Amir Temurni ojizlantirib, uning taxtini 

egallash. Shu shafqatsiz maqsaddan kelib chiqib, Temurning g’animlari Qora 

Yusuf Jaloyirning boshini silaydi. Bu bilan Amir Temurni jahlini chiqaradi. Lekin 

shularga qaramasdan, “zor emasman iltifoting, taassufingga” deyishini ham 

nazarga olmasdan Amir Temur yengilgan hukmdorga muruvvat  nurlarini sochdi, 

iltimoslarning barini bajo keltirdi. Amir Temur uning iltimosu tilaklarini nimadan 

iborat ekanligini so’rashi ham unga ko’rsatilgan iltifot edi. Uning iltimoslari 

ketma-ket chiqaveradi. Rumo yurtini saqlashni, Iso, Muso, Mustafo degan 

o’g’illarini hayotini saqlash, ayolini topib berishni so’raydi. Bularning barchasi 

muhayyo qilinadi. Bulardan tashqari ashaddiy dushman bo’lgan Sultonni katta 

                                                 

26

Орипов А. «Соҳибқирон»,  – Тошкент:  Адабиёт ва санат нашриёти, 1996, 41-б.  




 

40 


lavozimda qoldiradi, o’g’illarning barchasiga Rimning vioyatlarini bo’lib beradi. 

“Boyazidni kuzatingiz, hurmatin qiling”, degan topshiriq beradi.  

Amir Temurning eng katta xizmati mamlakatida tinchlik, osoyishtalik, tartib 

o’rnatgani, uni ko’rkam qilib, go’zal yurtga aylantirganidir. Sarkarda biror qasrni 

zabt etgan bo’lsa, ularning, boyliklaridan bahramand bo’lib, uni obod etishga sarf 

qildi. “Samarqandga tashrif etsin karvonlaringiz. Hindistondan Balqongacha biror 

bolakay boshi uzra  olib o’tsa lagan marvarid... Bir dona ham to’kilmagay o’sha 

lagandan”(80-

б). Amir Temur elchilariga qaratib aytgan bu so’zlar chuqur ma’noni 

kasb etishi bilan birga, ular badiiy libosga burkanib, masalaning mohiyatini badiiy 

qilib ochib bergan. 

 

 



Men she’rimni o’chmas qilib shamshirga o’ydim, 

 

 



U bitikning mazmuni shul: 

 

 



“Kuch – adolatda!”(10-

б.) 


Temurning bu so’zlari shiorga aylanib hamisha hamroh bo’lgan. U qilgan 

har bir ishida, bosgan qadamida adolatni ko’zladi. Temurning tub falsafasi, hayoti 

va faoliyatining asl mohiyati quyidagicha o’z aksini topgan: 

 

 



Tinchlik bilan hal bo’lsa gar bir muammo,  

 

 



Hech kimsaga o’zingizcha qurol ko’tarmang. 

 

 



Bironta shoh o’z eliga o’tkazsa zulm,  

 

 



Adolatning qilichini baland ko’tarib, 

 

 



Yanchingiz uni!.. 

 

 



Hamma uchun bab-baravar bo’lsin Adolat!(32-

б.) 


Temurning farzandlariga aytgan bu nasihatiga o’zi to’la ravishda amal 

qilgan. 


Dramatik poemaning xaraktertli joyi Temurning elchilar bilan olib borgan 

suhbatlaridir. Bu suhbatlarda Temur elchilarni yaxshi, yomonga ajratmagan. 

Ularga adolat nuqtai nazaridan yondashgan. Kim qanday ekanligini yashirib 

o’tirmagan, bor gapni yuzlariga ochiq oydin aytgan. 

Adolat Xitoy elchisiga nisbatan keskin gapni aytishni taqozo etardi. Gap 

shundaki,  Xitoy shohi Temurni kamsitib, uni mensimasdan o’lpon talab qilgan. 




 

41 


Temur ham javobni o’rinlatadi: “Javobini borib ayturman unga”. Bu Xitoyni zabt 

etib, natijasini bildiraman, degan ma’noni keltirib chiqaradi. 

Temur, ayniqsa, ayollarga bo’lgan munosabatini kuzatsak, u ko’z 

o’ngimizda yanada barkamol inson bo’lib ko’rinadi. Boyazidning xotinlar 

to’g’risidagi maktubidan g’azablangan Temur “shart edimi xotinlarni qimorga 

tikmoq”. Shu sababdan, hatto dushmanining  xotiniga ham zarracha zarar 

yetkazmay, hurmatini saqlagan. 

   


 Asarning  yutuqlari  haqida  gap  ketganda  Temurning  ma’rifatga,  poeziyaga, 

ilm-fanga  ijobiy  munosabatini  tilga  olib  o’tish  lozim.  Temurning “faxr eturman 

men xalqimning san’ati bilan” degan so’zlari uning tabiatini ochib berib, 

faoliyatida esa bayroq bo’lib qolgan. Tarixdan ma’lumki, Sohibqiron safarlarda, 

harbiy yurishlarida shoir va olimlarni birga olib yurgan, ularning maslahatlarini, 

mulohazalarini amaliy ishlarida nazarda tutgan. Kengashlar o’tkazilganda ham ular 

saroy a’yonlari bilan birga hurmatli o’rinlarda o’tirishgan. Bu haqiqatni asarga 

kiritish uchun muallif  jidiy ijodiy mehnat qilganligi bilinib turibdi. Temurga 

murojaat etib: “Ma’rifatga sizday homiy kelmagani rost!” degan olim Ibn 

Arabshohning gapi bu masalani yoritishga hamirturish bo’lib xizmat qilgan. Amir 

Temur kitobni bilim xazinasi, aqlni peshlaydigan, to’g’ri yo’lga soladigan mayoq 

sifatida biladi. Sohibqiron Amir Husaynni  savodsizligi, nodonligini kitob 

zaminida ochin beradi. 

 

 



Umringda hech kitob ko’rmay ulg’aygan eding, 

 

 



Shu sababdan gaplaringda mantiq yo’q, amir. 

 

Temur davlat xizmatlarini bajarish, ularni to’g’ri, haqqoniy hal qilishning 



kalitini ilm deb biladi. Uning fikricha, ilmni egallagan sulton hayotda qoqilmasdan 

ish yurgizadi.  

 

 

Har qandayin saltanatning obro’si esa, 



 

 

Tayin bo’lgay ilm birlan, 



 

 

Ma’rifat birlan. 



 

Shu sababdan Amir Temur har bir olimni ko’z qorachig’iday saqlagani, 

ilmiy ishlariga keng yo’l ochib berganligini Ibn Arabshoh misolida yaqqol ko’rish 



 

42 


mumkin. Avvalo hukmdor olimning har bir gapiga hurmat bilan qarashni, uning 

so’zlariga ishonishini bildiradi. Temur asli shomlik bo’lgan Ibn Arabshohni 

Samarqandga asir qilib olib kelishlariga qaramay muruvvat ko’rsatadi, uni fan 

sohasida balog’atga yetishi uchun yordam qo’lini cho’zadi. Bundan olimning 

minnatdorchiligi, mamnunligi, Temurni yetti iqlim me’morlari, muhandislarini 

Samarqandda jam qilib yig’ishi uni larzaga solardi. Shu bilan birga Ibn 

Arabshohning ichki dardlari ham, uning o’z yurtini sog’inishlari ham Temurga 

befarq emas. U olimga tanbeh berish bilan hamdardlik bildirishi olimga bo’lgan 

hurmatining nishonasidir.    

 Abdulla Oripov alohida nashr etilgan “Sohibqiron” kitobida bu asarni 

she’riy drama, “Tanlangan asarlar”i ikkinchi jildida esa, dramatik doston deb 

bergan. Uning janri masalasida biz H.Abdusamatovning fikrini ma’qul topamiz. U 

yozadi: “Ba’zi hamkasblarimiz, shu jumladan Abdulla Oripov ham “Sohibqiron”ni 

she’riy drama deb atagan. Bu fikr to’g’rimi? Asarning mohiyati, mazmuni, shakli, 

badiiyat jihatlarini nazarga olsak, uni “dramatik poema” deb atasak to’g’ri bo’lardi. 

Bu asarni rus tiliga o’girgan taniqli tarjimon Zoya Tumanova ham 

“Dramaticheskaya poema” deb janr xususiyatini belgilagan. Bular o’rtasida farq 

nimada? She’riy dramada dramatizim kuchli, dramatik harakat butun asardan qizil 

ip kabi o’tishi talab qilinadi. Monolog va dialoglar ham harakatda berilishi lozim. 

“Sohibqiron”da esa poetik xususiyatlari asosiy o’rinni egallab, dramatizm ba’zan 

susaygan, dramatik harakat ham ayrim hollari bo’shroq chiqib qolgan. Asardagi 

ba’zan bayonchilik ko’p o’rinni egallab, kuchli dramatik harakatga to’la imkoniyat 

bermagan. Bunday tasvir dramatik poemaga mos va xosdir”.

27

 



“Sohibqiron”  asarning  butun  yo’nalishini,  asl  mohiyati,  chuqur  mazmuni, 

asosiy  qahramonlarning  barcha  xatti-harakatlari  Vatan  ila  millatni  asrashga 

qaratilgan. Dramatik dostondan qizil ip kabi o’tgan yorug’ nur ham mana shunday.  

Jozibali qalam sohibi Odil Yoqubov faqat O’zbekistondagina emas, qator 

chet mamlakatlarda ham mashhur. Uning sahna asarlari, ayniqsa roman va qissalari 

                                                 

27

Абдусаматов Ҳ. Саҳна Темурномаси. – Тошкент: «MERIYUS», 2009.–Б. 190-191. 




 

43 


chet  ellarda tarjima qilingan va shuhrat qozongan. U nasrda ham, eng qiyin 

dramada ham unumli qalam tebratdi. 

Odil Yoqubovning hozirgi zamon mavzusida “Chin muhabbat”, “Aytsam 

tilim kuyadi, aytmasam dilim”, “Yurak yonmog’i kerak”, “Olma gullaganda”, “Bir 

koshona sirlari” kabi dramatik asarlari mavjud. U Amir Temur obrazini yaratish 

maqsadida birinchi marta tarixiy dramaga qo’l urdi. Uning bu dramasi “Fotihi 

muzaffar yohud parivash asiri” nomi bilan avval “Yoshlik” jurnalida, keyinchalik 

“Avlodlarga vasiyatim” nomi bilan “Qaydasan Moriko” kitobida chop etildi.  

“Fotihi muzaffar yohud parivash asiri” dramasi nomidan ham bilinib 

turibdiki , gap chin, jo’shqin samimiy muhabbat ustida ketadi.  

Dramaning zaminida ulug’ shoh bilan odiiy ayol Suluvko’z o’rtasidagi 

po’latday mustahkam sevgi aks etgan. Odil  Yoqubov haqiqatga yaqin bo’lgan 

voqea hodisani qalamga olgan. Buning uchun tarixdagi Bibixonimning ayrim 

fazilatlarini Suluvko’z obrazida bera olgan. Bu  Bibixonimning eriga bo’lgan 

muhabbati edi. Bu muhabbat beqiyos barkamolligi bilan Suluvko’zga o’tkazilgan. 

Undagi sevgining chegarasi yo’q. U buloqdek toza, quyosh nuridek kuchli. Muallif 

bu muhabbatni ta’riflashiga ahamiyat beraylik: “…amirim! Soqol-murtingizga 

qo’ngan bu qirov bebaho dur bo’lib ko’rinur  mening  ko’zimga! Siz keksa ermas, 

bino bo’libsizku, hech kim jilovlay olmagan asov tulporsiz, amirim!”

28

  



 

Suluvko’zning qalbidan otilib chiqqan sevgi his-tuyg’ularga to’la bo’lgan bu 

so’zlar erining qariligi fikriga dashnom berish tarzida aytilgan bo’lishi bilan birga, 

uning  cheksiz  mardligiga  munosabat  ham  bildirgan.  Suluvko’z  Sohibqironni 

“shunqorim”, “amirim”  deb  atashida  ham  qalbining  chuqur  his-tuyg’ularini  sezib 

olish qiyin emas. Muallif Suluvko’zning beqiyos muhabbatini izhor etish uchun eri 

bilan hayotda ham, jangda ham doim yo’ldosh bo’lib qolishini ham ishonarli qilib 

ocha bilgan. “Sizsiz o’tgan har bir daqiqa ming yil bo’lur men sho’rlikka…”.  

 

Suluvko’z turmush azoblaridan holis bo’lish uchun hamisha Sohibqironga 



ergashadi. U bilan birga xursandchilikni ham, hayot uqubatlarini ham birgalikda 

baham ko’rishni orzu qilardi. 

                                                 

28

 



Ёқубов О. Фотиҳи музаффар ёҳуд бир париваш асири. – Тлшкент: «Ёшлик», 1996. № 2.–Б.5. 


 

44 


 

Amir Temur chet elga yurish qilib,  jangu-jadallarni boshlamoqchi bo’lganda 

Suluvko’z: “ Birdan-bir tilagim: olib keting men sho’rlikni! Yoringiz bo’lmasam, 

cho’ringiz bo’lay. Otingiz bo’lmasa, yayov boray? To’shagingiz etmasa yantog’u  

tikonlar to’shagim bo’lg’ay!” 

 

Suluvko’zdagi bu hususiyat tarixdagi Bibixonimni eslatadi. Ammo 



haqiqatdan chekinish ham yo’q emas. Tarixning guvohlik berishicha, mashhur 

masjidni qurish, uni ohiriga yetkazish Bibixonim zimmasiga tushgan va uni ohiriga 

yetkazgan. Xuddi shu vazifani muallif Suluvko’zga o’tkazib yuboradi. Bunda ham 

dramaturgning tutgan niyati ochiladi. Niyat Sohibqironning sevimli xotinini 

buyukligi, tadbirkorligi, tashkilotchiligini namoyon etish edi.  

 

Xarakterli tomoni shundaki, Odil Yoqubov dramada Bibixonimni 



Suluvko’zga qarshi qo’yadi, u bir  yovuz ayol sifatida maydonda ko’rinadi. 

Tarixdagi Bibixonim asarda Bibi Sardor nomi bilan berilib, uning yoshi 60 da, 

Sohibqironning birinchi xotinlaridan, haram bekasi tarzida ifoda etilgan. 

  Bibixonimga salbiy to’n kiygizishga sabab nima ekan? Muallifning 

maqsadi, saroydagi ig’vo, fisqu fasodlarni ochib berish bilan Suluvko’zning fojiali 

taqdirini ko’rsatish edi. Muallif bu vazifani tarixdagi pok inson zimmasiga 

yuklamasdan, boshqa shaxs orqali ham bajarishi mumkin edi-ku! Unda Bibixonim 

taqdirini hal qilish lozim bo’lardi. Shu muammodan  qutilish maqsadida Bibixonim 

faoliyatini buzib talqin qilishga majbur bo’lgan muallif. Bibi Sardor har qadamda 

Suluvko’zning oyog’idan chalish, uni gumdon qilish uchun barcha chora-

tadbirlarni ko’rishga tayyor turgan mahluq. Uni buzuqlikda ayblab, ig’vo 

tuhmatlarni tarqatgan ham Bibi Sardordir. Bu ig’volar ildiz  otib-otib 

Suluvko’zning hayotini yemiradi. 

Muallif bu hodisani ham o’tmishdagi afsonadan olib, unga real ruh kiritadi. 

Afsona shundan iboratki, Samarqanddagi muhtasham masjidi jome qurilib, 

bitkazilgandan keyin me’mor suyunchisiga Bibixonimni o’pishga sazovar bo’ladi. 

Bu hodisadan daxshatga tushgan me’mor qo’rqib, qanot paydo qilib, ko’kka 

parvoz qiladi.

29

 

                                                 



29

 

Даврон Х. Самарқанд хаёли. – Тошкент: Камалак, 1991. – Б. 116-119 




 

45 


Dramada aynan shu afsona real voqelik bilan yo’g’rilgan. Gap shundaki, 

me’morning boshiga ishq savdosi tushib, Suluvko’zni yaxshi ko’rib qolgan. U 

“jamolingizni bir ko’ray” deb Suluvko’zni oyog’i ostiga yiqiladi. Me’mor ustalik 

qilib, bo’lmasa “qurilishni tugatmay masjidi jome peshtoqidan o’zimni 

tashlayman”, deydi. Suluvko’z yuzidagi pardani olmasa ham mayli, faqat bir bo’sa 

bersa bas. Xuddi afsonada ko’rsatilganiday.  

Sodda, rahmdil, ishonuvchan Suluvko’z o’pich berish orqali yuzida “qora 

dog’”ni orttirib oladi. Butun balo mana shundan boshlanadi. Ig’vogarlarga bu hol 

juda qo’l keladi, uni toza do’mbira qilishadi. Ayb qilib qo’ygan pok ayol qanday 

qilib ham eri bilan yuzma-yuz ko’rishsin! Axir, Sohibqironning g’azabiga uchrashi 

mumkin. Bu tabiiy hol. Mana bu uyat, ayb uni o’limga qarab yetaklaydi. Haqiqatni 

himoya  qilgan Suluvko’zga ham Bibi Sardorning  nafratlari  o’qtay otilishini 

ifodalash bilan bosh qahramonning ahvoli yanada og’irlashtiriladi. Bechora 

Suluvko’z nima ham qilsin?  

Suluvko’zning birdan-bir suyanchig’i, madadkori, diliga shodlik 

bag’ishlaydigan inson Sohibqiron edi. Olampanoh undan kuch-quvvat olardi, qalbi 

esa ajoyib his-tuyg’ular bilan to’lib-toshardi. “Suluvim! Ollohdan tilab olgan duru 

gavharim! Tur o’rningdan! Duru gavhar yerda sochilib yotmas!” Sohibqiron 

rafiqasining jamolidan shunday xursandki, uni maqtashga ojizlik qilib qolganday. 

“Yo qudratingdan! Deydilarki, sen bandangni tuproqdan yaratmishsen! Ammo bu 

gul  yanoq, bul quralay ko’zlar, yoqut lablar ustidagi bul qora xol!.. Ko’zni 

qamashtiruvchi bul benazir jamol!.. Yo’q, falagingdan, yulduzlardan, quyoshdan 

yaratgansen mening Suluvimni!” Ha, muhabbatni go’zal ta’riflash orqali 

Sohibqironning Suluvko’zga abadul-abad asir bo’lib qolganligini isbotlashdir. Bu 

sevgi borgan sari kuchayib quyosh nuriday alangalanib borar edi. 

Muallif ikki jufti halolni ikki xil vaziyatda uchrattiradi. Birida 

Suluvko’zning tirik holida, ikkinchi safar esa uning  ruhi bilan to’qnashtiradi. Bu 

uchrashuv Amir Temur hayotining so’ngi daqiqalarida yuz beradi. Shunda ham 

Sohibqion yorining yoniga borishga intilgan, uning husni jamolidan bahramand 

bo’lishga uringan. “Sen uchun, sening diydoringni ko’rib, ko’ksingda bir daqiqa 




 

46 


orom olg’ali shoshilmoqdamen, Bibim!” Suluvko’zga yetish uchun olampanohning 

foniy dunyodan boqiy dunyoga talpinishi ham manashundadir. Chunki 

Sohibqironning barcha yumushlari, barcha niyatlari Suluvko’zning bir nozli 

qarashiga, bir jilmayib boqishiga yetmas ekan.  

Amir Temur “Bibim! Bibijonim! Izlay-izlay keksayganda topgan duru 

gavharim!” deb jon berish hodisasiga ham muallif katta ma’noni yuklaydi.  

Odil Yoqubov Boyazid Yildirimning so’ngi hayotiga urg’u berib, ikki 

sarkardaning qattiq to’qnashuvini ifodalaydi. Bu uchrashuvda ma’naviy konflikt 

yuz beradi, konflikt esa Sohibqironning g’alabasi bilan yechiladi. Odil Yoqubov bu 

masalani yoritishda to’g’ri 

yo’l tutadi. Sohibqironning ulug’ligini, 

donishmandligini, haqgo’yligini, raqibidan yuqori turishini ko’rsata olgan. Buni 

shundan ham bilsa bo’ladiki, Sohibqiron Boyazidning qalbida nima gap borligini, 

orzu-niyatlarini, his-tuyg’ularini Boyazidning o’ziga  izhor qilib beradi. Oqibatda 

Amir Temur Yildirimning ko’ziga qarab qalbining kalitini ocha bilgan.  

Boyazid Olampanohni qoralab, unga go’yo dashnom berganday  bo’ladi. 

Sohibqiron turk olamini g’ayridinlardan asrab qolmoqchi bo’lgan sarkardani 

yengib, g’animlarga yo’l ochib bergan emish. Amir Temur to’qnashuvda asosiy 

masalaga Boyazidning yirtqichligi, bosqinchiligiga qaratib, uni haqiqat bilan 

yuzlashtiradi. Boyazid yengilgan bo’lsa ham, otdan tushsa-da egardan tushmagan 

battol, o’jar kimsa ekanligi ochiladi. Uni “ko’zi ko’r bir faqir desam, dili ham ko’r 

ekan” ligi ta’riflanib, chin mohiyati ro’y-rost ifodalanadi. 

Amir Temur  shunday aytgan: “Yozilgan narsa avlodlar xotirasida qilingan 

ishdan ham uzoqroq yashaydi”. 

Muarrix Amir Temurga deyarli hamisha yo’ldosh va hamroh. Uning qilgan 

ishlari, buyuk hizmatlari, turli muhim uchrashuvlari, suhbatlari, chet el elchilarini 

qabul qilishlari Muarrix  orqali qog’ozga tushirilgan. Muarrix  davlatpanohga juda 

yaqin bo’lgan. Buni shundan bilsak ham, bo’ladiki, u mamlakat sirlarini, oilaviy 

tashvishlarni ham undan yashirmagan. Oliy farmonlarni devon mirzalariga emas, 

unga topshirishi ham Olampanohning yuksak ishonchidan darak berardi. Bundan 

ikki narsa ko’zda tutilgan. Birinchisi –  Muarrix  farmonni sir saqlashni bilardi, 



 

47 


ikkinchidan, bular yozadigan kitobga kiritilar edi. Hatto Amir Temur  ovda usta 

ovchi bir safarning o’zida yuz kaklik hamda katta qoplonni otishi  kabi 

hodisalarning kelgusi avlodlarga yetkazishi ham zarur hisoblab, Muarrixning 

daftariga kiritgan. Sohibqiron elchilarni qabul qilganda ham, Boyazid bilan qattiq 

to’qnashuvida ham Muarrixning ishtirok etishini talab qilib “Tuzuklar”ni 

yaratishga xizmat qilishini yaxshi bilgan. Mana Muarrixga bergan topshirig’i: “Siz 

qoling, mavlono, suhbatimizni yozib olmog’ingiz  darkor!.. Bo’lgusi avlodlar bor 

haqiqatni bilimoqlari darkor”. 

Muarrix faqat yozish bilan band bo’lmasdan o’tgan hodisalardan, 

insonlarning qilmishlaridan  xulosa chiqarib, daftariga yozib ham olgan. Boyazid 

bilan o’tgan suhbatdan keyin chiqargan xulosasi ham xarakterli: “otdan tushsa-da, 

egardan tushmas”. 

Dramada Muarrix shu bilan birga Olampanohga maslahat beruvchi, uni 

adashishlardan saqlab qoluvchi, adolatli inson sifatida ham ko’rinadi. “Hukm 

chiqarmoqqa shoshilmang, Davlatpanoh. Shoyad bul kanizak aytganday tuhmat 

bo’lsa, bari bo’hton bo’lsa”. Haqiqatdan ham Suluvko’z ustidagi g’iybatlar tuhmat 

ekan. Bu bilan Muarrix hukmdorni og’ir musibatdan saqlab qoladi.  

Dramaning eng jiddiy lavhasi –  Sohibqironning so’ngi nafas olayotgan 

paytidagi Muarrix bilan o’tkazagan suhbatidir. Bu suhbat ahamiyati, mohiyati 

jihatidan kulminatsion xarakterga ega. Bunda Amir Temur ichki olamini, chuqur 

ruhiy holatini, og’ir istiroblarini ochib beradi, bor-yo’g’ini o’rtaga tashlab, 

Muarrixga to’kib soladi.  Bu suhbat juda kuchli, o’ta hayajonli, o’tkir qismatli 

xarakterga ega. Shu jihatdan ham suhbat yakkama-yakka holda o’tkaziladi. 

O’lim to’shagida yotgan Amir Temurni notinch qilgan, yuragini 

“kalamushday kemir”yotgan narsa qudratli davlatining, go’zal mamlakatining 

kelajagidir. Yo Sohibqironning o’limidan keyin “toju taxt talashib, uni barbod…” 

etadilarmi? Hukmdor nega bunday tashvishga tushib qoldi? Bunga asos drama 

voqealarining oqimida Pirmuhammad valiaxd bo’lishiga norozilik tuyg’ularining 

chiqishi edi. 



 

48 


Olampanohning jon taslim qilayotgan eng so’ngi daqiqada  davlatning 

taqdirini  o’ylashi ham hayot mantig’iga mos tushadi, uning qudratini yanada 

oshirib ko’rsatishiga imkon bergan. Bu hol ham Muarrixning daftarida o’zining asl 

ifodasini topgan. Sohibqiron ham bularning hammasi qog’ozga tushib, kelgusi 

avlodlariga  yetkazilishiga  ishonch hosil qilib, ko’z yumgan. Asarning bu 

yo’sindagi finali haqiqat nuri bilan sug’orilgan.  

 

 

 



 

 

 




Download 258,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish