Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti o



Download 258,39 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana31.12.2021
Hajmi258,39 Kb.
#268913
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqillik davri dramaturgiyasida amir temur obrazi

X U L O S A 

Amir Temur hayoti va faoliyati nafaqat o’zbek xalqi, balki jahon tarixining 

ajralmas zarhal sahifalaridan biriga aylangan. U e’zozlanib, mehr bilan o’rganilib, 

xalqimiz orasida keng va har tomonlama targ’ib-tashviq etilmoqda. Turli 

tashkilotlarda o’tkazilgan ilmiy anjumanlar, nashr etilgan ilmiy kitoblar, yozilgan 

maqolalar va asarlar ishonchli  dalillar asosida zamonamiz talablaridan kelib 

chiqqan holda aytilganligining hamda yaratilganligining shohididirmiz.  

Boshqa adabiy turlarni zinhor kamsitmagan holda, qat’iy ravishda aytishimiz 

lozimki, ulug’ daholarning hayotlari, faoliyatlarini yaratishda dramaning beqiyos 

imkoniyatlari mavjud. Binobarin, sahna ko’lamining kengligi, rang-barangligi 

bilan qahramon qiyofasini chuqur va jonliroq ifodalashda drama katta ro’l 

o’ynaydi. Drama sahna, artislar ijrosi orqali insonlar qalbiga kuchliroq ta’sir etadi. 

U jamiyat hayotining ham aks etishda ularning ijtimoiy-estetik fikrlarini uyg’otib, 

mustahkamlashda alohida o’rin egallaydi. Chunki tomoshabinlar sahnadagi 

voqealarga hayotiydek munosabatda bo’ladilar. 

 Drama zamon talablarini va ziddiyatlarini, qahramonlarning umrlari va 

fojialarini tomoshabinlar huzurida to’la-to’kis ko’rsatib beradi. Hozirgi davrimizda 

drama turi rivojida chuqur ichki siljishlar sodir bo’lmoqda, bularni biz uslubiy-

shakliy va ifodaviy izlanishlarda yaqqolroq ko’ramiz. Bularni ayniqsa,  keyingi 

yillarda yaratilgan Amir Temurga bag’ishlangan pyesalarda kuzatishimiz mumkin. 




 

49 


Harakterli tomoni shundaki, biz bitirish  ishimizda obyekt qilib olgan 

mualliflar ko’r-ko’rona harakar qilavermaydilar, davr mafkurasi talablarini 

muvofiqlashtiramiz deb  tarixiy haqiqatni buzmaslikka urindilar, aniq vaziyat-

holatlardan kelib chiqib, psixologik jihatdan asoslashga, hujjatlar asosida 

dalillashga, turli soxtaliklar, uydirmalardan holi bo’lishga intiladilar. Shu sababli 

pyesalarda kecha orqali bugunni ko’rish xususiyati seziladi. 

Shu ma’noda o’zbek milliy dramaturgiyasi muayyan ijodiy ishlarni amalga 

oshirganligi alohida diqqatga sazovordir. 

Dramaturglarimizning  sa’y-harakatlari, astoydil ijodiy mehnatlari bilan 

Sohibqironning puxta, barkamol siymosi yaratildi, uning jangovar qiyofasi ko’z 

oldimizda to’la salobati ila namoyon bo’ldi. Bu asarlarda Sohibqiron buyuk 

sarkarda, yirik davlat arbobi, donishmand, o’tkir siyosatchi,  g’amxo’r, samimiy 

inson sifatida ifoda etilgan. Bundan tashqari Sohibqironning yoshligi,  kamolotga 

erishishi, dunyoqarashining shakllanishi, ruhiy olamining boyishi ham asarlarda 

o’z ifodasini topgan.  

Shuni  alohida  ta’kidlab aytishimiz kerakki, aksar mualliflarga “Temur 

tuzuklari” ham, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” si ham juda qo’l kelgan. 

Dramaturglar  bu asarlarni o’rganib o’z fantaziyalarini mohirlik bilan ishlatib

ijodiy muvaffaqiyatlarga erishganlar. Puxta dramalar falsafiy ma’no bilan 

sug’orilib, tarixni tiriltirgan, o’tmish tajribasidan tarbiya urug’larini keltirib 

chiqargan. Chunki, Amir Temur boshlab bergan ulug’vor ishlar zamondoshlarimiz 

uchun ham ibrat bo’lib, adolatparvarlik, obodonchilik, bunyodkorlik borasidagi 

keng ko’lamli faoliyatlarimiz uchun ham dasturulamal bo’lishi mumkin. 

Islom Karimovning quyidagi so’zlari juda  xarakterlidir:  “Temuriylar tarixi 

davlat muzeyi Sohibqiron Amir Temur shaxsiyatiga nisbatan yurtimizda tarixiy 

adolat tantana qilganining  yana bir amaliy isbotidir.  Bu muzeyda bizning 

o’tmishimiz ham, bugungi kunimiz va istiqbolimiz ham bamisoli ko’zguda aks 

etganidek namoyon bo’ladi. Kimki o’zbek nomini, o’zbek millatining kuch 

qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat 



 

50 


rivojiga qo’shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo’lsa, 

Amir Temur siymosini eslashi kerak”

30



Yurtimizdagi tarixiy adolat tantana qilganining  yorqin isboti Amir Temur 



haqidagi pyesalardir. Shu bilan birga ular yuqorida qo’yilgan vazifani qisman 

bo’lsa-da bajaryapti deb aytsak xato bo’lmas. Chunki, Amir Temur haqida 

barkamol o’zbek milliy dramaturgiyasi mamlakatimizda ilm-fan, madaniyat va 

san’at sohasidagi, rivojlanishlarini tarixiy ildizlarini jahonga keng ko’z-ko’z qilib 

ko’rsatishga ma’naviy asos bo’lmoqda.  

Hozirgi zamonda dramaturgiyamiz o’quvchi va tomoshabinlarning boy 

tariximiz, milliy qadriyatlarimizga hurmat-izzatini oshirishga, Vatanimizga 

muhabbat ruhini kuchaytirishga hizmat qilmoqda. 

Biz ham o’z bitirish ishimizda Amir Temur haqida yaratilib, kitobxonlarga 

yetib borgan dramatik asarlarning mohiyatini, undagi Amir Temur obrazining 

o’ziga xos tomonlarini oz bo’lsa-da, oydinlashtirishga muyassar bo’lgan ersak, 

mamnunmiz.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

                                                 



30

 “

Халқ сўзи” газетаси. 2009 йил. 8 апрел. 




 

51 


 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 258,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish