Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti o



Download 258,39 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana31.12.2021
Hajmi258,39 Kb.
#268913
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqillik davri dramaturgiyasida amir temur obrazi



  

   O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

 

  TA’LIM VAZIRLIGI 



 

                            ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND  

  DAVLAT UNIVERSITETI 

 

                       O’ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI  



   

          HOZIRGI ZAMON O’ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI 

 

 

 



 

           



MUSTAQILLIK DAVRI DRAMATURGIYASIDA  

 

 

 

          AMIR TEMUR OBRAZI 

           (A.Oripov, A.Samad, O.Yoqubov, Ma’ruf Jallil ijodi misolida) 

 

 



         

  

 

 

 

 

 

 

 

      

Malakaviy bitiruv ishi 

 

 

  

 

 

 

 

 

Bajaruvchi:  S.KATTAEVA 

  

 

 



 

 

 



Ilmiy rahbar: dots. A. Soliyev 

 

 



 

 

 



Malakaviy bitiruv ishi hozirgi zamon o’zbek adabiyoti kafedrasida bajarildi. 

Kafedraning 2012-yil 28 maydagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga 

tavsiya etildi (bayonnoma № 10) 

 

  



 

 

 



 

Kafedra mudiri:               dots. A.H.Nosirov 

 

  

Malakaviy bitiruv ishi YaDAKning 2012-yil  ___iyundagi majlisida himoya 



qilindi 

va ___foizga baholandi (bayonnoma № __) 

  

 

YaDAK raisi: 



  

 

A’zolari: 



 

 

  



 

 

  



 

 

      Samarqand – 2012 



  

 



 



 



 

 

 

M U N D A R I J A 

 

 1. KIRISH……………………………………………………………..4 

2.  BIRINCHI  BOB.  Dramaturgiyada Amir Temur obrazini yaratishga 

bo’lgan intilishlar…………………………………………………..11  

3. IKKINCHI BOB. O’zbek dramaturgiyasida Amir Temur obrazining 

yaratilishi: 

A) Asror Samad va Ma’ruf Jalil ijodida Amir Temur obrazi…………23 

B) A.Oripov va O.Yoqubov dramalarida Amir Temur obrazi ifodasi..34 

4.  XULOSA………………………………………………………….48 

5. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………..51 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

     


 

 

 



 

 

 



Bajardi:                  Kattayeva S. 

  

 



 

 

 



 

          Ilmiy rahbar:        Soliyev A.

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

MAVZU: MUSTAQILLIK DAVRI DRAMATURGIYASIDA  

 

 

 

          AMIR TEMUR OBRAZI 

           (A.Oripov, A.Samad, O.Yoqubov, Ma’ruf Jallil ijodi misolida) 

 

 



 

 

 



 

REJA: 

 1.  KIRISH.  Amir Temurning ijtimoiy hayotda tutgan o’rni va uning badiiy 

adabiyotda aks etishi, bitirish ishining maqsadi  

3.  BIRINCHI  BOB.  Dramaturgiyada Amir Temur obrazini yaratishga 

bo’lgan intilishla  

3. IKKINCHI BOB. O’zbek dramaturgiyasida Amir Temur obrazining 

yaratilishi: 

A) Asror Samad va Ma’ruf Jalil ijodida Amir Temur obrazi 

B) A.Oripov va O.Yoqubov dramalarida Amir Temur obrazi ifodasi 

4.  XULOSA 

5. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 

 

 



 

 

       



   

   


 

 

 



 

 

 



 


 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



  

 

 



 

 

K I R I S H 

 

Amir  Temur  Vatanimiz  tarixida  va  ijtimoiy  hayotda  o’ziga  xos  va  faxrli 



o’rinda  turadi.  Rasmiy  manbalarda  Temurning bolaligi va yoshligi to’g’risida 

ma’lumot yo’q, biroq ayrim muarrixlar u to’g’risida ba’zi tafsilotlarni xabar 

qilishadi. 

 

Temur Qoshqadaryo viloyatiga qarashli Shahrisabz yaqinidagi Xo’jailg’or 



qishlog’ida barlos beklaridan bo’lgan Tarag’ayning oilasida 1336 yilda dunyoga 

keladi. Bolaligidan tengqurlari orasida ta’siri kuchli bo’lgan. Yoshligidayoq harbiy 

ishni yaxshi o’rganib, Mavaraunnahrda bo’lib turgan o’zaro urushlarda 

qatnashgan. Asta-sekin u atrofiga o’ziga xayrixoh askarlarni to’playdi. Uning 

to’plagan lashkari kichik bo’lishiga qaramay, jasurligi bilan tanila boshlaydi.  

 

Mo’g’uliston xoni Tug’luq Temur 1360-1361 yillarda Movarounnahrga 



bosqinchilik yurishlari qilganda o’zaro urush qilayotgan xonu beklar unga qarshilik 

ko’rsata olishmadi. Yosh Temur ham bunga jur’at qilolmadi, aksincha, uning 

xizmatiga kirdi. Mo’g’uliston xoni Xurosonga qochgan Hoji Barlos o’rniga 25 

yoshli Temurni Shahrisabz tumaniga hokim qilib tayinladi. Tug’luq Temur 

Mo’g’ulistonga o’g’li Ilyosxo’jani hukmdor qilib tayinlab, Movarounnahrni ham 

uning mulkiga qo’shganida esa, Temur Ilyosxo’jaga xizmat qilishdan voz kechadi. 

Temur 1361-1365 yillarda Qozag’onning nabirasi Husayn bilan aloqa bog’laydi. 

Husaynning singlisi O’ljoy Turkon oqa Temurning sevimli xotiniga aylanadi. 

Temur Husayn bilan birga turkmanlar ustiga va Seyistonga qilingan yurishlarda 



 

qatnashadi. Seyistonda Temur o’ng qo’li va o’ng oyog’idan yaralanadi. Oqsoqlanib 



qoladi, shundan Temurlang, ya’ni oqsoq Temur degan laqab oladi. 

 

Tug’luq Temurning Movarounnahrdan quvilgan o’g’li Ilyosxo’ja 1365 yilda 



katta qo’shin bilan bostirib keladi. Husayn bilan Temur qo’shin tayyorlab, uni 

Chinozda Toshkent yaqinida kutib olishdi. Bu yerdagi muhoraba «loy jangi» degan 

nom oldi. Hal qiluvchi lahzada Husaynning qo’shini qat’iyatsizlik qildi va g’alaba 

boy berildi. Husayn bilan Temur qolgan qo’shini bilan avval Samarqandga, keyin 

Balxga chekinishdi. Hukmdorlarning Balxga chekinishi, dushmanga Samarqand 

yo’lini ochib berdi.  

 

Biroq Mo’g’ullar bostirib kelayotganini eshitganda Samarqand aholisi 



g’alayonga keldi. Sarbadorlar (Eronda vujudga kelgan mo’g’ullarga qarshi harakat 

tarafdorlari o’zlarini «sarbador», ya’ni «boshi dorga tikilganlar» deb atashardi), 

xalqni kurashga chaqira boshlashdi. Ular orasida Samarqand madrasasining 

talabasi Mavlonazoda, sobiq paxta savalovchi Abu Bakr Qalaviy va mohir 

kamonboz Xudeki Buxoriylar alohida ajralib turishardi. Mavlonazoda jome 

masjidiga to’plangan 10 mingga yaqin aholiga murojaat qilib, islom va xalqni 

mo’g’ullardan himoya qilishga da’vat etdi. 

 

Oddiy xalq sarbadorlarni qo’llab-quvvatladi. Ko’chalarga g’ovlar qurilib, 



kamonchilar va otliq jangchilar tayyorlandi, hujumni qaytarish rejasi ishlab 

chiqildi. 

 

«Mo’g’ullar bu tuzoqni kutishmagandi, shu sababli kamon o’qlari va toshlari 



yomg’iri ostida ba’zi ma’lumotlarga ko’ra 100, boshqa ma’lumotga ko’ra 2000 

odamni yo’qotib qaytib ketishlariga to’g’ri keldi»

1



 



  Shundan so’ng mo’g’ullar otlarida o’lat boshlanadi. Shundan ular 

Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur bo’ladi. 

 

Bu ishlardan xabar topgan Husayn bilan Temur o’zlarini sarbadorlardan 



mamnun qilib ko’rsatishdi va Samarqandga shoshilishdi. Keyin ularni 

qarorgohlariga chaqirib ziyofat berishgach, ertasiga ularni yo’q qilib tashlashdi. 

Biroq Husayn Mavlonzodani o’ldirmoqchi bo’lganida, uni Temur saqlab qoladi. 

                                                 

1

Ўзбекистон халқлари тарихи. Икки жилдлик, 1-жилд.– Тошкент.: «Фан», 1992



.

 154-


б. 


 

Husayn Temurning obro’-e’tibori osha borganini ko’rgach, undan xavfsiragan 



holda, Temurni yo’q qilish payiga tushadi. Husayn o’ziga qarashli Balx shahrini 

mustahkamlab, yangi istehkomlar qurishga kirishdi. Temur oldinroq harakat qilib, 

unga hujum qildi. Chorasiz qolgan Husayn afv etishni so’radi. Lekin Temur 

ittifoqchilaridan biri Husayndan o’ch olish maqsadida, Temur uni yo’q qilishga 

qaror qilishiga erishadi. 

 

1370 yili Balxning olinishi va Husaynning o’ldirilishi  Temurning hayotida 



hal qiluvchi voqyealar bo’ldi. Balx olinishidan avval Temurning huzuriga 

makkalik shayx Baraka kelib, unga hokimiyat ramzi bo’lgan nog’ora va bayroqni 

topshirdi, kelajagi buyuk bo’lishini bashorat qildi va keyinchalik bir umrga piri 

bo’lib qoldi. 

 

Amalda hukmron bo’lsa ham Temur o’zini chingiziylarning chig’atoy 



sulolasi vakili Suyurg’otmishga tobe xon deb bildi. Qo’shin sarkardalarining 

qurultoyi esa Temurni Movarounnahrning yagona hukmdori deb e’lon qildi. 

 

Termizlik musulmon shayxlar Temurni tan olishdi. Temur ham ular bilan 



do’stona munosabat o’rnatdi. 

 

Temur mukofot tariqasida qo’shiniga Balxni talashga ruxsat berdi, ona 



shahri Kesh (Shahrisabz)ga qaytganida ham qo’shiniga mukofot tarqatdi. 

 

Asosiy siyosiy vazifa Movarounnahrni birlashtirishdan iborat ekanligini 



tushungan Temur yaqin kishilaridan biri amir Dovudni devonbegi, ya’ni vazir qilib 

tayinladi. Tumanlarga tayangan holda yangi tumanboshilarni belgiladi. 

 

1370 yili Temur Keshdan Samarqandga ko’chib o’tib, mustahkam devorlar, 



shahriston va saroy qura boshladi. Bular shaharni mo’g’ullar vayron qilganidan 

keyin o’tgan 150 yil mobaynida qurilgan dastlabki binolar edi. Temur 

Samarqandni Movarounnahr birlashuvini ko’ra olmaydiganlarning hujumiga 

bardosh bera oladigan qilib mustahkamladi. 

 

Ko’chmanchi mo’g’ul-turk qabilalaridan jaloyir, barlos, suldus va 



boshqalarning bo’ysunmas boshliqlarini bo’ysundirish uchun qattiqqo’l hokimiyat 

kerakligini Temur yaxshi tushunardi. Bu borada uni shaharlarning o’troq aholisi, 

dehqonlar va ruhoniylar qo’llab-quvvatlashdi. 



 

 



Temur davlat faoliyatini harbiy yurishlarga qo’shib olib borardi. Shu tariqa 

Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi yerlarni, Farg’ona va Shosh viloyatlarini tezda 

birlashtira oldi. 

 

Xorazm masalasi murakkabroq bo’ldi. Shimoliy Xorazm Oltin O’rda 



tarkibiga kirar, Janubiy Xorazm esa  Chig’atoy ulusiga qarashli edi. 1359 yili Oltin 

O’rdadagi g’alayonlardan foydalanib  Xorazm mustaqil bo’lib oldi va uni qo’ngirot 

qabilasidan So’fiylar sulolasi boshqara boshladi. Husayn So’fiy Xorazimni 

birlashtirishga urinib Qiyot bilan Xivani (janubiy qismini) bosib oldi. 

 

1372 yili Temur Husayn So’fiydan janubiy Xorazm viloyati va shaxarlarini 



qaytarishni talab qildi, keyin qo’shin tortib kelib o’zi qaytarib oldi. 

 

Shu yili Husayn vafot qildi, ukasi Yusuf So’fiy Qiyotni bosib oldi. 1373-



1374 yillari Temur Xorazmga ikkinchi marta yurish qildi. 

 

Ana shu ikki yurish natijasida Xorazm Temur davlatining tarkibiga kirdi. 



Keyinroq Oltin O’rda xoni To’xtamishning Xorazmga da’vosi tufayli Temur 

Xorazmga yana uch bor yurish qildi. 

 

Oltin va Oq O’rdadagi voqyealarni Temur diqqat bilan kuzatib borardi. 



1360-1380 yillarda Oltin O’rdada amir Mamayni hisoblamaganda 25 ta xon 

almashindi. Oq O’rda Oltin O’rdaning ishlariga aralashib turardi. 1396 yili qulay 

vaziyat tug’ildi – Oq O’rdaning o’ldirilgan o’zbek amiri o’g’li To’xtamish Temur 

huzuriga kelib, xizmatini taklif etdi. Oq O’rda taxti uchun kurashda Temur 

To’xtamishga ikki marta qo’shin va boshqa narsalar bilan yordam bergan, ammo 

To’xtamish yengilgandi. Endi Temurning o’zi Oq O’rdaga yurish qildi va 1379 yili 

To’xtamish taxtga o’tirdi. Biroq u Temurga tobe bo’lmay, Oltin O’rdani 

birlashtirish siyosatini olib bora boshladi. 1380 yili Dmitriy Donskoy Mamayni 

tor-mor qilganidan keyin To’xtamish Oltin O’rda xokimiyatini egallab, uni Oq 

O’rda bilan birlashtirdi.  

 

To’xtamish Kavkazorti, Ozarbayjon, Tabrizga yurish qildi, Temur 



yo’qligidan foydalanib, 1388 yili Movarounnaxrga hujum qildi, Xorazm hukmdori 

Sulaymonni qo’zg’olonga unday boshladi.  




 

 



1388 yili Temur Urganchni egallab Sulaymonni va So’fiylar sulolasini 

yo’qotdi, Urganch aholisini Samarqandga ko’chirib, shaharni yer bilan tep-tekis 

qilib, o’rniga arpa ekishni buyurdi. Temur qo’shini shaharni 10 kun mobaynida 

taladi. Ko’plab hunarmandlar Movarounnahrga ko’chirildi lekin shaharda har qalay 

bir qancha ajoyib binolar saqlanib qoldi. 1391-yili Temur shaharni tiklashni 

buyurdi, ammo faqat bitta dahani tiklash mumkun bo’ldi, xolos. 

 

Shunday qilib, 1390 yili O’rta Osiyoning butun hududi (Yettisuv va Sirdaryo 



manbaidan tashqari) Temurning qo’l ostida birlashdi.  

 

1389, 1391 va 1394-1395 yillari Temur To’xtamishga qarshi uch marta 



yurish qildi, ora-orada Eron, Kavkaz, Rusning janubiy chegaralariga qo’shin tortib 

turdi,  Movarounnaxrni mustahkamladi.  

 

1391 yili Temur 200  ming kishilik qo’shin bilan hozirgi Qozog’iston 



cho’llariga yo’l oldi. 18 iyun kuni u hozirgi Samara va Chistopol shaharlari 

oralig’idagi Qunduzcha degan joyda To’xtamishni tor-mor qildi.  

 

To’xtamish 1395 yili Shimoliy Kavkazdagi Terek daryosi vodiysida ham 



mag’lubiyatga uchradi. Shundan so’ng Temur poytaxt Saroy-Berkani bosib taladi 

va o’t qo’ydi, ko’plab moddiy boyliklarni qo’lga kiritdi, asirlarni olib ketib qulga 

aylantirdi. Hoji tarxon (Astraxan), Qrimdagi Kafa, Azak (Azov) shaharlari va 

Shimoliy Kavkaz ham o’sha vaqtda shikaslangan. Halokat shu qadar kuchli ediki, 

bu shaharlar yuz yildan keyin ham tiklana olmadi.  

 

Sarroyning 1395 yilgi halokati 1380 yildan keyingi yakunlovchi zarba 



bo’ldi. Shundan so’ng Oltin O’rda o’zini o’nglay olmadi. Zamondoshlar 

Temurning Rus uchun bu xizmatini baholay olishmadi, rus yilnomachilari Janubiy 

Rusning bir qancha shaharlarini vayron qilgani uchungina u haqida nihoyatda 

salbiy fikr bildirishadi.  

 

Biroq Oltin O’rda bilan kurash O’rta Osiyoni birlashtirish maqsadida olib 



borilgan bo’lsa, Eron va Kavkazortiga yurishlar talonchilikdan nariga o’tmadi. 

 

1381 yili Hirotda yurishi vaqtida Temur shaharni yer bilan yakson qildi, 



1383 yili Kurtlar sulolasi ag’darib tashlandi. 1381 yili sarbadorlar davlati barham 


 

topdi. 80-yillar o’rtasida   Seyiston va Xuroson Temur davlati tarkibiga qo’shib 



olindi, keyin Eron butkul zabt etildi.  

 

1400 yili Temur Turkiya sultoni Boyazid I va Misr sultoni Faraj bilan kurash 



olib borib, Kichik Osiyo va Suriyada (Halab-Aleppo) ko’plab shaxarlarni bosib 

oldi.  


 

1402 yili Anqara yaqinida Boyazidni tor-mor qilib, o’zini asirga oladi.1404 

yili Temur Xitoyga yurish qildi, biroq 1405 yil boshlarida Temur vafot etishi 

munosabati bilan bu yurish yakunlanmay qoldi. 

 

Temurning maqsadi bu xil yurishlarning o’zigina emasdi, u mo’g’ul 



istilosiga qadar mavjud bo’lgan eski savdo yo’llarini tiklash orzusida edi, afsuski 

orzui ro’yobga chiqmadi. 

 

«Temur tuzuklari»da shunday satrlarni o’qiymiz: 



«Menga bo’ysungan yangi davlatlarda hurmatga loyiq odamlarga hurmat 

ko’rsatdim. Men payg’ambar avlodlariga, qonun targ’ibotchilariga, olimlar va 

keksalarga nisbatan buyuk hurmat hamda ehtirom bilan munosabatda bo’ldim; 

ularga nafaqa (pensiya) belgiladim. Bu mamlakatlarning badavlat kishilari og’a-

inimdek, yetim-yesir va kambag’allari esa bolalarimdek bo’lib qoldi. Mag’lub 

bo’lgan mamlakat qo’shinlari mening qo’shinlarimga qo’shilardi. Men bu 

mamlakatlarda xalq hurmatini qozonishga harakat qildim. Shunga qaramasdan 

fuqaroni qo’rqinch va umid orasida saqladim. Yaxshilarga, ular qaysi millatdan 

bo’lishilaridan qat’i nazar, men ham yaxshilik qildim; g’arazli kishilar va sotqinlar 

esa mening davlatimdan quvildi. Qo’rqoq va pastkash odamlarga o’zlariga loyiq 

ishlar topshirdim hamda ularni ma’lum chiziqdan chiqishlariga yo’l bermadim... 

Menga tobe hamma mamlakatlarda adolat eshigi ochiq edi. Shu bilan birga 

o’g’irlik va talonchilikning barcha yo’llarini bekitishning choralarini ko’rdim. 

 

...Barcha ishlarda, bu ishlar qaysi o’lka xalqiga taalluqli bo’lmasin, 



hokimlarning adolat tomonida qattiq turishlariga buyruq berilgan. Qashshoqlikni 

tugatish maqsadida boshpanalar tashkil qildimki, kambag’allar ulardan nafaqa olib 

turardilar»

2

.   



                                                 

2

 



Темур тузуклари. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги нащриёт-матбаа бирлашмаси, 1991. – Б. 94. 


 

10 


 

Albatta, biz bu o’rinda tarixiy manbalarga tayangan holda Amir Temur 

hayot yo’liga nazar tashlashga muyassar bo’ldik. Bu badiiy asar talqini bilan hayot 

haqiqatini solishtirganda qo’l keladi. Bizning asosiy maqsadimiz, mustaqillik davri 

yaratilgan va chop etilgan dramalarda Amir Temur obrazining yaratilishida 

dramaturglarning har birining o’ziga xos tomonlarini matnga tayangan holda 

yoritishdir. Shu maqsadda bitirish ishimizni quyidagicha rejalashtirdik: kirish, 

xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashqari ikki bobdan iborat. 

  

 BIRINCHI  BOB.  Dramaturgiyada Amir Temur obrazini yaratishga 



bo’lgan intilishlar  

IKKINCHI BOB. O’zbek dramaturgiyasida Amir Temur obrazining 

yaratilishi: 

A) Asror Samad va Ma’ruf Jalil ijodida Amir Temur obrazi. 

B) A.Oripov va O.Yoqubov dramalarida Amir Temur obrazi ifodasi. 

 

 



     

 

  



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

11 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 258,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish