56
2.2 Zamonaviy o‘zbek lirikasini o‘rganish usullari
Lirikada biror voqelik yoki ana shu voqelik ta’sirida inson qalbida sodir
bo‘lgan hissiy jarayonlar muayyan she’riy tizim va vaznda musiqiylik hamda
ohangdorlikka yo‘g‘rilib badiiy gavdalantiriladi, ko‘ngil
deb atalmish bepoyon
xazinaning siru asrori kashf etiladi. So‘z atalmish qudratli kuchning serqirra va
betakror imkonlari lirikada nihoyatda yorqin bo‘y ko‘rsatadi. Badiiy-estetik
tafakkur lirik turda yanada jozibador, maftunkor va ta’sirchan
mohiyat kasb
etadiki, o‘quv tahlilida mazkur masalalarni keng ko‘lamda yoritishga erishish
lozim.
Akademik litseylarning III bosqichida A.Oripovning “Munojotni tinglab”,
“Ayol”, “Tilla baliqcha”, “Bola edim”, “Birinchi muhabbatim”, “Odamlar”,
“”Temir odam”, ”Dorboz”, “Onajon”, ”Men anglab yetgan falsafa”, “Genetika”,
“Sen bahorni sog‘inmadingmi”, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” kabi
she’rlarini o‘rganish rejalashtirilgan. Akademik litseyning amaldagi “Adabiyot”
dasturida ham ushbu she’rlarning aynan qaysi jihatlarini tahlilga tortish ko‘rsatib
berilgan: ya’ni tahlilda asosiy e’tibor ushbu she’rlarda “inson ruhiyatining rangli
tovlanishlari, inson va zamon munosabatlaridagi murakkab muammolarning liro-
falsafiy talqin etilishi” masalasiga qaratiladi. Shu boisdan ham akademik litsey
adabiyot dasturi mualliflari talabalarning intellektual
salohiyati va yosh
xususiyatlarini, she’rning inson badiiy tafakkuri tadrijiga, ma’naviy kamolotiga
munosib hissa qo‘sha olish qudratini e’tiborga olgan holda aynan ushbu she’rlarni
tanlab, aynan shu yo‘nalishda tahlilga tortishni lozim deb topishgan.
Adabiy ta’limda o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatini
tashkil etishga qaratilgan dars namunasi sifatida hamkorlarning har ikkalasiga ham
shoir sifatida yaxshi tanish bo‘lgan M.Yusufning
shaxsini kashf etish
mashg‘ulotini
keltirish
mumkin.
Ayonki,
inson
Muhammad
Yusufni
hamkorlarning har ikkalasi ham yaxshi bilmaydi. Bu dars nafaqat o‘quvchi uchun
qiziqarli, balki o‘qituvchining o‘zi uchun ham ma’lum yangiliklarni kashf etish
imkonini beradi. Uni bilish uchun birgalikda shoir asarlari mohiyatiga kirish
57
taqozo etiladi.
Muhammad Yusuf ijodidan namunalar akademik litseyning 3- bosqichi
uchun yaratilgan “Adabiyot” darsligida berilgan bo‘lib, dasturda ularni o‘rganish
uchun ikki soat belgilangan. Darslikda shoirning «Madhiya», “Mehr qolur”
she’rlari o‘rin olgan
13
. Ularning dasturiy talqini quyidagicha: “
Mehr qolur”
She’rida dunyodagi barcha narsalar o‘tkinchi, faqat insonlar o‘rtasidagi mehr-
oqibat, muhabbatginaabadiy ekanligining samimiyat va mahorat bilan kuylanishi.
Muhammad Yusuf she’rlarining jozibadorligi, o‘ynoqiligini ta’minlab turgan
nozik lirizm, samimiylik va musiqiylik
.
“Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor”
She’ri fidoyi va dardkash farzandning ona yurt tarixiga kuyunchakligi poetik
ifodasi ekanligi. She’rda tilga olingan siymolarning yurtimiz tarixidagi o‘rni”.
“Biz baxtli bo‘lamiz” she’rida oshiqlik va insonga xos bo‘lgan samimiy
tuyg‘ularning tarannum etilishi. Tuyg‘ularni ifodalashda shoir mahorati.
Insonlarga xos bo‘lgan muhabbat Yaratganning buyuk bir ne’mati ekanligi va
uning har kimga ham taqdim etilavermasligi. She’rdagi baxtli bo‘lish hissi va
bunga bo‘lgan ishonch talqini
”
14
.
Har qanday adib asarini o‘rganishdan oldin o‘quvchi uning shaxsi haqida
imkon qadar mukammal ma’lumotga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Shunda
uning ijodini to‘laroq anglash imkoniyati ortadi. “Adabiyot” dasrliklaridaavval
adibning tarjimai holi bilan bog‘liq ma’lumotlar taqdim etilishi ham shundan. 8-
sinf darsligida M. Yusuf haqida berilgan hasbi hol ham
uning hayotiy faoliyatini
ochib berishga qaratilgan. Lekin bu bilan o‘quvchi uning shaxsi haqida mukammal
ma’lumotga ega bo‘lolmaydi. Darsda o‘qituvchi tomonidan shoir shaxsi bilan
bog‘liq bir qator qo‘shimcha ma’lumotlarning taqdim etilishi o‘quvchiga uning
asarlarini to‘laroq anglash, chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi.
Bunday
qo‘shimcha ma’lumotlar uchun o‘qituvchi «Kiyikso‘qmoqdagi yo‘lovchi»
kitobiga murojaat qilishi ham mumkin
15
. Milliy tarbiyashunoslikda: “
Millatning
13
Олимов С., Аҳмедов С., Қўчқоров Р. «Адабиёт». 8-синф ўқувчилар учун дарслик-мажмуа. –Т.: Ғафур
Ғулом номидаги НМИУ, 2006. 310–322-б.
Do'stlaringiz bilan baham: