“Yosh kitobxon oila” tanlovining saralash boschqichini
tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida
1991-2003-yillar oralig‘ida tug‘ilgan yosh oilalar (er va xotin) o‘rtasida “Yosh kitobxon oila” tanlovi tashkil etiladi.
Tanlovning saralash bosqichlari quyidagi tartibda tashkil etiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi qoshida Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari, hududiy boshqarmalar qoshida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari rahbarligida “Yosh kitobxon oila” tanlovining saralash bosqichini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha shtab tashkil etiladi.
2. Tashkil etilgan Shtablar tomonidan tuman (shahar)larda o‘tkaziladigan tanlovning saralash bosqichlarini OAVda keng doirada yoritish maqsadida tanlov o‘tish joyi va sanasi ko‘rsatilgan media-reja ishlab chiqiladi hamda markaziy va mahalliy OAV orqali yoritish choralari ko‘riladi.
3. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi va Yoshlar ittifoqining mas’ul xodimlari tanlovning saralash bosqichini yuqori saviyada o‘tkazish uchun har bir tuman (shahar)ga mas’ul etib biriktiriladi.
4. Tanlovning saralash bosqichlari test sinovlari shaklida 15-iyun kuni 1991-2003-yillar oralig‘ida tug‘ilgan yosh oilalar (er va xotin) o‘rtasida o‘tkaziladi*.
Ishtirokchilar @kitobxonoila_bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
(Ishtirokchilarning yoshi belgilangan yosh toifasiga to‘g‘ri kelmasa test natijalari inobatga olinmaydi, test sinovlarini kelishgan holda oila nomidan er yoki xotin topshirishi mumkin)
Tanlov jarayonlari to‘liq tasvirga olinishi talab qilinadi.
2021-yil 14-iyun kuni saralash bosqichlari uchun test shakli sinov tariqasida mas’ullarga tushuntiriladi.
5. Saralash bosqichlari har bir tuman (shahar)dagi yoshlar qatnoviga qulay bo‘lgan Yoshlar markazlari, ta’lim muassasalari, korxona, tashkilotlar yoki kutubxonalarda o‘tkaziladi.
Auditoriyalar kamida 10 ta kompyuter bilan ta’minlanganligi, kuzatuv kameralari mavjudligi hamda test sinovlaridan kamida bir kun oldin tayyor holatda bo‘lishi talab etiladi.
Auditoriyalarni tayyorlash tuman (shahar) hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tuman (shahar) bo‘linmalari boshliqlari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari, Yoshlar ittifoqining tuman (shahar) Kengashlari mas’ullari zimmasiga yuklanadi.
6. Saralash bosqichlari bir kun davomida soat 10.00 da belgilangan auditoriyada boshlanadi hamda tanlov ishtirokchilari sonidan kelib chiqib, soat 16:00 gacha davom etishi mumkin.
7. Har bir ishtirokchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan kelishi talab etiladi.
8. Har bir ishtirokchiga test jarayonlari boshlanishi oldidan @kitobxonoila_bot orqali ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi va bir marta topshirish imkoniyati beriladi.
10. Har bir tuman (shahar)da tanlovning saralash bosqichlari yakunlari yuzasidan bayonnomalar tuziladi.
Tasdiqlangan bayonnomalar hamda kuzatuv kameralarida olingan video tasvirlar tanlov o‘tgan kuni soat 19:00 gacha hududiy Shtabga, (hududiy shtab tomonidan Respublika shtabiga soat 21:00 gacha) yetkazib beriladi.
11. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tadbirlar o‘tadigan joylarda karantin qoidalariga amal qilinishini ta’minlash, tibbiy yordam xizmati navbatchiligini tashkil etish choralari ko‘riladi.
12. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan tanlovning saralash bosqichi bo‘lib o‘tadigan joylarda jamoat tartibini saqlash choralari ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |