58
ulug‘lari o‘z shaxsi bilan o‘sib kelayotgan avlod ma’naviyati shakllanishi va
rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi
” degan qarash mavjud. Yosh avlod ulug‘lar
shaxsi ko‘magida o‘z-o‘zini tarbiyalashi uchun ularning shaxsiga xos sifatlarni
bilishi, ulardan ta’sirlanishi, hayratlanishi va bahra olishi kerak.
Ulug‘lardagi o‘quvchini
hayratga solgan, uni ta’sirlantirgan, havasini
uyg‘otgan sifatlar unga asta-sekinlik bilan “yuqa” boshlaydi.
Hayrat va havas
ta’sirida shoir yoki yozuvchi shaxsidagi o‘quvchi tuyg‘ularini junbushga keltirgan
fazilatlar hech qanday tashqi zo‘riqishlarsiz, pand-nasihatlarsiz o‘quvchi
shuuridan, ruhiyatidan joy ola boshlaydi. Adiblarning bunday fazilatlarini
o‘quvchilarga ochib berish adabiyot o‘qituvchisining vazifasi hisoblanadi.
Shoir
Muhammad Yusufning shaxsi ham, avvalo, uning asarlarida o‘z
ifodasini topgan. O‘qituvchi har qanday muallifning «men»i bilan bog‘liq
sifatlarni uning yozganlaridan topa bilishi, adabiy ta’lim
uchun muhim ahamiyat
kasb etadi. O‘z topildiqlarini o‘quvchilari bilan bo‘lishmay, ularni o‘quvchilarning
o‘zlari kashf etishlariga imkon yaratishi uning o‘qituvchilik mahorati namunasidir.
shu ma’noda, avval shoirning shaxsi berkitilgan asarlarini kichik guruhlardagi
o‘quvchilarga taqsimlab beriladi:
Osoyishta o‘tmadi biror kunim,
Talashib, tortishib tolmadim.
Og‘irroq bo‘l inim, siporoq bo‘l inim…
Men o‘z bilganimdan qolmadim.
Quvroq bo‘l deyishdi, yolg‘on ham kerak,
Jindek xushomad ham. Quloq solmadim.
Oqni oppoq ko‘rdim, qorani qora,
Men o‘z bilganimdan qolmadim.
Ko‘nglim sezar, endi bu yog‘i ayon,
Do‘stlarim… do‘stlarim, baxtli bolaman:
59
Yo Toshkentda eng zo‘r shoir bo‘laman,
Yo uyimga ketib, ariq bo‘yida
Yalpizga suyanib o‘lib qolaman!
“Mehrim qattiq bo‘ldi”
O‘qituvi va o‘quvchilar hamkorligiga asoslangan
bunday darslarda kichik
sheriklar shoir shaxsiyatidagi fazilatlarni to‘laroq his qilishlari uchun katta yoshli
hamkor o‘z qarashlari-yu xulosalarini o‘quvchilarga uqtirish yo‘lidan bormay,
shoirning
misralarga
tizilgan
o‘zligini
quyidagi
shaklda
savol-
topshiriqlargaaylantirmog‘i talab etiladi: «Birinchi to‘rtlikka e’tibor qarating:
undan shoirning shaxsiga xos qanday sifatlarni ilg‘ash mumkin? “
Og‘irroq bo‘l
inim, siporoq bo‘l inim…”, “Quvroq bo‘l, yolg‘on ham kerak. Jindek xushomad
ham
” degan gaplar kimga tegishli deb o‘ylaysiz? Siz bu fikrga qo‘shilasizmi yoki
yo‘qmi? Nega? Nima deb o‘ylaysiz, shoir “
…o‘z bilganidan qolma”
ganida
nimalar nazarda tutilgan? U to‘g‘ri qilganmi, yo‘qmi? Sizning nazaringizda, uning
o‘zi bilganlari nimalardan iborat bo‘lishi mumkin? She’rdagi
«Oqni oppoq
ko‘rdim, qorani qora»
satrlarini qanday tushinish mumkin? Bu,
sizningcha
fazilatmi yoki illatmi?
“Ko‘nglim sezar, endi bu yog‘i ayon
” deganda Shoir nima
demoqchi deb o‘ylaysiz? Shu misralar zamirida Shoir shaxsiga xos bo‘lgan
qanday sifatlarni ilg‘adingiz? O‘zingizni u bilan taqqoslang. Ayting-chi,
Muhammad Yusuf o‘zi aytmoqchi: “
Toshkentda eng zo‘r shoir
” bo‘loldimi,
yo‘qmi? Buni siz nimalarda ko‘rasiz?» va hokazo.
Bu savol-topshiriqlar bilan
ishlash jarayonida o‘qituvchining roli faqat yo‘naltirib turishdan iborat bo‘ladi.
Haqiqatlarni bolalarning o‘zlari kashf etadilar. She’rdagi muallif shaxsini ochib
beruvchi jihatlar umumlashtirilib alohida sanaladi va daftarga yozib olinadi.
Muhammad Yusufning ilohiy tuyg‘u – muhabbatga ham munosabati o‘zgacha:
“
Do'stlaringiz bilan baham: