Alimova shahnoza maqsudovna xorazm (qipchoq) shevasining leksik-grammatik xususiyatlari



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/51
Sana20.03.2022
Hajmi0,54 Mb.
#501693
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51
Bog'liq
xorazm qipchoq shevasining leksik-grammatik xususiyatlari (1)

d) yangi so‘zlar.
Adabiy tildagidek, shevalarda ham so‘zlarning yangilanish 
hodisasiga duch kelinadi. Ijtimoiy hayot, turli sohalarda sodir bo‘layotgan 
o‘zgarishlar natijasida shevalarda ham so‘zlar eskiradi, ular o‘rniga yangilari kirib 
keladi. Bu jarayon ham shevalarda juda sekinlik bilan o‘tadi.


41 
Yangi so‘zlarning yangilik bo‘yog‘ini saqlashi yoki saqlamasligi nisbiydir. 
Ba’zi yangi so‘zlar vaqt o‘tishi bilan yangilik bo‘yog‘ini tezlik bilan yo‘qotishi 
mumkin. Ayrimlari esa bu xususiyatini ancha vaqtgacha saqlab turadi. Bu 
shevalarga ham taaluqlidir.
Chunonchi shevalarda 30-40- yillarda paydo bo‘lgan mingchi so‘zi bir 
mavsumda arava bilan dala boshiga mingta arava mahalliy o‘g‘itni tashib 
chiqargan kishiga nisbatan ishlatilgan.
Keyinchalik, arava o‘rnini mashinalar egallab, bu ish texnika yordamida 
bajarila boshlangach, mazkur so‘z asta-sekin muomaladan chiqa boshlagan va 
shevalar leksikasidagi passiv qatlamga o‘tib ketgan.
Shu yillarda paydo bo‘lgan yangi so‘zlardan paxtasupa // paxtaxana (paxta 
hosilini qabul qiladigan va uni quritib, qabul punktiga jo‘natadigan punkt) so‘zi 
ham viloyatda paxta ekila boshlashi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘lgan.
Bu so‘z o‘sha davr uchun neologizm hisoblanadi. Hozirgi paytda bu so‘z 
shevalar leksikasining faol qatlamiga o‘tib ketgan.
Ma’lumki, avvallari yerlar ot, ho‘kizlar yordamida haydalgan. Keyinchalik bu 
ish texnika bilan bajariladigan bo‘ldi. Shevalar vakillari nutqida traktorni temir 
og‘iz deb nomlaganlar. Dastlab bug‘doyni unga aylantirishda noniosiyo, ya’ni 
eshak tegirmondan foydalanilgan. So‘ngra texnika yordamida harakatga 
keltiriladigan tegirmonlar paydo bo‘la boshlagan. Bunday tegirmon shevalarda 
otxaraz atamasi bilan yuritilgan. Hozir ular o‘rnini xaraz atamasi egalladi. Bunda 
yangi so‘z o‘rnini eng yangi leksema egallaganligini ko‘rish mumkin.
Boshqa tildan o‘zalshgan so‘z bilan shevadagi so‘zni qo‘shish orqali hosil 
qilingan yangi so‘zlar ham tadqiqot obyektidagi o‘zbek shevalarida uchraydi. 
Bularga misol tariqasida oristaviq va orisag‘ich so‘zlarini keltirish mumkin. 
Birinchi so‘z kurka, induk; ikkinchi so‘z esa Rossiyadan keltirilgan yog‘och 
ma’nosini anglatadi.
Shuningdek, nisbatan keyinroq paydo bo‘lgan va xuddi yuqoridagi usul bilan 
yasalgan neologizmlarga nasos salma (nasoz yordamida suv chiqariladigan ariq), 
gaz chaynik (gaz bilan choy qaynatiladigan choynak), tok chaynik (tok bilan choy 


42 
qaynatiladigan choynak), gazxana (oshxona) kabilar misol bo‘la oladi. Bular 
shevalarning o‘z ichki imkoniyatlari doirasida yasalgan yangi so‘zlardir. 
Shevalardagi yangi so‘zlarning yangiligi nisbiydir. Ular davr o‘tishi bilan yangilik 
bo‘yog‘ini yo‘qotishi mumkin.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish