Nofaol so‘zlar. Adabiy tilga o‘xshab shevalar ham rivojlanib, yangi so‘zlar hisobiga boyib, o‘zgarib boradi. Bunday o‘zgarish, ko‘pincha, shevalar lug‘at tarkibida ro‘y beradi



Download 83,5 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi83,5 Kb.
#759387
Bog'liq
Ahmadova Charos



Sohaning faol va nofaol terminlari .
Nofaol so‘zlar. Adabiy tilga o‘xshab shevalar ham rivojlanib, yangi so‘zlar hisobiga boyib, o‘zgarib boradi. Bunday o‘zgarish, ko‘pincha, shevalar lug‘at tarkibida ro‘y beradi. Bu ijtimoiy hayotda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Ayniqsa, jamiyatda ro‘y beradigan har xil o‘zgarish sababli zamon talablariga javob bermagan so‘zlar iste’moldan chiqadi, ularning o‘rniga boshqalari kirib keladi. Demak, til, jumladan, uning shevalarida ham yangilanishlar, eskirishlar sodir bo‘lib turadi. Bular davr talabi bilan bog‘liqdir. Ba’zi so‘zlar qo‘llanish doirasining kengayish va aksincha, ayrimlarining passiv qatlamga o‘tishi bu jarayonni yanada tezlashtirishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, bular hammasi nisbiy hodisadir. Sababi zamonaviylik va eskirganlikning o‘zi ham davrga ko‘ra nisbiy hisoblanadi. Eskirgan so‘zlar vaqti kelib, yana faollashishi va aksincha yangi so‘zlar tezda muomaladan chiqib ketishi mumkin. Buni faqat adabiy tildagina shevalarda ham kuzatilayotganligini ta’kidlash kerak. Arxaizmlar eskirgan so‘z tiplaridan biri bo‘lib, zamonaviy narsa va hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir. Agar istorizm hodisasida predmet yoki hodisaning o‘zi ham, nomi ham eskiradigan bo‘lsa, arxaizm hodisasida esa predmet va hodis zamonaviy bo‘ladi, ularning nomi yoki nomlaridan biri eskiradi, iste’moldan chiqadi, natijada narsa yoki predmetlar, hodisalar nomlari yangisi bilan atalaoshlaydi. Xullas, bunda, asosan, hozirda hayotda mavjud bo‘lgan narsalarni ifodalashda kamida ikkita so‘z ishtirok etadi, ulardan biri faol ishlatilsa, ikkinchisi, passiv leksik qatlamga o‘tadi va asta-sekin eskiradi, faqat tarixiy davr kaloritini berish maqsadidagina qo‘llanishi mumkin. Shevalarda bir paytlar faol ishlatiladigan soqta so‘zi o‘ynaladigan kartani anglatgan. Keyingi davrda karta so‘zining aktiv qo‘llanishi natijasida soqta so‘zi passiv leksik qatlamga o‘tib, iste’moldan chiqa boshlagan. Shuni alohida ta’kdlash kerakki, arxaik so‘zlar shevalarda tarixiy so‘zlarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil qilmaydi. Sababi shevalarda eski so‘zlar o‘rnini yangisi egallanishi jarayoni juda sekinlik bilan bo'ladi .
O'zbek adabiy tili me'yorlari .
Nutq madaniyatiga erishishning asosiy omili tilni, ayniqsa adabiy til me`yorlarini egallash, ulardan unumli va o`rinli foydalanishdir. Hozirgi adabiy til me`yorlariga rioya qilib tuzilgan nutq aniq, to`g’ri va ta`sirchan holda tinglovchiga yetib boradi.
Me`yor-so`zning mavjud bo`lgan ma`nosi, fonetik tuzilishi. S.I.Ojegov fikricha, “Me`yor-bu ijtimoiy jarayonda birga mavjud bo`lgan, bor bo`lgan, yangi paydo bo`lgan yoki o`tmishning kam ishlatiladigan til unsurlarini (lug’aviy, talaffuz, morfologik, sintaktik) tanlashning natijasi sifatida shakllangan, jamiyatga xizmat qiladigan foydali til vositalari yig’indisidir, keng ma`noda bu unsurlarni baholashdir”. Adabiy me`yor o`z holicha shakllanadi. Uning shakllanish va taraqqiyotiga tilning tarkibiga kiruvchi lahja, shevalar turlicha hissa qo`shadilar. Qaysi hududda savdo, fan madaniyat taraqqiy etgan bo`lsa, me`yorga ham o`sha hududdagi shevalarning ulushi ko`proq bo`ladi. Me`yor til qurilishi unsurlarining hammasiga tegishli. Adabiy me`yor umumiy me`yordan olinadi, unga suyanadi. Adabiy me`yor umumiy me`yorning xususiy ko`rinishi bo`lgani uchun undan hajm jihatidan kichikdir.
Og’zaki adabiy normaning rivojlanishiga xalq qiziqchilari, askiyachilari, ertakchi, latifachi, dostonchi, xalq shoir-baxshilari katta hissa qo`shadilar.
Nutq madaniyati adabiy me`yorlarni tadqiq etar ekan, u me`yordagi mustahkam va zaif o`rinlarni belgilaydi. Adabiy me`yor adabiy til bilan birga tug’iladi, badiiy adabiyotning, xalq madaniyatining taraqqiyoti bilan rivojlanib, o`z qonun-qoidalarini mustahkamlab boradi.
So`zlovchi yoki tinglovchi gapirganda yoki eshitganda ma`lum odob, axloq me`yorlariga rioya qiladi, chiroyli va ta`sirchan gapirishga intiladi, tilga hurmat bilan munosabatda bo`ladi, o`z gapi va o`zgalar gapiga e`tiborli bo`ladi, o`rinli so`zlash va tinglash madaniyati, suhbat va munozara madaniyatiga amal qiladi. Bular umum-me`yor darajasidagi talablardir.Talaffuz me`yorlari (orfoepik).Til birliklarining og’zaki nutq jarayonida adabiy til me`yorlariga muvofiq kelishi.
1.Fonetik me`yorlar.
Bunda hozirgi o`zbek adabiy tilidagi unli va undosh tovushlarning qo`llanilishi me`yor hisoblanadi.
2.Leksik-semantik me`yor (so`z qo`llash)lar.
So`z variantlaridan hamma uchun tushunarli bo`lgan ko`rinishini tanlab olish hozirgi o`zbek tilining lug’aviy me`yori hisoblanadi.
3.Talaffuz me`yorlari (orfoepik).
Til birliklarining og’zaki nutq jarayonida adabiy til me`yorlariga muvofiq kelishi.
4.Aksentologik (urg’uning to`g’riligi) me`yorlar.
Bunda so`z va gaplarda urg’uni to`g’ri qo`llash me`yori tushuniladi. Urg’uni to`g’ri ishlatmaslik so`z ma`nosiga ta`sir qiladi: olma-meva, olma-buyruq fe`li.
5. Grammatik me`yor:Turlovchi va tuslovchi shakllarning eng maqbul variantlari hozirgi tilimizda tanlab olingan va ular nutqda barqaror shaklda ishlatiladi.
6.So`z yasalish me`yorlari:So`z yasovchi qo`shimchalarning fonetik tuzilishi jihatidan bir qolipda ishlatilishi so`z yasalish me`yori hisoblanadi.
7.Imloviy me`yorlar (orfografik).
Hozirgi o`zbek adabiy tilining me`yorlari 1956-yil “O`zbek orfografiyasining asosiy qoidalari” ga tayanadi. 72 paragrafdan iborat. 1995-yil yangi lotin alifbosiga o`tish haqida qaror qabul qilindi.

Sohaga oid qisqartmalar .


Qisqartma soʻzlar - barqaror soʻz birikmalari komponentlarining bosh harflarini yoki maʼlum qismlarini olib qoʻshish bilan hosil qilingan soʻzlar. Mas, IIV — Ichki ishlar vazirligi, XTB — Xalqtaʼlimi boshqarmasi, fil-fak — filologiya fakulteti. Qisqartma soʻzlar nutqda ixchamlikka erishish zarurati bilan dastlab yozma nutqda paydo boʻladi
Qisqartma so'zlar asosan, ot turkumiga mansub boʻlib, quyidagi yoʻllar bilan hosil 9ilinadi: 1) soʻz birikmasi kompo-nentlarining birinchi harflarini olib qoʻshish bilan (HDP — Xalq demok-ratik partiyasi, DTM — Davlat test markazi, OAK — Oliy attestatsiya komissiyasi); qisqartma so'zning bu turi ilmiy adabiyotlarda abbreviatura deb ham ataladi; 2) soʻz birikmasi tarkibidagi 1-soʻzning 1-boʻgʻinini, qolgan soʻzlarning 1-harflarini olib qoʻshish bilan (OʻzMU — Oʻzbekiston milliy universiteti, "OʻzAS" ("Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼ-ati") .
Qisqartma soʻzlar xalqaro tashkilotlar (BMT, YUNESKO), mamlakat va davlatlar (XXR, RF, AQSH), siyosiy partiyalar, harbiy uyushmalar (OʻzLDP, NATO), ilmiy-oʻquv muassasalari (OʻzR FA, OʻzDJTU, FarDU), vazirlik, idora,muassasa, tashkilot, korxonalar (XTV, DTM, Oʻzmashxolding , Toshshaharyoʻlovchi), mashina, asbob-uskunalar va inshootlar (EHM, ATS, GES) va boshqalarning nomlarini bildiradi. Shunday qilib, qisqartma - bu murakkab so'zlarning qisqartmasi. Qisqartmalar turini aniqlashda ba'zi qiyinchiliklar mavjud. Shunday qilib, ba'zi qisqartmalarning jinsi asosiy so'zning jinsidan qat'iy nazar aniqlanadi. Umuman olganda, qisqartmalar turini aniq qisqartma kodini ochishda kalit so'zning jinsi aniqlaydi.
Grafik qisqartma Bu so'zlarni qisqartirish usuli. U yozish uchun sarflanishi kerak bo'lgan vaqtni va varaqdagi joyni tejash uchun ishlatiladi. Grafik qisqartma bilan so'zdan harflar yoki bo'g'inlar chiqarib tashlanadi (tushib ketish nuqta, chiziq yoki chiziq bilan ko'rsatilgan). So'z qisqacha yozilgan, lekin to'liq talaffuz qilinadi: kg - kilogramm; pr-in - ishlab chiqarish; va. haqida. - aktyorlik; milliard - milliard .
Qisqartma so'z sifatida talaffuz qilinishi mumkin bo'lgan qisqartma ham bo'lishi mumkin. Darhaqiqat, ba'zi qisqartmalar vaqt va ishlatilish bilan tilning odatiy leksikoniga kiritilgan va endi katta harflar bilan yozilmaydi (OITS, NUJ, samolyot va boshqalar). Faqatgina Unesco yoki Unicef ​​kabi muassasa yoki tashkilotlarning nomlari bosh harfda saqlanadi.
Soʻzning maʼlum shaklda qisqartib berilgan ifodasi — shartli qisqartmalar. Mas.va b. (va boshqalar) va sh.k. (va shu kabilar), A. O. (Abdulla Oripov).
Qisqartma otlar. Birikma nomlar komponentlarining maʼlum qismlarini qisqartirib, qoʻshib hosil qilingan otlar. Maye., DAN (Davlat avtomobil nazorati), OʻzAS (Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati), ToshDSHI (Toshkent davlat sharqshunoslik instituti).
Qisqartma so'zlar tayyor holda boshqa tillardan oʻzlashtirilishi (YUNESKO, FIFA, FIDE, NATO, AES) yoki muayyan til, mas. oʻzbek tili materiallari asosida hosil qilinishi mumkin.
Soʻz birikmasi tarkibidagi soʻzlarning bosh qismlarini olib qoʻshish bilan (biofak — biologiya fakulteti, jurfak — jurnalistika fakulteti); 4) soʻz birikmasi tarkibidagi 1-soʻzning 1-boʻgʻinini, qolgan soʻzlarni qisqartirmay qoʻshish bilan (Oʻzdonmahsulot, Oʻzgazloyiha); 5) aralash yoʻl bilan (Oʻzbektelekom, Oʻzteleradiokompaniya, Oʻzavtoyoʻl) va boshqalar .

Tashkiliy hujjatlar .


Bunday hujjatlarda korxona va tashqilotlarning huquqiy tomonlari, xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlari bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Bu hujjatlar guruhiga nizomlar, yo'riqnoma, majlis bayonlari, shartnomalar kiradi.
Guvohnoma
Guvohnoma muayyan shaxsning xizmat va boshqa holat va vakolatlarini
tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. U bajaradigan vazifasiga qarab bir necha turga bo‘linadi.
1. Muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini ko‘rsatadi. Masalan, har bir kishi ishga yoki o'qishga qabul qilinganida unga guvohnoma beriladi. Bu guvohnoma o‘z egasining aynan shu yerda ishlashi yoki o'qishini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi bilan birga, unga shu muassasaning turli bo‘linmalarida erkin kirib-chiqish huquqini beradi.
2.Muayyan shaxsning biron ishga (masalan, taftish o'tkazishga) oid vakolatini ko'rsatadi. Bunday guvohnomalar, odatda rahbar tomonidan beriladi. Guvohnomalarning bu turi yonda olib yurishga moslashtirilib, qattiq muqovali daftarcha shaklida tayyorlanadi.
Yo‘riqnoma
Qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlami tanishtirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjat.Yo‘riqnomaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Eng yuqorida tasdiqlash ustxati.
2. Hujjatning sarlavhasi, (yo‘riqnomaning nomi).
3. Matnning kirish qismi, bo'limlari, kichik bo'limlari va h.k.
4. Yo‘riqnoma tuzuvchining lavozimi, ismi, ota ismi va familiyasi, uning imzosi .
5. Yo'riqnoma tuzilgan vaqt sanasining va tartib raqami, shartli raqami indeksi.
Nizom
Muassasa yokl uning tarkibiy bo'linmalarining tuzlilshi, huquqi, vazlfalari,
burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat.
Shartnoma
Shartnoma ikki yoki undan ortiq tomonning biron bir munosabatlar o'rnatish haqidagi kelishuvini qayd etuvchi va munosabatlami tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnoma to‘g‘risida maxsus qoidalar mavjud bo‘lib, ular O'zbekiston Respublikasi Fuqorolik Kodeksining 353-385 moddalarida bayon etilgan .
Ustav
Muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, muassasaning tuzilishini yo‘naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmuyi. Ustav biror organ yoki muassasa vazifalari va huquqiy holatini tavsiflaydigan me’yoriy ahamiyatga ega. Binobarin, ustav nizomga nisbatan keng tushunchadir. U ko‘proq ma’lum bir tarmoq, sohalar, yirik muassasalar bo‘yicha tuziladi .
Bitim
Muassasa va alohida xodim o'rtasida mehnat shartnomasi - bitim tuziladi.
Kasbiy nutq odobi . Sohaga oid (pedagogik ) nutqining o'ziga xosligi.
O‘zbek millatining ko‘pming yillik tarixida keyingi o‘n yillikda erishgan yutuqlarimiz alohida o‘rin tutadi. Mustaqillik necha asrlar davomida yaratilgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosimizni nafaqat o‘rganish, balki uni davr talablari asosida qaytadan idrok etish va milliy manfaatimizga xizmat qildirish vazifasini oldimizga qo‘ydi. Boy tajribalarimiz negizida milliy istiqlol mafkurasining yangicha tamoyillari yaratildi. Davr barcha ziyolilar qatori tilshunoslar oldiga ham yangi va ulkan vazifalarni qo‘ydi. Bu vazifalarni lo‘nda qilib, bir tomondan, tilshunoslikning nazariy masalalarini jahon andozalari darajasida tadqiq etish, ikkinchi tomondan, uning amaliy jihatlari, aniqrog‘i, nutqiy madaniyat masalalari bilan shug‘ullanish tarzida tushunish to‘g‘ri bo‘ladi.
Darhaqiqat, tilining barcha qatlamlaridagi birliklarni tartibga keltirish, ya’ni adabiy tilimizning qat’iy me’yorlarini belgilash, ularni imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va so‘zlashni xalqimiz orasida ommalashtirish, bu qoidalarni lug‘atlar shaklida mustahkamlash bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bular orasida xalqimizning nutq madaniyatini yuksaltirish muhim bo‘lib qoladi. Chunki milliy istiqlol g‘oyasi yurtdoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, yoshlarimizni esa erkin, shu bilan birga, odatdagi, an’anaviy usullardan voz kechib, yangicha fikrlashga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yar ekan, bunga til madaniyatisiz erishib bo‘lmaydi.
To‘g‘ri, nutq madaniyati muammosi insoniyat sivilizatsiyasining barcha bosqichlarida o‘rtaga qo‘yib kelinganligi ham sir emas. U ta’limot sifatida qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo‘lsa ham, shunga qadar Misr va Assuriyada, Hindiston va Xitoyda mavjud bo‘lganligi notiqlik san’ati tajribasidan ma’lum. Gap shundaki, u paytlarda davlat arboblarining obro‘-e’tibori va yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog‘liq bo‘lgan. nutq odobining zarur sharti yoshi, jinsi, jamiyatda tutgan mavqeidan qat’i nazar, suhbatdoshlar o‘rtasidagi samimiy munosabat va hurmat-ehtirom bo‘lib hisoblanadi. Mana shu omillar bo‘lgan joyda so‘zlovchining o‘z shaxsini ustun qo‘yishiga, suhbatdoshini mensimasligiga, fikrini ortiqcha ovoz va harakatlar bilan ifoda etishiga o‘rin qolmaydi. Bunday paytlarda, odatda, suhbat ijobiy yakunlanadi.
Faqat shu narsani ta’kidlash mumkin bo‘ladiki, suhbat jarayonida ohang juda katta vazifani bajaradi. Kayfiyat qanday bo‘lishdan qat’i nazar bu jarayonda eng ma’qul ohangni tanlash so‘zlovchini maqsadiga erishtiradi. So‘zlarni aniq-ravshan talaffuz qilish, muloyim va mayin ovoz bilan hovliqmasdan gapirish tinglovchida hamisha so‘zlovchini tushunishga harakat qilish istagini paydo qiladi. Birgina o‘tiring so‘zini turli so‘zini turli ohangda talaffuz qilish bilan vaziyatga qarab iltimos, talab, maslahat, ogohlantirish, buyruq, jerkish kabi ma’nolarni ifoda etish mumkin. Shuning uchun ham gapirganda ohangga ehtiyot bo‘lish lozim.
Xullas, nutq odobi muloqot jarayonida nihoyatda zarur bo‘lib, u insonda an’anaviy urf-odatlarni o‘zlashtirish, ota-ona, ta’lim muassasalari, atrof-muhit, badiiy va ilmiy adabiyotlarni o‘qish davomida o‘zlashtiritib boriladi.

Respublikamizda o'zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo'yicha qilinayotgan ishlar .


Xalqimizning koʻp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʻlgan oʻzbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir.
Oʻzbekistonda 1989-yil 21-oktyabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qoʻyilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan oʻzbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega boʻldi.
Istiqlol yillarida ona tilimiz tom ma’noda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi.
Bugun O‘zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko‘tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda.
O‘zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e’tibor va uni o‘rganishga qiziqish kuchaymoqda.
Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir.
O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash maqsadida:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va keng jamoatchilikning oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21-oktyabr sanasini “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining umumiy cheklangan soni 9 ta shtat birligidan iborat Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilsin va uning tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar Davlat tilini rivojlantirish departamentining asosiy vazifalari etib belgilansin:
davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish;
davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
o‘zbek tilining yozma nutqi me’yor va qoidalarini ishlab chiqish bo‘yicha hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘liq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish .
Soha lug'atlari .Glossariy .
Leksikografiya lot. lexikos —" so‘z" , grapho —" chizmoq, yozmoq" , so‘zlaridan olingan bo‘lib, lug‘at tuzish amaliyoti va nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslikning bo‘limidir.
Leksikografiya nazariyasining predmeti lug‘at tuzish tamoyillari va usullaridir.
Leksikografiya amaliyoti esa lug‘at tuzuvchilarning ishini tashkil etish, so'zlarni kartochkalarga tushirish, sistemaga solish va saqlash singarilarni o‘z ichiga oladi. Leksikografiya nazariyasida lug‘at turlari, so‘zlik tarkibi va so‘z maqolasining tuzilishi asosiy o‘rinni egallaydi.
Lug‘atlar ikki turli boladi:
1) ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlar;
2) filologik (lingvistik) lug‘atlar.
Bu ikki turdagi lug‘atlar lug‘at birliklarining nimaga qaratilgani bilan farqlanadi. Lug‘atga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni o‘z ichiga olsa, ensiklopedik (qomusiy) lug‘at ma’lum bir tildagi so‘zlarni o‘z ichiga olsa, filologik (lingvistik) lug‘at hisoblanadi.
Ensiklopedik (qomusiy) lug‘atda turli xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, ilmiy tushunchalar va boshqalar o‘z ifodasini topadi. Umuman, ensiklopedik lug‘atlar ma’lum bir xalqning madaniy-ma’naviy, ilmiy-amaliy, siyosiy-iqtisodiy hayotiga doir barcha tushunchalarni qamrab oladi va bu tushunchalar unda o‘z izohini topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” ni yaratish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qildi. Ana shu qaror asosida 2000—2006-yillarda 12 jildli “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” yaratildi.
Toshkent shahrida ensiklopedik lug‘atlar va kitoblarni nashr etish bilan shug‘ullanayotgan alohida muassasa — “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tildagi so‘zlarni izohlashga qaratilgan lug‘atlar izohli lug‘at, muayyan tildagi so‘zlarning ikkinchi tilga tarjimasini berishga qaratilgan lug‘atlar esa tarjima lug‘at sanaladi.
1981-yili Moskvadagi «Pyccкий язык» nashriyotida nashr qilingan 2 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2006—2008-yillarda «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr qilingan va 80 ming so‘z hamda so‘z birikmasini o‘z ichiga olgan 5 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2001-yili Toshkentdagi «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati tomonidan nashr etilgan «O‘zbek tili faol so'zlarining izohli lug‘ati» yoki o‘zbekcha-ruscha, inglizcha-ruscha-o‘zbekcha lug‘atlar bunga misol bo‘la oladi.
Izohli lug‘atlar so'zlikning tanlanishiga ko‘ra umumiy va tarmoq lug‘atlarga bo‘linadi. Tilning barcha so‘zlarini izohlashga qaratilgan lug‘atlar umumiy izohli lug‘atlar, ma’lum bir tarmoqqa doir so‘zlarnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lug‘atlar tarmoq lug‘at hisoblanadi. (Masalan, kasb-hunarga doir lug‘atlar, ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalar lug‘ati va boshqalar.)
Har qanday lug‘at shu lug‘atning egasi bo‘lgan xalqning katta madaniy ma’naviy boyligi sanaladi.

Sohada ish yuritish hujjatlari .


Namunaviy hujjatlar – boshqaruvning muayyan bir vaziyatlari bilan bog‘liq, bir-biriga o‘ xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladigan hujjatlardir. Bularga tavsiyanoma, ariza, e’lon, taklifnoma va boshqalar kiradi. javob, kafolat, axborot xatlari va boshqalar kiradi. Murakkab hujjat – bir necha masalani o‘z ichiga olgan hujjatdir. Bularga shartnomalar ma’lumotnoma, rejalashtirilgan hisobot hujjatlari va boshqalar kiradi. Tegishlilik jihatiga ko‘ra xizmat (rasmiy) va shaxsiy hujjatlar farqlanadi:
Shaxsiy hujjat– yakka shaxs tomonidan yoziladigan, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladigan hujjatlardir. Bularga shaxsiy ariza, shikoyat va boshqalar kiradi. Xizmat (rasmiy) hujjatlari – tayyorlanishiga ko‘ra tashkilot yoki mansabdor shaxslarga tegishli hujjatlardir. Bularga ishga qabul qilish buyruqlari va boshqalar kiradi.javob, kafolat, axborot xatlarivaboshqalarkiradi. Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya katta.
Hujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi, mazmuniy to‘liqlikdan iborat zaruriy sifatlar, o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min etiladi. Hujjatlar o‘ziga xos uslubga ega. Hujjatda ot va fe’lga tegishli so‘zlar ko‘proq qo‘llaniladi. Sintaktik xususiyatidan kelib chiqib asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi.Hujjatlar tilida turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikmalaridan ko‘proq foydalaniladi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi mumkin:
1) “. . . so‘m maosh bilan . . . lavozimiga tayinlansin”; 2) “. . . o‘z xohishiga ko‘ra . . . lavozimidan bo‘shatilsin”; 3) “. . . boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan . . . lavozimidan bo‘shatilsin”; 4) “. . . ga . . . dagi faol va samarali ishtiroki uchun tashakkur e’lon qilinsin” .
Farmoyish hujjatlari.
Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbarining buyruq, ko‘rsatma, farmoyishlari asosida yuzaga keladi. Farmoyish hujjatlarida vazirlik, idora, tashkilot faoliyatiga oid ma’muriy va tashkiliy masalalarning yechilishi belgilab beriladi. Bunday hujjatlar tashkilot faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtiradi, boshqaruv organiga uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishni ta’minlash imkonini beradi.
Farmoyish hujjatlari boshqaruv tizimi bo‘yicha yuqoridan quyiga: boshqaruvchi organdan boshqariladigan organga, tashkilot rahbaridan tarkibiy tuzilmalar va xodimlarga yo‘llanadigan qarorlarni o‘z ichiga oladi. Buyruq – muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llanadigan hujjat bo‘lib, muassasa rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi muovin tomonidan imzolanadi. Buyruqlarning ikki turi mavjud: asosiy faoliyatga oid va shaxsiy tarkibga oid buyruqlar. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llanadi. Ularda, odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko‘rsatmaviy hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, ularning ijrosi yuzasidan aniq tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi.
Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoitlar, sabablar ko‘rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi yoziladi). Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar biror xodim ishga qabul qilinganda yoki bo‘shatilganda, boshqa bo‘limga o‘tkazilganda, shuningdek muayyan xodimga nisbatan rag‘batlantirish yoki intizomiy jazo choralari qo‘llanganda, xodimga mehnat ta’tili berilganda va shu kabi hollarda beriladi. Bunday buyruqlarga tarkibiy tuzilma rahbarining taqdimnomasi, shaxsiy ariza hamda bildirgilar, xizmat tekshiruvi xulosalari va shu kabilar asos bo‘ladi.
Farmoyish – boshliq, uning o‘rinbosarlari tomonidan amaliy masalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati cheklangan bo‘lib, biror-bir bo‘lim, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “ТALAB QILAMAN”, “ТAVSIYA QILAMAN”, “RUХSAТ BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi. Ko‘rsatma – idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, ularning o‘rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko‘rsatma muassasaning xos ish qog‘oziga bosiladi. U ham buyruq kabi odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi.
Ma’lumot-axborot hujjatlari muayyan qarorlarni qabul qilishga undaydigan ma’lumotlarni yetkazadi. Ma’lumot-axborot hujjatlari idoraviy hujjatlarning katta guruhini tashkil qiladi. Ularning xususiyati shundaki, hujjatlar boshqaruv tizimida quyidan yuqoriga: xodimdan bo‘lim rahbariga, bo‘lim rahbaridan muassasa rahbariga, quyi tashkilotdan yuqori tashkilotga qarab harakatlanadi. Ma’lumot-axborot hujjatlariga ariza, bayonnoma, bildirgi, dalolatnoma, e’lon, faksogramma,hisobot, ishonchnoma, ma’lumotnoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tavsifnoma, tavsiyanoma, tushuntirish xati va boshqalar kiradi.
Tarjimayi hol– ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati bayon qilingan hujjat. Tarjimayi hol bir xil andozada yozilishi shart emas. U muallif tomonidan mustaqil, erkin (ixtiyoriy) shaklda tuzilsa-da, biroq unda ayrim rekvizitlarning bo‘lishi shart. Hujjat matni “men” so‘zi bilan boshlanadi. Tarjimayi holda o‘tgan va hozirgi zamon fe’llari ishlatiladi.Unda dastlab Tarjimayi hol deb yoziladi, keyin muallifning ismi, familiyasi va otasining ismi to‘liq ko‘rsatiladi, tug‘ilgan yili, kuni, oyi va joyi ham aniq yoziladi. Ota-onalar haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Ma'lumot va axbarot hujjatlari.
Ma'lumot- axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Ariza muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ariza amaliyotda eng ko‘p qo‘llanadigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, menejer va agronom yoki fermer, muhandis va olim, tadbirkor va mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va lavozimi, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar g‘oyat xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, jamoa xo‘jaligi boshqaruviga, tuman rahbariyatiga - xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin. Hajmi, uslubi va turidan qat’iy nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega. Arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda, uning yashash joyi haqidagi ma'lumot zarur .
Institut va firmalardan yuborilgan va ular tomonidan boshqariladigan hujjatlarning aksariyati axborot va ma'lumotnoma.Ular ma'muriy hujjatlarni qabul qilish uchun asos bo'lib xizmat qilayotgan muassasalarda mavjud vaziyat haqida ma'lumotni o'z ichiga oladi. Malumot hujjatlariga quyidagilar kiradi: manbalar, hisobotlar va tushuntirish yozuvlarixulosalar, sharhlar, harakatlar, xatlar, telegrammalar va telefon xabarlari. Ular tashkiliy va ma'muriy hujjatlarga nisbatan yordamchi bo'lib, ularga zid ravishda majburiy ijro etilmaydi. Ularda mavjud bo'lgan ma'lumotlar amal qilishga undashi mumkin yoki faqat e'tiborga olinishi mumkin.
Axborot ma'lumotnomalari individual vaziyatlarni aks ettiradi. Ular talabnoma asosida tuziladi va o'z vaqtida topshiriladi. muassasasidan tashqarida yuborilgan so'rovnomalar, umumiy shaklda tuzilgan va institut doirasida taqdim etilgan qog'oz bo'sh bir lavha qilingan, lekin bir xil ma'lumotni ega. Faqat institut nomi bilan - muallifga strukturaviy birlik ko'rsatiladi.Sana, qabul qiluvchining, nom, matn, imzo -. Majburiy ma'lumotlarni (sertifikatlari sertifikat mavzu ikki xil uning chizmachilik ehtiyot yig'ish va ma'lumotlar tekshirishni talab, shuning uchun, xolisona ishlar holatini aks ettirishi lozim sertifikat berilgan ma'lumotlarni qanday hisob vaqt davri yoki sanasini o'z ichiga olishi mumkin. , olingan ma'lumotni taqqoslash va tahlil qilish. Arizani olish uchun berilishi mumkin. Shaxsning guvohnomasi, uning komponentlari va taqdim etilgan ma'lumotlar uchun javobgar bo'ladi .
Izohlar - asosiy hujjatning (reja, hisobot, loyiha va hokazo) muayyan qoidalarining mazmunini tushuntirib beradigan yoki voqea, fakt yoki ishning sabablarini tushuntiruvchi hujjat. Kontentga oid tushuntirishlar ikki guruhga bo'linadi. . Birinchisi, boshqa hujjatlarga (reja, hisobot) va asosiy hujjatning muayyan qoidalari mazmunini tushuntirib beradigan hujjatlardir. Ular institutning umumiy shaklida chiqariladi. Ikkinchi guruh har qanday hodisalar, vaziyatlar, shaxsiy ishchilarning xatti-harakatlari va xatti-harakatlari to'g'risida tushuntirish yozuvlaridan iborat. Bunday yozuvlarning matni ishonchli bo'lishi kerak, tasdiqlanmagan dalillar, ichki memorandumlar bo'lishi kerak, ular bir xil tafsilotlarni qayta ishlab chiqadigan va imzolagan shaxs tomonidan imzolangan qog'oz blankalarida tuziladi.

Sohaviy xizmat yozishmalari .


Hozirgi zamon hujjatchiligida xizmat yozishmalari alohida o'rin egallaydi va juda keng miqyosda qo‘llanadigan hujjatlar oqimini o‘ziga qamrab olgan.
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil, chunki u tashkilot faoiiyatining turli masalalari bilan bog‘liq. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari, sohalari o'ziga xos xususiyatga ega, tartiboti mavjud. Ish yuritish ham sohaning faoliyatidan kelib chiqqan holda olib boriladi.Ular, asosan, rasmiy xarakterdaligi bilan har bir soha, yo‘nalish uchun xos bo‘lgan hujjat turlariga egaligi bilan ma’lumot-axborot, tashkiliy farmoish guruhiga mansub tiujjatlardan farq qiladi. Til xususiyati jihatidan, ayniqsa, sohalarga oid so‘z va so‘z birikmalarining qo‘llanishi bilan ham o'ziga xoslikka ega.
Xizmat yozishmalariga xizmat xatlari, xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar, diplomatik va tijorat yozishmalari, shuningdek, moliya, hisob-kitob, aloqa tizimi pochta xizmatini o‘zida ifodalovchi)da olib boriladigan yozishma, xatlarni kiritish to‘g‘ri bo‘ladi.
Xizmat xatlari xususiyatiga ko‘ra o‘zaro farqlanadilar.
Bajariladigan vazifasiga ko‘ra xatlarni:
1) javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo, so‘rov, iltimos xatlar);
2) javobni talab qilmaydigan xatlar (ilova, tasdiq, eslatma, axborot, kafolat itlar va .h.k).
Xizmat xatlari
Tashkilot, korxona muassasa o‘rtasida xizmat aloqalari hujjatlar orqali taiga oshiriladi. Hujjatlar qamrovi keng bo'lib, u turli xildagi mazmunga, iltimos, so‘rov, xabar, tasdiq, taklif, da’vo, ko‘rsatma, javob xarakteriga a bo'lishi mumkin. Bunday xatlar xizmat xatlari deb yuritiladi va ular barchatashkilotlarda yuritiladigan hujjatlaming deyarli 80 foizini tashkil qiladi.
Xizmat xatlari tayyor bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Ular oddiy qog‘ozga iziladi, uning chap tomonidagi yuqori burchagiga tashkilot nomi qayd qilingan to‘rtburchak muhr qo‘yiladi.Har qanday xizmat xati mantiqiy jihatdan o‘zaro bog'liq bo'lgan 3 qismdan orat bo'ladi. Birinchi (kirish) qismida xat bilan tegishli muassasaga murojaat ishga asosiy sabab bayon qilinadi. Ikkinchi qismda dalillar asosida xatda qo'yilayotgan masalani hal qilish zarurligi ko‘rsatiladi. Xatning xulosa (uchinchi) qismida asosiy maqsad ifodalanadi.
Xizmat xatlari qisqa, ammo mazmunan aniq va ravshan bo'lishi kerak. Hajmi jihatdan katta bo'lmasligi, ya'ni bir betdan ortib ketmasligi kerak. Juda muhim masalalar yozilgan taqdirda, istisno tariqasida 3 betgacha bo'lishi, mufassal bayon qilinishi mumkin.
Xizmat xatlari 2 nusxada yozilib, bir nusxa tashkilotda qoldirilib, bir nusxa jo'natiladi. Xat agarda 2 va undan ortiq joyga yoMlanadigan bo‘Isa, uni oluvchilar 4 tadan oshmasligi kerak. Xizmat xatlari odatda tashkilot nomiga, agarda masalani hal qilinishi rahbar bilan bog'liq bo‘lsa, xat rahbar nomiga jo‘natiladi.Xatlar tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi. Rahbar bo‘lmagan hollarda esa uning vazifasini bajaruvchi yoki o'rinbosari imzo chekishi mumkin. Bunday vaqtda lavozim aniq ko‘rsatiladi.
Moiiyaviy, hisob-kitob to‘lov kafolatnomalarida imzo chekuvchilar soni 2 yoki undan ortiq boMishn mumkin. Imzolar lavozimlar tartibiga ko'ra qo'yiladi. Imzodan so‘ng imzo chekkan shaxsning ism-sharifi yoziladi.
Xizmat xatlarining nomi qo'yilmaydi, uning mazmunidan qanday xat ekanligi bilib olinadi.

Mustaqillik davrida .


XX asr o‘zbek xalqining boy madaniyati va badiiy tafakkuri tarixida alohida o‘ziga xos bosqich sanaladi. Bu davrda o‘zbek adabiyotining taraqqiyot yo‘lida realistik tasvir ta-moyili yetakchilik qildi; badiiy adabiyot ijtimoiy hayotga, insonlar dardiga yaqinlashdi, qalamga olingan mavzular zamon bilan, mavjud umuminsoniy muammolar bilan bog‘landi. Eng muhimi, XX asr oxirida birorta o‘zbekistonlikning yo-didan chiqmaydigan tari xiy voqea sodir bo‘ldi, ya’ni 1991-yil 1-sentabrida O‘zbekiston mustaqillikka erishdi. Barcha o‘quv dargohlarida o‘quv yilining birinchi kunida betakror bayramona kayfiyat hukm suradi. Demak, o‘sha voqelikdan keyingi davr adabiyoti «Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti» deb atalishi tabiiy sanaladi. Badiiy ijodning har bir yo‘na-lishi – nazm, nasr va dramaturgiya mohiyat e’tibori bilan mustaqillik davrining mavzulari bilan boyidi. Bu holat o‘zbek adabiyoti tarixida yangi davr boshlanganidan darak beradi .
O‘zbek she’riyati istiqlol yillarida o‘ziga xos yangi adabiy- estetik hodisa sifatida namoyon bo‘la boshladi. Badiiy ijod maydonida shoirlar uchun erkin ijodiy muhit yuzaga keldi.
Adiblar o‘z ma’naviy dunyosini, olam va odamga doir qa-rashlari, individual his-tuyg‘ularini bor holicha taqdim qila boshlashdi.Mafkuraviylashgan eski adabiy siyosatdan boshqacha, ya’ni inson erkini qadrlash, Vatanning chin saodati, buyuk kelajagi uchun qayg‘urish, milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni e’zozlash kabi qator mavzular bu davr she’riyatida yetakchilik qildi.
Vatan – ijod ahlining yuragiga eng yaqin, juda muhim va doimiy mavzu. O‘zbek adabiyoti tarixida yurtning go‘zal tabiatini, osmono‘par tog‘larini, dala-dashtlarini, bepo yon qirlarini, bebaho ma’danlarini madh etgan she’rlar ko‘p yozildi. Tabiiyki, bu muazzam va muqaddas Vatan borlig‘i faqat moddiy ne’matlardangina iborat emas.
Zamonaviy o‘zbek adabiyotida nasriy asarlar o‘z ko‘lami va g‘oyaviy-badiiy jihatdan tasvir imkoniyatlarining kengligi bilan ajralib turadi. Nasriy asar uchun har qanday hodisani– u katta yoki kichik bo‘lishidan qat’i nazar – badiiy tasvirvositalari, obrazli tafakkur, insonning barcha ruhiy kechinmalari e’tiboriga ko‘ra aks ettirish muhim sanaladi.Epik ko‘lamdor roman yoki qissalarni o‘qib, ma’lum birdavrning ijtimoiy-tarixiy hayoti, insonlarning turmush tarzi,o‘y-kechinmalari, ishq-muhabbatdek bebaho his-tuyg‘ularini tasavvur qilish mumkin. Ayni damda badiiy asar o‘z muallifining dunyoqarashi, iste’dodi, shaxsiyatining kimligidan ham darak beradi .
Istiqlol yillarida tarixiy va zamonaviy mavzuda romanlar,dunyo adabiyoti tajribalaridan o‘rgangan holda yaxshi qissava hikoyalar yozildi. Hech shubhasiz, bu davrda yangicha yo‘nalishlar, adabiyot maydoniga qadam qo‘ygan yosh adiblarning yangi nomlari paydo bo‘ldi; inson tabiatidagi ziddiyatlarni noan’anaviy usulda tasvirlashga e’tibor kuchaydi; insonning sirli dunyosini badiiy tadqiq qilish jihatidan o‘zbek nasri yuksaldi. Eng yaxshi asarlarda jahon adabiyotining tasvir tamoyillari bilan o‘zbekona milliy tafakkur uyg‘unlashdi.
Ijod – murakkab ruhiy-ijtimoiy hodisa .
Istiqlol yillarida turli ovozga mansub adiblarning o‘nlab kitoblari nashrdan chiqdi. Ularning ayrimlari roman, boshqalari qissa va hikoyalardan tarkib topgan. To‘g‘risi, mustaqillik davri o‘zbek nasrini tugal tasavvur qilish uchun iste’dodli yozuvchilarning asarlaridan namunalar topib o‘qish zarur. Bu asarlar Sizga ma’naviy ozuqa beradi hamda jamiyatda o‘z o‘rningizni topishda ko‘maklashadi, albatta.
Mustaqillik davrida rasmiy idoraviy ish uslubida ro'y bergan o'zgarishlar .
Rasmiy ish uslubi, boshqa kitob uslublaridan farqli o'laroq, nisbatan barqarorlik, izolyatsiya bilan ajralib turadi. Vaqt o'tishi bilan, shubhasiz, unda muayyan o'zgarishlar yuz berdi, ammo uning asosiy xususiyatlari o'zgarishsiz qoldi. Ushbu yo'nalish quruqlik, qisqarish va hissiy rangga ega bo'lgan so'zlarning yo'qligi bilan tavsiflanadi. Rasmiy hujjatlarda ishlatiladigan til vositalarining ro'yxati oldindan belgilanadi. Uslubning eng yorqin xususiyati bu til belgilaridir Hujjatlar uning tuzuvchisining individualligini namoyish qilishni taklif qilmaydi. Aksincha, qog'ozni qanchalik ko'p bossa, undan foydalanish qulayroq bo'ladi . Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi uslubdir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra, yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, farmonlar, bayonotlar, shartnomalar, idora hujjatlari, e’lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi.
O‘zbek tilining rasmiy idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turadi. Sho‘ro hukmronligi davrida o‘zbek va rus tillarida ish yuritish huquqi qonunlashtirilgan bo‘lsa-da, amalda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyi past edi.O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi rasman ish yuritish maqomi mustahkamlandi.
Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog‘ozlari, hujjatlar ham xilma-xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir.farmonlar, buyruqlar, ko'rsatmalar, shartnomalar, bitimlar, buyruqlar, xujjatlar matnlarida, muassasalarning ish yozishmalarida, shuningdek yuridik murojaatnomalarda va hokazolarda amalga oshiriladi. Ushbu uslub jiddiy o'zgarishlarga duchor bo'lishiga qaramay jamiyatdagi ijtimoiy-tarixiy o'zgarishlarning ta'siri ostida katta o'zgarishlarni boshdan kechirayotganiga qaramay, u barqarorlik, an'analar, izolyatsiya va standartlashtirish bilan tilning boshqa funktsional turlaridan ajralib turadi.
Yozma nutqning rasmiy uslubida, asosan, quyidagi munosabatlar doirasidagi hujjatlar tuziladi:
1. Huquqiy munosabatlarga oid: qonun fuqarolik va jinoyat aktlari, nizom, shartnoma va boshqalar.
2. idoraviy-ma’muriy shaklga oid: dalolatnoma, buyruq va farmoyishlar, turli ish qog‘ozlari (ariza, tavsiyanoma, tilxat, ma’lumotnoma kabi).
3. Diplomatik munosabatlarga doir: bayonot, nota, bitim, memorandum va boshqalar .

Tahliliy faktik baholovchi turdagi kasbiy nutq .


O'zbek millatining ko‘pming yillik tarixida keyingi o‘n yillikda erishgan yutuqlarimiz alohida o‘rin tutadi. Mustaqillik necha asrlar davomida yaratilgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosimizni nafaqat o‘rganish, balki uni davr talablari asosida qaytadan idrok etish va milliy manfaatimizga xizmat qildirish vazifasini oldimizga qo‘ydi. Boy tajribalarimiz negizida milliy istiqlol mafkurasining yangicha tamoyillari yaratildi. Davr barcha ziyolilar qatori tilshunoslar oldiga ham yangi va ulkan vazifalarni qo‘ydi. Bu vazifalarni lo‘nda qilib, bir tomondan, tilshunoslikning nazariy masalalarini jahon andozalari darajasida tadqiq etish, ikkinchi tomondan, uning amaliy jihatlari, aniqrog‘i, nutqiy madaniyat masalalari bilan shug‘ullanish tarzida tushunish to‘g‘ri bo‘ladi.
Darhaqiqat, tilining barcha qatlamlaridagi birliklarni tartibga keltirish, ya’ni adabiy tilimizning qat’iy me’yorlarini belgilash, ularni imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va so‘zlashni xalqimiz orasida ommalashtirish, bu qoidalarni lug‘atlar shaklida mustahkamlash bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bular orasida xalqimizning nutq madaniyatini yuksaltirish muhim bo‘lib qoladi. Chunki milliy istiqlol g‘oyasi yurtdoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, yoshlarimizni esa erkin, shu bilan birga, odatdagi, an’anaviy usullardan voz kechib, yangicha fikrlashga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yar ekan, bunga til madaniyatisiz erishib bo‘lmaydi.
To‘g‘ri, nutq madaniyati muammosi insoniyat sivilizatsiyasining barcha bosqichlarida o‘rtaga qo‘yib kelinganligi ham sir emas. U ta’limot sifatida qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo‘lsa ham, shunga qadar Misr va Assuriyada, Hindiston va Xitoyda mavjud bo‘lganligi notiqlik san’ati tajribasidan ma’lum. Gap shundaki, u paytlarda davlat arboblarining obro‘-e’tibori va yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog‘liq bo‘lgan. Yunon notig‘i Nutq madaniyati, nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) muammo larini oʻrganuvchi boʻlimi. Gʻarb tilshu-nosligida umumiy maʼnoda "til madaniyati" termini ham qoʻllanadi. 1-maʼnodagi "Nutq madaniyati" tushunchasi adabiy tilni oʻzlashtirishdagi ikki bos-qichni qamrab oladi: a) nutqning toʻgʻriligi va boshqa nutqiy mahorat. N u -tqning toʻgʻriligi muayyan tilda soʻzlovchilar va yozuvchilar tomonidan "ideal" yoki umum tomonidan qabul qilingan va anʼanaviy saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy meʼyorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy meʼyorlarga amal qilish, balki oʻzaro mavjud boʻlgan variantlardan mazmunan eng toʻgʻri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng makbuli va ifo-dalisini tanlab olish mahoratidir (Mas, aka — oka — ako; kelyapti — kevotti — kelopti variantlaridan bi-rining adabiy meʼyor sifatida tanla-nishi). Yuksak Nutq madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madani-yatini, tilga nisbatan ongli mexr-muhabbatini namoyon qiladi.
Nutq madaniyati nazariyasining asosiy tushunchasi til meʼye’ridir. 2-maʼnodagi Nutq madaniyatining asosiy vazifasi ijtimoiy til amaliyotiga faol taʼsir koʻrsatish maqsa-dida (tilning barcha sathlarida) obʼyektiv til meʼyorlarini ularning barqarorlashgan shakllarida, ziddiyatlarida, vujudga keluvchi tamoyillarida va boshqalarda oʻrganishdir.

Sohaga oid matnlarning til xususiyatlarini o'rganish .


Uslub- jamiyatda an'anaviy tarzda hayotning bir sohasi uchun mustahkamlangan adabiy tilning bir turi. Har bir nav ma'lum lingvistik xususiyatlarga ega (birinchi navbatda lug'at va grammatika) va hayotning boshqa sohalari bilan bog'liq bo'lgan va o'ziga xos til xususiyatlariga ega bo'lgan adabiy tilning boshqa shunga o'xshash navlariga qarama-qarshidir.
Uslub jamiyat holati bilan bog'liq bo'lib, u tarixan o'zgaruvchan. Lomonosov davrida faqat gapirish mumkin edi kitob nutqining uslublari; ta'kidlash paytida uchta uslub: yuqori, o'rta Va qisqa. Bugungi kunda tilda ajralib turadi to'rtta uslub: uchta kitob do'koni (ilmiy, rasmiy biznes, jurnalistik) Va so'zlashuv uslubi. Tanlash badiiy uslub ilmiy munozaralar mavzusi bo‘lib qolmoqda.
Ilmiy uslubda yaratilgan matn standartlashtirilgan yopiq tizimdir.
Ilmiy uslubning asosiy xususiyatlari adabiy tilning me'yoriy talablariga muvofiqligi, standart navbatlar va ifodalardan foydalanish, "ramziy" ramzlar va formulalar tilining imkoniyatlaridan foydalanish, zikr va yozuvlardan foydalanish. Misol uchun, klientlar ilmiy jamiyatda odatda qabul qilinadi: masalan, ... shuni ta'kidlash kerakki tadqiqot davomida olingan ma'lumotlar quyidagi xulosalarga olib keldi ... keling, tahlilga o'tamiz ... va hokazo.
Ilmiy axborotni "sun'iy" til elementlariga o'tkazish uchun: 1) grafikalar, davralar, bloklar, chizmalar, chizmalar keng qo'llaniladi; 2) formulalar va belgilar; 3) ilmiy uslubning maxsus terminlari va leksik xususiyatlari, masalan, fizik miqdordagi nomlar, matematik belgilar va ma'lumot moslamasi (dipnotlar, izohlar, eslatmalar) nutq mavzusiga nisbatan aniqroq g'oyalarni shakllantiradi va atamalarning aniqligi va manbalarning tekshirilishi kabi ilmiy nutq sifatini amalga oshirishga xizmat qiladi. Ya'ni, xususiyati adabiy til normasiga muvofiqligi bilan ajralib turadigan ilmiy uslublar tadqiqot g'oyalarini ifoda qilishda aniqlik, aniqlik va lakonizmga xizmat qiladi. Ilmiy ma'ruza uchun monologik shakli xarakterli bo'lib, bayonning mantiqiyligi izchil ravishda aniqlanadi, xulosalar to'liq va aniq ifoda shaklida rasmiylashtiriladi.
Matn nutqiy jarayon mahsuli bo‘lib, tugallangan, yozma shaklda mavjud bo‘lgan, adabiy shakllangan, super – frazali butunliklardan tuzilgan, leksik, grammatik,logik, stilstik aloqalar bilan bog‘langan, aniq maqsadli va pragmatik qurilmali nutqiy asardir.
Har bir matn ma‘lum bir mazmunni tashiydi va so‘z xususiyatiga ko‘ra turli axborotlarni yetkazadi. Har xil axborotlarni yetkazishiga ko‘ra matnlar badiiy matn, publisistik matn, ilmiy, rasmiy matn kabi turlarga bo‘linadi. Publisistik matbuot ko‘proq matn sohasiga oid bo‘lib, xabar, maqola, reportaj, ocherk va taqrizlarda namoyon bo‘ladi. Shunday reportaj, ocherk va fe‘leton ham badiiy, ham publisistik xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi bilan boshqalardan ajralib turadi. Publisistik badiiy, ham publisistik xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi bilan boshqalardan ajralib turadi.



Download 83,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish