35
uning shevalariga ham rus tili va orqali Yevropa tillaridan ko’plab so’zlar
kirib
kela boshladi.
Shevalardagi ruscha baynalminal so‘zlar, ko‘pincha, ommaviy axborot
vositalari, maktab, maorif orqali o‘zlashgan. Rus tili va u orqali o‘zlashgan so
‘
zlar
o‘zbek tili va uning shevalari lug‘at tarkibiga tobora singib, xalqning kundalik
turmushida faol ishlatiladigan eng muhim tushunchalarni ifodalashga xizmat
qiladigan bo‘lib qolgan.
Barcha tillardan o‘zlashgan so‘zlarda bolgani kabi
rus tili va u orqali kirib
kelgan so‘zlarda ham o‘zbek tili va uning shevalariga oid qonuniyatlarga
bo‘ysungan, ya’ni fonetik o‘zgarishga uchragan holda talaffuz qilinishi kabi
xususiyatlarni saqlagan. Bunday so‘zlarga quyidagilarni misol qilib keltirish
mumkin. Ular barcha sohalarga tegishlidir.
1.
Qishloq xo‘jaligiga oid so‘z va atamalar
: traqtir (traktor),
mashin
(mashina), selkä (syelka), piliq (plug), kultivatr (cultivator), torva (truba), suvarka
(payvandlash), kolxoz (kolxoz), sapxoz (sapxoz), pamadir (pomidor) kabi.
2.
Transport, qurilish, sanoatga doir so’zlar
: diyzil (avtobus), dilgram
(stolba), mantyor (mantyor), uchotchik (schotchik), ekskavatir (ekskavator), biton
(beton), ismin (smena), istalba (stolba), lom (misrang), veranda (teraska), asvalt
(asphalt), valasapit (velosiped), istakan (stakan) va hakazo.
3.
Madaniyat-maorifga tegishli so’zlar
: bibloteka (kutubxona), tiyatr
(teatr), konsert (konsert), artis (artist), zvanik (zvanok), qilas (sinf) kabi.
4.
Uy-ro’zgor buyumlari, kiyim-kechak va oziq-ovqat nomlari
: bolka
(buxanka), ishkalad (shokolad), shipaner (shifoner), ishkop (shkaf), svit (svet),
pachina (pechene), tomichka (tumbochka), lampichka (lampochka), kastrol
(kostryulka), kampit (konfet), platisa (plantensa), jemper (jemfer), vilka (sanchqi),
garelka (grelka), misrobka (miyasorubka), tarilka (tarelka), ustar (stol) kabi.
Shevalar lugat tarkibiga kirib kelgan rus tili orqali o‘zlashgan
Yevropa
tillariga mansub so‘zlar, ko‘pincha grek, latin, nemis, fransuz, ingliz va boshqa
tillarga xosdir:
36
1.Fransuzcha so‘zlar:
kaston
(kostyum
), palton
(palto),
kabinet
(cabinet),
triko
(triko) kabi.
2. Nemischa so‘zlar:
lager, ishtamp, shiypir, kran, partuk
kabi.
3. Italyancha so‘zlar:
banka, biyzin
kabi
4. Inglizcha so‘zlar:
vokzal, byudjet, rels
kabi
Demak, O‘rta Osiyo ruslar tomonidan istilo qilingandan keyin,
rus tili va
u orqali kirib kelgan yevropacha so’zlar Shimoliy Xorazm qipchoq shevalariga
ham o’zlashgan, bunda maktab va maorif, ommaviy axborot vositalarining roli
katta bolgan.
Bunday so‘zlar shevada fonetik jihatdan o‘zgarishga uchragan holda
talaffuz qilinib, ko‘pchilik sohalarni qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: