III BOB. XORAZM QIPCHOQ SHEVASIDA IJTIMOIY LEKSIK
BIRLIKLAR
3.1 Urf-odatlarni ifodalovchi leksik birliklar
Sheva leksikasining kuzatish shuni ko‘rsatadiki, jamiyat taraqqiyoti aholining
integratsiyasi va glaballshuv an’analari rivojlanib bormoqda. Shuning natijasida
ko‘pgina tushuncha va predmetlarni ifodalovchi so‘zlar iste’moldan chiqmoqda.
Ayni paytda, inson jamiyatda mavjud urf-odat va ijtimoiy udumlar ancha . Shu
sababli Xorazm (qipchoq) shevalari leksikasidagi ijtimoiy qatlam yoki
etnografizmlar deb ataluvchi birliklarni muhim ahamiyat kasb etadi. Biz quyida
ular haqida fikr yuritamiz.
Urf-odatlarning tarixi insoniyatning ibtidosiga borib taqaladi. Ibtidoiy
jamiyatda dastlab diniy tasavvurlar bo‘lmagan. Urf-odatlar kishilarning mehnati
zaminida vujudga kelib, jamiyat rivojiga, odamlar ongining o‘sishiga katta ta’sir
ko‘rsatgan.
Etnografiya asosan, maishiy hayot, oilaviy turmush jarayoni bilan
chambarchas bog‘liqdir. Etnografik leksika inson hayotining barcha bosqichlarini,
turmush tarzini, nima bilan shug‘ullanishini, qanday hayot kechirishini, umuman
insonga xos bo‘lgan barcha odatlarni, ular bilan bog‘liq bo‘lgan va ularga ta’sir
qiluvchi faktorlarni o‘z ichiga oladi.
Etnografik atamalar leksik birlik sifatida nimanidir ataydi, ko‘rsatadi.
Etnografik atamalar—etnografizmlar xalq hayoti bilan chambarchas bog‘liqligi
uchun inson shug‘ullanuvchi barcha sohalarda uchraydi. Shuning uchun
tilshunoslik fanning deyarli barcha sohalari bilan bog‘liqdir.
a) inson tug‘ilishi bilan bog‘liq so‘zlar.
Ma’lumki, insonni kamol toptirish, uning go‘daklik chog‘laridanoq
boshlanadi, har bir xalq o‘z odati bo‘yicha bola tug‘ilishi bilanoq turli-tuman rasm-
rusumlarni o‘tkazadi.
Folklorshunos O. Safarovning yozishicha “Doya, enagalar va kinnachilar
ishtirokida chaqaloq suvga cho‘miltirayotganda, birinchi marta beshikka solishda,
ilk bor tishi chiqqanda, birinchi soch oldirishda, birinchi qadam tashlaganda, ilk
50
bor tirnog‘ini olganda o‘ziga xos marosimlar o‘tkaziladi”.
1
Bu marosimlarning
o‘tkazilishi turli xil nomlansa ham leksik-semantik jihatdan bitta umumiylikka ega.
Misol uchun, kindik kesish, yeti chill
ӓ
, yigirma chillä, tuzli suvga tushirish, qirq
chillä, beshikka solish kabi etnografik atamalar hozirda ham aktiv qo‘llanadi.
Chaqaloqni beshikka solishda bu marosim keksa ayollar tomonidan bajariladi
va ular enägä // enäkä deb nomlanadi. Bu marosimni o‘tkazish uchun quyidagi
beshik anjomlari taxt qilinadi va qipchoq shevalarida turlicha ko‘rinishga ega:
yastiqcha
-chaqaloq oyog‘i ostiga qo‘yiladigan yostiqcha;
yorg
ӓ
k
-chaqaloqni o‘rab,
qundoqlab qo‘yiladigan mato;
täglik—
chaqaloq tagiga to‘shaladigan yumshoq
mato;
qalbag‘ich
—chaqaloqning qo‘lini bog‘lash uchun yasalgan maxsus mato;
ayaqbag‘ich
—chaqaloqning oyog‘ini bog‘lash uchun ishlatiladigan mato. Bundan
tashqari
sumak, tuväk
kabi anjomlar ham qoidaga muvofiq beshikka o‘rnatilib,
yosh onaga chaqaloqni beshikka solish qoidalari o‘rgatiladi.
Bundan tashqari chaqaloqni beshikdan olishda o‘ng va chap tarafiga qaratib,
bolaning orqasiga va beshikka uch marta sekin o‘ng qo‘l bilan urilib, so‘ngra
yo‘rgaklash kabi irimlar bajariladi. M. Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘ati turk”
asarida
sumäk, eshuk
-yopinchiq,
beshik
,
täshäk-
to‘shak,
qolan
-qo‘lbog‘ kabi
terminlar uchraydi.
Yangi chaqaloq tug‘ilgan uyga nisbatan
chillaxona
etnografik atamasi
qo‘llanadi. Bu termin Navoiy asarlari lug‘atida forscha-
chilla,
o‘tiriladigan uy;
chilla
-darveshlarning qirq kun davomida tashqariga chiqmay ibodat qiladigan
davri deb izoh berilgan. Bu yerda
chillä
va
chillaxona
terminlari tor ma’noda
ishlatilgan. Xorazm viloyati o‘zbek shevalarida bu terminlar yangi kelin tushgan
uyga nisbatan ham ishlatiladi. Yangi kelin odat bo‘yicha uch kun qat’iy rejim bilan
saqlanib, yangasi yoki biror shaxs bilan tashqariga chiqishi mumkin. Uning yakka
holda chiqishi yoki uyda yakka holda qolishi mumkin emas deb hisoblanadi. Buni
shevalar leksikasida
yash chilla
deb yuritiladi. Masalan:
chillaxonaga kelgännän
kiyin tuvri so‘yla, bu tomda yash chillä
kabi.
1
Safarov O. Bolalarni erkalovchi xalq qo‘shiqlari. Tosheknt. “Fan”, 1982, -B 31.
51
Do'stlaringiz bilan baham: |