Alimova shahnoza maqsudovna xorazm (qipchoq) shevasining leksik-grammatik xususiyatlari



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/51
Sana20.03.2022
Hajmi0,54 Mb.
#501693
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51
Bog'liq
xorazm qipchoq shevasining leksik-grammatik xususiyatlari (1)

d) kasb-hunarga oid so‘zlar. 
Yer, suv, dehqonchilik kabilar shevalar leksikasida alohida guruhni tashkil 
qilsa-da, ularning bevosita xalq moddiy-maishiy turmushi bilan hamda irim-sirim
urf-odatlari bilan bog‘liq tomonlari etnografizmlar sirasiga kiradi.
Odamlar qadim-qadim zamonlardan beri yashash uchun kurashib kelgan. 
Hayot zarurati mehnat qilishni talab qilgandan to hozirgi kunimizgacha nimanidir 
o‘ylab topadi, yaratadi. Kishi hayotida pishib amalga oshgan narsalar tilda 
qandaydir nom bilan lug‘at sostaviga kiradi. Insoniyatning ibtidoiy davrlarida 
baland yerlarga suv chiqarish uchun suvning oqimi natijasida aylanadigan qilib, 
katta g‘ildiraksimon asbob yasab, unga chelak bog‘laganlar. Bu inshoot xalq tilida 
chiqir /chig‘ir
deb nomlangan Ana shu davrdan boshlab odamlar erta bahordan 
suvga sig‘inib, rizq-ro‘z deb qaraganlar. Dastlab suvning kelishiga qarab tuz 
sepilgan. Bu holat 
suvga tuz sepish odati
sifatida etnografizm sanaladi. Bundan 
tashqari 
suvga yaman narsa tashlamasliq, suvga tupurmaslik, toqqiz marta 
yumalangan suv toza boladi
kabi irimlarni ifodalovchi etnografizmlar ham tilning 
tejash tamoyillari asosida termin holida shakllanmagan.
Dehqonchilik etrminlari asosida shakllangan etnografizmlar bevosita shu 
sohaga oid irim-sirim va urf-odatlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Misol uchun hosil 
yaxshi bo‘lsin ma’nosida 
dana /dan sachish
marosimini o‘tkazib, keksalarning 
fotihasini olishgan. Yoki bo‘lmasa hosil mo‘l bo‘lsa, toldi palav, hosil toyi, xirman 
toyi kabi marosimlar uyushtirilgan. Bundan tashqari ekinga ko‘z tegmasin 
ma’nosida 
tuz asib qoyish / dalaning to‘rt tomoniga tuz qo‘yish
kabi irimlar 
asosida shakllangan etnografizmlar borki, bularni faqat Xorazm sheva vakillari 
nutqida uchratish mumkin. 
Shu o‘rinda qayd qilish lozimki, 
xirman toyi—
hosilning oxirida olinadigan 
qismi;
kapsan // kapsan payi
—ko‘tarilgan xirmondan ma’lum bir ulush berish; 


65 
xaqqula—
xirmondan boy va eshonlarga beriladigan ulush kabi etnografizmlar ham 
sheva leksikasida ma’lum miqdorda uchraydi.
Xorazm qipchoq shevalarida chorvachilik bilan aloqador etnografik birliklar 
ham uchraydi: 
koluk // kukuk
atamasi hozirda ham aktiv iste’molda bo‘lib, XI asr 
yodgorligi bo‘lgan “Devoni lug‘otit turk” asarida 
keluk
shaklida yuk tashish 
mumkin bo‘lgan hayvon orqasi ma’nosida uchraydi. A. Bahodirxonnning “Shajarai 
turk” asarida esa kuluk shaklida bo‘lib, transport, yuk tashuvchi hayvon ma’nosida 
ishlatilgan.
Chorvachilik sohasiga aloqador 
chatma, bastirma
kabi leksemalar ham 
etnografik leksikaga ma’lum ma’noda aloqadordir. Shu o‘rinda aytish lozimki, ot 
taqasini ostona yoki eshikka qoqish, qo‘chqor shoxini eshik tepasiga ilish kabi 
irimlar asosida shakllangan etnografizmlar ham hozirgacha saqlangan bo‘lib, yerli 
aholi bunga qat’iy amal qiladi.
Xorazm shevalarida kasb-hunarga oid etnografik dialektizmlarning ko‘plab 
uchrashi yerli aholining madaniyati yuksak darajada rivojlnganidan dalolatdir. 
Buni yerli xalqning arxitektura inshootlarida ko‘rish mumkin. Qadimdan to hozirgi 
kungacha Xorazm aholisi imoratlarni turli materiallardan tiklanganligi buning 
yaqqol misolidir: 
nigirik, karvich jay, qamish kapa, paxsa
kabi.
Akademik S.P Tolstov Jetiosar xarobalarini tekshirishda paxsa devor ostiga 
zahdan saqlanish uchun qamishdan foydalanganini aytib o‘tadi. Bu usul XVII-
XVIII asrlardga mansub Janchiqqal’a xarobalarida ham uchraydi. Olim o‘z 
fikrlarini davom ettirib, xorazmliklar hozir ham bu usulni imorat qurishda 
qo‘llayotganligini ta’kidlaydi. Uy qurilishi bilan bog‘liq etnografizmlar qipchoq 
shevalarida hozir ham mavjud: 
tirnoq
-fundament, poydevor, 
paxsa qoydi // lay 
qoydi
—paxsa urilgan kuni beriladigan marosim; 
qor bitti
—bir paxsa bitganda 
ustalarga beriladigan ziyofat; 
charxavik qoydi
—qo‘y so‘yib ziyofat berish; 
jay 
toyi—
imorat bitganda beriladigan to‘y. 
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, turmushning barcha sohalarida etnografik 
dialektizmlar uchraydi.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish