45
Adabiy tildagi so‘zlar bilan shevadagi so‘zlar qarama-qarshi ma’no
ifodalab, antonimlar hosil qiladilar. Bunda adabiy tildagi so‘zlar biroz fonetik
o‘zgarishga uchrashi mumkin:
höl-quri
(ho‘l-quruq), bularga
izg‘ar-näm
so‘zlar
sinonim bo‘lib keladi.
Shevalarda bunday antonimik juftlar juda ko‘p:
zoñqaq-ösmäs
(daroz-
pakana
), say-choñqir
(soy-chuqur),
tiri-öli
(tirik-o‘lik),
marqa-qara
(oq-qora),
batil-keskir
(o‘tkir-o‘tmas),
oydiq-dümpäk
(chuqur-baland),
xoran-chimxor
(ishtahali-ishtahasiz),
azan-kech
(erta-kech),
axsham-ertäñ
(kecha-ertaga),
mi:t-
qimmat
(bepul-qimmat),
jilli-sav
(jinni-sog‘),
avlaq-yaqin
(uzoq-yaqin),
qoqin //
zähär // zaqqim- mazali
(mazali-mazasiz),
qoqir-payapi:l
(qo‘pol-kamtarin) kabi.
Ma’lumki antonimlar turli ma’nolarni ifodalashlari mumkin. Ifodalangan
ma’no munosabatlariga ko‘ra, shevalardagi antonimlarni quyidagi muhim
guruhlarga ajratish maqsadga muofiqdir:
1. Predmetning shakli, hajmi, o‘lchovi va miqdorini bildiradigan
antonimlar:
iri-ushaq
(katta-kichik),
qatti-yimshaq
(qattiq-yumshoq),
yuvan-näpis
(yo‘g‘on-ingichka),
nomay-az
(ko‘p-oz),
taza-könä
(yangi-eski),
yoymaq-tapmaq
(yo‘qotmoq, topmoq),
chiqim-kirim, jiñka-uzun
(kalta-uzun),
toli-bosh
(to‘liq-
bo‘sh) va hakazo.
2. Kishi va predmetning xususiyatini bildiruvchi antonimlar:
dayav-pökki
(kuchli-kuchsiz),
xo‘shray- bädroy
(chiroyli-xunuk),
yuvash-charsi
(yuvosh-
qo‘pol),
qatti-yumshaq
(qattiq-yumshoq) singari.
3. Rangni
bildiruvchi antonimlar
: alap-zimistan
(yop-yorug‘, qop-
qorong‘u),
aq // marqa-doyin
(oppoq-qop-qora) kabi.
4. Vaqt, mavsumni bildiruvchi antonimlar:
axsham-ertäñ
(kecha-ertaga),
arqa-qibla
(shimol-janub
), ävvälbazar-axirbazar
(bozorning
boshlanishi-
bozorning tamom bo‘lishi) kabi.
5. Miqdor, hajmni bildiradigan antonimlar:
nömay // köp-az (
ko‘p-oz),
bosh-toli (bo‘sh-to‘liq),
iri-ushaq
(yirik-mayda),
azaymaq-köbäymäk
(ozaymoq-
ko‘paymoq),
vapir-pitta
(ko‘p-oz) singari.
46
Adabiy tilda bo‘lgani kabi, shevalarda ham konteksul antonimlarga duch
kelinadi. Bunday antonimlar nutq jarayonida so‘zning qarama-qarshi ma’noda
ishlatilishi natijasida paydo bo‘ladi:
tombash-tömän
antonimlik juftida ham
shunday holatni kuzatish mumkin.
Bu yerda
tombosh
so‘zi yuqori ma’nosini anglatadi.
Tömän
so‘zi
esa past
ma’nosini bildiradi. Shevalarda leksik-frazeologik va frazeologik antonimlar ham
mavjuddir. Bularda quyidagilar misol bo‘la oladi:
Xäsis –qoli achiq
(xasis-sahiy),
iytmiti-ot tüshkän
(arzon-qimmat),
chapqir-ayag‘ina yem tüshkän
(chopag‘on-chopa olmaydigan),
arqayin-jizirpät
(beg‘am-shoshqaloq) va hakazo.
Antonimlar adabiy tilda yetarli darajada ishlangan bo‘lsa-da, shevalardagi
antonimlar borasida bunday fikr bildirish qiyin. Qarama-qarshi ma’nolarni
ifodalashda antonimlar stilistik vosita sifatida xizmat qiladi.
Shevalarda adabiy tildagi so‘zlar, shuningdek, shevalarning faqat o‘zida
ishlatiladigan so‘zlarning o‘zlari ham antonimlarni hosil qiladi. Shevalardagi
antonimlar predmetning shakli, hajmi, o‘lchovi, miqdori, xususiyati, rangi,
shuningdek, vaqt,
mavsumiy, maza, ta’m kabi ma’nolarni ifodalaydi.
Shevalarda konteksual, leksik-frazeologik, frazeologik
antonimlarga ham
duch kelinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: