Qipchoq shevasida
O‘g‘uz shevasida
Adabiy orfografik
54
Bakavul
Koluk
Qurmish
Tirnoq
Küvi/ küpi
Mashava
May dag‘lash
Bakavul
Kolik
Qurmish
Dinnaq
kuvi
mashava
yog‘ kuydirish
Bakovul
Transport vositasi
Somsaning turi
Poydevor
Ayron chayadigan
spool idish
moshxo‘rda
yog‘ dog‘lash
Yuqoridagi misollardan ko‘rinadiki, O‘rta Osiyoda yashovchi turkiy
xalqlar tilida shunga o‘xshash ko‘pgina leksik birliklar deyarli bir xil ma’noni
anglatadi.
Xorazm etnografik leksikasida yana shunday o‘ziga xos terminlar borki,
ular faqat shu yerda yashovchi aholi tiliga xos bo‘lib, keng ma’noda qo‘llanadi.
Masalan
, pöpäk// pöpäk pili
–bolani xatna qilganda sartarosh kesilgan qismni uy
egasiga berishdan oldin pul oladi.
Gashir tuvrashma
—bu ham o‘ziga xos marosim bo‘lib, to‘ydan bir kun
oldin faqat qo‘shnilarga aytib o‘tkaziladi. Bundan tashqari
tanga chachuv, suzilish,
ong ayaq
bilan kirish kabi urf-odatlar borki, ularni mazkur sheva vakillari tilida bir
so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ataladigan maxsus leksemasi yo‘q. Shuning uchun
bunday tushuncha ifodalaydigan birikmalarni gap shaklidagi etnografizmlar deyish
mumkin.
Iskandar istilosidan ming yil keyingina yangi eraning VII-VIII asrlarda
O‘rta Osiyoga G‘arbdan yangi bosqinchilar kirib kela boshlagan davrga oid
manbalar bizni shu davrning qattiq va shiddatli siyosiy hayoti ichiga olib kiradi;
o‘tmish tarix haqida esa biz qariyb hech narsa bilmaymiz”,--deb yozadi professor
S.P.Tolstov
1
.
Chunki arablar shafqatsiz musulmonlashtirish jarayonida shu davrga
qadar yaratilgan narsalarning barini butunlay yo‘q qildi.
1
Толстов С.П. Қадимги Хоразм маданиятини излаб. 14-бет.
55
Haqiqatdan ham, o‘zbek xalqining barcha shevalarida uchraydigan inson
vafotiga oid so‘z va atamalar deyarli arab tilidan kirib kelgan so‘zlardir. Inson
vafoti, marakalari, rasm-rusumlarini ifodalovchi so‘zlarning deyarli hammasi diniy
xarakterdagi so‘zlardir:
käfän, tovit, mayit, namaz, janaza
kabi. Bu etnografik
dialektizmlar ikkala sheva vakillari uchun ham umumiy bir leksik tushunchani
ifodalaydi. Ammo ularning orfoepiyasi va fonetikasida ma’lum darajada farqlar
uchraydi. Umuman, bizning tushunchamiz bo‘yicha inson vafoti bilan bog‘liq
etnografizmlar qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’iy nazar, turkшy xalqlar uchun
bitta umumiy mazmunga egadir.
Inson vafoti bilan bog‘liq etnografik birliklarning qadimgi yozma
manbalarda uchramay, xalq orasida keng qo‘llanib, kelinayotgan so‘z, so‘z
birikmasi va sodda yoyiq gap tarzida uchraydigan turlari ham bor:
jäsädini rayjaga
alish
—yangi solingan ko‘rpa-to‘shak ustida yotqizish;
davrana chig‘arish
—mulla
yonidagi so‘fasiga pichoq berib, yana qaytarib olib, oyat odati;
mullaga isqatdi
berish—
marhumning yangi kiyimlaridan yoki tovar berish odati.
Inson vafoti bilan bog‘liq marosim nomini ifodalovchi etnografizmlar
ko‘pincha son orqali ham ifoda qilinadi:
üchi
—marhumning vafotiga 3 kun
bo‘lganida beriladigan marosim;
yettisi
—bir haftadan keyin beriladigan osh;
qirqi,
qirq toldi
—vafotining beshinchi haftasi jumasida yoki qirq kun to‘lganida
beriladigan osh.
Ba’zi etnografik birlilar esa yil fasllari, kunlari, umuman, vaqt
tushunchasi orqali ifodalanadi:
jumaliq
—har payshanba kuni beriladigan osh,
o‘g‘uzlar yashaydigan hududlarda esa
peyshämbälik
deb ataladi.
Yaz ashi
—yoz faslining ilk mevasi sifatida oshqovoqdan ovqat pishirilib
marhum haqiga duo qilinadigan marosim;
Hayit ashi
—hayitning birinchi kuni marhum haqiga duo o‘qish;
Yili/ yil toldi
—marhum vafotiga bir yil to‘lishi munosabati bilan
beriladigan osh kabi.
Bulardan tashqari bir so‘z yoki termin bilan ifodalash mumkin bo‘lmagan
etnografizmlar borki, ular tugal ma’no ifodalab, gap tarzida uchraydi.
56
Ertasiga ustiga chiqish/ mazar boshiga chiqish, tavaxni bir-birdan alish,
dastirxandi taq qoyish
kabi. Yuqoridagi urf-odatlarning tarixan shakllanishi
ma’lum bir tarixiy hodisalar bilan bog‘liqligi sabab, deyarli barcha turkiy xalqlar
dialektlarida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |