Alijonova durdona farhodjon qizi


Marketing terminlarida antonimlik hodisasi



Download 193,5 Kb.
bet40/50
Sana31.12.2021
Hajmi193,5 Kb.
#272940
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50
Bog'liq
dissertatsiya so'ngisi

Marketing terminlarida antonimlik hodisasi. Antonimlar zid ma’noli so‘zlardir. Leksik antonimlar bilan bir qatorda terminlararo antonimlar ham mavjud. A.A.Reformatskiy fikricha: antonimlar – qarama-qarshi ma’noli so‘zlardir. Bunday munosabat sof semasiologik bo‘lib, u tushunchalarni qarama-qarshi qo‘yishga asoslanadi. Antonimiya tushunchalararo munosabat bo‘lganligi uchun leksema va terminga xosdir. Ba’zi tilshunoslar talqinida antonimiya terminologiyani sistema sifatida belgilovchi omillardan biridir. Terminologiyada antonimiya terminologik maydonning chekka nuqtalarini belgilab olishga yordam beradi.

Antonimik juftlik qismlarining ma’nolari taqqoslanganda har ikkala terminning ikkinchi ma’nolari orqali qarama-qarshilik aniq ifodalanganligini ko‘ramiz. Import – eksport: import – mamlakatda foydalanish uchun chet eldan olib kirilgan tovar va xizmatlar; eksport –xorijiy xaridorlarga sotilgan tovar va xizmatlarning chet elga olib chiqib ketilishi.



Bekvordeyshn – mavjud tovarga belgilangan narx ma’lum muddatga tuzilgan bitimdagi narxdan yuqori, yaqin muddatda yetkazib beriladigan tovarning narxi esa yetkazib berishning uzoq istiqboldagi narxidan yuqori bo‘ladigan bir vaziyat. Ushbu terminning antonimi esa kontango terminidir. Qo‘shimcha tarzda o‘z qatlamga oid quyidagi terminlarni ham ko‘rishimiz mumkin: daromad – buromad, sarf, xarajat; foyda – zarar, kirim – chiqim, eksport – import.

Inflyatsiya – deflyatsiya: inflyatsiya – qog‘oz pullarni tovar muomalasi talab qilgandan ortiq miqdorda chiqarishning iqtisodiy natijasi. Inflyatsiya natijasida qog‘oz pullarning qadri tushib ketadi. Keng iste’mol buyumlarining narx-navosi oshib, real ish haqi kamayadi; deflyatsiya – muomaladagi ortiqcha pul cho‘g‘ini kamaytirish. Pulning xarid qobiliyati ko‘tarilishi yoki narxning umumiy darajasi pasayishi



Daromad – xarajat arab tilidan o‘zlashgan terminlar. Hozirda o‘z qatlam doirasida o‘rganiladi. Kirim – chiqim, kelim – buromad, nasiya – naqd, foyda – zarar kabilarni o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan antonimik juftliklar desak to‘g‘ri bo‘ladi. Terminlar o‘zbek tilining marketing terminologik sistemasidan mustahkam o‘rin olgan va soha mutaxassislari tomonidan keng iste’molda qo‘llanadi.

Deportreport terminlari ingliz tilidan o‘zlashgan. Antonimiya hodisasi tarkibida zidlik munosabati ham mavjud bo‘lib, unda ikki birlikning differensial tomonlari topiladi. Yuqoridagi terminlarning izohida birgina semaning o‘zgarishi orqali ikkala termin antonimlikni vujudga keltirgan: kursdagi farqni qo‘lga kiritish maqsadida qimmatli qog‘ozlar bahosi pasayishini//ko‘tarilishini mo‘ljallab fond birjasida tuziladigan muddatli birja bitimi.

Depressiyarepressiya terminlari ham ingliz tilidan o‘zlashgan jarayonni ifodalovchi terminlardir. Depressiya – iqtisodiy inqirozdan keyin keluvchi iqtisodiy rivojlanishni bildirsa, repressiya iqtisodiy pasayish, inqiroz ma’nolarini ifodalaydi.

Affiksatsiya usuli yordamida hosil qilingan antonimik juftliklarda ham ma’noni qarama-qarshilantiruvchi affiksoidlar o‘zga til elementlari hisoblanadi. Ular terminologik tizimda faol qilinadi. Chunki antonimlik nafaqat leksema yoki terminda, balki affikslarda ham mavjud hodisadir.



Overbot hamda oversold terminlarida ana shunday holat kuzatiladi. Overbot – xaridlar salmoqli hajmi natijasida qandaydir bir tovar narxining keskin yuqorilab ketuvchi vaziyat. Asosan, qimmtali qog’ozlar bilan bog’liq. Oversold esa bozorga katta hajmlarda kelib tushganligi natijasida qandaydir bir tovar narxi keskin pasayib ketishi. Bu ikkala termin ham asosan, qimmtali qog’ozlar oldi-sotdisiga bog’liq. Marketing terminlari antonimiyasi o‘rganilganda ularning tuzilishi va hosil bo‘lish jarayonlari boshqa paradigmatik munosabatlarga nisbatan ancha murakkab ekanligi aniqlandi.


Download 193,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish