Alijonova durdona farhodjon qizi


O‘zbek tili marketing terminlari polisemiyasi



Download 193,5 Kb.
bet41/50
Sana31.12.2021
Hajmi193,5 Kb.
#272940
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50
Bog'liq
dissertatsiya so'ngisi

O‘zbek tili marketing terminlari polisemiyasi. Aslini olganda, terminlar monosemantik xususiyatga ega bo‘lishi bilan boshqa birliklardan farqlidir. O‘zbek tilshunosligida so‘z ma’nosining o‘zgarishi ma’noning ko‘chishi, polisemantik so‘zlarning ba’zi ma’nolari orasidagi bog‘lanish uzilib, ayrimlarining maxsuslanishi orqali yangi so‘zning hosil bo‘lishi semantik yoki leksik-semantik yo‘l bilan so‘z yasash deb yuritiladi. Ma’lumki, tilda so‘zlarning ma’nolari har xil usullar bilan ko‘chishi mumkin. Chunonchi so‘z semantikasidagi o‘zgarish, asosan, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik kabi semantik transformatsiya asosida ro‘y beradi. Tilshunoslarning yakdillik bilan bildirgan fikrlariga qaraganda semantik usul bilan termin hosil qilishda asosiy rolni metafora o‘ynaydi. Chunki umumadabiy yoki jonli tildagi so‘zlarning biror xususiyatini, masalan, shakl o‘xshashligini, rang-tusdagi bir xillikni asos qilib olish yo‘li bilan yangi-yangi terminlar vujudga keladi. Marketing termini onomastik birlikka aylangan bo‘lib, “Marketing” – Buyuk Britaniyada nashr qilinuvchi asosiy haftalik gazeta. Professional marketologlar hamda tovarlar va xiamatlar marketing sohasida ishlovchilar uchun mo‘ljallangan. Aqcha – pul so‘zining ayrim shevalardagi ko‘rinishi. Aqcham tugadi. "Ko‘ki", "qog‘oz" – AQSH dollarining o‘zbek shevalaridagi varianti. Asosan, metafora usulida ma’no ko‘chishi orqali vujudga kelgan, natijada, yangi so‘z is’temolga kirgan. Ammo rasmiy hujjatlarda hamda diplomatik munosabatlarda dollar shaklida qo‘llanadi.

O‘zbek tili marketing terminlarining semantik yoki semantik-sintaktik usul bilan yasalishi sof o‘zbekcha yoki o‘zbek tilida avvaldan ishlatib kelingan arabcha, fors-tojikcha so‘zlarni yangi ma’noda qo‘llashdan iborat. O‘zbek tilida nashr etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarda, terminologik va izohli lug‘atlardan to‘plangan misollarni tahlil qilib chiqib, o‘zbek tili leksikasining qator qatlamlaridan olingan leksik birliklar marketing terminlariga aylanganligining guvohi bo‘lamiz. Bu o‘rinda mazkur so‘zlarning ma’nosi o‘zgargan yoki ko‘chma ma’noda qo‘llangan. O‘zbek marketing terminlarining ma’lum qismini tashkil qiluvchi bunday birikma terminlar boshqa sohalarda bo‘lganidek, tushunchalarni mantiqan to‘g‘ri, mazmunan va grammatik jihatdan to‘g‘ri ifodalashda birikmaning semantik transformatsiyaga uchragan ikkinchi qismining ahamiyati katta. Yuqorida keltirilgan nazariyalardan ayon bo‘ladiki, terminlar semantikasida polisemantik belgi mavjud. Olima Xurshida Qodirova ham terminlarni polisemantik jihatdan tadqiq qilgan. Lekin terminlarning ko‘p ma’nolilik sifatini inkor etuvchi nazariyalar ham mavjud. Ko‘pgina tilshunoslar nazariyalarida termin bir ma’noli so‘zdir, deb keltirilgan. Yana keltiriladiki, terminning ma’nosi uning nomidan kelib chiqadi. Aksinchalik holatlar ham uchrab turadi. Tadqiqot ishi davomida nomga mos kelmaydigan terminlarni ham keltirganmiz. Terminlarda ko‘p ma’nolilik xususida ToshDO‘TAU tayanch doktoranti Xudoyberdiyeva Sevara tadqiqotlarida ham terminlarda ushbu holat bo‘yicha anglashilmovchiliklar borligi qayd etilgan.

Rus olimlari R.A.Budagov va A.A.Reformatskoy keltirgan nazariyalar bilan tanishamiz. Vaholanki, ularning nazariyalarida termin – monosemantik xususiyatli birlik sifatida qayd etilgan. Budagov yozadi: termin so‘zning asl ma’nosini anglatuvchi va bir xil ma’nolarga egaliligi bilan boshqa so‘zlardan farq qiladi. Terminda emotsional rang-baranglik yo‘q. Reformatskoy fikricha, terminlar alohida vazifasiga ko‘ra cheklangan maxsus so‘zlardir. Bunday so‘zlar bir ma’nolikka, tushuncha va narsa nomlarini aniq ifoda etishga moyil bo‘ladi.

L.A.Tyurina esa fransuz va rus dengizchilik terminlarini tadqiq etib, terminlarda nafaqat ko‘p ma’nolilik, ekspressivlik, emotsionallik sifatlari bo‘libgina qolmay, metaforik ko‘chma ma’nolarga ham ega ekanligini o‘z ishida qayd etadi.

Sevara Xudoyberdiyeva fikricha, terminologiyada terminlar ko‘p ma’noliligi kishilarning tushunish jarayonini qiyinlashtiradi. Termin o‘zining nominativ kommunikativ funksiyasini to‘la bajara olmaydi.

Tilshunos olim Budagovning fikricha, termin bu qat’iy belgilangan ma’noli so‘z. Qoida bo‘yicha terminda bitta ma’no bo‘ladi. Aniqrog‘i termin bir ma’nolilikka (monosemiya) intiladi. Shunga yaqin xulosani o‘zbek tilshunosi S.Usmonovda ham ko‘rishimiz mumkin: Termin hamma vaqt – gapda ham, gapdan tashqarida ham bir ma’noli bo‘ladi. Uning bir ma’noli bo‘lishi ma’lum fan yoki maxsus sohadagina qo‘llanish xususiyati orqali yuzaga keladi51. Shu xususida D.S.Lotte birinchi terminolog olimlardan biri sifatida har bir termin bir ma’noni ifodalab, bir ma’noli bo‘lishi lozimligini aytib o‘tgan. Birgina terminning bir nechta ma’noga ega bo‘lishini ayni vaqtda terminologik sistemaning intensiv rivoji bilan izohlash mumkin.



Alyans terminini olaylik, 1) shartnomaviy majburiyatlar asosidagi ittifoq; 2) nikoh ittifoqi. Polisemantik terminligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

Butik ingliz tilidan o‘zlashgan bo‘lib, 1) muayyan tovarlar ishlab chiqaruvchi kompaniya; 2) muayyan tovarlar sotuvchi do‘kon.

Debitor – 1) korxona, tashkilot yoki muassasadan pul yoki mulk shaklidagi qarzi bo’lgan yuridik yok jismoniy shaxs; 2) fuqarolik huquqida aynan qarzdor.

Disponent – !) firma ishlari bo’yicha vakolatli vakil, farmoyishchi, boshqaruvchi; 2) kommissionerlarda yoki bank korrispondentlaridagi hisob raqamlarda tasarrufida bo’sh turgan summalar bo’lgan jismoniy yoki yuridik shaxs; 3) sudxo’r atamasining yangi variant.

Doket – 1) yuk tashuvchining manzili ko’rsatilgan yorliq; 2) yukka ilova qilinadigan ro’yxat;

Marketolog – 1) marketing muammolari bilan professional ravishda shug’ullanuvchi mutaxassis; 2) marketing sohasida oliy ma’lumotga ega mutaxassis; 3) marketing muammolari tadqiqotchisi.

Jahon va o‘zbek olimlarining terminlarning polisemantik xususiyati mavjud-mavjud emasligi haqidagi nazariyalar bilan tanishib chiqdik. Marketing terminologiyasini tashkil etuvchi terminoidlar asosan, monosematik ma’no kasb etadi. Polisemantik ma’noga ega terminlarni esa yuqorida sanab, izohi bilan keltirdik. Albatta, ular ozchilikni tashkil etadi. Terminlar monosemantik birliklardir. Istisno holatlarning mavjudligini terminologiya va leksikografiyaning o‘zigagina xos kamchlik deb hisoblayman. Terminlarda leksik-semantik guruhlar va nominatsion-motivatsion xususiyatlar, etimologik jihatlar bo‘lishi tabiiy holat sanaladi.




Download 193,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish