Misollar. 1. Maydonlarning eng sodda misoli sonlar maydoni bo’lib, xususan, ratsional sonlar to’plami, haqiqiy sonlar to’plami maydon tashkil etadi (bu to’plamlarda qo’shish, ko’paytirish, ayirish va bo’lish amallari bajariladi).
2. Butun sonlar to’plami Z maydon tashkil etmaydi.
Haqiqatdan, osongina ishonch hosil qilish mumkinki, Z to’plam halqa tashkil etadi. Lekin, butun sonlar to’plamida bo’lish amali hamma vaqt bajarilavermaydi (butun sonlar nisbati hamma vaqt butun son bo’lmaydi), boshqacha qilib aytganda, ax=b (aZ, Z) tenglama yechimi Z to’plamga tegishli bo’lmasligi mumkin. Demak, maydon ta’rifidagi oxirgi shart bajarilmaydi. Shuning uchun Z to’plam maydon tashkil qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |