TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI QOSHIDAGI
TERMIZ AKADEMIK LITSEYI
ANIQ FANLAR KAFEDRASI
O’qituvchisi Mengniyozova O’g’ilshodning
“ALGEBRA VA MATEMATIK ANALIZ”
fanidan
II bosqich talabalari uchun
Termiz – 2011y
Ushbu ma’ruzalar matni to’plami Termiz akademik litseyining
“Aniq fanlar” kafedrasida 2011-yil _________________ kuni № ___-sonli
yig’ilishida muhokama qilingan va o’quv jarayonida foydalanish
uchun tavsiya etilgan.
So’z boshi.
“Algebra va matematik analiz asoslari” fani bo’yicha tayyorlangan ma’ruza matnnlari 4 qismdan iborat bo’lib 1-qismi Akademik litseyning I bosqich, 2-qismi II bosqich talabalari, 3-qismi III bosqich talabalari uchun mo’ljallangan.
Maruzalar matnining II qismida sonli funksiyalar, grafiklarni almashtirish, funksiyalarni tekshirish, ko’rsatkichli va logarifmik funksiyalar, ko’rsatkichli va logarifmik tenglama va tengsizliklar, sonli argumentning trigonometrik funksiyalari, trigonometrik funksiyalarning grafiklari, umumiy xossalarini keltiruvchi formulalar, teskari trigonometric funksiyalar, trigonometrik tenglama va tengsizliklar, noctandart tenglama va tengsizliklar bo’limlari D.T.S. ga mos holda keng yoritib berilgan. Bu ma’ruzadagi har bir mavzu izchillik bilan yozilgan. O’quvchilarning matematika sohasidagi bilimlarini shakllantirishga qaratilgan. Ushbu matnni yozishda Ter.D.U. “Differensial tenglamalar va geometriya” kafedrasi professor o’qituvchilari tajribasidan foydalanildi.
Ushbu maruzalar matnidan kasb-hunar bilim yurti va akademik litsey talabalari foydalanishlari mumkin.
Tuzuvchilar: “Aniq fanlar” kafedrasi o’qituvchilari:
N.Ibragimov, O’.Mengniyozava, O’.Mamataliyev.
“Algebra va matematik analiz asoslari”
fanidan tayyorlangan ma’ruzalar matniga
Taqriz.
Akademik litseylarning II bosqich talabalariga mo’ljallangan ushbu ma’ruzalar matni 2005 yilgi dastur asosida tuzilgan. Ushbu ma’ruzalar matni to’liq, juda yaxshi va ravon yozilgan. Ushbu matnda mavzular ketma-ketligi saqlangan holda, teoremalar, ta’riflar va mavzularga oid misollar yechib ko’rsatilgan.
Maruzalar matnida o’quvchilar bilishi zarur bo’lgan asosiy tushunchalar tayanch iboralar sifatida ko’rsatib o’tilgan. Bundan tashqari o’quvchilar bilimini baholash uchun nazorat savollari keltirilgan.
Ma’ruzalar matnini tayyorlashda shu fanga tegishli eng so’nggi adabiyotlardan keng foydalangan va har bir mavzu reja asosida yozilgan. Tayyorlangan ma’ruzalar matni unga qo’yilgan barcha talablarga javob beradi.
Matn 104 betdan iborat bo’lb, 17 ta chizma keltirilgan.
Fizika-matematika fanlari nomzodi: dots.: P. Qurbonov.
Do'stlaringiz bilan baham: |