Toshkent Davlat Alisher Navoiy Nomidagi O’zbek Tili va adabiyoti Universiteti Amaliy Filologiya qoshidagi Kompyuter Lingvistika Yo’nalishi Bajardi: 2-guruh a’zolari Til ijtimoiy hodisa Hali voqealanmagan imkoniyat tarzidagi, ma’lum jamiyat a’zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy –ruhiy aloqa vositasi til hisoblanadi. Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosabatga kirishuviga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa sanaladi. Til butun jamiyatga tegishli bo’ladi. Jamiyat a’zolari yordamida shakllanib, boyib boradi. Shu bois tilsiz jamiyat , jamiyatsiz esa til bo’lishi mumkin emas. Til jamiyatning aloqa-aralashuv quroli sifatida jamiyat bilan uzviy bog’liq. Til kishilarning jamiyatdagi ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilishi haqidagi fikrlar V.GUMBOLD va GEGEL asarlarida ham uchraydi. Uzoq vaqtlar davomida olimlar tilni biologik hodisa deb tushunib kelgan. Ularning fikricha, odamning rangi, gavda tuzilishi avloddan-avlodga qanday yo’l bilan o’tsa, til avloddan-avlodga shunday yo’l bilan o’tadi. Til biologik hodisa emas, balki ijtimoiy hodisadir. Til kishilik jamiyati bilan birgalikda paydo bo’ladi. Til irqiy hodisa xam emas. Bir tilda gapiradigan odamlar turli irqqa mansub bo’lishi va aksincha turli irqqa mansub bo’lgan odamlar bir tilda gapirishi mumkin. Til birikmalari (so’z va gaplar) tafakkur protsessida bevosita ishtirok etadi. Nutq jarayonida faqat so’zlardan foydalanib bo’lmaydi. Til birikmalari (so’z va gaplar) tafakkur protsessida bevosita ishtirok etadi. Nutq jarayonida faqat so’zlardan foydalanib bo’lmaydi. Til bilan tafakkurning munosabati ayniqsa, ichki nutqda yaqqol ko’rinadi. Til va nutqning o’zaro munosabatiga kelsak, til jamiyatning umumiy potentsial aloqa vositasi bo’lsa, nutq tilning bevosita tarkibi, yashashidir. Tilning tovush tomoni, so’z va gap tomoni birlashsa, nutq xosil bo’ladi, tilning bu uch elementi asosiy element bo’lib, nafakat nutqda reallashadi. NUTQ yo’q vaqtda ular xotirada saqlanadi. Til bilan nutq orasida dialektik munosabat shundan iboratki, nutq faoliyati natijasida nutq shakllanadi. NUTQ elementlardan tuziladi, til elementlariga ajraladi, til elementlari yana nutq faoliyati uchun xizmat qiladi.
Til
Jamiyat
Voqea hodisalar
Til bilan nutqni qiyoslaganda ularni quyidagi o’ziga xos xususiyatlar bilan bir-biridan ajratib turadi: Til bilan nutqni qiyoslaganda ularni quyidagi o’ziga xos xususiyatlar bilan bir-biridan ajratib turadi: 1. Til aloqa materiali - nutq esa aloqa formasidir. 2. Tilni xalq yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi. 3. Tilning hayoti uzoq, xalq hayoti bilan bog’liq, nutqning hayoti qisqa, u aytilgan vaqtda mavjud. 4. Tilning hajmi noaniq - nutqning hajmi aniq: dialog, monolog shakllarida bo’lishi mumkin. 5. Til turg’un, statik hodisa, nutq harakatda bo’luvchi dinamik hodisa. 6. Ayrim shaxsning ayni zamonda bir necha tili bo’lishi mumkin, ya’ni bir necha tilni bilishi mumkin, chunki u vaqt bilan bevosita bog’lanmagan. Ayrim shaxsning nutqi ayni zamonda faqat bitta bo’ladi, chunki u ma’lum vaqtda va ma’lum o’rinda yuz beradi. Shunday qilib, tilning ijtimoiy mohiyati quyidagilardan iborat: Shunday qilib, tilning ijtimoiy mohiyati quyidagilardan iborat: 1. Til tabiiy hodisa emas. 2. Til biologik hodisa emas. 3. Til irqiy hodisa emas. 4. Tilning paydo bo’lishi uchun kishilik jamiyati bo’lishi shart. Demak, til kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan, unga xizmat qiladigan va har doim rivojlanib turadigan o’ziga xos ijtimoiy hodisadir.
E’tiboringiz uchun rahmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |