Al-xorazmiy nomli urganch davlat universiteti


 Yo’nalishni boshqarish va harakatlar cheklovchilaridan foydalanish



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/167
Sana23.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#402610
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   167
Bog'liq
yengil atletika va uni oqitish uslubiyati

3.2. Yo’nalishni boshqarish va harakatlar cheklovchilaridan foydalanish
Agar  o’quvchi  yugurish,  sakrash  paytida  o’qituvchining  ko’rsatmasi  bo’yicha  tananing  bir 
qismi, masalan, uzunlikka sakrashda tizza bilan koptokka tegishga (yoki boshqa predmetga) harakat 
qilsa,  bu  predmet  o’quvchi  harakatlari  yo’nalishi  boshqaruvchisi  bo’lib  qoladi.  Tizzasi  bilan 
koptokka  tegish  o’quvchining  o’qituvchi  topshirig’ini  bajarganligini,  ya’ni  bir  oyog’i  bilan  qattiq 
itarilganligini  va jadallik  bilan  boshqa  oyog’ini  baland  oldinga  ko’tarib,  buning  hisobiga  tizzasi 
bilan  koptokka  tega  olganligini  bildiradi.  Mashq  noto’g’ri  bajarilganida  tizza  bilan  koptokka 
tegishga erishilmaydi.
Agar  o’quvchi  erda  yotgan  ikki  arqondan  hosil  qilingan  «tor  yo’lak»  bo’ylab  yugurish» 
topshirig’ini  bajarsa,  to’xtashni  noto’g’ri  bajarganida  «harakatni  cheklovchi»  chiziqni  bosib  oladi 
va xatoga yo’l qo’yganini tushunadi.
Amaliy  tekshirishlar  yo’nalishni  boshqarish  va  harakatlarni  cheklashlardan  foydalanib 
bajariladigan  ko’plab  mashqlar  o’quvchilarni  juda  qiziqtirishi  hamda  ularni  bajarishda  faollikni 
oshirishini  ko’rsatdi.  Bunday  holat  kichik  va  o’rta  sinf o’quvchilari  bilan  mashg’ulotlar  davomida 
sodir bo’ladi,  chunki  bunday  mashqlar bolalarning  predmetlar,  predmetli-vaziyatli  o’yinlariga juda 
yaqin turadi.  Bunday  o’yinlarda ishtirokchilar odatda,  navbat bilan harakat qiladilar va hatto yakka 
holda o’ynashlari  mumkin.  Misol uchun bolalar hovlida erda yotgan taxtani ko’rib, uni  o’z o’yinlari 
predmetlariga  aylantiradilar.  Ular  taxta  ustidan  yugurib,  bir  oyoqlab  sakrab  o’tishga  urinib 
ko’radilar.  Ularni  aniq bir qiyinchilikni  engish -  erga tushib  ketmasdan taxta ustidan yugurib  o’tish 
qiziqtiradi.  Bu  erda  taxtaning  chetlari  bola  oyoqlari  harakatlarini  cheklovchi  bo’lib  hisoblanadi. 
Yana  bir  misol:  bolalar  o’ynab,  sakrab  daraxt  shoxini  ushlashga  harakat  qiladilar  va  kim  buni


yaxshi  bajarishiga  musobaqalashib,  balandga  sakraydilar.  Bu  erda  daraxt  shoxi  harakatlar 
yo’nalishining boshqaruvchisi  sifatida ishtirok etadi.
Demak,  o’yin  faoliyatlarida  ko’pincha  bolalarning  o’zlari  xursand  bo’lib  harakatlarni  yoki 
yo’naltiruvchi,  yoki  chegaralovchi  sharoitlarini  tanlaydilar.  Mana  shuning  uchun  harakatlar 
yo’nalishining  boshqaruvchilari  va  chegaralovchilaridan  foydalanib,  ko’rgazmali  o’qitish  uslublari 
kichik  hamda  o’rta  maktab  yosh  ko’rsatkichi  dagi  bolalar  tomonidan  qiziqarli  o’yin  topshiriqlari 
sifatida qabul  qilinadi,  faolliklarini  oshiradi va bolalarni  quvontiradi,  chunki ular bolalar o’yinlariga 
juda  yaqin.  Bu  esa  o’z  navbatida,  o’quvchilarning  yugurish,  sakrash  va  irg’itish  texnikasini 
o’zlashtirishlarini  oshiradi hamda tezlashtiradi.
Nazorat savollari:
1.  Qaysi mashqlar predmetlar va predmetli-vaziyatli bolalar o’yinlariga yaqin?
2.  «Yo’nalish boshqaruvchisi» va «harakatlar chegaralovchisidan» qanday foydalanish kerak?

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish