Al-xorazmiy nomli urganch davlat universiteti


 Yugurish, sakrash va irg’itishga o’rgatishda o’yinlar va



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/167
Sana23.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#402610
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   167
Bog'liq
yengil atletika va uni oqitish uslubiyati

3.3. Yugurish, sakrash va irg’itishga o’rgatishda o’yinlar va
 
musobaqalarning ahamiyati
Maktab  dasturida  ko’zlangan  ko’pchilik  o’yinlar  o’quvchilarni  jamoada,  tez  o’zgaradigan 
sharoitlarda chaqqon harakat qilishga, boshqa o’yin ishtirokchilari harakatlari bilan o’z harakatlarini 
moslashtirishga o’rgatish uchun beriladi.  O’yinlarning qimmati ham  shundan iborat.
Ammo  bolalar  darslarda  yugurish,  sakrash  va  irg’itish  mashqlarida  o’zlashtirgan 
ko’nikmalarini  muvaffaqiyatli  takomillashtira  oladigan  o’yinlarni  ham  tanlab  olish  mumkin. 
Takrorlanadigan  harakatlar,  har bir ishtirokchi  tomonidan bir necha bor bajariladigan  (misol  uchun 
irg’itish)  hamda  takrorlanadigan  harakatlar  yo’nalishini  boshqarish  yoki  chegaralovchilardan 
foydalanib, bajariladigan o’yinlar shunday o’yin turlariga kiradi.
«Barcha  o’z  bayroqchalari  oldiga  saflansin»  o’yini  bunga  misol  bo’la  oladi,  ushbu  o’yin 
qoidalari  quyidagicha:  o’yinchilarga  kichik  koptokchalar tarqatiladi  va  ularni  «O’z  bayroqlaringiz 
oldiga  saflaning!»  buyrug’i  berilmagunicha  ma’lum  tarzda  irg’itish  taklif  etiladi  (misol  uchun 
devordagi  nishonga  irg’itib,  yana  qo’l  bilan  ilib  olish  yoki  basketbol  o’yini  to’riga  tushirish)  yoki 
tor yo’lakchalar bo’ylab yugurib,  estafeta (bu holat o’quvchilarni  oyoqlarini to’g’ri bosishga majbur 
qiladi).
Yugurish,  sakrash,  uzoqqa  uloqtirishda  yuqori  amaliy  natijalarga  erishish  musobaqalari 
dastlabki  davrda  har  doim  o’rganish  paytida  harakatlar tartibsizligini  keltirib  chiqarishini,  sakrash 
va irg’itish harakatlari to’g’ri bajarilmasligini yodda tutish kerak.  Bu holat o’quvchilar musobaqalar 
paytida  juda  kuchli  hayajon  bilan  harakat  qilishlari  sababli  yuzaga  keladi.  O’quvchilarni


asta-sekinlik bilan  katta hayajonli  vaziyatlarda harakatlarni  to’g’ri  bajarishga  o’rgatib  borish zarur. 
Shuning uchun tez yugurish, uzoqqa sakrash va uzoqqa irg’itish musobaqalarini  darslarga kiritishga 
shoshilish kerak emas.
1-2  sinf o’quvchilari  bilan  bolalarning  e’tiborini  kim  tez  yugurish,  uzoqqa  sakrashga  emas, 
balki  shug’ullanuvchilarnig  harakatlari  to’g’ri  bajarilishiga  qaratib  yugurish,  sakrash  va  irg’itishni 
yaxshi bajarishga musobaqalarni  darsga kiritish kerak.
Harakatlarni  eng  yaxshi  bajarishga  musobaqalar  3-4  sinf  o’quvchilari  bilan  o’tkaziladigan 
darslarda  ham  o’z  ahamiyatini  saqlab  qoladi.  Ammo  bu  erda  shunday  musobaqalar  bilan  bir 
qatorda,  yuqori  amaliy  natijalarga  erishish  -   tez  chopish,  uzoqqa  sakrash,  uzoq  masofaga  irg’itish 
musobaqalarining roli va ahamiyati ham ortib boradi.
Sport  faoliyatida  musobaqalar  insondan  katta  jismoniy  kuch  va  harakatlar  hamda  psixik 
keskinlikni  talab  qilishi  sababli  kichik  maktab  Yosh  ko’rsatkichi  dagi  bolalar  bilan  ishlashda 
faqatgina musobaqalar elementlarini  qo’llash mumkin bo’ladi.
Yugurish,  sakrash,  irg’itish  asosiy  harakatlariga  o’rgatishda  o’qituvchi  o’qishda tirishqoqlik, 
uzoq  vaqt  davom  etuvchi  ishlarga  duch  keladilar.  Ba’zan bolalar ushbu  harakat turlarini  bajarishni 
istamaydilar,  umuman olganda,  bajarish ham  qiyin bo’ladi,  chunki  katta kuch  sarflashni talab  etadi. 
Natijaga  esa  darhol  erishib  bo’lmaydi.  Ushbu  harakatlarni  hadeb  takrorlayverish  ularning 
qiziqishini  pasaytiradi.  Bolalar  quvonch  bilan  o’ynaydilar,  chunki  o’yin  natijasi  darhol  ko’zga 
tashlanadi,  ularni  musobaqalashish jarayoni  va  o’yin  harakatlari  qiziqtiradi,  ularga  g’alaba  kerak: 
to’pni  sherikka uzatish,  darvozaga to’p kiritish,  raqibga chap berish, jamoa bo’lib g’alabaga erishish 
kabi  yaqin  maqsadni  ko’rib,  unga  intiladilar.  Musobaqalar  elementlari  -   bu  harakatlanish 
topshirig’ini  yaxshi  yoki  tezroq  bajarishga  qaratilgan  yuqori  hayajonli  va  diqqat  bilan  bog’liq 
bolalar  bajara  oladigan  harakatlardir.  Ularni  o’yin  davomidagi  jamoa  faoliyati,  harakatlarni 
bajarishga  emotsional  qo’zg’alish jarayoni  qiziqtiradi,  harakatlarni  to’g’ri  bajarishga,  natijaga  ham 
qiziqish  paydo  bo’ladi.  O’quvchilar xatolarni  mustaqil  sezadilar  va  muvaffaqiyatsizlik  sabablarini 
tushuntiradilar,  tengdoshlari  bilan  kim  kuchli  hamda  kim  epchilligini  sinashga  harakat  qiladilar. 
Harakatlanish faoliyatida mustaqillik va ijodiy faollik xususiyatlari kuchayadi.
Individual  va  jamoali  musobaqalashish  elementlari  turli-tumanlik  kiritadi,  takroriy 
harakatlarni  jonlantiradi  hamda  to’g’ri  bajarishga  qiziqtiradi.  Shuning  uchun  yugurish,  sakrash, 
irg’itishga  o’rgatishda  maqsadga  erishish  uchun  sharoitlar yaratish  zarur.  «Kim  uzoqqa  sakraydi», 
«Kim  birinchi  bo’lib  keladi»  kabi  musobaqalashish  elementlari  harakatlarni  tez  bajarishga,  ularni 
takrorlashga  rag’batlantirib,  emotsional  ko’tarinkilik  yuzaga  keltiradi,  oxir-oqibat  tezlikni 
tarbiyalashga  yordam  beradi.  «Birinchi  bo’lib,  topshiriqni  bajargan  g’alaba  qozonadi»,  «To’pni


tushirib  yubormagan  g’alaba  qozonadi»  kabi  musobaqalar  uyushqoqlikni  va  intizomlilikni 
tarbiyalaydi.
Harakatlarni  to’g’ri  bajarish  (sakrab  turib,  to’pni  qaytarib  va  bir  vaqtda  burilish),  ketma- 
ketlikda  harakatlarni  bajarish  (to’p  bilan  chiziqqacha  borish  va  to’rga  tashlash)  talablari  kiritilgan 
harakatlanish topshiriqlari  epchillikni tarbiyalaydi.
«Kim  to’pni  chambarak  ustidan  o’rtog’iga  irg’ita  oladi»  kabi  topshiriqlar  cheklangan 
maydonda  harakatlarni  bajarishga  o’rganishga  yordam  beradi,  masofa  hissini  tarbiyalaydi  va 
muvozanatni ta’minlash qobiliyatini takomillashtiradi.
«Kim  uzoq  yiqilmasdan  turish»,  «Kim  to’rga  ko’p  to’p  tushurish»,  «Kim  baland  sakrash» 
kabi  topshiriqlar  o’quvchilarni  harakatlarni  ko’p  marotaba  takrorlashga  qo’zg’atadi,  jismoniy 
yuklamani  asta oshirib borishga imkon beradi,  chidamlilikni tarbiyalashga yordam beradi.
«Kim  predmetni  uzoqqa uloqtiradi»,  «Kim  kimni  tortib  oladi»  kabi  topshiriqlar  qisqa vaqtli 
tezlik-kuch  ishlatishni,  qisqa  vaqtli  keskin  harakat,  o’z  tana  og’irligini  engishni  rag’batlantirib, 
muskullar kuchini  oshiradi.
«Kim  yangi  mashq  o’ylab  topadi»  (misol  uchun,  sakrash  yo’nalishiga  teskari,  orqasi  bilan 
dastlabki  holatdan  joyidan  turib,  uzoqqa  sakrash)  topshirig’i  -   musobaqalar  bunday  elementlari 
bolalarning ijodiy faolliklarini rag’batlantiradi.
Nazorat savollari:
1.  1  va 2-sinf o’quvchilari bilan musobaqalar o’tkazish xususiyatlari.
2.  Yugurish,  sakrash  va  irg’itishga  o’rgatishda  maqsadga  erishish  uchun  sharoitlar  qanday 
yaratiladi?
3. Musobaqalarning qaysi  elementlari bolalarning ijodiy faolliklarini rag’batlantiradi?

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish