Al-xorazmiy nomli urganch davlat universiteti


III BOB. KICHIK SINF O’QUVCHILARINI O’QITISH METODIKASI



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/167
Sana23.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#402610
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   167
Bog'liq
yengil atletika va uni oqitish uslubiyati

III BOB. KICHIK SINF O’QUVCHILARINI O’QITISH METODIKASI
3.1. Yugurishga, sakrashga va irg’itishga o’rgatishning asosiy qoidalari
Bolalar  o’yin  paytida  qiziqib  yuguradilar,  sakraydilar  va  koptokni  irg’itadilar.  O ’qituvchi 
yugurish,  sakrash  va  irg’itishga  o’rgana  boshlaganida  o’quvchilarda  kerakli  kuch,  diqqat  bilan 
harakat  qilishda  etarlicha  e’tiborlilik  yo’qligi,  bilmasliklari,  ba’zan  esa  istaklari  yo’qligi  ma’lum 
bo'lib  qoladi.
Nima  uchun  bolalar  zavq  bilan  o’ynaydilar?  Buni  o’yin  paytida  bolalar  birinchi  navbatda, 
yaqin  va  aniq  maqsadlarga -   quvlayotgandan  qochish  va  chap  berishga,  koptokni  ilib  olish  va uni 
o’z  jamoasi  boshqa  ishtirokchisiga  etkazishga  intilishlari  bilan  tushuntirish  mumkin.  O’yin 
davomida  mana  shu  yaqin  va  aniq  maqsadlarga  ko’p  marotabalab  erishish  birinchi  navbatda, 
o’quvchilarda quvonchli hamda faol holatni  yuzaga keltiradi.
Yugurish,  sakrash va irg’itish mashqlariga o’rgatishda maqsadlarga erishish uzoq hamda ko’p 
ishlashni  talab  etadi.  Mana  shunday  uzoq  maqsadlar  etarli  darajada  tayyorlanmagan  bolalarni 
qiziqtirmasligi  tushunarli,  ularning  ko’pchiligini  kerakli  aqliy  va  jismoniy  harakatlarga 
qo’zg’atmaydi.  Mana  shuning uchun yugurishga,  sakrash va irg’itishga o’rgatishda birinchi  sinfdan 
boshlab,  o’quvchilarni  jismoniy  harakatlar  yordamida  avval  yaqin,  keyin  uzoq  maqsadlarga 
erishishga  o’rgatish  zarur.  Buning  natijasida  umumiy  o’quv  jarayoni  asosiy  qoidalarini  hisobga 
olish  zarur:  o’yin  ko’rinishida  o’tkaziladigan  jismoniy  mashqlar  bolalarga  quvonch  bag’ishlashi 
kerak,  faqat  shunday  holatda ular  sezilarli  foyda  keltiradi.  Mashqlar ularni  bajarganda  o’quvchilar 
turli  yoshdagi  o’quvchilar  guruhlari  uchun  o’quv  rejalarida  ko’zda  tutilgan  asosiy  engil  atletika 
ko’nikmalarini  o’zlashtirishlari  mumkin  bo’ladigan  qilib  tanlab  olinadi.  Natijada  o’quvchilarda 
jismoniy  faollik  odatlari  shakllanadi,  ya’ni  to’la  kuch  bilan  maqsadga  intilib  harakat  qilish, 
qo’yilgan maqsadga erishish uchun katta jismoniy harakatlarni bajarish odati  shakllanadi.
O’quvchilarga  bajara  olishlari  mumkin  bo’lgan  (qiyinligi  bo’yicha)  topshiriqlarni  ishonchli 
asoslab berish zarur:
- «Eng tezkor va chaqqon ushbu topshiriqni bajarish» - mokisimon  yugurish 3 x  10 m;
-  «Katta  kuchga  va  sakrash  qobiliyatiga,  tezlikka  ega  bo’lish»  joyidan  turib  sakrashni 
barchadan uzoqqa bajaradi.
O’qish davomida uzoq maqsadlarni yaqinlashtiramiz.  Aniq anglab  etilgan va qiziqarli  maqsad 
o’quvchining  diqqatini  kuchaytiradi,  maqsadga erishish uchun faol  harakatlarga chorlaydi.  Shuning 
uchun  o’qituvchi  jismoniy  tarbiya  darslarida  o’quvchilar  oldiga  qaysi  maqsadlarni  va  qanday 
qo’yishni  oldindan  o’ylab  olishi  kerak.  Shu  bilan  birga,  o’quvchilarning  yosh  xususiyatlarini  va


tayyorgarliklarini  hisobga  olish  zarur.  Bundan  tashqari,  tirishqoq  o’quvchilarni  maqtab 
rag’batlantirish  kerak,  ammo  o’qituvchi  bergan  topshiriqni  yaxshi  bajarishga  harakat  qilganlarni 
ham maqtashni  esdan  chiqarmaslik kerak.  Buning natijasida o’quvchilar darsga jiddiy munosabatda 
bo’la  boshlaydilar,  dars  bu  o’yin  emasligi,  faqatgina  yugurish  va  sakrashgina  emas,  balki  ushbu 
harakatlarni to’g’ri bajarishga o’rganish kerakligini tushuna boshlaydilar.
Nazorat savollari:
1. Nima uchun o’yinlarda bolalar qizg’in harakatlanadilar?
2.  «Yaqin» va «uzoq» maqsadlar mazmunin siz qanday tushunasiz?
3.  O’qituvchi bajarish mumkin bo’lgan (qiyinligi bo’yicha) topshiriqni  nima uchun va qanday 
asoslab berishi kerak?
4.  O’qituvchining  o’quvchilarga  munosabati  qanday  qilib  ularni  fanga  jiddiy  munosabatda 
bo’lishga chorlashi mumkin?

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish