2.2. Engil atletikachiga zarur jismoniy sifat va xususiyatlar
Tezkorlik - bu harakatlarni katta tezlikda va chaqqon bajarish qobiliyatidir.
Harakatlarning tezligi ko’p jihatdan kuchga bog’liq bo’ladi. Misol uchun qo’llaringiz bilan
harakatlarni tez bajara olasiz. Ammo qo’lingizga tosh olib ko’ring. Endi harakatlarni tez bajarish
ancha qiyinlashganini darhol his qilasiz. Snaryad qanchalik og’ir bo’lsa, harakatlar shunchalik sekin
bo’ladi. Bu balandlikka yoki uzunlikka sakrovchilar uchun ham taalluqli. Axir ular sakrayotgan
paytlarida o’z og’irliklarini engishlariga to’g’ri keladi. Snaryad og’irligini kamaytirish mumkin
bo’lmaganligi (u qoidalar bilan belgilab qo’yilgan), tana og’irligi esa - doimiy bo’lganligi sababli
yuqori natijaga erishish uchun bir yo’l - kuchni oshirish kerak bo’ladi.
Muskullar egiluvchanligi, cho’zilganligi ham harakatlarni tez bajarishga yordam beradi. Ular
katta kuch va tezlik bilan qisqaradi.
Tez yugurishda faqat turli harakatlarni tez bajarish talab etiladi, bu erda muskullarni
bo’shashtirishni, faol harakatlardan so’ng ularga dam berishni bilish muhim. Shuning uchun tezlikni
rivojlantirishda bo’shashtirish mashqlarini ham bajarish zarur.
Tezlikni rivojlantirish uchun turli vositalar qo’llaniladi. Ularni bajarishdan maqsad -
harakatlarni tez bajarish imkonini beruvchi harakatlar ritmini o’zlashtirib olishdan iborat. Qo’l,
bosh bilan oyoqlarni keng yoyib sakrab turib, baland osib qo’yilgan predmetni olish sharti bilan
turli sakrash mashqlarini bajarish shunday mashqlar qatoriga kiradi. Irg’itish mashqlarida
belgilangan masofaga, engillashtirilgan snaryadlarni irg’itishdan iborat bo’lishi mumkin.
Turli qisqa masofalarga (10 dan to 30 metrgacha) tezlikni oshirish ham tezlikni
rivojlantirishga yordam beradi. Mashq ko’p marotaba takrorlanganda toliqish boshlanadi va
harakatlar tezligi pasayadi. Shu sababli bir darsga katta tezlikda bajariladigan ko’p sonli mashqlarni
kiritish kerak emas. Eng yaxshisi, harakat tezligi va epchillikni o’yin holatlaridan foydalanib,
rivojlantirish kerak:
1. Turli dastlabki holatlarda yugurish (orqaga qarab yugurish, o’tirib, emaklab, ko’zini yumib
turib, signal berilgan ko’zlarni ochib yugurish).
2. Aralash yugurish 4 x 5 m 3 x 10 m.
3. To’g’ri yo’nalish bo’yicha yugurish 10-20 m.
4. Yugurish, sakrash, irg’itish bilan estafetalar.
5. Harakatli o’yinlar.
6. Diqqatini kuchaytirish, harakatlarni aniq bajarishga umumiy rivojlantiruvchi mashqlar.
Kuch
-
bu muskullarning o ’z tana o g ’irligini engish qobiliyatidir.
Shu sababli o’z og’irligini
engishga yo’naltirilgan - qo’llar bilan osilib tortilish, erga yotib qo’llarga tayanib, tanani ko’tarish,
arqonga ko’tarilish, turli holatlarda oyoq va gavdani ko’tarish mashqlari bajariladi. O ’yin
xususiyatidagi yo’naltiruvchi mashqlarni kiritish mumkin:
- juftlikda qo’llar qarama-qarshiligi;
- qo’llarni ushlab, bir-birini chiziqdan o’z tomoniga tortish;
- arqon tortish.
Dastlab, kuchlari hali etarli bo’lmaganida, mashqni sekin bajarish kerak. Kam kuch talab
etiladigan mashqlarni ko’proq, hatto har kuni bajarish mumkin. Ularni ko’p marta bajarish
chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi.
Kichik sinf bolalari bilan kuch talab etiladigan mashqlarni bajarish pedagog nazorati ostida
o’tkaziladi va pedagog yuklamalarni moslashtirib (o’tirish, osilib qo’llar bilan tortilish, qarshiliklar
bilan mashqlar) boradi.
Epchillik
-
bu kutilmaganda o ’zgaradigan sharoitlarda harakatlarni tez va to ’g ’ri bajarishni
bilish hisoblanadi.
Bu sifatlar boshqalari bilan uzviy bog’liqdir. Epchil bo’lish uchun kuchli va
tezkor bo’lish, harakatlarni aniq bajarishni bilish kerak. Epchillikni turli mashqlar bilan
rivojlantirish mumkin. Harakatli o’yinlar hamda arqon bilan mashqlar kichik sinf o’quvchilari
uchun eng yaxshi vosita bo'lib hisoblanadi.
Arqon bilan mashqlar o ’tkazish metodikasi:
1. Arqon bilan sakrab oldinga va orqaga yugurish.
2. Joyida turib, aylanib arqon bilan sakrash.
3. Bir oyoqda arqon bilan sakrash.
4. 10-20 sm balandlikda tortilgan arqon ustidan turli usullarda sakrab o’tish:
- oldinga harakatlanib, ikki oyoqlab sakrab o’tish;
- shu mashqni bir oyoqda bajarish;
- sakrab havoda aylanib, arqon ustidan o’tish va sakrashning boshqa usullarini bajarishdan
iborat.
Chidamlilik
-
bu organizmning uzoq vaqt davomida jismoniy harakatlardan toliqishga
qarshilik qila olish qobiliyatidir.
Chidamlilik ikki turda -
umumiy va maxsus b o ’ladi.
Umumiy
chidamlilik sportchining ish bajarish qobiliyatini oshirishga, uning salomatligini yaxshilashga
yordam beradi va shu bilan birga, maxsus chidamlilikni rivojlantirish uchun asos bo’ladi. Sekin
bajariladigan uzoq vaqt mobaynida mashqlar davomida umumiy chidamlilik yuzaga keltiriladi.
Ancha tezroq ish bajarish maxsus chidamlilikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Chidamlilikka yugurish bo’yicha mashqlarning bir necha asosiy qoidalari quyidagilardan
iborat:
- yugurishning dastlabki davrida, qisqa vaqt mobaynida yugurish bilan cheklanish. Yugurish
osonlashgandan so’ng, yugurish vaqtini doim ko’paytirib borish;
- tekis sur’atda yugurishni davom ettirish. Yugurish mashqining boshida tez sur’atlar bilan
organizmni toliqtirishga yo’l qo’ymaslik;
- dam olish vaqtini asta qisqartirib borib (individual), o’rgatish intervalli metodidan
foydalanish (dam olib yugurish), tekis, engil yugurishga o’rgatish zarur;
- yuguruvchilarni pedagog tomonidan albatta kuzatib borilishi kerak (maktab atrofida
yugurish mumkin emas, chunki o’quvchilardan biri o’zini yomon his etib qolishi mumkin).
Nazorat savollar:
1. Tezkorlik xususiyatlari.
2. Tezlikni tarbiyalash uchun qanday vositalardan foydalanish lozim?
3. Kuch nima?
4. Qaysi mashqlar kuchni rivojlantiradi?
5. Epchillik nima?
6. Epchillikni rivojlantirish uchun mashqlar.
7. Umumiy va maxsus chidamlilik xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |